Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 17 43
2 Real Madrid 17 39
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 17 34
5 Espanyol 16 30
6 Betis 16 25
7 Atletik Bilbao 17 23
8 Selta 16 22
9 Sevilya 16 20
10 Xetafe 16 20
11 Elche 16 19
12 Alaves 16 18
13 Rayo Valyekano 16 18
14 Malyorka 16 17
15 Real Sosyedad 16 16
16 Osasuna 16 15
17 Valensiya 16 15
18 Jirona 16 15
19 Real Ovyedo 16 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Lutfullo Tursunov

La Liga bo‘yicha ekspert

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Taktik tahlil: "Barsa"ning 3-4-3 sxemasi tavakkallikmi yoki ustunlik?

Baho:
+1; -0

Luis Enrike PSJga uchralgan safardagi mag‘lubiyat va “Leganes” bilan kechgan uy uchrashuvidagi nursiz o‘yinidan so‘ng, “Barsa”ning taktik sxemasini 4-3-3dan 3-4-3 (ba’zi holatlarda 3-3-4)ga o‘zgartirdi. Bu holat muxlislarda kataloniyaliklar katta tavakkalga yo‘l qo‘ymayaptimi, degan xavotirli savolni keltirib chiqardi.

Inqiroz

Enrike mavsum avvalidagi transferlar orqali jamoa yarim himoyasini kuchaytirishga intildi. Ammo xarid qilingan yarim himoyachilar u ko‘zlagan nafni bera olmadi. Aksariyat bahslarda “Barsa” aynan yarim himoyada muammoga uchradi va bu o‘yin inqirozini yuzaga keltirdi. Yarim himoya muammosi va uning ortidan yuzaga kelgan inqiroz sabablarini avvalgi postlarimizdan birida tahlil qilgan edik. PSJ bilan dastlabki o‘yin hal qiluvchi zarba bo‘ldi. Enrike endi yarim himoya muammosi va chiziqlardagi bog‘liqlikni ta’minlay olmasligini to‘liq tushunib yetdi. Chora izlash kerak. U bu inqirozni taktik sxemani o‘zgartirish orqali yechishga ahd qildi.

“Barselona” o‘z uslubida yaxshi o‘yin ko‘rsata olishi uchun barcha chiziqlarning o‘zaro bog‘liqligi kerak. Himoya, yarim himoya va hujum. Qaysidir nuqtada uzilish bo‘lsa, raqib bundan unumli foydalanadi.

“Barselona” maydon markazida o‘yinni ishonchli nazorat qila olmagan o‘yinlarda raqiblar MSNni bahsdan uzib tashash imkonini topdilar. Yuqori pressing bunda ularga qo‘l keldi. Enrike bu kamchilikni yo‘qotish uchun jamoaning jipsroq o‘ynashini ta’minlashi kerak edi. Maydon markazida faqat uch yarim himoyachiga tayanib emas, Messining ortroqqa qaytib, romb tashkil etishi bu jipslikni tashkil etishi lozim edi. Aslida mavsum boshidanoq “Barsa” 4-3-3 sxemasida o‘ynasa ham, Messi qanot hujumida emas, markazga yaqin zonada o‘ynayotgan edi. Natijada o‘ng qanotga asosan Serxi Roberto javobgar bo‘lib qoldi. U esa ko‘pincha o‘sha qanotdan hujumniyam qo‘llay olmasdi, himoyaga qaytishlardayam xatolarga yo‘l qo‘yardi.

To‘rt himoyachi bilan o‘ynalsa-da, aslida Alba va Serxining bir vaqtning o‘zida hujumga chiqib ketishi “Barsa”ning himoyada ko‘pincha ikki himoyachi bilan o‘ynashga majbur qilardi. Bunda raqiblar shu bo‘shliqdan foydalanib qolardi.

4 himoyachidan 3tasi yaxshiroq

Kataloniyaliklar 3-4-3 sxemasiga o‘tganidan keyin himoyada bo‘shliq nisbatan yo‘qoldi. Chunki 3 himoyachi kamdan-kam hollarda o‘z pozisiyalarini tark etadilar. Himoya zonasi har uchala himoyachiga teng taqsimlanadi.

Va bu holatda “Barselona” 3 himoyachi uslubiga o‘tganidan buyon 5ta o‘yinda faqat bir marta raqibning pozision (tezkor) hujumidan gol o‘tkazib yubordi. Qolgan gollarning barchasi (4ta) standart vaziyatlardan o‘tkazildi.

Demak, 3 himoyachi uslubiga o‘tilishi pozision himoyalanishdagi natijalarni anchagina yaxshiladi. Faqat Enrikega resurs yetishmovchiligi to‘sqinlik qilishi mumkin. Maskerano – Pike – Umtiti uchligi optimal variant. Tarkibda faqat Matyo bu sxemaga mos tushadi. Alba va Din esa bu uslubga tushmaydi. Ular qanot himoyachilari. Rotasiya qilishda shu holat muammoni yuzaga keltiradi. “Deportivo”ning tajribali murabbiyi Pepe Mel bu kamchilikdan juda unumli foydalanib qoldi.

Yarim himoyadagi ustunlik

3-4-3 sxemasi boshdanoq maydon markazidagi jipslikni ta’minlash uchun qo‘llangan chora edi. Maqsadga erishildiyam. Messining uchlikka qo‘shilib, maydon markazida romb tashkil etishi to‘pni nazorat qilish bilan birga, hujumchilarga bo‘shliq yaratishda ham qo‘l keladi.

Bundan tashqari futbolchilarning maydon bo‘ylab teng taqsimlanishi yuqori pressingni ta’minlaydi.

Faqat yakuniy sifat markazdagi ijrochilarga ham bog‘liq bo‘ladi. Keskin rotasiyalar ko‘zlangan maqsadga to‘sqinlik qilayotganiyam bor gap. Gomes – Inyesta o‘rnini, Denis – Rakitich vazifasini to‘laqonli bajara olmasligi ko‘zga tashlanib qolyapti. Ayni paytda Enrike boshqotiradigan asosiy masala shu.

Keyingi og‘riqli masala – standartlar. 3-4-3 sxemasiga o‘tilganidan keyin o‘tkazib yuborilgan 5 golning 4tasini raqiblar standart vaziyatdan so‘ng kiritishdi (Atletiko, PSJ – bittadan va Deportivo – ikkita).

Hujumdagi ustunlik

Yangi sxemada hujumdagi eng asosiy ustunlik – o‘ng qanotda ham doimiy hujumchining paydo bo‘lgani bo‘ldi. Chap qanotda Neymar qanday harakat qilsa, o‘ng qanotda deyarli shu vazifani bajaradigan Rafinya pozisiyasi hosil bo‘ldi.

4-3-3 sxemasida Messining asosan markazga yaqin, hujum ortiga ko‘chib o‘ynashi o‘ng qanot hujumida bo‘shliq yuzaga keltirardi. Serxi Roberto esa butun qanot bo‘ylab, bo‘shliqni yopishga ulgurmas edi. Bu qanotda hujumning oqsashi yaqqol ko‘zga tashlanar edi.

So‘nggi o‘yinlarda kiritilgan ko‘pgina gollarda (jumladan, Atletiko va PSJga urilgan birinchi gollarda) o‘ng qanotning, jumladan Rafinyaning hissasi katta bo‘ldi.

Yuqorida aytilganidek, Messi va Suaresning markazda o‘z atrofida yarim himoyachi va himoyachilarni to‘plashi – qanotlarda Neymar va Rafinyaga yetarlicha bo‘shliqlarni yaratyapti. Bu futbolchilarning oxirgi vaqtlarda sermahsul va foydali o‘yin ko‘rsatayotganining sababi ham ko‘p jihatdan shunga bog‘liq.

Enrikening o‘yin uslubini keskin o‘zgartirishi, hech shubhasiz, jamoa foydasiga ishlamoqda. Endi u rotasiya bilan bog‘liq hamda standart vaziyatlardagi kamchiliklarni ham tuzata olsa, klub boshqaruvini umuman o‘zgacha ruh va kayfiyatda tark etadi.

Lutfullo Tursunov

Kiritilgan sana: 13.03.2017 15:32. O'kildi: 14348 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!

Bildirilgan fikrlar:


FCBKHURSHID
Sana: 21.03.2017 16:21. FCBKHURSHIDga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.