Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1933 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Lutfullo Tursunov

La Liga bo‘yicha ekspert

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Katta yo‘qotish: “Arxitektor” “Sevilya”ni tark etdi

Baho:
+0; -0

Ramon Monchi butun futbolchilik davrini “Sevilya”da, doimiy ikkinchi darvozabon rolida o‘tkazgan. Maydondagi faoliyatini tugatgach, klub uni o‘z tizimida olib qoldi. Monchi 1999 yildan texnik direktor vazifasida ishlay boshladi. U paytlarda klub og‘ir ahvolda qolgan, qarzlarga botib, Primeradan Segundaga ravona bo‘lgan edi.

Ramon Monchi tez orada texnik direktor vazifasini sport direktorligiga almashtirdi va klub akademiyasini, skautlik tarmog‘ini rivojlantirishga jiddiy kirishdi.

Klubda vaziyat butunlay o‘zgardi. Akademiyada 400dan ortiq bola tarbiyalanadigan  bo‘ldi. Bora-bora Ispaniyaning eng yaxshi akademiyalaridan biriga aylandi. Uning maktabidan Xose Antonio Reyes, Serxio Ramos, Diyego Kapel, Xesus Navas, Antonio Puerta va Alberto Moreno kabi tarbiyalanuvchilar yetishib chiqa boshladi.

Biroq Monchi ko‘proq skautlik qobiliyati orqali shuhrat qozondi. U izlab topgan notanish nom hech qancha vaqt o‘tmay, yulduzga aylanar va grand klublarga yo‘l olardi. Uning sport direktorligi davrida “Sevilya” bunday “topilma”lar evaziga nafaqat yirik turnirlarda sovrinlarga ega chiqdi, balki ularni sotish orqali 200 million yevrodan ortiq foyda ko‘rdi.

Monchining 10ta muvaffaqiyatli topilmasi:

10. Gjegoj Krixovyak («Reyms» — «Sevilya» — «PSJ»)

Krixovyak 2014 yili fransuzlarning «Reyms» klubidan 4,5 million yevro evaziga xarid qilingandi. Polshalik futbolchi tez orada klubning asosiy o‘yinchisiga aylandi. “Sevilya” tarkibida Yevropa Ligasini ikki bor qo‘lga kiritdi. Yozgi tranferda klub uni PSJga sotdi va qariyb 30 mln. yevro ishlab oldi.

9. Aleish Vidal («Almeriya» — «Sevilya» — «Barselona»)

2014 yili «Almeriya»dan 3 million yevroga sotib olingan Aleish Vidal dastlabki mavsumdayoq ajoyib o‘yinlar o‘tkazib, «Barselona» e’tiboriga tushdi. “Sevilya” uni 18 millionov yevroga pulladi.

8. Joffre Kondogbia («Lens» — «Sevilya» — «Monako»)

Ayni paytda «Inter» futbolchisi hisoblangan Kondogbia «Sevilya»ga fransuzlarning «Lens» klubidan 4 million yevro evaziga olib kelingandi. «Sevilya» libosida atigi bir mavsum to‘p surgan futbolchi grandlar e’tiboriga tushdi va 2013 yili 20 millionov yevro evaziga «Monako»ga jo‘natildi.

7. Seydu Keyta («Lens» — «Sevilya» — «Barselona»)

Keyta ham 2007 yili «Lens»dan 4 million yevroga xarid qilingandi, bir yil o‘tib esa, Gvardiola uni 14 millionov yevro evaziga «Barselona»ga olib ketdi.

6. Kevin Gameyro («PSJ» — «Sevilya» — «Atletiko»)

Gameyroning transferi “Sevilya”ga 7 million yevroga tushgandi. «PSJ»da asosiy tarkibga kira olmagan futbolchi Andalusiyada porladi.  Jamoasining muhim yutuqlarini ta’minlash bilan birga, grandlar e’tiboriga tushdi. Yozgi transferlar oynasida “Atletiko” bu futbolchi uchun qariyb 40 millionov yevro sarfladi.

5. Luis Fabiano («Portu» — «Sevilya»)

Braziliyalik hujumchi 2005 yili 3 million yevro evaziga «Portu»dan olib kelingandi. Olti mavsum davomida Fabiano «Sevilya» libosida 225 o‘yin o‘tkazdi va 106 gol muallifi bo‘ldi, klub afsonalari safiga kirdi.

4. Julio Baptista («San-Paulu» — «Sevilya» — «Real Madrid»)

Baptista «Sevilya»ga 2003 yili olib kelindi. Futbolchi uchun Braziliyaning «San-Paulu» klubiga 3 million yevro to‘landi. Baptista ham andaluslarning yulduzli futbolchisiga aylandi va Madridning “Qirollik klubi” e’tiboriga tushdi. «Real» u uchun 20 million yevro to‘ladi.

3. Karlos Bakka («Bryugge» — «Sevilya» — «Milan»)

2013 ili 7 million yevroga xarid qilingan kolumbiyalik hujumchi bildirilgan ishonchni to‘la oqladi. Klubga o‘zining muhim gollari bilan muhim sovrinlar keltirdi. Uning ham ketish payti keldi. Karlos Bakkani o‘z safiga qo‘shib olish uchun «Milan» 30 million yevro sarflashiga to‘g‘ri keldi.

2. Ivan Rakitich («Shalke» — «Sevilya» — «Barselona»)

2011 yili Monchi “Shalke”dan ko‘pchilikka notanish Rakitichni «Sevilya»ga olib keldi. Yana o‘sha summa – atiga 3 million yevro evaziga. Uch yillik faoliyatidan so‘ng, xorvatiyalik futbolchi «Barselona» bilan shartnoma imzoladi. «Sevilya» uning transferidan 18 million yevro ishlab oldi.

1. Dani Alves («Baiya» — «Sevilya» — «Barselona»)

Dani Alves 2002 yili Braziliyaning «Baiya» klubidan topib kelinadi. Transfer summasi atiga 800 ming yevro tushgandi. 2008 yilda esa himoyachi «Barselona»ga 35 million yevroga sotiladi.

"Biz hali deyarli tanilmagan va o‘rta rivojlanish bosqichida bo‘lgan futbolchilarni xarid qilamiz. So‘ng esa ularni yulduz darajasiga ko‘tarib, sotib yuboramiz. Biz futbolchilardan pul keltirish modeli bo‘yicha ishlaymiz. Biroq bu natijalarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuning uchun uslubimiz muxlislarimizni ham qoniqtiradi” – deydi Monchi.

Albatta, Monchining har bir topilmasi ham muvaffaqiyatli chiqavermaydi. Axir, xatolarsiz ishlashning iloji yo‘q.

Ramon Monchining ajoyib karyerasi dunyoning grand klublari e’tiborini tortmay qo‘ymadi. “Barselona” o‘tgan mavsumda unga jiddiy taklif bilan chiqdi. "Zenit", "Bavariya", MYU, “Real”... U esa barcha takliflarni birin-ketin rad etdi.

U xuddi futbolchilik davrida bo‘lganidek faqat “Sevilya”da faoliyatini davom ettiradigandek edi. Lekin o‘tgan haftada u Andalusiyadan ketishini e’lon qildi. Klub ham tasdiqladi buni.

“Sevilya” katta yo‘qotishga uchradi. Monchi nafaqat Andalusiyani, Ispaniyani ham tark etish arafasida. Xabarlarga ko‘ra, u Italiyaning “Roma” klubi bilan kelishib qo‘ygan. Agar shunday bo‘lib chiqsa, faqatgina sevilyaliklar uchun emas, bugun La Liga uchun jiddiy yo‘qotish bo‘ladi bu.

Kiritilgan sana: 03.04.2017 17:03. O'kildi: 12645 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик