Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Lutfullo Tursunov

La Liga bo‘yicha ekspert

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

La Ligada kim chempion bo‘lishini “Sevilya” hal qiladi...mi?

Baho:
+1; -0

Chempionlikka uch da’vogar. Atigi bir ochkodan farq. 25-turdan so‘ng La Ligada shunday intriga yuzaga keldi. 2017 yil kirib kelgan mahalda “Real” turnir jadvalida yaqqol yetakchi edi. Bu turda esa u “Barselona”ni oldinga o‘tkazib yubordi (to‘g‘ri, madridliklarda bitta zaxira o‘yini bor).

Chempionatda sovrindorlar saralanadigan muhim palla boshlandi. Buyog‘iga kim kamroq xatoga yo‘l qo‘ysa, o‘sha shohsupaga ko‘tariladi. Imkoniyat esa, har uchala jamoada ham bor.

Barselona

So‘nggi bir necha oy davomida La Liga chempionligi taqdiri kataloniyaliklarning o‘z qo‘llarida emasdi. Madrid klubining qoqilishini kutishga majbur edi ular. Azaliy raqib ko‘p kuttirmasdan ketma-ket yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ydi va endi Enrike jamoasida vaziyatni o‘z kuchi bilan hal qilish imkoni paydo bo‘ldi.

Avvalgi turda “Atletiko” safarda mag‘lub etildi, 25-turda “Sporting” ayab o‘tirilmadi. Endi qolgan o‘yinlarda ham maksimal ochkoga ega bo‘linsa, kataloniyaliklarni navbatdagi chempionlikdan hech kim mahrum qila olmaydi.

O‘tgan turlarning ahamiyatli voqealari shu bilan yakun topgani yo‘q. Luis Enrike kutilgan qarorini kutilmagan vaqtda e’lon qildi: U kelgusi mavsumda jamoani boshqarmaydi! Uch mavsumdan iborat, sovrinlarga boy faoliyatiga yakun yasashini ma’lum qildi murabbiy. Uch mavsumda 10 imkoniyatdan 8ta sovringa ega chiqqan bo‘lsa ham, Enrike tanqid ostida qolayotgandi. Ayniqsa, “PSJ”dan uchralgan mag‘lubiyat barcha masalaga nuqta qo‘ydi. Albatta, hali kataloniyaliklar nazariy jihatdan bu yil ham “triplet”ga ega chiqishlari mumkin. YECHLda vaziyat ancha murakkab, bu musobaqa tarixida dastlabki o‘yindagi 4-0 hisobi yo‘qqa chiqarilgan holat hali kuzatilmagan. “Barsa” mo‘’jiza ko‘rsatsagina, bu tarixiy faktni o‘zgartira oladi. Ammo, Ispaniya Kubogi va La Ligadagi holatlari u qadar murakkab emas. Kubok finali hal etildi, qolaversa undagi raqib grand jamoa emas. Jamoaning chempionatdagi taqdiri ham o‘z qo‘llarida.

La Ligada qolgan turlarda “Barselona” uchun qiyin o‘yinlar:

26-tur. 04.03.2017. “Barselona” – “Selta”.

Bu bahsni kataloniliklar o‘z maydonlarida o‘tkazishsa-da, ayrim sabablar tufayli o‘yin ular uchun oson kechmaydi. Birinchidan, “Selta” – kataloniyaliklar uchun noqulay raqib. Qolaversa, Enrikening ketish haqidagi e’loni hamda oldinda “PSJ” bilan javob o‘yini turgani jamoaga ruhiy bosim yuklashi tabiiy. Murabbiy ham YECHL sabab ma’lum darajada rotasiyaga qo‘l ursa, ajabmas.

29-tur. 02.04.2017. “Granada” - “Barselona”.

Nega “Granada”? Hayron bo‘layotgandursiz. Bu o‘yinning “Barselona” uchun qiyin kechishining bitta jiddiy sababi bor – bahs FIFA kunlaridan so‘ng o‘tkaziladi! O‘tgan mavsum bahor boshlanishi arafasidagi FIFA kunlari kataloniyaliklarga qanday salbiy ta’sir o‘tkazgani esingizdadir-a?

30-tur. 05.04.2017. “Barselona” – “Sevilya”.

Chempionlikka da’vogar jamoa bilan bahs. 3 ochko emas, 6 ochko uchun o‘ynaladigan bahslar turkumidan. Yutgan jamoaning imkoniyati oshadi, mag‘lub bo‘lganniki ancha pasayadi. Durang esa uchinchi da’vogar jamoa foydasiga o‘ynaydi.

33-tur. 23.04.2017. “Real Madrid” – “Barselona”.

Xuddi yuqoridagi ta’rifni berish mumkin bu bahsga ham. Faqat undan-da ahamiyatliroq, ham ruhiy, ham turnir jadvali nuqtai nazaridan. Katta ehtimol bilan chempionlik taqdiri ko‘p jihatdan shu o‘yinda hal etilsa kerak.

Bu bahslardan tashqari, 27-turda safarda kechadigan “Deportivo” bilan bahs, 35-turdagi Kataloniya derbisi, 36-turdagi “Vilyarreal” bilan uchrashuv Enrike shogirdlarida muammo yuzaga keltirishi mumkin.

Real Madrid

La Liga birinchi davrasidan so‘ng, vaziyat Zidan jamoasi ixtiyorida edi. Yaqin taqibchidan yaqqol o‘zib ketilgandi. 2017 yil madridliklar uchun avvalgi yil kabi omadli kelmadi. Ispaniya Kubogidagi kurash boy berildi, La Ligada ketma-ket yo‘qotishlarga uchraldi. Ammo chempionlik masalasi hali ham “Real”ning o‘z qo‘lida, xuddi “Barsa” singari. Hatto, zaxiradagi o‘yin sabab “Barsa”nikidan ham yaxshiroq imkoniyati. Qolgan o‘yinlarda zafar quchilsa, madridliklarni hech kim quvib yeta olmaydi.

Zidan jamoasiga bu yo‘lda nimalar xalaqit qilishi mumkin?

Birinchisi, ruhiy bosim. “Real” so‘nggi yillarda La Ligada muvaffaqiyat qozona olmayapti. Tasavvur qiling, Krishtianu Ronaldu hisobida atiga bitta chempionlik unvoni bor! Bu mavsumda “Qirollik klubi”da uzoq tanaffusdan so‘ng chempionlik uchun juda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo endi, raqiblar yana maksimal darajada yaqinlashib olishdi. Bu esa ruhiy bosimni ikki hissa oshiradi.

Ikkinchisi, taqvim zichligi. “Real” o‘tgan yili Klublar o‘rtasidagi JChda ishtirok etgani tufayli “Valensiya” bilan bahs ortga surilgandi. Keyinchalik, ob-havo injiqliklari sabab “Selta” bilan o‘yin kechiktirildi. Qoldirilgan o‘yinlar taqvim zichligini yanada oshirdi. Valensiyadaku ochko yo‘qotildi, “Selta” bilan o‘yin sanasi esa hali noma’lum. YECHLda pley-off o‘yinlarining boshlanib ketgani, chempionatning qoldirilgan 21-turini o‘tkazishga to‘sqinlik qilyapti. Agar “Real” YECHLda o‘z yurishini davom ettiraversa, taqvim zichligi ularga mushkullik tug‘diraveradi.

La Ligada qolgan turlarda “Real” uchun qiyin o‘yinlar:

26-tur. 04.03.2017. “Eybar” - “Real”.

Madridliklarning o‘tgan turdagi raqibi – “Las Palmas” so‘nggi besh o‘yinda ochko nimaligini bilmayotgan edi. Kutilmaganda esa “Santyago Bernabeu”dan ochko olib ketishdi. Navbatdagi raqib - “Eybar” esa aksincha, oxirgi turlarni yaxshi o‘tkazyapti. Ular birinchi davrada “Real”dan ochko tortib olishgandi, bu bahsda ham osonlikcha taslim bo‘lishmaydi.

28-tur. 19.03.2017. “Atletik” – “Real”

Odatda “Atletik” madridliklar uchun noqulay raqib sanalmaydi. Biroq, kichik “El-klasiko” har doim ham oson o‘tavermaydi. Ayniqsa, o‘yin basklar yurtida kechganida.

31-tur. 09.04.2017. “Real” - “Atletiko”

Diyego Simeone jamoasi chempionlik poygasidan chiqib ketdi. Ammo bu o‘yinda ulardan motivasiya qidirishga hojat yo‘q. Axir bu derbi, axir raqib – “Real”. “Atletiko” so‘nggi yillarda “Santyago Bernabeu”da muvaffaqiyatli o‘ynash hadisini olgan. Zidan shogirdlari uch ochko olish uchun ancha ter to‘kishlari kerak bo‘ladi.

33-tur. 23.04.2017. “Real Madrid” – “Barselona”.

Yuqoridagi ta’rifni o‘qing.

37-tur. 14.05.2017. “Real Madrid” - “Sevilya”

O‘sha paytga borib, jamoalarning turnir jadvalidagi holati hozirgidan farq qilishi mumkin, ammo bu – jamoalar o‘rtasida keskin bahs kechishiga to‘sqinlik qila olmaydi.

“Sevilya”

Xorxe Sampaoli o‘zining debyut mavsumidayoq Ispaniyaning ikki grandiga jiddiy qarshi chiqdi. Argentinalik murabbiy avvalgi mavsumlarda vatandoshi ko‘rsatgan shashtni namoyish qilyapti. “Sevilya” chempionat oxirigacha bunday kurasha olmaydi, dersiz. Mavsum boshida ham hozirgi holatda bo‘lishini hech kim taxmin qila olmagandi. Shuning uchun Xorxe Sampaoli jamoasini kurashdan chiqarib bo‘lmaydi. O‘tgan turda “Atletik”ni mag‘lub etgan holda, o‘z o‘rinlarini mustahkamlab olishdi.

Oldinda qanday sinovlar kutayotganidan qat’i nazar “Sevilya” osonlikcha taslim bo‘lmaydi. Sampaoli o‘z shogrdlarini har doim oxirigacha kurashishga o‘rgatadi (uning qo‘l ostidagi Chili terma jamoasini eslang).

La Ligada qolgan turlarda “Sevilya” uchun qiyin o‘yinlar:

28-tur. 19.03.2017. “Atletiko” – “Sevilya”

Jamoalarning birinchi davradagi bahsida sevilyaliklarning qo‘li baland kelgan edi. “Atletiko” o‘sha mag‘lubiyat revanshini olishga harakat qiladi.

30-tur. 05.04.2017. “Barselona” – “Sevilya”.

Yuqoridagi izohni o‘qing.

32-tur. 16.04.2017. “Valensiya” – “Sevilya”

“Valensiya” hozir istalgan raqibga imkoniyatni boy berishi mumkin. Ammo bu jamoada yetakchilarga jiddiy qarshilik ko‘rsatish instinkti butkul o‘lib bo‘lmagan. Ayniqsa, o‘z maydonida.

37-tur. 14.05.2017. “Real Madrid” - “Sevilya”

Yuqorida chempionlik taqdirini “El-Klasiko” hal qilishi mumkinligini taxmin qilgandik. Agar o‘sha o‘yinda hal bo‘lmasa, 37-turdagi mazkur bahs vaziyatga oydinlik kiritib beradi. “Sevilya”da o‘zi chempion bo‘la olmagan taqdirida ham, chempionni aniqlab berish imkoni bor.

Kiritilgan sana: 03.03.2017 16:05. O'kildi: 12892 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!

Bildirilgan fikrlar:


WRBEIRQX

Sana: 06.08.2024 07:30. WRBEIRQXga yozish
+0; -0
1

Ushbu fikrga javoban


WRBEIRQX

Sana: 06.08.2024 07:30. WRBEIRQXga yozish
+0; -0
1

Ushbu fikrga javoban


FCBKHURSHID
Sana: 21.03.2017 16:33. FCBKHURSHIDga yozish
+0; -0
0

Ushbu fikrga javoban


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик