Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Lutfullo Tursunov

La Liga bo‘yicha ekspert

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

“Real”ning oltin boshi”. Uzoq kutilgan chempionlik qanday qo‘lga kiritildi?

Baho:
+0; -0

Mashhur murabbiy Arrigo Sakkining bir gapi bor: “Yomon o‘yinlarni kim yutsa, o‘sha chempion bo‘ladi”. Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumi bu fikrni to‘la asosladi. “Barselona” o‘zining yomon o‘tkazgan o‘yinlarida ko‘proq ochko yo‘qotdi, “Real Madrid” esa qiyin bahslarida asosiy raqibiga qaraganda ko‘proq ochko yig‘a oldi. Oxir-oqibat, shu jihat “Qirollik klubi”ga orziqib kutilgan chempionlikni taqdim etdi.

La Ligada g‘alaba qozonish murakkab vazifa. Bu chempionatda har bir uchrashuvga jiddiy yondashish talab etiladi. Yo‘qotilgan istalgan ochko hal qiluvchi bo‘lishi mumkin, barqarorlik bo‘lmasa, g‘oliblikni orzu qilib ham bo‘lmaydi. Zayniddin Zidan jamoasi, birinchi navbatda, barqarorlik evaziga bu mavsumda barcha raqiblaridan ustun bo‘ldi. Aynan barqaror o‘yini bilan “oltin dubl” (La Liga va Chempionlar Ligasi g‘olibligi) qayd etishga yaqin turipti. Buning naqadar murakkab vazifa ekanini madridliklar so‘nggi “oltin dubli”ni bundan 59 yil oldin qo‘lga kiritganini eslatish kifoya. Zidan salkam 60 yillik to‘siqni yo‘qqa chiqarishga juda yaqin turibdi.

Nega aynan Zidan? “Real Madrid” emas? Madridliklar garchi doimo superklub sanalib kelingan bo‘lsa-da, barcha musobaqalarda birdek kurashadigan jamoa sanalmaydi. Shuning uchun ham “Oltin trebl” (bir mavsumda ham chempionat, ham mamlakat kubogi, ham YECHL g‘olibligi) qayd etgan Yevropaning yetti jamoasi orasida “Qirollik klubi”ni uchratmaymiz. Darvoqe, ushbu mavsumda Zidan jamoasi “oltin dubl” qayd etishga yaqin turgan bo‘lsa, uning YECHL finalidagi raqibi – “Yuventus” Yevropa futboli tarixida “oltin trebl”ga erishgan sakkizinchi jamoa bo‘lishga urinadi.

Zidanga qaytamiz. Futbol afsonasi jamoani qabul qilib olgach, birinchi qilgan ishi – futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan edi. Buni u nafaqat mashg‘ulotlar orqali, balki o‘zining rotasiyalari orqali ham amalga oshirdi. Zayniddin tarkibdagi barcha shogirdlariga imkon qadar bir xil o‘yin amaliyotini bera oldi. Superklublarda kam kuzatiladigan holat bu. Masalan, Zidanning ustozi sanalgan Anchelotti buning butkul teskarisi edi. U barcha musobaqalarda asosiy tarkibga tayangan holda kurash olib borardi. Balki shuning uchundir, barcha musobaqalarda g‘olib chiqishga jamoaning kuchi yetmasdi. Zidan shogirdlari esa hozir mavsum yakuni ekaniga qaramay, ajoyib jismoniy holatda bo‘lib turishibdi. Butun mavsum davomida shu tempni ushlab tura olishdi ular.

Har safar uning qo‘l ostida tarkibdagi 18 futbolchi tayyor holda turdi – ham jismoniy, ham ruhiy, ham taktik jihatdan. Ularning istalgani istalgan vaqtda jamoasiga foyda bera oldi. Hech biri o‘yinning umumiy suratini buzib qo‘ymadi. Enrikening “Barselona”sida esa buning aksi bo‘ldi. Kataloniyaliklar ochko yo‘qotgan ko‘pgina bahslarda aynan ikki-uch nafar rotasiya vakillarining qo‘pol xatolari qimmatga tushdi.

Bir eslang-a, hatto Danilo va Koentrau, Kasilya yoki Marianoning jamoasiga ochko olib kelgan o‘yinlar bo‘ldi. Isko, Nacho, Xames, Asensio, Vaskes va Morata kabi “zaxirachilar”ning chempionlikdagi ulushini esa gapirmasa ham bo‘ladi. Ularning har biri bir qancha muhim gollar ishtirokchilariga aylanishdi. Zidan ularni tarkibning ikkinchi tarkibi a’zolari sifatida “o‘tirib” qolishiga o‘zining rotasiyalari orqali barham berdi. Asosiy tarkib sanalgan vakillar YECHLni zabt etayotgan bir vaqtda, aynan “zaxirachilar” La Ligadagi g‘oliblikda ko‘proq hissa qo‘shishdi.

Teng taqsimlangan kuch Zidanga turli jarohat va diskvalifikasiyalarni og‘riqsiz o‘tib ketishiga yo‘l ochdi. Istalgan murabbiy Beyldek futbolchisi jarohatdan boshi chiqmay qolsa, muammo girdobida qolgan bo‘lardi. Istalgan murabbiy, mavsumning asosiy qismini Ronaldudek yetakchisi sezilarli darajada bo‘sh o‘tkazsa, chora topa olmay qolardi. Zidan esa buni qiyinchiliksiz epladi. Benzema yo‘g‘ida Moratani, Ronalduni o‘rniga yosh Asensioni, Ramos yoki Marselo yordam bera olmaganda Nachoni katta sahnaga olib chiqaverdi. Beylning yo‘qligida Isko undan muhimroq futbolchi ekaniga barchani ishontirib qo‘ydi hatto.

Oxirgi “El-klassiko”da uchralgan mag‘lubiyat “Real”ni qiyin ahvolga solib qo‘ygandi – endi jamoaning xato qilishga haqqi yo‘q edi. Zidan qanday yo‘l tutdi? Keyingi o‘yinda “Riasor”da butunlay boshqa tarkibni maydonga tushirdi. Axir “Barselona” bu yerda ochko yo‘qotganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan edi. Ishonch bildirilgan “ikkinchi” tarkib ishonchni to‘la oqladi.

Jismoniy holat, rotasiya va murabbiyning har bir futbolchini o‘yinga ruhan va taktik tayyorlay olishi qiyin kechgan o‘yinlarda ham ochko olish ikonini berdi. Bunday bahslarning aksariyatida so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar jamoaga yakunda chempionlikni taqdim qildi.

Zidan shu vaqtga qadar “Qirollik klubi”ga muammo tug‘dirib kelgan to‘siqlarni, noxush an’analarni chetga uloqtirib tashladi. Butun jamoani bir maqsad atrofida birlashtirdi, o‘z xarakterini singdirdi. Shu uchundir u Florentino Peresning eng omadli murabbiy-topilmasiga aylandi. Odatda boshqa murabbiylar ishiga ortiqcha aralashib, jamoa o‘yiniga zarar keltirib yurgan prezident ham o‘zini ikkinchi planga oldi. Bu mavsumda vaziyat to‘laligacha murabbiy boshqaruvida bo‘ldi. Va shu tarzda to‘g‘ri izga tushib olgan “Real” o‘z muxlislariga ketma-ket quvonchli onlarni taqdim qilyapti.

Kiritilgan sana: 23.05.2017 18:19. O'kildi: 11145 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик