Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Nasaf” OCHL saralashiga tayyormi?

Baho:
+ | -
OSIYO / Chempionlar ligasi / Saralash pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

“Nasaf” o‘tgan haftada Turkiyadagi yig‘inini yakunlab qaytib keldi. U yerda oltita nazorat uchrashuvlari tashkil etildi.

“AYEL Limassol” (Kipr, 1:0), “Neftchi” (Ozarbayjon, 1:0), “Botoshani” (Ruminiya, 1:0), “Sumgait” (Ozarbayjon, 1:0), “Karpati” (Ukraina, 3:1) hamda “Shaxtyor” (Qozog‘iston, 3:1) jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. “Nasaf”ning barcha nazorat bahslarida g‘alaba qozongani albatta e’tiborga molikdir. Jamoaning Turkiyaga ketishidan avval esa tarkib hamda moliyaviy masalalar bo‘yicha muammolar yetarlicha edi. Lekin keyinchalik klub xorij yig‘inini uyushtirdi, Ro‘ziqul Berdiyev tarkibni ham risoladagidek ko‘rinishga keltirgandi.

“Turkiyadagi yig‘indan qoniqdim”

Jamoa ustozi ushbu yig‘indan mamnun bo‘ldi. Endi “Nasaf” biroz muddat o‘z qarorgohida shug‘ullangach, 28 yanvarda Toshkentga keladi. Ro‘ziqul Sa’dullayevich esa safardan qaytganidan keyin dastavval yig‘in xususida gapirdi.

-Bu nazorat uchrashuvlari, rasmiy maqomga ega emas. Turkiyaga borib rejamiz bo‘yicha ishladik. Barcha nazorat o‘yinlarda g‘alaba qozonganimiz, futbolchilarimiz bizning talablarimizni to‘g‘ri bajarishgani bilan bog‘liq. Yigitlarimiz Turkiyadagi yig‘inda katta ishtiyoq bilan ishladilar. Bu esa yaxshi natijalarga olib keldi. Shuningdek, u yerdagi yig‘in davomida kamchiliklarimizni ham ko‘ra oldik. Oldimizga faqat g‘alaba qozonishni maqsad qilib qo‘ymagandik. Jamoadagi futbolchilarning o‘yinini yaxshiroq shakllantirishga ham ko‘proq e’tibor qaratgandik. Bundan tashqari, ayrim yangi uslublar ustida ham ishladik va bu ham o‘ylaymanki, ijobiy natija berdi. Bosh murabbiy sifatida Turkiya yig‘inidan qoniqish hosil qildim.

-Albatta, barcha nazorat uchrashuvlarida yutganimiz quvonarli hol. Futbolda g‘oliblik ruhi degan narsa ham bor. Umid qilamanki, ushbu holat jamoamizning keyingi o‘yinlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Faqat taktik yoki jismoniy tomondan emas, balki g‘olibona ruh orqali ham yaxshi ta’sir qilishi mumkin.

“Agar legioner olmoqchi bo‘lsak, Krasichni qaytargan bo‘lardik”

Shuningdek, “Nasaf”ning Turkiyadagi yig‘ini davomida yangi legionerlarning qo‘shilishi xususida ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Masalan, Ispaniya la ligasida to‘p surgan chililik futbolchiga qiziqish borligi haqida ham eshitdik. Mazkur vaziyat xususida Berdiyev o‘z munosabatini bildirdi.

-Bu narsalar mish-mish. Yig‘in davomida hech qanday legionerlarni sinovdan o‘tkazganimiz yo‘q. Bunday narsa bizning rejamizda ham yo‘q edi. Agarda rejamizda yana legioner o‘yinchi qo‘shib olish bo‘lganida unda Ognen Krasichni qaytarib olgan bo‘lardik. Shu bois bu borada boshqa variantlarni ko‘rmadik. Faqat tarkibimizdagi bor o‘yinchilar bilan yig‘inni olib bordik va rejalarimiz aynan o‘sha o‘yinchilar bilan bog‘liq edi.

“Yana bir-ikkita o‘yinchi qo‘shilsa yomon bo‘lmasdi”

Ma’lumki, “Nasaf” klubi yaqinda OFKga futbolchilarning zayavkasini topshirdi. 31 yanvar kuni Osiyo Chempionlar ligasiga yo‘llanma uchun dastlab o‘tish bosqichida Bahraynning “Al Hidd” klubini qabul qiladi. Agar ushbu uchrashuvdan muvaffaqiyatli o‘tsa, 7 fevralda Saudiya Arabistonida “Al Fateh” bilan bellashadi. Qarshiliklar mazkur o‘yinlar uchun OFKga futbolchilar ro‘yxatini topshirdi. Ro‘ziqul Berdiyev esa bu borada ham o‘z munosabatini bildirdi.

-Albatta, hozirgi tarkibimizda yana bir-ikkita futbolchi bo‘lishini xohlardik. Ammo hozirgi tarkibimiz bilan pley-offda o‘ynashimiz kerak. Agarda guruhga chiqa olsak, unda yana qo‘shimcha futbolchilarni zayavka qilish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Hozirgi OFKga topshirgan ro‘yxatimiz 31 yanvar hamda 7 fevralda bo‘ladigan o‘yinlarga mo‘ljallangan.

“Hozir 80-85 foizga tayyormiz”

Aytish kerakki, bizda hali futbol mavsumi boshlanmagan bir paytda “Nasaf” jamoasi ilk rasmiy uchrashuvni boshlaydi. Buning ustiga bu o‘yin xalqaro darajadagi maqomga ega hisoblanadi. Bunday paytda jamoani rasmiy o‘yinga har jihatdan tayyorlashi qiyin kechishi turgan gap.  Mazkur holat yuzasidan ham bosh murabbiyning fikrlarini bilishga qiziqdik.

-Qish paytida rasmiy bahslarda o‘ynamagandik. Imkon qadar jamoamizni 31 yanvarda bo‘ladigan uchrashuvga tayyorlashga harakat qildik. O‘ylaymanki, bunday pallada hech qachon hech qaysi jamoa 100 foizga tayyor bo‘la olmaydi. Hali yana ko‘proq o‘yinlar o‘tkazishimiz kerak. Futbolchilarda o‘yin amaliyoti yetarli darajada bo‘lishi muhim. Albatta, tayyorgarlik yaxshi bo‘lishi kerak. O‘ylaymanki, hozirgi paytga kelib jamoamiz 80-85 foizga tayyor.

“Al Hidd” Bahraynning yetakchi klubi”

“Nasaf”ning ushbu yildagi dastlabki raqibi Bahrayning “Al Hidd” klubi bo‘ladi. Hozirda Ro‘ziqul Berdiyevning oldida turgan dastlabki vazifa ushbu jamoa to‘sig‘idan eson-omon o‘tib olishdir. Shu o‘rinda raqibni o‘rganish ishlari ham olib borilyapti. Buni murabbiyning quyidagi so‘zlari orqali bilishingiz mumkin.

-Ha, raqib haqida ham ma’lumotlar yig‘yapmiz. Futbolchilarimizga “Al Hidd”ning ikkita o‘yinini ko‘rsatib, birgalikda tahlil qildik. Raqibimizning yana oxirgi o‘tkazgan ikkita o‘yinini diskka yozib oldik. Uni ham o‘yinchilarimizga ko‘rsatamiz va ularga qo‘shimcha ma’lumotlarni beramiz. Kimdir Bahrayn chempionatining saviyasi biznikiga qaraganda kuchsiz deb aytishi mumkin. Lekin “Al Hidd” chempionlikni qo‘lga kiritdimi, demak, Bahraynning yetakchi klubi hisoblanadi. Shuning uchun men ularni kuchsiz yoki saviyasi pastroq deb ayta olmayman. Har bir mamlakatning chempion jamoasi albatta o‘z kuchiga ega bo‘ladi.

“Gadoyev bilan Bahrayn futboli haqida gaplashdim”

Shuni ham aytish kerakki, o‘tgan yili yarim mavsum Ro‘ziqul Berdiyevning sobiq shogirdi Shohrux Gadoyev Bahrayn chempionatida o‘ynab qaytgandi. Shuning uchun “Nasaf” ustozi undan raqib yoki Bahrayn futboli haqida ma’lumotlar olishi turgan gap.

-Gadoyev bilan ko‘rishganimizda Bahrayn futbolining saviyasi haqida gaplashdik. Lekin aynan “Al Hidd” jamoasi haqida suhbatlashmaganmiz. Faqat umumiy ma’noda va qisqagina gap bo‘lgandi, – deydi Berdiyev.

Manba: voha.uz
Kiritildi: 19:18, 26.01.2017. O'qildi: 9006 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик