Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • 0:5
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • 1:0
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • 3:1
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • 2:1
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:1
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
  • La-liga
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • 2:1
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • 0:2
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • 2:1
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 0:2
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • 0:0
      • Lechche
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 32 62
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 32 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 32 42
9 Atletik Bilbao 33 41
10 Osasuna 32 39
11 Valensiya 33 39
12 Rayo Valyekano 32 38
13 Espanyol 32 38
14 Jirona 33 38
15 Alaves 33 36
16 Elche 32 35
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 32 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 32 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

26/04/26 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04/26 Real Ovyedo - Elche
26/04/26 Osasuna - Sevilya
27/04/26 Vilyarreal - Selta
28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Diyego Simeone: «Muvaffaqiyat kaliti edim, biroq…» (intervyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Madrid «Atletiko»sida chinakamiga muvaffaqiyatli ish olib borgan Diyego Simeone amaldagi shartnomasi muddati yakunlanmasidan avval jamoa bilan xayrlashishini ma’lum qildi. Marca nashri va argentinalik mutaxassis o‘rtasidagi suhbatda gap asosan uning Ispaniya poytaxtidagi samarali faoliyati va aynan ertaroq ketish haqidagi qarori xususida bordi.

- Madridga kelgan paytda «Atletiko»ga bunchalik uzoq vaqt ustozlik qilishni o‘ylaganmidingiz?

- Rostini aytsam, bu xususda umuman bosh qotirgan emasman. Chunki tabiatan zamon bilan hamnafas yashashga odatlanganman. O‘ylashimcha, qandaydir vazifani mukammal darajada ado etish uchun bor e’tiborni shu maqsadga yo‘naltirish darkor. Ya’ni doimo qandaydir yangilik yaratish yo‘lida izlanish talab etiladi. Boshqa masalalarga o‘ralashib qolsangiz, asosiy vazifani uddalolmaysiz. Izlanish - bu nafaqat murabbiylar, balki futbolchilar uchun ham eng muhim jihat. Madriddagi ilk bellashuvdan hozirgacha bo‘lgan davr orasida ko‘plab ajoyib insonlar bilan tanishdim. Gabi, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Koke va Saul kabi shogirdlarim hamon yonimdalar. Ularning hech birini unutmayman. Vaholanki, bundaylar juda ko‘p. Qandaydir kashfiyotlar ishqida mehnat qilish, kuchli raqobat muhitida ishlashni yoqtiraman. Chunki doimo shogirdlarim oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yishga odatlanganman.

- Diyego Simeone «Atletiko»da nechog‘li o‘zgardi?

- O‘z haqimda fikr bildirishim oson emas. Shaxs sifatida sezilarli o‘zgarishga yuz tutganim tayin. Chetdagilarga o‘zgacharoq ko‘rinishim mumkindir, lekin yaqinlarim uchun hamon avvalgi Diyegoman. Kasb yuzasidan gapirsak, tajribam ancha oshdi. Bunga avvalo, jamoam sababchidir. Chunonchi, o‘z g‘oyalarim urug‘ini unumdor yerga sepish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Bunaqasi yana yuzaga kelishi juda qiyin.

- Jamoa sardori Gabining fikricha, muxlislar armiyasi doimo bir guruh futbolchilarni ko‘rishdan zerikkan emish...

- Yuqorida ta’kidlaganimdek, muntazam ravishda yangi-yangi yechimlarni o‘ylab topish muhim. Lekin bir qator yigitlar jamoada anchadan buyon to‘p surayotgan bo‘lsalarda, ular muxlislar ko‘nglidan qolgan emaslar. Menimcha, 1-2 mavsum porlashdan ko‘ra, muntazam ravishda yuksak saviyani namoyish etish mushkulroq. Mana, «Real» va «Barselona»dek grandlarga qarshi kurashib, kubok va superkubokni qo‘lga kiritdik, chempionlikka erishdik. Bunday holatda kuchli ishtiyoqni saqlab qolish juda qiyin.

- Sizningcha, «Atletiko»ni boshqa jamoalarga o‘rnak sifatida ko‘rsatish mumkinmi?

- Menimcha, ko‘plab klublar dadil kurashishni o‘rganib olishdi. Yaqin o‘tmishga qarasak, La-ligani g‘oliblikka faqat 2ta jamoa da’vogarlik qiladigan zerikarli musobaqa sifatida tilga olishardi. Hozirchi? «Atletiko»dan tashqari, «Vilyarreal», «Real Sosyedad» va «Sevilya» kabi klublar grandlar bilan tengma-teng bellasha olishlarini ko‘rsatmoqdalar. Ishonchim komil, tez orada «Valensiya» ham o‘zini tiklab oladi. Kuchli raqobat shakllangani yaxshi, albatta. Shunda futbol chinakamiga jadal rivojlanadi.

- Ochig‘i, amaldagi shartnomangiz muddatini qisqartirib, ko‘pchilikni hayron qoldirdingiz?

- Qaytaraman: bu qarorimni o‘rinli, deb hisoblayman. Men uchun ham, klub uchun ham. Xo‘p, deylik, yana 5 yil ishlasam, nima bo‘ladi? Shunda «Atletiko»ni 10 yil boshqargan murabbiyga aylanaman. Boshqa hech narsa. Shartnoma 1 yoki 2 yilga mo‘ljallansachi? U holda, muddatni uzaytirish maqsadida yanada kuchliroq ishtiyoq bilan izlanaman. Bordiyu, klub ko‘magimga muhtojlik sezsa, meni ortga qaytarish chorasini topishi kerak. Shunda o‘zaro hamkorlikni yana davom ettiramiz.

- Bu qaror CHLning Milandagi final o‘yinidan so‘ng qabul qilingani rostmi?

- Ha, masala yuzasidan shtab a’zolari bilan uzoq maslahatlashdim. Tabiiyki, penaltilar seriyasiga ko‘ra, nufuzli sovrinni boy berganimiz kuchli alam uyg‘otdi. Keyin ichki chempionatda «Leganes»ni yenga turib, yakunda durangga rozi bo‘ldik. Bunisi navbatdagi zarba edi. Ammo jamoa shunday og‘riqli damlardan keyin ham tezda o‘zini o‘ngladi - bu ko‘plab klublar uddalay oladigan ish emas.

- Umuman, yetakchi futbolchilar bilan o‘zaro munosabatlaringiz qanday?

- Joyida. Muhimi, klub o‘z o‘yinchilarini tarkibda olib qolish salohiyatiga ega. To‘g‘ri, vaqtida Radamel Falkaoni olib qololmagandik. Ayni payt asosiy e’tiborni sport ko‘rsatkichlariga qaratayotganimiz o‘z samarasini bermoqda. Fakt shuki, «Atletiko» so‘nggi 5-7 yil ichida mutlaqo o‘zgardi - ijobiy o‘zgarishlar salmog‘i katta.

- Ko‘plab futbolchilar bilan shartnoma muddati uzaytirildi. Bu hol ularning xotirjamlikka berilishlariga olib kelmaydimi?

- Barcha futbolchilar klubga o‘zgacha mehr qo‘yishgan. Deylik, navbatdagi bellashuv arafasida hech kim avvalgi g‘alabalarni eslamaydi. Murabbiylar, mutasaddilar, xizmatchilar - barchamiz futbolchilarda kuchliroq ishtiyoq uyg‘otish payida bo‘lamiz. Xullas, yangi shartnoma futbolchilarni xotirjamlikka undashi xususidagi fikrlarga qo‘shilmayman.

- Jamoa uslubi xususidagi doimiy bahslar joningizga tegib ketgandir...

- Yo‘q, bunday tortishuvlar boshidayoq menga yoqqandi. «Rasing»da 4-3-1-2 sxemasi an’anaviy uslub sanalardi. Men uni 4-3-2-1ga o‘zgartirdim. To‘g‘ri, tanqidlar yetarlicha yangradi. Bunday payt g‘azablanishdan ma’no yo‘q. Shunchaki, boshlagan ishingizni xotirjam davom ettirishingiz ma’qul.

- Jamoangizning joriy mavsum yakunida CHL yo‘llanmasidan benasib qolishi mumkinligi sizni tashvishlantirmayaptimi?

- «Atletiko»da ish boshlaganimda, klub prezidenti shunday degandi: «Biz mavsumni 3-4-o‘rinlarda yakunlashimiz shart. Hozir yetakchilardan 15 ochko ortda qolyapmiz. Lekin ishonamanki, sen bu ishni uddalaysan». Ayni holatga qarasak, jamoa CHLda o‘ynash imkonini beradigan pog‘onalardan uncha uzoqda emas. Muhimi, «Atletiko» yaxshi ishlamoqda, tarkib ham binoyidek. Demak, xavotirga o‘rin yo‘q.

- Siz uchun eng katta muammo masofa bo‘lsa kerak. Chunonchi, oilangiz juda olisda...

- Bu mavzu kimni qiziqtiradi? 5 yil avval shu masalani ko‘targanimda, quyidagicha javob olgandim: «Xo‘p, bolalaring va oila a’zolaringdan uzoqlasholmasang, Argentinada murabbiylik qilaver. Bu bizning muammo emas». Hammasi risoladagidek, hech qanday e’tirozim yo‘q. Lekin o‘shanda o‘z hissiyotlarimni ochiq-oydin izhor etgandim: «Bu yerga kelganimning asosiy sababi shuki, aynan «Atletiko» bilan ishlamoqchiman».

- «Matraschilar»ga bog‘liq eng yorqin xotirangiz...?

- ...La-ligada zafar quchganimiz. Bir necha yillardan keyin kitoblarda shunday yozuvlar bitiladi: «O‘sha 10 yil davomida «Barselona» deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritayotgan, yana «Real»dek grand qarshiligini sindirish talab etilardi. Shu bois, qandaydir uchinchi jamoaning g‘olib chiqishi juda qiyin sanalardi». Xullas, o‘sha g‘alaba «Atletiko» uchun tarixiy ahamiyatga ega.

- Milan finalidagi mag‘lubiyat esa eng noxush xotira sanalsa kerak, to‘g‘rimi?

- Ha. Doimo o‘zimni muxlislar oldida qarzdor, deb hisoblayman. Alamli mag‘lubiyatdan so‘ng mas’uliyat yanada kuchaydi. Ko‘pchilikning fikricha, o‘sha bellashuvda «Atletiko» g‘alaba qozonadigandek edi. Chunki muxlislar meni muvaffaqiyat kaliti, deb tan olishgandi. Ammo afsuski, so‘nggi marrada zimmamdagi vazifani uddalay olmadim...

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:48, 30.01.2017. O'qildi: 7383 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
7 Атлетико Aleksandr Serlot 12
8 Барселона Robert Levandovski 12
9 Алавес Lukas Boye 12
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик