Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 28 70
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 28 44
6 Selta 28 41
7 Real Sosyedad 28 38
8 Espanyol 28 37
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 28 34
12 Jirona 28 34
13 Rayo Valyekano 28 32
14 Valensiya 28 32
15 Sevilya 28 31
16 Malyorka 28 28
17 Alaves 28 28
18 Elche 28 26
19 Levante 28 23
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche
28-тур Malyorka 2-1 Espanyol
28-тур Barselona 5-2 Sevilya
28-тур Betis 1-1 Selta
28-тур Real Sosyedad 3-1 Osasuna
28-тур Rayo Valyekano 1-1 Levante

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03/26 Elche - Malyorka
21/03/26 Espanyol - Xetafe
21/03/26 Levante - Real Ovyedo
21/03/26 Osasuna - Jirona
22/03/26 Sevilya - Valensiya
22/03/26 Barselona - Rayo Valyekano
22/03/26 Selta - Alaves
22/03/26 Atletik Bilbao - Betis
23/03/26 Real Madrid - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sokingina birinchi oy yoxud yanvar oyi termamiz uchun qanday kechgan?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Rasmiy uchrashuvlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yilning birinchi oyi - yanvar butun jahon futbolida sokin davr hisoblanadi aslida. To‘g‘ri, bu vaqtda klublar o‘rtasidagi musobaqalar davom etaveradi.

Qolaversa, 2011 va 2015 yilgi Osiyo kubogi bahslari aynan yanvarga to‘g‘ri kelgani  bois, jahon ommasi e’tibori qit’amizga qaratilgandi. Shuningdek, Afrika milatlar kubogi ham asosan yilning ilk oyida o‘tkaziladi. Yevropada esa, CHLning «pley-off» raundlari fevralda start oladi. Qisqasi, yanvarda terma jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinlari ham ko‘pincha Osiyo va AQSH tomonlarda tashkillashtiriladi. Deylik, milliy futbolimiz uchun yanvar oyi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonining eng muhim pallasi sanaladi.

Xususan, agar yirik turnirlar o‘tkazilmasa, terma jamoamiz faqat saralash bahslari oldidan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi mumkin. Ha, so‘nggi 2ta Osiyo kubogi yanvarga belgilanganidan buyon bu oy biz uchun muhim davrlardan biriga aylandi. Demak, jamoamiz uchun iqlim jihatidan ancha murakkab sanalgan birinchi oyga qaratilgan maxsus tayyorgarlik tizimi ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. To‘g‘ri, vakillarimiz Osiyo miqyosidagi turnirlarda doimo guruhdan chiqyapti. Lekin keyingi raundlarda «fizika» pand beryapti. Samvel Babayan yanvar oyida 2ta o‘rtoqlik o‘yini tashkil etishga ulgurdi.

To‘g‘ri, daniyalik yoshlarga qarshi kechgan o‘yin hisobga kiritilmaydi, Gruziya termasi bilan bahs esa, ilk oyning umumiy statistikasini biroz o‘zgartirdi. Demak, bugun terma jamoamiz yanvar oyida qanday o‘ynagani xususida batafsil to‘xtalamiz.

2011 yil 21 yanvar. Shu kuni Qatarning Doxa shahrida joylashgan «Xalifa» stadionida Osiyo kubogi chorak final o‘yini o‘tkazildi. Bu uchrashuv biz uchun ikki tomonlama ahamiyatli. Birinchidan, u butun jahon e’tiborini tortdi. Ya’ni hattoki, xalqaro ekspertlar ham o‘yin sifatiga yuqori baho berdilar. Ikkinchidan, yarim final taqdirini hal qilgan 2-raqamli hujumchi Ulug‘bek Baqoyev jahon bo‘yicha o‘sha haftaning eng yaxshi futbolchisi maqomiga loyiq ko‘rildi.

Demak, milliy jamoamizning Osiyo chempionatidagi eng yuqori natijasini ta’minlagan o‘yinda maydonga tushgan tarkibni eslaymiz: Ignatiy Nesterov (Temur Jo‘rayev, 62), Sahob Jo‘rayev, Shavkat Mullajonov, Sanjar Tursunov, Odil Ahmedov, Jasur Hasanov (Stanislav Andreev, 57), Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Server Jeparov, Ulug‘bek Baqoyev, Aleksandr Geynrix (Anzur Ismoilov, 70).

Odatda yanvar oyida yurtimizda o‘yin o‘tkazilmaydi. E’tibor bering, jamoamizning ilk oyga to‘g‘ri kelgan jami 16ta o‘yinidan 6tasiga Doxa mezbonlik qilgan. Aslida bizda yilning xohlagan oyida mashg‘ulot olib borish imkoniyati yo‘q emas. Buning uchun yetarli infratuzilma shakllangan. Balki rasmiy turnirlardan xoli yillarning yanvarida xalqaro turnir uyushtirish foyda berar? Harqalay, Yevropaning o‘rtamiyona jamoalari va Osiyo yetakchilari, shuningdek, Shimoliy Amerikaning raqobatbardosh vakillaridan 7tasini taklif etib, 8ta ishtirokchi orasida maxsus turnirni yo‘lga qo‘yish muxlislarga ham ma’qul tushsa kerak. Muhimi, termamiz ayni payt shunday turnirga muhtoj. Mana, JCH saralashining yarmiga yetib keldik. Biroq sparring-raqib topish va jismoniy tayyorgarlikni maromiga yetkazish bo‘yicha hamon muammolar ko‘p. Balki turnir tashkil etilsa, dastlab mukofot jamg‘armasi borasida qiyinchiliklar bo‘lar, lekin bu muammoni keyinchalik hal etish mumkin.

O‘zbekiston milliy jamoasining yanvar oyidagi o‘yinlari statistikasi

T|r.

Sana

O‘yin

Shahar, stadion

O‘yin maqomi

Hakam

Gol mualliflari

Sar.|qiz. kartochka

Bosh murabbiy

1.

17.01.2001

Isroil - O‘zbekiston - 2:0

Beyt-SHean, «Munisipial»

O‘rtoqlik

Ali Oydin (Turkiya)

-

-

V.Salkov

2.

28.01.2009

BAA - O‘zbekiston - 0:1

Sharja, «Al-SHarja»

OK-2011 saralashi

Yuichi Nishimura (YAponiya)

F.Tojiyev (30)

A.Ismoilov (85), E.Magdeev (85), R.Melzitdi-

nov (90+2)

M.Qosimov

3.

02.01.2011

O‘zbekiston - Iordaniya - 2:2

Dubay, «Al-Vasl»

O‘rtoqlik

 

J.Hasanov (70), O.Novkarov (77)

-

V.Abramov

4.

07.01.2011

Qatar - O‘zbekiston - 0:2

Doxa, «Xalifa»

OK-2011

Yuichi Nishimura (YAponiya)

O.Ahmedov (59), S.Jeparov (77)

-

V.Abramov

5.

12.01.2011

O‘zbekiston - Quvayt - 2:1

Doxa, «Al-Garafa»

OK-2011

Navaf Shukrullo (Bahrayn)

M.SHaskix (40), S.Jeparov (65)

A.Geynrix (62), J.Hasanov (88)

V.Abramov

6.

16.01.2011

O‘zbekiston - Xitoy - 2:2

Doxa, «Al-Garafa»

OK-2011

Abdulla al Hiloliy (Ummon)

O.Ahmedov (30), A.Geynrix (46)

A.Haydarov (26), A.Ismoilov (54), T.Kapadze (66)

V.Abramov

7.

21.01.2011

O‘zbekiston - Iordaniya - 2:1

Doxa, «Xalifa»

OK-2011

Abdul Malik (Singapur)

U.Baqoyev (46, 49)

U.Baqoyev (48), S.Tursunov (90)

V.Abramov

8.

25.01.2011

O‘zbekiston - Avstraliya - 0:6

Doxa, «Xalifa»

OK-2011

Ali al Badvaviy (BAA)

-

U.Baqoyev (57, 67 - qiz.), A.Haydarov (67)

V.Abramov

9.

28.01.2011

O‘zbekiston - J.Koreya - 2:3

Doxa, «Al-Sadd»

OK-2011

Abdul Malik (Singapur)

A.Geynrix (45-pen., 54)

SH.Salomov (85), SH.Mullajo-

nov (87), A.Geynrix (90)

V.Abramov

10.

16.01.2012

Quvayt - O‘zbekiston - 1:0

Al-Quvayt, «Tinchlik»

O‘rtoqlik

 

-

-

V.Abramov

11.

29.01.2012

BAA - O‘zbekiston - 1:0

Dubay, «Al-Nasr»

O‘rtoqlik

 

-

SH.Karimov (29), I.To‘xtaxo‘ja-

yev (71),

O.Qilichev (83), A.Geynrix (90)

V.Abramov

 

 

 

 

12.

10.01.2015

O‘zbekiston - KXDR - 1:0

Sidney, «Avstraliya»

OK-2015

Navaf Shukrulloh (Bahrayn)

I.Sergeev (62)

A.SHorahme-dov (86)

M.Qosimov

13.

14.01.2015

Xitoy - O‘zbekiston - 2:1

Brisben, «Brisben»

OK-2015

Abdulla Hasan Muhammad (BAA)

O.Ahmedov (22)

SH.Mullajo-nov (18)

M.Qosimov

14.

18.01.2015

O‘zbekiston - S.Arabistoni - 3:1

Melburn, «To‘rtburchak»

OK-2015

Benjamin Uilyams (Avstraliya)

S.Rashidov (2, 79), V.SHodiyev (71)

SH.Muhamma-diyev (54)

A.Ismoilov (58), V.Denisov (59), V.SHodiyev (78)

M.Qosimov

15.

22.01.2015

J.Koreya - O‘zbekiston - 2:0

Melburn, «To‘rtburchak»

OK-2015

Fahad Mirdasiy (S.Arabistoni)

-

V.Denisov (57), A.Ismoilov (86)

M.Qosimov

16.

23.01.2017

O‘zbekiston - Gruziya - 2:2

Dubay, «Sevens»

O‘rtoqlik

 

E.SHomuro-

dov (45,78)

A.Ahmedov (89-qiz.)

S.Babayan

Yanvar oyiga tegishli faktlar

2017 yil yanvariga kelib, terma jamoamizning qishda o‘tkazgan o‘yinlariga bog‘liq quyidagi statistika vujudga keldi:

Yillar bo‘yicha: 2001 - 1ta, 2009 - 1ta, 2011 - 7ta, 2012 - 2ta, 2015 yil - 4ta, 2017 - 1ta

Uchrashuvlar maqomiga ko‘ra: rasmiy o‘yinlar - 11ta, o‘rtoqlik uchrashuvlari - 5ta.

Natijalarga ko‘ra: g‘alaba - 6ta, durang - 3ta, mag‘lubiyat - 7ta. Yirik g‘alaba - yo‘q, yirik mag‘lubiyat - 1ta.

Murabbiylar bo‘yicha: V.Salkov - 1ta, M.Qosimov - 5ta, V.Abramov - 9ta, S.Babayan - 1ta.

Gollar bo‘yicha: 12 nafar futbolchimiz 20ta gol urgan. Ulardan 1tasi penalti samarasi. «Dubl» - 4ta.

Seriyalar. Terma jamoamizning bu oydagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 6ta uchrashuvdan iborat bo‘lib, bu oraliqda 4ta g‘alaba va 2ta durang qayd etilgan. 5ta o‘yinda futbolchilarimiz gol ura olishmagan.

Yanvar oyi to‘purarlari

T|r.

Futbolchi

Gollar soni (penaltidan)

1.

O.Ahmedov

3ta

2.

A.Geynrix

3ta (1)

3-6.

U.Baqoyev, S.Jeparov, S.Rashidov, E.SHomurodov

2ta

7-12.

F.Tojiyev, J.Hasanov, O.Novkarov, M.SHaskix, I.Sergeev, V.SHodiyev

1ta

 

 

 

 

 

 

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:22, 01.02.2017. O'qildi: 7168 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.