Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 14.03.2026 00:45
      • Torino
      • 4:1
      • Parma
      • 14.03.2026 19:00
      • Inter
      • 1:1
      • Atalanta
      • 14.03.2026 22:00
      • Napoli
      • 2:1
      • Lechche
      • 15.03.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Yuventus
      • 15.03.2026 16:30
      • Verona
      • -:-
      • Jenoa
      • 15.03.2026 19:00
      • Piza
      • -:-
      • Kalyari
      • 15.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Bolonya
      • 15.03.2026 22:00
      • Komo
      • -:-
      • Roma
      • 16.03.2026 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Milan
  • La-liga
      • 14.03.2026 01:00
      • Alaves
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 14.03.2026 18:00
      • Jirona
      • 3:0
      • Atletik Bilbao
      • 14.03.2026 20:15
      • Atletiko
      • 1:0
      • Xetafe
      • 14.03.2026 22:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Valensiya
      • 15.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Elche
      • 15.03.2026 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Espanyol
      • 15.03.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Sevilya
      • 15.03.2026 22:30
      • Betis
      • -:-
      • Selta
      • 16.03.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 14.03.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 0:1
      • Brayton
      • 14.03.2026 20:00
      • Byornli
      • 0:0
      • Bornmut
      • 14.03.2026 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Nyukasl
      • 14.03.2026 22:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Everton
      • 15.03.2026 01:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 15.03.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Fulhem
      • 15.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Aston Villa
      • 15.03.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Lids
      • 15.03.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Tottenhem
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 27 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 27 37
8 Real Sosyedad 27 35
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 27 34
12 Jirona 28 34
13 Valensiya 28 32
14 Rayo Valyekano 27 31
15 Sevilya 27 31
16 Alaves 28 28
17 Elche 27 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

14/03/26 Real Ovyedo - Valensiya
15/03/26 Real Madrid - Elche
15/03/26 Malyorka - Espanyol
15/03/26 Barselona - Sevilya
15/03/26 Betis - Selta
16/03/26 Real Sosyedad - Osasuna
17/03/26 Rayo Valyekano - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mirko Yelichich: "OCHLda kuchsiz raqibning o‘zi yo‘q"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

Toshkentning «Lokomotiv» klubi kecha Antaliya shahrida hisob bo‘yicha ikkinchi xorij yig‘inini boshladi. O‘zbekiston chempioni shu orqali OCHL-2017 guruh bosqichiga tayyorgarlik ko‘radi. Yig‘in doirasida kamida 4ta o‘rtoqlik uchrashuvi tashkillash rejalashtirilgan. Raqiblar orasida Rossiya, Serbiya kabi mamlakatlar oliy ligasi klublari borligi aytilmoqda. Shuningdek, yana bir xorijlik futbolchining ko‘rikdan o‘tishi kutilyapti. U osiyolik legionerga ajratilgan joyni to‘ldirishi mumkin. Biz safar oldidan «Lokomotiv» ustozi Mirko Yelichichdan eksklyuziv intervyu oldik. Shuni aytish kerakki, avstraliyalik mutaxassis 2016 yil yakunlariga ko‘ra, «InterFutbol» tomonidan eng yaxshi murabbiy sifatida e’tirof etilgandi. Xullas, suhbatdoshimizga avvaliga gazetamizning maxsus sovrinini topshirdik, keyin asosiy masalaga o‘tdik.

- Mirko, avvalo, sizni gazetamiz o‘quvchilari nomidan 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi, deb topilganingiz bilan tabriklaymiz.    

- Rahmat. Albatta, bunday e’tirof o‘zim va jamoamga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi. Oldimizda juda murakkab kechishi kutilayotgan mavsum turibdi. Zero, chempion bo‘lishdan ko‘ra, unvonni himoya qilish qiyin. Bu gap bejiz aytilmagan.

- Keling, suhbatimizni avvalgi mavsum yakunlari xususida boshlasak. Chempionat jamoangiz uchun nechog‘li og‘ir kechdi?

- Yakundagi ochkolar tafovutiga qarab ham, bu savolga munosib javob olishimiz mumkin. Darhaqiqatan, mavsum yengil o‘tgani yo‘q. Axir klubimiz bir yo‘la 3ta musobaqada ishtirok etdi. Boz ustiga, ularning barchasida oldimizga faqat oliy maqsad va vazifalar qo‘yilgandi. Bu holat mas’uliyatni oshirish barobarida vaziyatni murakkablashtirdi. Deylik, dam olish uchun umuman fursat bo‘lmadi. Har 4 kunda o‘yin o‘tkazishimizga to‘g‘ri keldi. Tabiiyki, futbolchilar katta jismoniy kuch sarflashdi. Qaysidir pallalarda charchoq alomatlari ham sezildi. Ayniqsa, OCHL chorak finali doirasida «Al-Ayn»ga qarshi kechgan bahslarda horg‘inlik yaqqol ko‘zga tashlandi. Shunga qaramay, yil yakunida «oltin dubl» qayd etdik. Quvonarlisi, «Lokomotiv» o‘z tarixida ilk marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Qolaversa, mamlakat kubogi ham qo‘lga kiritildi. Shu yutuqlar o‘laroq, barcha charchoqlar beixtiyor tarqab ketdi, go‘yo. Avvalgi mavsumga umumiy ta’rif bersam, barchasi shaxsan menga ma’qul keldi. Birinchi galda, medallar uchun kurashadigan klublar soni ortganini aytish kerak. Kamida 5-6ta jamoa kuchli uchlikka kirishga harakat qildiki, bu quvonarli holat. Shuningdek, autsayderlar o‘rtasidagi kurash ham qizg‘in tus oldi. 

- Chempionat yakunlanishiga 2ta tur qolganida, asosiy ta’qibchi - «Bun­yodkor» o‘z maydonida «Navbahor» bilan durang o‘ynadi. Bu qaysidir ma’noda sizlar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.

- Bilasizmi, chempionat finishida ko‘plab jamoalar ochkoga suv va havodek ehtiyoj sezishadi va kutilmagan natijalar ko‘proq uchraydi. Bu birgina O‘zbekiston emas, balki Yevropaning kuchli chempionatlarida ham kuzatiladigan holat. «Bunyodkor» xuddi shunday qismatga duch keldi. Ha, bunday natijani kutmagan va chempionlik taqdiri so‘nggi turda hal etilishini o‘ylagandik. Xullas, omad ham qo‘l kelganini tan olaman. Lekin har qanday holatda ham, so‘nggi daqiqalargacha kurashdik va mehnatlarimiz samarasini yakunda ko‘rdik.

- O‘tgan mavsumni chempion sifatida boshlagan «Paxtakor» esa 5-o‘rin bilan kifoyalandi. Jamoa­ning bunday omadsiz ishtiroki sizni hayratlantirmadimi?

- «Paxtakor» qanday holatda bo‘lmasin, kuchli jamoalarga qarshi shiddatli kurash taqdim etadi, baribir. Bunga bizga qarshi o‘yinlari tasdiq. Lekin «Paxtakor»da sezilarli pasayish kuzatildi. Bunaqasi har qanday jamoa qismatida bor. Bilishimcha, o‘yinlarining o‘xshamaganida yetarli sabablar bor edi. Birinchi navbatda, bir guruh yetakchi futbolchilar jamoadan ketishdi. Ikkinchidan, «Paxtakor»ga jarohatlar ham pand berdi. Deylik, Jamshid Iskanderov va Sherzod Karimov ancha vaqt safdan chetda qolishdi. Zero, ikkisi ham asosiy tarkibda muhim o‘rin tutardi. Xullas, mavsum kashfiyotlaridan biriga aylangan Jaloliddin Masharipov oldingi chiziqda yolg‘izlanib qoldi. Shunga qaramay, «Paxtakor» biz uchun asosiy raqib maqomida qolaverdi. Zero, klub shu holatida ham sifatli o‘yin namoyish etdi. Umuman, 5-6 yildan buyon «Paxtakor»ning tarkibida katta o‘zgarishlar kuzatilmayapti. Ya’ni futbolchilar o‘zaro tushunib harakat qilishadi. Keyin tan olish joiz, «Paxtakor» g‘oyat ahil jamoa.

- Mavsum davomida «Lokomo­tiv»da ham pasayish holatlari sezildi. Bu faqat charchoq alomatlari bilan bog‘liqmidi yoki boshqa sabablari ham bor?

- Kutilmagan natijalar «Barselona» va «Real»dek grandlarni ham chetlab o‘tmaydi. Bunga ko‘plab misollarni keltirishim mumkin. Bizda ham xuddi shunday holat kuzatildi. Deylik, «Neftchi» bilan o‘yinda kutilmaganda ochko yo‘qotdik. Oldindan biror narsa deyish qiyin. Chunki mavsumga tayyorgarlik jarayonida ma’lum bir jamoani ko‘zlamaymiz. Aksincha, butun chempionat masofasini o‘ylagan holda, shug‘ullanamiz. Shu bois, futboldagi ba’zi kutilmagan natijalardan katta fojia yasamayman. Ayniqsa, so‘nggi paytlar «syurpriz» hisoblar futbolning ajralmas qismiga aylanib qoldi.

- «Lokomotiv» vakillaridan tash­qari, mavsum kashfiyotiga aylangan 3 nafar futbolchini ayta olasizmi?

- Bundaylar ko‘p. Masalan, «Bunyodkor»dagi Shomurodov va Bulyat, «Paxtakor»dagi Sherzod Karimovni alohida ko‘rsatishim mumkin. Sherzod jarohatga yo‘liqishidan oldin g‘oyat yorqin taassurot qoldirayotgandi. Lekin safdan chiqib, muhim pallada jamoasiga yordam berolmadi. «Nasaf»dan ham  2-3 nafar futbolchini elit ro‘yxatga qo‘shish mumkin. Umuman, bu klub tarkibida har yili yangi iste’dodlar qo‘zga tashlanishmoqda.

- Shundaylardan biri - Shuhrat Muhammadiyev «Lokomotiv» safiga qo‘shildi...

- Bu yigitning xatti-harakatlari shaxsan menga ma’qul keldi. Uning o‘z ustida astoydil ishlashini qadrlayman. Bilasiz, futbol tobora tezlashib boryapti. Maydonda tezkor fikrlaydigan, tezroq qaror chiqaradigan futbolchilarga talab oshmoqda. Ko‘rasiz, yana 5-10 yildan keyin futbol umuman boshqacha ko‘rinishga keladi. Ya’ni jismonan kuchli futbolchilar ko‘proq muvaffaqiyat qozonadilar. Shuhratda shunday xislatlar mujassam. Xullas, u jismonan baquvvat va hujumga qo‘shilishda tez fikrlaydi.

- Faoliyatingiz davomida asosan jismoniy tayyorgarlikka mas’ul bo‘lib kelgansiz. Shundan kelib chiqib aytingchi, «Lokomotiv» futbolchilarining bugungi jismoniy holati talab darajasidami?

- Ha, 25 yildan buyon shu yo‘nalishda ishlayapman. Nafaqat futbol, balki boshqa  sport turlarida ham jismoniy tayyorgarlik birinchi o‘rinda turadi. O‘zi bir narsaga hayron qolaman. FIFA va OFK tomonidan jismoniy tayyorgarlikka qaratilgan 1, nari borsa, 2 haftalik o‘quv-kurslari tashkil etiladi. Vaholanki, jismoniy tayyorgarlik qandaydir haftalarni o‘zi ichiga olmaydi. Ochiq aytaman, O‘zbekiston klublarida jismoniy tayyorgarlikka to‘laqonli e’tibor qaratilmaydi. Qaratilgan taqdirda ham, jarayon oxirigacha olib borilmaydi. Bevosita «Loko» futbolchilariga kelsak, hali 100 foiz tayyor emasmiz. Oldinda Turkiya yig‘ini bor. Bo‘lajak mashg‘ulotlarda ham aynan jismoniy tayyorgarlikka katta urg‘u beramiz. BAAdagi ilk o‘quv-mashg‘ulotlarda bor e’tibor jismoniy holatga qaratilgandi. Shu bois, 2tagina o‘rtoqlik uchrashuvi bilan cheklandik.

- Shu o‘rinda «Zenit»ga qarshi kechgan o‘yinga alohida to‘xtalsangiz...

- Aslida futbolchilar 2ta bahsda ham ijobiy taassurot uyg‘otishdi. Murabbiy sifatida bu o‘yinlardan ko‘zlagan maqsadim jamoaviy o‘yinni yanada shakllantirish edi. Chunki tarkibimizga yangi futbolchilar qo‘shilishgan. Bilasiz, «Zenit»ga ortiqcha ta’rif berish shart emas - Yevropaning ko‘zga ko‘ringan jamoasi. Ammo boshqa tomondan, Mircha Luchesku ham natijani birinchi o‘ringa qo‘ymagandi. Deylik, raqibda ham, bizda ham ko‘plab futbolchilar almashtirildi. Qolaversa, turli taktikalarni amalda sinab ko‘rdik. Umumiy olganda, ikki o‘yindan ham ko‘nglim to‘ldi.

- Turkiya yig‘ini doirasida o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun sparring-raqiblar tanlandimi?

- Antaliyada 4ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirganmiz. Rossiya va Serbiya jamoa­lari bilan o‘ynashimiz ehtimoli katta.

- Mavsumlar oralig‘ida jamoa 6 nafar futbolchi bilan xayrlashdi. Bu «Loko» uchun katta yo‘qotish emasmi?

- Albatta, yo‘qotish ko‘lami keng. Ayniqsa, chempion jamoa asosiy tarkibning shuncha vakilidan ayrilsa, yo‘qotish yanada katta ko‘rinadi. Server Jeparov, Temurxo‘ja Abduxoliqov va Sanjar Shoahmedov jamoamizda muhim o‘rin tutishgani barchaga ma’lum. Boshqa tomondan, futbolchilarni majburan olib qolishdan ma’no yo‘q. Ularning ham o‘z rejalari bor. Shu sabab, kelishgan holda, yaxshilikcha xayrlashdik. Albatta, ularga kelgusi faoliyatlarida omad tilayman.

- Yangi futbolchilar ketganlar o‘rnini bosa olishadimi?

- Bu masalada 100 foiz ishonch bilan gapirishga hali erta. Yangi yigitlar sekin-asta uslubimizga moslashyaptilar. Lekin vaqt kerak. Hali o‘rganadigan jihatlari yetarli. Muhimi, jismoniy tayyorgarliklari yomon emas.

- Jamoangiz O‘zbekiston chempioni sifatida OCHLda kurashni guruh bosqichidan boshlaydi. Xo‘sh, raqiblar o‘rganilyaptimi, bu borada umumiy fikringiz qanday?

- Tushunarliki, guruhimiz ancha murakkab. OCHLda kuchsiz raqibning o‘zi yo‘q. Har bir ishtirokchi o‘z oldiga katta vazifalarni qo‘ygan. Bosh­qa tomondan qaraganda, arab jamoalari bir-biriga o‘xshash. Ya’ni ular asosan legionerlar hisobiga kuchli. E’tibor berganmisiz, arab mamlakatlari chempionatlarida deyarli har yili chempion o‘zgaradi. Bu nima bilan bog‘liq? Legionerlar bitta jamoada muqim o‘ynashmaydi. Qaysi jamoa ko‘proq pul taklif qilsa, uning safiga o‘tib ketaverishadi. Bizdagi holat esa boshqacha. Xususan, legionerlarga ko‘p pul berolmaymiz. Shu sabab, OCHL darajasidagi o‘yinchilarni taklif etishda qiynalamiz. Oddiy aytganda, salohiyati bor futbolchilarni safimizga qo‘shib olish bilan kifoyalanamiz.

- Oldinroq avstraliyalik futbolchining jamoaga qo‘lishishi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Uning taqdiriga oydinlik kiritildimi?

- Mitrovich BAAdagi yig‘inimizda ishtirok etdi. O‘yinlarda ham sinab ko‘rdik. Lekin mahalliy futbolchilardan kuchli emasligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Shu sabab, asli serbiyalik bo‘lgan futbolchiga javob berdik.

- «Lokomotiv»da osiyolik legio­ner o‘rni hamon bo‘sh turibdi. Xorijliklar limitidan to‘liq foydalanish niyatingiz bormi?

- Agar talabimizga javob beradigan futbolchi topsak, bajonidil uni safga qo‘shamiz. Lekin bu o‘rinni nomigagina to‘ldirishni sira xohlamayman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:00, 01.02.2017. O'qildi: 9499 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.