Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 9 10 36
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Germaniya 6 8 8 22
5 Fransiya 6 8 6 20
6 Niderlandiya 6 7 3 16
7 Shveysariya 6 6 4 16
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mirjalol Qosimov: «U-20 mundiali mezbonligi – Ozarbayjon va O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

U-20 toifasidagi JCH-2027 mezbonlik huquqi O‘zbekiston va Ozarbayjonga berilgani har ikki mamlakatda futbol jamoatchiligini chinakamiga to‘lqinlantirgani o‘z-o‘zidan tushunarli. Mana, Toshkentda sig‘imi 55 mingga teng ko‘p funksiyali yangi zamonaviy stadion qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Qardosh Ozarbayjonda ham allaqachon bo‘lajak kichik mundial havosi esa boshladi, albatta. Misol uchun, Ozarbayjon matbuotida o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimovning intervyusi e’lon qilindi. Gap shundaki, hamyurtimiz 1989 yili Saudiya Arabistonida tashkillashtirilgan U-20 toifasidagi JCHda Ozarbayjon futboli vakili Arif Asadov bilan bitta jamoa safida yelkama-elka to‘p surgan.

- Mirjalol Qo‘shoqovich, vaqtida bizning Arif Asadov bilan birga sobiq ittifoq U-20 termasi safida kichik JCHda qatnashgansiz. O‘sha turnirni qanday eslaysiz?

- Hammasi yodimda. Aslida Arif bilan bir emas, 2ta JCHda birga o‘ynaganmiz. Ya’ni avvaliga Kanadada o‘tgan o‘smirlar turnirida jahon chempionligini qo‘lga kiritganmiz. Keyin 1989 yili Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan yoshlar mundialiga ham birga bordik. O‘sha turnirda o‘zimizdan bir yosh katta futbolchilarga qarshi to‘p surganmiz. Chunki jamoa tarkibi nisbatan yoshroq yigitlardan tuzilgandi. Gap shundaki, JCHdan oldin Chexoslovakiyada Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgandik. Esimda, Bratislavada bo‘lgan qit’a chempionati finalida Portugaliya termasini mag‘lubiyatga uchratgan edik. Xullas, 1989 yili Saudiyaga  U-20 termasi sifatida borib, yoshi kattaroq raqiblarga qarshi o‘ynaganmiz. Umuman, ko‘p voqealar hamon yodimda.

- U-20 toifasidagi JCH 2027 yili Ozarbayjon va O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Juda yoqimli! Axir FIFA bu imkoniyatni bejiz bermadi. U-20 mundialiga mezbonlik qilish — Ozarbayjon va O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat! Qolaversa, bu o‘ziga xos motivasiya ham, chunki ma’lum qadamlar qo‘yiladi, har ikki mamlakatda jiddiy ishlarga qo‘l uriladi. Yana bir tomoni, bunday miqyosdagi turnirni ilk marta qabul qilamiz. Ozarbayjonda futbolchi do‘stlarim juda ko‘p. Umuman, futbol Ozarbayjonda ham, O‘zbekistonda ham juda sevimli sport turidir. Bizda davlat rahbarining shaxsan o‘zi futbolni ommalashtirishga katta e’tibor qaratmoqda. Yurtboshimiz hozirga qadar tizimda ko‘p narsalarni o‘zgartirdi. O‘zbekiston milliy jamoasining JCHga yo‘llanma olgani bejiz emas. Tushunarliki, bu mohiyatan - katta tarix. Axir jahon chempionati futbolda chinakam cho‘qqi hisoblanadi. Albatta, milliy jamoamizning tarixiy natijasidan chinakamiga xursandmiz. Shuning barobarida rivojlanishda davom etishimiz kerak.

- Xo‘sh, Mirjalol Qosimov va Arif Asadov bo‘lajak jahon chempionatida asosiy shaxslar bo‘lishlari mumkinmi? Zero, allaqachon ushbu turnirda birga o‘ynagansiz, endi esa ikki mamlakat birga turnir tashkil qiladi...

- Bilmadim, hammasini vaqt ko‘rsatadi. Arif — qadrdonim. Uning so‘zini yerda qoldirmayman, albatta. Qanday rol o‘ynashimizni esa bilmayman. Lekin o‘z xohishimiz bilan birga ishlashimiz mumkin. Qolganini Alloh ko‘rsatadi.

- O‘zbekiston milliy jamoasi nihoyat, JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan tabriklaymiz. Sizning­-cha, Ozarbayjon terma jamoasi ham qachondir shunday muvaffaqiyatga erishadimi? Umuman, Ozarbayjon milliy jamoasi o‘yin­larini ham ko‘rib turasizmi?

- Ha, vaqti-vaqti bilan kuzatib boraman. Aytganimdek, hammasini Alloh biladi. Keling, Ozarbayjon termasi ham jahon chempionatiga chiqishiga umid bog‘laylik. Kutamiz. Barchasi yaqin orada sodir bo‘lishidan umidvormiz.

MA’LUMOT

U-20 toifasidagi JCH 1977 yili yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har ikki yilda tashkil etiladi. Ortda qolgan yillarda o‘tkazilgan 24ta JCHda 13ta jamoa g‘oliblikka erishgan. Rekord Argentina U-20 termasiga tegishli - 6 karra chempion. Braziliyalik yoshlari esa jahon kubogini 5 marta boshlari uzra baland ko‘tarishgan. Amaldagi chempion - Marokash termasi (Afrika vakili Chilida o‘tkazilgan bu yilgi mundial finalida Argentina termasini 2:0 hisobida yengdi). Tarixga nazar tashlasak, shu paytgacha musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilganlar orasida Diyego Maradona (1979 yil), Xavyer Savio­la (2001 yil), Lionel Messi (2005 yil), Serxio Aguero (2007 yil), Pol Pogba (2013 yil) kabi mashhurlar bor.

U-20 toifasidagi JCH formatiga ko‘ra, final raundida 24ta jamoa 6ta guruhga bo‘linib, kurashga kirishadi. Yakunda 16ta jamoa «pley-off»ga chiqadi (1-2-o‘rinlar egalari va 4ta yaxshiroq ko‘rsatkichga ega 3-o‘rin sohibi). Bo‘lajak turnir o‘yinlari Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida qanday taqsimlanishi haqida esa hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.

ARIF ASADOV XOTIRALARI

- Mirjalol Qosimov bilan yo‘limiz yoshlar termasidan ancha oldin kesishgandi. Sobiq ittifoq davrida o‘z respublikalarimiz o‘smirlar termalari sardorlari sifatida maydonda o‘zaro raqiblik qilganmiz. O‘sha vaqt asosan Rossiya va Ukraina vakillariga e’tibor qaratilardi. Shu ma’noda bizga ishonch bildirgan murabbiylarga minnatdorchilik bildirishim kerak. Dastlab, 1987 yili o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida kumush medal yutganmiz, keyin U-17 toifasida jahon chempioni bo‘ldik. Shundan so‘ng U-19 jamoasi tarkibida Yevropa chempionatida zafar quchib, U-20 mundialiga bordik. Mirjalol sardor edi - unutilmas davrlar. Sobiq ittifoq termasida sardor bo‘lish ko‘p narsadan dalolat beradi. Shu ma’noda Mirjalol o‘zbek futbolining tirik afsonalaridan biridir. U texnik jihatdan kuchli bo‘lish barobarida aqlli futbolchi edi. Deylik, bir qator gollari bilan chempionlikka katta hissa qo‘shgan. Garchi himoyachi bo‘lsamda, undan o‘rnak olib, hujumga qo‘shilar va gollar urardim. Mirjalol nafaqat ajoyib futbolchi, balki chinakam do‘st edi. Aytgancha, «Alaniya»da ham birga o‘ynaganmiz. Oilaviy tarzda do‘stlashib ketganmiz. Misol uchun, unikida mehmon bo‘lganman.

JCH-2027 mamlakatlarimizga ishonib topshirilgani - quvonarli holat. Bu tanlov xalqlarimiz yaqinligi, birodarligini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu o‘rinda aytishim kerak, ikki davlat rahbarlarining futbol, umuman, sportga ishtiyoqi FIFAga shunday qaror qabul qilishda ishonch bag‘ishladi. Ishonchim komil, O‘zbekiston va Ozarbayjon futboli yaqin hamkorlikda jahon chempionatini yuqori darajada o‘tkazish uchun barcha choralarni ko‘radi. Bo‘lajak turnirdagi ishtirokka kelsak, ikki qardosh davlat vakillari sifatida o‘z tajribamiz bilan o‘rtoqlashishga tayyormiz. Ishonchim komil, Mirjalol ham xuddi shunday fikrda.

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:39, 17.11.2025. O'qildi: 974 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.