Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qishki transfer bozorida eng ko‘p pul sarflagan jamoalar o‘nligi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ko‘hna qit’ada qishki transfer bozori yakuniga yetdi.

Goal.com nashri qishki transfer bozorida hozirgacha eng ko‘p mablag‘ sarflagan jamoalar o‘nligini taqdim etadi.

10-o‘rin – “Yuventus”

Turinning “Yuventus” jamoasi qishki transfer bozorida ancha faol ishtirok etdi. Jamoaga Mattia Kaldara, Tomas Rinkon, Rikkardo Orsolini kabi yosh va iqtidorli futbolchilar kelib qo‘shildi. Buning uchun esa turinliklar 29 million yevroning bahridan o‘tishdi.

9-o‘rin – “Manchester Siti”

Keyingi o‘rinda “Manchester Siti” 32 million yevro sarflagan holda bormoqda. Klub o‘tgan yozgi mavsumda braziliyalik yosh yulduz Gabriel Jezus bilan transfer borasida kelishib olgandi. Yanvarda esa bu transferni rasmiylashtirish ishlarini bajardi, xolos. Ko‘ramiz yangi yulduz Xosep Gvardiola taktik sxemasiga qanchalik moslashib ketadi.

8-o‘rin – “Volfsburg”

“Bo‘rilar” ham ushbu qishki transfer bozorida ancha faol harakat qilishdi. Zero, klubning Bundesligadagi ishlari ko‘ngildagidek emas. Jamoa hozirda turnirning 14-pog‘onasida bormoqda. Yuqori natijalar uchun esa jamoa tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishni istadi va buning uchun 33 million yevro sarfladi. Bu pullarga jamoaga Rishedli Bazur, Yunus Malli, Pol-Jorj Ntep, Ashkan Dejaga kelib qo‘shildi.

7-o‘rin – “Shanxay Shenxua”

So‘nggi paytlarda Xitoy chempionati jamoalari ko‘plab jahon darajasidagi yulduzlarni o‘ziga jalb qilmoqda. Qishki transfer bozori ham bundan mustasno bo‘lmadi. “Shanxay Shenxua” jamoasi o‘z safiga Karlos Teves, Oskar Romero, Shili San, Szyansin Maoni qo‘shib oldi. Bu futbolchilar uchun jamoa 36 million yevro sarfladi.

6-o‘rin – “Everton”

Angliya Premyer Ligasida 7-o‘rinda borayotgan “Everton” qishki transfer mavsumida o‘z tarkibini sezilarli kuchaytirib oldi. Klubga Morgan Shnayderlin, Ademola Lukman, Anton Donker kelib qo‘shildi. Jamoa ushbu xaridlar uchun 37 million yevro sarfladi.

5-o‘rin – “Kristal Pelas”

Premer Ligada jon saqlab qolish uchun harakat qilayotgan “Kristal Pelas” mavsum o‘rtasida ancha dadil transfer siyosatini olib bordi. Jamoaga bir qator nomdor futbolchilar olib kelindi. Jeffri Shlupp, Patrik van Anxolt, Luka Milivoyevich va “Liverpul”da omadi yurishmay qolgan Mamadu Sako kelib qo‘shildi. Yangi futbolchilar jamoani Premer Ligada saqlab qolish uchun bor kuchlarini sarflashlari kerak. Zero, klub ular uchun naq 41 millionning bahridan o‘tishdi.

4-o‘rin – “Marsel”

“Marsel” klubi transfer bozorida aqlli siyosat olib bordi. Dimitri PaYE, Patris Evra, Gregori Sertich va Morgan Sansonning Rudi Garsiya qo‘l ostidagi jamoani sezilarli kuchaytirishi kutilmoqda va bosh murabbiyning muammolari yechimi sifatida qaralmoqda. Jamoa ham son, ham sifat tomonidan ancha kuchayganini e’tirof etish kerak. Jamoa futbolchilar uchun 42 million yevro harajat qildi.

3-o‘rin – “Tyanszin Sunszyan»

Kuchli uchlikni Xitoy chempionati vakili – “Tyanszin Sunszyan” ochib beradi. Klub Aleshandre Pato, Aksel Vitsel, Kyung-Von Kvon uchun 48,5 million yevro sarfladi.

2-o‘rin – “PSJ”

Parijliklar qishki transfer bozorida yosh iqtidorli futbolchilarni harid qilishga e’tiborini qaratdi. Amaldagi Fransiya chempioni safini dastlab Yulian Draksler to‘ldirdi. Germaniyalik futbolchi jamoaga kelishi bilan o‘zining nimalarga qodir ekanligini isbotlashga kirishib ketdi. Edinson Kavaniga o‘rinbosar sifatida esa 30 million yevroga Gonsalo Guedes olib kelindi. Bundan tashqari, jamoaga argentinalik umidli futbolchi Jovanni Lo Selso olib kelindi. “PSJ” xo‘jayinlari ushbu futbolchilar uchun 65 million yevroni ayab o‘tirmadi.

1-o‘rin – “Shanxay SIPG”

Yetakchilikni Xitoy chempionatining yana bir vakili “Shanxay SIPG” jamoasi yakunlab beradi. Klub “Chelsi”dan Oskarni, “Krasnodar”dan esa hamyurtimiz Odil Axmedovni o‘z safiga qo‘shib oldi. 67 million yevro! Bu futbolchilar uchun shuncha mablag‘ni klub ayab o‘tirmadi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 10:15, 02.02.2017. O'qildi: 9323 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик