Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 36 77
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 36 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

16/05/26 Aston Villa - Liverpul
17/05/26 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05/26 Vulverhempton - Fulhem
17/05/26 Lids - Brayton
17/05/26 Brentford - Kristal Pelas
17/05/26 Everton - Sanderlend
17/05/26 Nyukasl - Vest Xem
19/05/26 Arsenal - Byornli
19/05/26 Bornmut - Manchester Siti
20/05/26 Chelsi - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“LOKOMANIA” loyihasining navbatdagi mehmonlari — Muhammad Kone va Nyore Krizo

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Lokomotiv
Rukn: Yangiliklar
A A A

“LOKOMANIA” loyihasi doirasida “Lokomotiv” jamoasi a’zolari bilan eksklyuziv intervyularni davom ettiramiz.

Loyihamizning ushbu sonida “temiryo‘lchilar” jamoasining yangi a’zolari – Muhammad Kone hamda Nyore Krizo mehmon bo‘lishdi. Qishki yig‘inlar payti jamoamizga kelib qo‘shilgan ushbu ikki ivuarlik o‘yinchilarning futbolga qay tariqa kirib kelganliklari, oddiy hayotda qanday inson ekanliklari va “Lokomotiv”da o‘z oldilariga qanday maqsadlar qo‘yayotgani siz – aziz ishqibozlarimizni befarq qoldirmasa kerak.

 — Nore, Muhammad! Xush kelibsiz! Sizlarni “LOKOMANIA” loyihasi doirasida va umuman jamoamiz safida ko‘rib turganimizdan xursandmiz.

N. K.: Rahmat! Biz ham juda xursandmiz!..

— Ikkingizning ham “Lokomotiv” safiga kelib qo‘shilganingizga hali uzoq vaqt bo‘lgani yo‘q. Ilk taassurotlar bilan o‘rtoqlashsangiz…

M.K.: Bizni “Lokomotiv” jamoasida barcha iliq kutib oldi. Allaqachon klubdagi hamma bilan do‘stlashib olishga ulgurdik. Sadriddin Abdullayev, Kaxi Maxaradze va Marat Bikmayev kabi o‘yinchilar ancha hazilkash futbolchilar ekan. Umuman olganda, hamma bizga ko‘nikib ketishimizda ko‘mak bermoqda.

N.K.: Ha, chindan ham! “Lokomotiv”da anchagina ahil jamoa yig‘ilgan ekan. Hamma yigitlar xushchaqchaq va ochiqko‘ngil ekaniga amin bo‘ldik.

— O‘zi “Lokomotiv” jamoasi tarkibiga kelishingiz qanday ro‘y berdi?

M.K.: Bilasizmi, men Kipr chempionatida ishtirok etadigan “Karmiotissa” jamoasida faoliyat olib borayotgan edim. Klub bilan tuzgan shartnomam sekin-asta yakunlanib borayotgan edi. Shunda agentim Dmitriy Selyuk O‘zbekistonning yetakchi jamoalaridan biridan qiziqish bo‘layotganini aytdi. Men esa o‘z kuchimni yangi chempionatda sinab ko‘rishni istadim. Shu sababli bu yerga keldim.

N.K.: Men esa o‘tgan mavsum Moldovaning “Saksan” jamoasida o‘ynadim. Yil so‘nggida esa jamoa bilan shartnomam nihoyasiga yetdi. Bu orada “Lokomotiv”dan taklif tushgach, uni qabul qilishga qaror qildim.

— Bunga qadar o‘zbek futboli haqida qandaydir taassurotga egamidingiz?

M.K.: Bilasizmi, men Qatarning “Al Sadd” jamoasi tarbiyalanuvchisiman. Juda yosh paytimda Qatarga kelgandim. Yoshlar tarkibida shug‘ullanib yurgan paytlarim asosiy jamoamiz o‘yinlarini qit’a Chempionlar ligasida kuzatib borardim. Qolaversa, Osiyo chempionati uchrashuvlarini ham tomosha qilganman. Shunda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi – Odil Ahmedovning kiritgan bir juda chiroyli goli yodimda qolgandi. Keyinchalik ushbu futbolchi Rossiya chempionatida ham o‘ynaganidan xabardorman. Umuman olganda, ilgari ham o‘zbek futboli haqida oz bo‘lsada eshitgandim.

N.K.: Men esa bu yerga kelgunga qadar u qadar ko‘p narsa bilmasdim.

— “Millionlar o‘yini”ga ilk qadamlaringizni qay tariqa tashlagansiz?

M.K.: Boya ta’kidlab o‘tganimdek, “Al Sadd” jamoasida ilk saboqlarimni olganman. Ammo o‘sha paytlarda “Sadd” tarkibida Raul, Mamadu Nyang, Nodir Belhaj kabi mashhur futbolchilar faoliyat olib borishardi. Bilasiz, Qatarda ham xuddi Osiyoning boshqa ko‘plab mamlakatlari qatori legionerlar uchun 3+1 ko‘rinishdagi limit mavjud. Mendek yosh o‘yinchining bunday yulduzlar ichida raqobatni yutib chiqishim qiyin edi. Shu sababli keyinchalik o‘z kuchimni boshqa chempionatda sinab ko‘rishimga to‘g‘ri keldi. Dastlab Gresiyaga yo‘l oldim. So‘ngra Moldovaning “Saksan” va “Zarya” jamoalarida to‘p surdim. Shuningdek, Kiprda faoliyat olib bordim. Mana endi “Lokomotiv” tarkibidaman.

 

N.K.: Men futboldagi ilk saboqlarimni Ivuardagi mahalliy futbol maktablaridan birida olganman. Keyinroq esa yuqori divizionda ishtirok etadigan jamoalardan biri meni o‘z safiga jalb etdi. Biroz muddat o‘tgach Belarusning “Slusk” jamoasi taklif bilan chiqdi. Keyinchalik esa Moldovaning “Saksan” klubida to‘p surdim.

— Shu paytga qadar o‘tkazgan o‘yinlaringiz ichida eng yodda qolarli va eng shiddatli uchrashuv qaysi bo‘lgan?

M.K.: Rostini aytsam, biror o‘yinni aniq ajratib ayta olmayman.

N.K.: Men Kot-d’ Ivuar yoshlar terma jamoasi safida Afrika chempionatida ishtirok etganman. Terma jamoa tarkibida o‘tkazgan har bir o‘yinim men uchun juda ham yodda qolarli bo‘lganini ta’kidlay olaman.

— Siz o‘ynaydigan pozisiyada harakatlanadigan futbolchi uchun eng muhim 3 ta sifat qaysi, deb o‘ylaysiz?

M.K.: Himoyachi birinchi navbatda diqqat-e’tiborli bo‘lishi kerak. Qolaversa, to‘g‘ri pozisiya tanlay bilishi lozim va u har doim mehnatdan qochmaydigan bo‘lishi kerak, deb hisoblayman.

N.K.: Har qanday hujumchi o‘yinni o‘qiy bilishi, harakatchan bo‘lishi va albatta gol urishni bilishi lozim.

— Oilangiz haqida ham gapirib bersangiz…

M.K.: Bizning mamlakatimizda oilalar ancha serfarzand bo‘lishadi. Masalan, biz oilada 6 ta farzandmiz. Ular ichida faqat bir ukam xuddi mendek futbol o‘ynaydi. Qolganlar esa sportni tanlashmagan.

N.K.: Bizning oila esa yanada kattaroq. Biz 7 ta farzandmiz. Lekin 7 nafar farzand ichidan faqat men futbolchi bo‘lganman.

— Nima deb o‘ylaysiz, agar futbolchi bo‘lmaganingizda qaysi soha vakili sifatida mehnat qilardingiz?

M.K.: Men maktabda va universitetda juda yaxshi o‘qiganman. Hozir bir nechta tilda ravon so‘zlasha olaman. Lekin futbolchi bo‘lganim va xorijda to‘p surganim sabab o‘qishni davom ettira olmadim. O‘ylashimcha, agar futbol yo‘lidan ketmaganimda o‘zimni savdo yoki ilm sohasida sinab ko‘rardim…

N.K.: Bu haqda hech ham o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Bir nima deyishga hayronman.

— Hozirda mashg‘ulot va o‘yinlardan bo‘sh paytingizni qanday o‘tkazyapsiz?

M.K.: Bo‘sh vaqtimiz aytarli darajada ko‘p bo‘lmaydi. Hozir mavsum oldi tayyorgarliklari ketayotgani sabab ko‘pincha kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazyapmiz. Biroz bo‘sh vaqt topganimizda esa asosan shahar aylanyapmiz.

N.K.: Ha, chindan ham Toshkent – juda chiroyli shahar ekan. Bizga uning ko‘chalari juda yoqdi. Bo‘sh vaqtimizda shahar ko‘chalarini aylanyapmiz.

— Ijtimoiy tarmoqlardan faol tarzda foydalanasizmi?

M.K.: Unchalik emas. Asosan yaqinlarim bilan muloqot qilish uchun ijtimoiy tarmoqqa murojaat qilaman.

N.K.: Men ham shunday. Uydagilarim va do‘stlarim bilan gaplashish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanaman. Lekin ashaddiy internet ishqibozi emasman.

— So‘nggi savol: “Lokomotiv” jamoasi oldiga yangi mavsumda qanday maqsadlar qo‘yilmoqda? Jamoa bu yil ham muvaffaqiyatli mavsum o‘tkaza olarmikan?

N.K.: Menimcha, “Lokomotiv” 2017 yilda ham o‘zi ishtirok etadigan musobaqalarda sermazmun o‘ynay oladi. Chunki tarkibda ancha yaxshi saviyadagi futbolchilar to‘plangan ekan.

M.K.: “Lokomotiv” – mamlakatning amaldagi chempioni! Jamoa yangi mavsumda ham o‘z oldiga kamida chempion bo‘lish vazifasini qo‘yishi tabiiy, albatta. Shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasida ham yaxshi ishtirok etishga urinadi. Men ilgari “Saksan” jamoasi tarkibida Yevropa Ligasi musobaqasida o‘ynagandim. Ana endi o‘z kuchimni Osiyo Chempionlar Ligasida sinab ko‘raman. Bundan juda mamnunman va “Lokomotiv” jamoasining muvaffaqiyatlariga men ham o‘z xissamni qo‘shishga urinaman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:15, 02.02.2017. O'qildi: 6507 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик