Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Prevyu. «Al-Fath» – «Nasaf»

Baho:
+ | -
OSIYO / Chempionlar ligasi / Saralash pley-offlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kelayotgan seshanba, 7 fevralkuni “Nasaf” Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichida Saudiya Arabistonining “Al-Fath” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv Saudiya Arabistoni Al-Ahsa shahridagi “Abdulla bin Jalaviy” stadionida, bizning vaqt bilan kech soat 20:00da boshlanadi.

“Al-Fath” klubi haqida umumiy ma’lumotlar
“Al-Fath” sport klubi Saudiya Arabistonining sharqiy hududidagi Al-Ahsa shahrida joylashgan. Al-Ahsa shahri Saudiya Arabistonining Ash-SHarqiya okrugiga qarashlidir. Ash-SHarqiya okrugi markazi Al-Dammam shahri hisoblanadi. Al-Ahsa shahri markazdan taxminan 160 km masofada uzoqlikda fors qo‘ltig‘i qirg‘og‘ida joylashgan.

Saudiya Arabistonining professional ligasi ishtirokchisi bo‘lgan “Al-Fath” futbol klubi 1958 yili tashkil etilgan. Ushbu klub mamlakatning keksa klublari qatoriga kiradi. Bu klub ancha ilgari tashkil etilganiga qaramasdan 2008/09 yilgi mavsumdan boshlab, Saudiya chempionatining eng yuqori ligasi – professional ligada ishtirok eta boshlagan. Jamoa uy uchrashuvlarini Al-Ahsa shahirdagi “Abdulla bin Jalaviy” stadionida o‘tkazadi. Sig‘imi 19096 o‘rin. Klubni Abdulaziz al-Afaiq boshqaradi. Hozirgi paytda jamoada mahalliy mutaxasis Fathi al-Jabal bosh murabbiy bo‘lib turibdi.

“Al-Fath”ning milliy chempionatdagi o‘rni
Umuman “Al-Fath” klubini Saudiya Arabistoni chempionatida beqaror ishtirok etgan. Klubda murabbiylarning va futbolchilarning tez-tez almashishini kuzatish mumkin.

Ayni paytda Saudiya Arabistonida milliy chempionat davom etmoqda. Joriy mavsumda muvaffaqiyatsiz ishtirok etib kelayotgan “Al-Fath” klubi, 1 fevral kuni o‘tkazilgan 17-tur doirasidagi uchrashuvda 3:1 hisobi bilan, “Ar-Royid” klubi ustidan g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba ularga turnir jadvalidagi mavqeini ancha o‘zgartirib olishga imkon yaratdi. Bungacha 14-o‘rinda borayotgan klub, bu g‘alabadan so‘ng 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ular hisobida endi 14 ochko bor. Saudiya Arabistoni professional ligasida jami 14 ta jamoa ishtirok etadi. Hozirda “Al-Hilol” klubi 16-turdan keyin, 40 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Milliy chempionatda “Al-Fath”ning eng yuqori qayd etgan natijasi, 2012/13 yillardagi mavsumda 2-o‘rin sohibi bo‘lgan.

“Al-Fath”ning OCHLdagi ishtiroki
Klub 2015/16 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra 4-o‘rinni egallagan. OFK tomonidan 2017 yilgi OCHL uchun Saudiya Arabistoniga 3+1 o‘rin ajratilgan. Shu bois “Al-Fath” OCHL-2017da saralash bosqichida ishtirok etish huquqini olgan.

“Al-Fath” klubi OCHL-2014 mavsumda “Bunyodkor” klubi bilan bir guruhda qatnashgan. Shu yili “V” guruhida “Bunyodkor” bilan Qatarning “Al-Jayish”, Eronning “Fulad” va Saudiya Arabistonining “Al-Fath” klublari bahs olib borishgan.

Dastlab, 25 fevral kuni o‘tkazilgan “Al-Fath” (Saudiya Arabistoni) – “Bunyodkor” uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etilgan. 16 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “qaldirg‘ochlar” 3:2 hisobida “Al-Fath”ni mag‘lubiyatga uchratishgan.

Shu yili “Bunyodkor” guruh bosqichidan nimchorak finaliga yo‘llanma olgan bo‘lsa, “Al-Fath” guruhda 4-o‘rinni egallab, OCHLdagi ishtirokini yakunlagan.

“Al-Fath” bilan bo‘lgan har ikkala uchrashuvda ham “Nasaf” jamoasining hozirgi tajribali himoyachisi Akmal Shorahmedov “Bunyodkor” tarkibida to‘liq o‘ynagan.

“Al-Fath” tarkibi
“Al-Fath” klubi OCHL-2017 saralash bosqichi uchun 30 nafar futbolchini OFK ro‘yxatidan o‘tkazgan.

Darvozabonlar: 1.Habib al-Vatyan, 12.Ali al-Mazaydiy, 22.Abdulloh Alovayshir

Himoyachilar: 2.Abdulla ad-Davshariy, 5.Joao Gilyerme (Braziliya), 23.Sayf al-Bishiy, 24.YUsuf Xamis, 29.Mamduh Sharahiliy, 32.Abdulaziz Yusuf, 33.Ali al-Bulayhiy, 45.Ibrohim an-Nahliy, 87.Husayn Ayub, 88.Majid Hazoziy.

Yarim himoyachilar: 4.Muhammad Abu Saban, 7.Hamdan al-Hamdan (s), 8.Nuh al-Muso, 10.Andre Monteyro (Portugaliya), 14. Muhammad al-Fahad, 15.Axmad al-Muborak, 17.Riyod Sharahiliy, 18.Muhammad as-Sayid, 25.Tavfiq Buhaymid, 35.Bosil al-Bahraniy, 61.Ali Aleid, 89.Abdulloh al-Ammar, 90.Hamad al-Hamad.

Hujumchilar: 9.Natan Junior (Braziliya), 11.Hamad al-Juhayim, 71.Husayn al-Jasim, 99.Abdulloh al-Baladiy.

Jamoa bosh murabbiyi: Fathi al-Jabal

Jamoa tarkibida hozirgi paytda legioner futbolchilardan, braziliyalik Joao Gilyerme va Natan Junior, portugaliyalik Andre Monteyrolar to‘p tepishmoqda.

Uchrashuv hakamlari
Ushbu uchrashuvni janubiy koreyalik hakamlar boshqaradi. OFK tomonidan uchrashuv bosh hakami etib, 34 yoshli koreyalik hakam Ko Xyuing Jin tayinlangan. Unga qanotlarda hamyurtlari Park Sang Jun va Song Bon Kyun yordam berishadi. Uchrashuvda yana bir janubiy koreyalik hakam Kim Vu Sang zaxira hakami sifatida ishlaydi.

07.02.2017. OCHL-2017 saralash bosqichi uchrashuvi
“Al-Fath” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf” (O‘zbekiston)
“Abdulla bin Jalaviy” stadioni. Soat 20:00da
Bosh hakam: Ko Xyuing Jin (J.Koreya)
Qanot hakamlari: Park Sang Jun, Song Bon Kyun (ikkalasi ham J.Koreyadan)
Zaxira hakami: Kim Vu Sang (J.Koreya)
Uchrashuv nazoratchisi: Abdul Karim Husayniy (Iordaniya)
Uchrashuv komissari: Kemel Tokabayev (Qirg‘iziston)

Mazkur uchrashuv “Sport” telekanali orqali, 7 fevral kuni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinishi rejalashtirilgan.

“Nasaf”ga ushbu uchrashuvda g‘alaba tilab qolamiz.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:11, 05.02.2017. O'qildi: 9602 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик