Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Modrich - yulduzlar safidagi «qoq suyak»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

UYEFA tomonidan e’tirof etilgan yilning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatidan odatdagidek eng yorqin yulduzlar joy olishdi. Krishtianu Ronaldu, Leo Messi, Antuan Grizmann, Janluiji Buffon, Serxio Ramos, Jerar Pike - ularning barchasi doimo diqqat markazda, hatto himoyachilar ham gol urishadi. Luka Modrichning shunday nufuzli kompaniyada uchratish o‘rinli. Lekin shu bilan birga, ajablanarli.

Albatta, hozir Luka «Real»da yetakchi yarim himoyachi maqomiga ko‘tarilgan, madridliklar uni boshlarida ko‘tarib yurishga shaylar. Xorvatiya haqida gapirmasa ham bo‘laveradi - vatanida daho darajasiga chiqqan futbolchiga oid har qanday kitob kosmik tezlikda xarid qilinadi. Hozir Modrich futbol ahlini o‘ziga rom etgan. Bundan atigi 10 yil avval o‘ta kichkina, oriq va zaif yigit edi. «U xuddi mitti yalmog‘izga o‘xshardi!» - Guardian sayti tomonidan berilgan mazkur e’tirof uzoq vaqt­gacha Modrichning taniqli belgisi bo‘lib qoldi. Luka o‘zining yoshlik yillarini eslashni yoqtirmaydi - 1990 yillar tug‘ilib o‘sgan yugoslaviyalik bolakaylarning xotiralari asosan urush lavhalaridan iborat. Modrichlar oilasi Zaton qishlog‘idagi o‘yini tashlab qochib ketganida Luka 6 yoshda edi. Ayozli dekabr tongida Lukaning nomdoshi bo‘lgan bobosi o‘ydagi hayvonlarni yaylovga haydab ketdi-yu, qaytib kelmadi. Oila a’zolarining kun bo‘yi yugurib-elishlari uning sovuq murdasini topish bilan yakunlandi. Shundan so‘ng Modrichlar Xorvatiyadagi bosniyaliklar uchun qurilgan «Kolovar» mehmonxonasidan panoh topish umidida Obrovas shahriga yo‘l oldilar. Ularning Zatondagi uylari yoqib yuborildi. «Kolovar»da kattalar tirikchilik tashvishida bo‘lishsa, yosh Luka ertayu-kech to‘p tepish bilan ovora edi. Mehmonxona yonidagi avtomobillarni saqalsh joyi uning uchun eng qulay maydoncha edi. Shu yerdagi ixtiyoriy mashg‘ulotlar ko‘pchilikning e’tiborini tortdi - nogahon singan oynalar ovozidan cho‘chib tushgan mehmonxona ahli derezadan mo‘ralaganlarida bombani emas, futbol to‘pini ko‘rar edilar.

«Bir kuni «Kolovar» xizmatchisi menga qo‘ng‘iroq qilib, iqtidorli bolakayning to‘p tepishini kuzatishimni so‘radi», - deydi Obrovasdan 40 km.cha uzoqlikda joylashgan «Zadar» klubining rahbari Yosip Baylo. Luka Modrich shu tariqa klub akademiyasining tarbiyalanuvchisiga aylandi. Qochqinlik oqibatida ish joyidan judo bo‘lgan otasi bir amallab ro‘zg‘or tebratayotgan bo‘lsada, o‘g‘lining futbol bilan shug‘ullanishiga imkoniyat yaratib bera olardi. Stipe Lukaga butsa va futbolka olib berardi. Lekin oyoq suyaklarini himoya qiladigan moslamaga puli yetmadi. Shunda u taxtadan qo‘lbola qalqon yasab berdi. Yosh futbolchi keyinchalik Ronaldoning tasviri tushirilgan rostakam qalqon «shitok»ka ega bo‘ldi. Bu moslamadan Zagrebning «Dinamo»siga o‘tgunicha foydalandi: «Men doimo faxr bilan bilan to‘p surardim. Chunki Ronaldo mening «kumir»im edi. Tajribali Baylo shu nimjon, qoqsuyak bolakay o‘ta noyob iqtidor sohibi ekanligini bir qarashdayoq payqagandi. Katta futboldagi ilk qadamni Modrich Bosniyaning «Zrinski» klubida tashladi. Bu o‘lkada ayniqsa hujumkor futbolchilarga nisbatan o‘ta shafqatsiz munosabatda bo‘lishadi. Qo‘shimchasiga, milliy masala ham muhim rol o‘ynaydi. Modrich esa o‘sha davrda jismonan o‘ta nomjon yigitcha bo‘lgandi.

«Lukaning salohiyati bizga ma’qul bo‘lgandi. Biroq «Dinamo»dagilar taklifimizni taajjub bilan qabul qilishdi: «Shu mitti qoqsuyak sizlarga nima bera oladi? Chindan ham u haddan tashqari ozg‘in va kuchsiz edi. Maydonda toliqib qolgan zahoti o‘rniga boshqa futbolchi tushishini so‘rardi. «Chelik»ka qarshi uchrashuv 40 darajali issiq havo ostida kechgandi. Modrich 30-daqiqadayoq qo‘lini ko‘tardi. Tabiiyki, muxlislar hushtakbozlikni boshlab yuborishdi. Biz Lukani almashtirdik. Maydonda cho‘zilib qolgandan ko‘ra zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgani yaxshiroqda» - degandi «Zrinski» vise-perzidenti Ivisa Jidich. Hatto bir oy davomidagi qo‘shimcha ma’lumotlar ham Modrichga yetarli darajada yordam berolmadi - endi u bir soat o‘ynaganidan keyin maydonni tark etardi. Ana shu to‘liq bo‘lmagan faoliyatning o‘ziga yarasha ijobiy jihati ham yo‘q emasdi - Modrich Bosniya chempionatidek tajovuzkor himoyachilarning qo‘polliklariga chaqqonlik va tezlik bilan chap berishga odatlandi. Mavsum yakunida shaxsan Zdravko Mamich Lukani Xorvatiya chempionatiga qaytishini iltimos qildi. Yana 2 yildan keyin Modrich milliy terma jamoada debyutini nishonlagach, Mamich 10 yillik shart­nomani taklif etdi.

«Zadar»da Modrich o‘zining ikkinchi otasiga ega bo‘ldi - klub akademiyasining sobiq rahbari Tomislav Bashich jamoaga ustozlik qilayotgandi. Murabbiyning uyida o‘zi, o‘g‘li Domagoy va Lukaning birgalikda tushgan surati hozir ham devorda osiqlik turibdi. Bashich o‘z shogirdlarini turli falokatlardan asrardi, ayniqsa mitti Lukaga juda jonkuyar edi. Urush paytida ham mashg‘ulotlarni to‘xtatgan emasdi. «Futbol bizni biroz bo‘lsada urush tashvishlaridan xalos etardi», - deydi Bashich.

Aytgancha, bir paytlar Tomislav 10 yoshli Lukani «Xayduk» ko‘rigiga olib borib - murabbiy yosh shogirdining istagini bajo keltirgandi. Ammo «Xayduk» mutasaddilari bolalar orasidagi qoqsuyakka hatto qarab ham ko‘rishmadi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, «Zadar» va «Xayduk» Italiyadagi bolalar turnirida o‘zaro duch kelishdi. Bellashuvda Modrich butun bir jamoani laqillatib, shunday noyob iqtidor sohibini qo‘ldan chiqargan mutasaddilar «Xayduk»ning yoshlar bo‘limi rahbari Marin Kovachichdan tegishli nasibalarini olishdi.

Oradan yana 5 yil o‘tgach, Tomislav Bashich shunday qarorga keldi: «Lukaga o‘zi yoqtirgan jamoada to‘p surish nasib etmadimi, demak uni asosiy raqobatchi jamoaga berish kerak!». Shu tariqa Luka Modrich Zagrebning «Dinamo»sida Miroslav Blajevich (hozirda Xorvatiya futbolida muhim o‘rin tutadi) rahbarligida to‘p sura boshladi. Buni qarangki, ana shu an’ana Modrichning butun faoliyati davomida takrorlanmoqda: «Xayduk»ni orzu qilib, «Dinamo»da, «Chelsi»ni ko‘zlab, «Tottenxem»da, «Barselona»ni o‘ylab, «Real»da o‘ynamoqda!

2014 yil fevralda Tomislav Bashich olamdan o‘tdi. Hamisha ikkinchi otasining hurmat-ehtiromini joyiga qo‘yishga intiladigan Modrich Karlo Anchelottidan ruxsat olib, dafn marosimida qatnashdi. Uch kundan keyin «Shalke» ustidan erishilgan g‘alabani ustozi xotirasiga bag‘ishladi.

«Ehtimol, u boshqa futbolchilar kabi o‘zini turli to‘qnashuvlarga urmas. Ammo uning chaqqon oyoqlari, egiluvchan gavdasi va vaziyatni his etish qorbiliyati bor!». Xorvatiyaning 2006 yildagi Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin mashhur Zlatko Kranchar shunday e’tirof bergandi. Modrichning taqdiri Krancharlar oilasi bilan chambarchas bog‘liq: Zlatko Lukani milliy terma jamoaga taklif qildi, uning o‘g‘li Niko o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Oradan bir yil o‘tgach, Slaven Bilich Modrichni terma jamoa yetakchisiga aylantirdi. Darvoqe, Isroildagi uchrashuvdan keyin qiziq bir voqea yuz berdi: «Jovani Roso yetakchiligida bir guruh futbolchilar restoranga yo‘l olishdi. Qorin to‘yganidan so‘ng barga kirish istagi tug‘ildi. Lekin soqchi Lukani to‘xtatib qoldi: «Kechirasiz 16 yoshga to‘lmaganlarning kirishi mumkin emas!» bir yil so‘ng bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida Modrich o‘ta yorqin o‘ynadi, yakunda turnirning ramziy termasidan o‘rin oldi. U Arsen Venger fikrlarini rad etib, APLda to‘p surib, sardorlik darajasiga ko‘tarildi. Terma jamoasi Ispaniyadan ustun kelishida ham Lukaning hissasi beqiyos bo‘lgandi. Chunki u Serxio Ramos «nuqta»dan to‘pni qaysi tomonga yo‘llashini Subashichga shipshitib qo‘ygandi. Nimchorak finaldagi alamli mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘rash orqali Luka yanada yuqoriroq nufuzga ega bo‘ldi.

O‘yinlardan so‘ng uyiga qaytgan Modrich avvalo o‘zining tahliliy laboratoriyasiga kirib, turmush o‘rtog‘i - Vanya bilan yo‘l qo‘ygan xatolarini muhokama qilardi. Mana, 6 yildirki juftlik kinofilmlarni tomosha qilish o‘rniga shu ish bilan shug‘ullanishadi. Vanyaning fikricha, Luka ko‘proq jamoa uchun o‘ynaydi. Hatto o‘zi zarba yo‘llashi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda ham jamoadoshlarini qidiradi.

Lukaning rafiqasi tahlildan tash­qari agentlik mas’uliyatini ham o‘z zimmasiga olgan. Juftlik ilk marta 2004 yili Zagrebdagi kafelardan birida uchrashgandi. 2010 yili ular nikohdan o‘tishdi. «Kuyov bilan «Inter», «Dinamo» va «Tottenxem»da yonma-yon to‘p surgan Vedran Chorluka guvoh sifatida ishtirok etdi. Hozirda Modrichlar 2 nafar farzand - 6 yoshli Ivano hamda 3 yoshli Emani tarbiyalash bilan ovora. O‘tgan yil martda esa oilaga umuman daxli bo‘lmagan Modrich ismli chaqaloq Ispaniyada dunyoga keldi. «Granada» o‘yinchisi Xavi Markes o‘g‘liga shu nomli tanlagandi: «Rafiqam Modrichni juda hurmat qiladi. o‘g‘lim shu ajoyib inson va mohir futbolchiga o‘xshashini orzu qilaman».

2013 yili Modrich «Real»dagi dast­labki individual sovriniga ega bo‘ldi - Marca nashri uni 2012 yilning eng noshud debyutanti sifatida «Oltin tuvak»ka loyiq topgandi. Mourinyo uni o‘z uslubiga moslashtirishga urinib ko‘rdi-yu, amalda Mxitaryanning «MYU»dagi holati kabi natijaga erishdi - asosan Xabi Alonso va Xediralar to‘p surishib, Modrichga juda kam imkoniyat berildi. Ana shu qisqa to‘p surishlarda ham u o‘zini ko‘rsata oldi.

Mourinyo o‘rnini Karlo Anchelotti egallagach, Luka «Real»ning Pirlosiga aylandi. «Qirollik klubi» Modrich bilan hamkorlikda 3 yil ichida 2ta YECHL kubogiga sazovor bo‘ldi, Lukaning shartnomasi 2020 yilga qadar uzaytirildi.

Ha, «Santyago Bernabeu»da «qora ishchilar»ga ortiqcha e’tibor berilmaydi, olqishlarning asosiy qismi sermahsul o‘yinchilarga atalgan. Biroq Modrich o‘ta talabchan muxlislar mehrini qozona oldi. Qishdagi «klasiko»da u Messini qo‘riqlab, erkin nafas olishiga imkon bermadi. Umuman, Luka o‘z mahoratini oshirish yo‘lida hech narsadan qaytmaydi. «Real»ning «pana»da yuradigan qahramoni - shunaqa yigit. Urush olovlarida toblangan, o‘z maqsadiga erishmagunicha ortga qaytmaydi!

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:35, 05.02.2017. O'qildi: 13697 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик