"Paxtakor" klubi ikkinchi xorij yig‘inini o‘tkazish uchun Antaliyaga yo‘l oldi.
5-19 fevral kunlari "sherlar" Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in o‘tkazishadi. U yerda 4 nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan. 9 fevralda Serbiyaning "Radnichki", 13 fevral kuni Ukrainaning "Stal", 16 fevralda Rossiyaning "Krilya Sovetov" va 18 fevral sanasida Rossiyaning "Arsenal" klublariga qarshi bellashuvlar o‘tkaziladi.
Darvozabonlar - Aleksandr Lobanov, Botir Ergashev, Umid Hamroyev.
Himoyachilar - Kamoliddin Tojiyev, Yurisa Bulyat, Adnan Oraxovas, Davron Hoshimov, Xushnud Avilov, Georgiy Ahmedov, Hojiakbar Alijonov.
Yarim himoyachilar - Vladimir Kozak, Stanislav Andreev, Javohir Sohibov, Akbar Ismatullayev, Sherzod Karimov, Azim Ahmedov, Oston O‘runov, Jamshid Yusupov, Jamshid Iskanderov, Suhrob Nurullayev, Shohruh Mahmudhojiyev, Jamshid Boltaboyev, Doston Ibrohimov.
Hujumchilar - Igor Sergeev, Jasur Hakimov, Ibrohim G‘anixonov.