Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Angliya premyer-ligasining taniqli qariyalari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Jahon futbolida o‘chmas iz qoldirgan qariya futbolchilar yetarli bo‘lgan. Ularning ayrimlari esa hozirgi paytda ham to‘p surib kelishayapti. Bu borada Angliya chempionati boshqalarga o‘rnak bo‘lishi mumkin. Aniqrog‘i, unda faoliyat yuritayotgan ayrim futbolchilar butsalarini mixga ilib qo‘yishga shoshilishmayapti. Misol uchun, Piter Krauch yangi shartnomani qo‘lga kiritdi. Jermeyn Defo bilan Zlatan Ibragimovich hali ham ajoyib o‘yin ko‘rsatishmoqda.  Garet Berri ham chakki emas. Gapning qisqasi, Angliya futbolini turli vaqtlarda gullatgan yoki gullatishda davom etayotgan yulduzlarga to‘xtalib o‘tamiz.

Teddi Sheringem

Yumshoq ism, dag‘-dag‘ali obro‘ - bu xislatlar Teddi Sheringemga qarashli. Uni hamma yaxshi bilardi va qo‘rqardi. Ko‘pchilikning fikricha u ancha katta yoshda faoliyat yuritishni boshlagan, yo‘q, aslo unday emas. Negaki u «Milluoll» kattalar jamoasidagi debyutini 16 yoshida nishonlagan. Faqat 20 yoshdan o‘tibgina Teddi haqiysiga ochiladi. Hamma gap shunda xolos. «Nottingem Forest» va «Tottenxem» saflaridagi ishtiroki bilan tanilgan Sheringem 31 yoshda «Manchester Yunayted»ga o‘tib mashhur bo‘lib ketdi. Hujumchi uchun bu kam emas albatta. «MYU»da u kimsan Erik Kantonaning o‘rnini bosishi talab etilardi. U buning uddasidan chiqdimi yoki yo‘q - boshqa masala, ammo ser Aleks shogirdlari qayd etgan o‘sha afsonaviy trebllda uni o‘ta muhim figura bo‘lganligini inkor etib bo‘lmaydi. 35 yoshda Teddi «shpor»lar safiga qaytib, o‘z sermahsulligi bilan hammani lol qoldirishda davom etdi. Keyin «Portsmut»da bo‘lib ishqibozlar mehrini qozondi, so‘ngra «Vest Xzm»da omadsiz xaridga aylangan Karlos Tevesni to‘p bilan ta’minlab turdi.

----------------------------------------

Gari Makallister

Mazkur futbolchi ancha katta yoshda bo‘lishiga qaramay «Liverpul» safidaishonchli o‘yin ko‘rsatib kelgan. Shu tufayli u ruyxatimizga kiritildi. Aslida Garining faoliyati oson kechmagan.1992 yilda u «Lids» bilan  sovrin yutishga erishdi, lekin faoliyatining asosiy qismini «Koventri» bilan musobaqa jadvalining o‘rtasida o‘tkazdi. Uning uchun hayotidagi eng yorqin lahza Yevro-96da qo‘ldan boy berilgan penalti bo‘lgan bo‘lsa neajab. Biroq 2000 yilda burilish sodir bo‘ldi. Jerar Ulye shotlandiyalikni «Liverpul»ga taklif qildi. O‘shanda legioner futbolchi 35 yoshda edi. Uni maydonda muhim rol o‘ynashiga tabiyki hech kim ishonmasdi. Shunga qaramay, Gari yarim himoya yuragiga singib ketdi va shu tufayli jamoa ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan. Hozirgi kunda klub bu kabi natijalarni faqat orzu qilib kelayapti. O‘sib kelayotgan yosh avlod uchun bu inson juda muhim bo‘lganligini ham unutmaslik kerak. «Safarlarga otlanganimizda avtobusga chiqar ekanman, har doim Makallister yonida o‘tirib, uning maslahatlariga quloq tutib ketishni mo‘ljallab yurardim. Har bitta safar o‘ziga xos dars bo‘lgan va men undan hayratga tushadigan shogird bo‘lganman» - degandi bir paytlar Stiven Jerrard.

----------------------------------------

Garet Berri

2010 yilgi jahon chempionatida Angliya terma jamoasi Germaniyadan 4:1 hisobida qaqshatqich zarbaniqabul qilib, musobaqani tark etgandi. Ayniqsa o‘sha bellashuvda Mesut Ozil tinimsiz harakatlari bilan Berrini qiyin ahvolga solib qo‘ygandi. Hattoki ko‘pchilik mag‘lubiyatning asosiy sababchisi sifatida Berrini ko‘rsatardi, negaki o‘sha o‘yinda u Ozilni to‘xtata ololmagan. Shu bilan birga nemis futbolchisi uning obro‘sini butun umrga to‘kib tashlagandek tuyula boshladi. Berrining «Manchester Siti»dagi obro‘siga ham putur yetganga o‘xshab qoldi. Biroq futbolchining o‘zi mag‘lubiyatlarni tan oladiganlardan emasdi. Natijada o‘z iste’dodini keyinchalik o‘zi o‘ynagan har bitta jamoada isbotlab berdi. «Aston Villa» u ketishi bilanoq pastgi ligaga sho‘ng‘idi. Yoki aytaylik «shaharlik»lar hali ham yarim himoyada muvozanat o‘rnata olishmayapti. Bularning hammasi tasodifmi? Yo‘q! Keyingi oyda 36ga kiradigan Berri «Everton»da har qachongidan ham ajoyib o‘ynamoqda. Uni qo‘ldan chiqargan har bitta jamoa vaqt o‘tib afsus-nadomatlar chekkan. Hech qachon tezkor o‘yinchi bo‘lmagan Berri kundan kunga zo‘r o‘ynayapti, u faoliyati chog‘ida katta tajriba to‘pladi va qisman bo‘lsayam maydon markazining qiroliga aylandi. Bundan tashqari u Rayyan Giggizning APL maydonlarida o‘yin o‘tkazish soniga doir rekordiga xavf solishi mumkin.

----------------------------------------

Rayyan Giggz

Albatta, Giggz haqida gap borar ekan, ushbu «uelslik sexrgarni» eslab o‘tmaslikning iloji yo‘q. Uning uzoq yillar mobaynidagi fantastik o‘yinlari «Manchester Yunayted»ning haqiqiy afsonasi bo‘lishigacha olib keldi.Giggz faoliyatini qanotda boshlagan - juda tezkor va yuqori texnikali. Jismoniy jihatlarga tayanadigan ko‘plab futbolchilar yoshlari o‘tgan sayin biroz o‘yinlarini o‘zgartirishadi, ammo uelslik o‘yinchi uni to‘la-to‘kis o‘zgartirdi. Qanot vakilidan maydon markaziga o‘tib, xavfli yorib kirishlar o‘rniga o‘yinni markazdan turib boshqarishga kirishdi. Giggz faoliyatini endi- endi boshlaganida tungi kechalar va tonggacha yurishni yaxshi ko‘rardi. Bunga hozir ishonish qiyin. Lekin ser Aleks uning bunday yurish-turishlariga juda tez nuqta qo‘ydi. Natijada Giggz yorqin professional darajasiga chiqib, «mashg‘ulotlar ko‘p bo‘lmaydi» degan shior bo‘yicha ish yuritdi. U faoliyatini 23ta medal bilan 40 yoshida tugatdi.

----------------------------------------

Bred Fridel

Agar jamoa yangi darvozabon qidirishga kirsa, birinchi navbatda 40 yoshlisini axtarmasa kerak, har holda. Biroq bunday gaplar Garri Rednappga begona edi. U 2011 yilda o‘z boshqaruvidagi «Tottenxem»ga AQSHlik darvozabonni taklif qilishdan cho‘chimadi. Ikkinchi mavsum ham keldi va Eurelio Gomes ishonchsizharakatlari uchun zahira o‘rindig‘iga o‘tkazildi, Fridel esa asosiy darvozabonga aylandi. APLda u bir daqiqani ham o‘tkazib yubormadi. Natijada, Bred ketma-ket sakkizta mavsumni o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi (yoki 310ta o‘yin). O‘sha paytlarda amerikalik darvozabonlarning Angliyaga kelishi odat bo‘lib qolgandi. Lekin bu yerda hammasi ko‘ngildagidek boshlanmadi. Devid Jeymsni almashtirib turgan Fridel «Enfild»da o‘zini ko‘rsata olmay, turli klublarda o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. «Blekbern», «Aston Villa» va nihoyat, «shpor»lar. Ularning hammasi darvozabondan qoniqish hosil  qilgan bir paytda, «Liverpul» vahima ostida ularni birin-ketin sinovdan o‘tkazardi. Sander Vesterfeld, Kris Kirkland, Skott Karson, Yeji Dudek va Pepe Reyna shular jumlasidan. Fridelga kelsak, u 2012 yili «Tottenxem»dagi estafetani Ugo Lyorisga o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Endi uni televideniye orqali onda-sonda ko‘rish mumkin, xolos.

----------------------------------------

Les Ferdinand

Bosh bilan o‘ynash borasida APLning tengsiz o‘yinchisi bo‘lsa ajabmas. Ferdinand kichikroq tank va MBA yulduzining kuchini o‘zida mujassam etgan. Faoliyatidagi eng zo‘r davr Kevin Kigan boshchiligidagi afsonaviy «Nyukasl»ga to‘g‘ri keladi. O‘sha, ya’ni 1996 yilda klub alamli tarzda chempionlikni qo‘ldan chiqarib yuborgandi. Biroq bu narsa Ferdinandning o‘sha mavsumda kiritgan 25ta golini bekor qila olmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, undan avvalgi uch mavsumda Lesning o‘rtacha gollari soni 20tani tashkil etgan. 30 yoshida uni «Tottenxem» o‘z safiga qo‘shib oladi. Londonliklar tarkibidagi ajoyib o‘yini va obro‘si tufayli «a’lo darajali yigit» maqomiga va tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘ladi. Keyin «Vest Xem», «Lester» va «Bolton» singari klublarda o‘z omadini sinab ko‘rdi. Ferdinand o‘z ishiga jiddiy qarash bilan birga maydonda doim kulib o‘ynardi. Uni Angliyaning eng yoqimli insonlaridan biri sifatida eslab qolishgan.

----------------------------------------

Gari Spid

Makallister va Strachan singari «Lids» muvaffaqiyatining yana bir ishtirokchisi. Spid o‘z jarima maydonidan raqib jarimasigacha tinmay borib-kelish orqali tanilgan. Keyin ajoyib dirijyor sifatida ko‘zga tashlangan. «Everton» va «Nyukasl»da ajoyib o‘ynagan, 35 yoshida Sem Ellardays boshchiligidagi «Bolton»ga borib qo‘shiladi. 2004 yil o‘tib borardi. Buni qarangki, aynan shu o‘tish Spid faoliyatining eng hayratomuz bosqichiga aylandi. Uning mahorati va ko‘p yillik tajribasi kamtarin «Bolton»ga o‘zidan yuqoriga sakrash imkonini berdi. U yerda o‘tkazgan uch yarim yillik bosqichdan so‘ng Gari «Sheffild Yunayted»da o‘ynash uchun ham o‘zida kuch topa oldi. Shundan so‘ng, Uels terma jamoasini boshqardi. Afsuski 2011 yilda Spidning olamdan o‘tishi butun futbol olamini qayg‘uga botirdi. Yuksak toifali sportchi va insonning ketishi hech kimni befarq qoldirmadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 20:16, 12.02.2017. O'qildi: 7853 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.