Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 05.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vest Xem
      • 06.12.2025 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Arsenal
      • 06.12.2025 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 06.12.2025 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Sanderlend
      • 06.12.2025 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Byornli
      • 06.12.2025 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Brentford
      • 06.12.2025 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Chelsi
      • 06.12.2025 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Liverpul
      • 07.12.2025 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 07.12.2025 21:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 06.12.2025 01:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Malyorka
      • 06.12.2025 18:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Xetafe
      • 06.12.2025 20:15
      • Alaves
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 06.12.2025 22:30
      • Betis
      • -:-
      • Barselona
      • 07.12.2025 01:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Atletiko
      • 07.12.2025 18:00
      • Elche
      • -:-
      • Jirona
      • 07.12.2025 20:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Sevilya
      • 07.12.2025 22:30
      • Espanyol
      • -:-
      • Rayo Valyekano
  • «A» Seriya
      • 06.12.2025 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Fiorentina
      • 06.12.2025 22:00
      • Inter
      • -:-
      • Komo
      • 07.12.2025 00:45
      • Verona
      • -:-
      • Atalanta
      • 07.12.2025 16:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Lechche
      • 07.12.2025 19:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Roma
      • 07.12.2025 22:00
      • Lasio
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 15 37
2 Real Madrid 15 36
3 Vilyarreal 14 32
4 Atletiko 15 31
5 Betis 14 24
6 Espanyol 14 24
7 Xetafe 14 20
8 Atletik Bilbao 15 20
9 Rayo Valyekano 14 17
10 Real Sosyedad 14 16
11 Elche 14 16
12 Selta 14 16
13 Sevilya 14 16
14 Alaves 14 15
15 Valensiya 14 14
16 Malyorka 14 13
17 Osasuna 14 12
18 Jirona 14 12
19 Levante 14 9
20 Real Ovyedo 14 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

06/12/25 Real Ovyedo - Malyorka
06/12/25 Vilyarreal - Xetafe
06/12/25 Alaves - Real Sosyedad
06/12/25 Betis - Barselona
07/12/25 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12/25 Elche - Jirona
07/12/25 Valensiya - Sevilya
07/12/25 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12/25 Real Madrid - Selta
09/12/25 Osasuna - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Koutinyo: «Xitoy yoki Ispaniyada o‘ynamoqchi emasman – tamom»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Liverpul» klubi pleymeykeri va bosh yulduzi - Filippe Koutinyo The Daily Mail nashri jurnalistlari bilan suhbat chog‘i qat’iy ishonch va ohangda ta’kidladi: «Hozirda «qizillar» safidan qayergadir ketishni hattoki, o‘ylayotganim yo‘q, chunki aynan shu yerda maksimal darajada qulaylikni his qilyapman».

Gap shundaki, yaqinda tarqalgan bitta xabar butun Angliyaning Shimoli G‘arbidagi muxlislarni xavotirga soldi. Zero, «Liverpul» futbolchilaridan birining Xitoy yoki «Barselona»ga yo‘l olishi mumkinligi yozilgandi. Ko‘pchilik bu xabar aql bovar qilmas iqtidor sohibi, APLdagi asosiy o‘zgacha harakatlanuvchi futbolchi Felippe Koutinyo haqida ekanligini  darhol tushundi.

To‘g‘ri, braziliyalik yarim himoyachining o‘zi tezda bunga munosabat bildirib, «Liverpul» bilan xayrlashish niyati yo‘qligini aytdi. Ammo muxlislarning kayfiyatlari qayta buzildi. Ya’ni jamoa Liga kubogida «Sautgempton»dan 0:1 hisobida yengildi. Bu «Liverpul»ning «Uembli»dagi finalda o‘ynamasligini bildirardi.

Shunga qaramay, Yurgen Klopp xursand - Koutinyo bilan shartnomaning uzaytirilishi klubning ishtiyoqi balandligidan dalolat ekan. Shuning barobarida aytish kerak, muzokaralar silliq kechmadi. Muhimi, yakunda rekord muddatli bitim xususida kelishuvga erishildi.

- Felippe, agar sizni bitta ibora yordamida ta’riflash zarurati tug‘ilsa, qaysi kalimani ishlatish maqsadga muvofiq?

- Pleymeyker. Aslida o‘z haqimda gapirishni xushlamayman. Qilayotgan ishlarimga chetdagilar baho berishsin. Yana o‘z rejalarimni doston qilishni ham istamayman. Tushunarliki, maydondagi pozisiyamdan kelib chiqib, mendan ko‘p narsa kutishadi. Demak, jamoadoshlarimni imkon qadar yaxshi vaziyatga chiqarish barobarida o‘zim ham gol urishga urinishim kerak.

- 10-raqamli futbolka sizga bosim yuklaydimi yoki ko‘tarinkilik ulashadi?

- «10» futbolda nimani anglatishini Braziliyadayoq tushunganman. Bu alohida ajralib turuvchi belgi. Shunday ekan, aynan 10-raqam ostida maydonga tushish har qanday futbolchiga g‘urur bag‘ishlaydi. Uni bejiz eng muhim o‘yinchilarga berishmaydi. Zimmamga shunday mas’uliyat yuklashayotganidan xursandman. Ammo unutmaslik kerak, senga futbolkangdagi raqam emas, balki maydondagi ishingga qarab, baho berishadi.

- Hafta davomida 2ta mag‘lubiyat - avvaliga APLda «Suonsi»dan, keyin Liga kubogida «Sautgempton»dan. Voqealarning bunday yoqimsiz rivoji jarohatdan endigina qutulgan Koutinyoga qanchalik ta’sir qildi?

- Salbiy natijalarni tezda unutish kerak. Harqalay, ularni o‘ylab, siqilish va nadomat tortishdan naf yo‘q. Yaxshisi, bo‘lajak o‘yinlar haqida bosh qotirgan ma’qul.

- «Liverpul» chindan ham, yuksaklikka intilmoqda. Shunday bo‘lsada, avvalo, mavsum tugashini kutishingiz va jamoaning CHLga yo‘llanma olish-olmasligiga qarab, qolaversa, qanday transferlarni amalga oshirishidan kelib chiqib, ish tutishingiz mumkin edi. Ya’ni shartnomani uzaytirishga shoshilmadingizmi?

- Yo‘q, kutish ortiqcha. «Liverpul»ning muvaffaqiyat qozonishiga ishonchim komil. Axir har kuni shu jamoa muhitida nafas olyapman va barchasini ko‘rib turibman. Klub ishtiyoqi zo‘r, jamoadoshlarim va murabbiyimizda ishonch hissi katta. Shubhadan asar ham yo‘q ekan, shartnoma tuzishni paysalga solishdan ma’no nima?

- Demakki, kelajagingizni aynan «Liverpul»da ko‘ryapsiz.

- «Liverpul» qanday jamoa ekanligini juda yaxshi bilaman. Bu Dalglish, Rash, Xansen, Suness, Suares, Jerrard kabi buyuklar tarixi. Jamoaga kelganimga 2 yildan oshdi, bu yerda yangi o‘yinchi emasman. Xullas, qanday klubda to‘p surayotganimni qalban his qilyapman. Yangi shartnoma ostiga imzo chekib, maqsadim shu buyuklar qatoridan joy olish ekanligini ko‘rsatdim. Ular klubning chinakam afsonalari. Futbolchining muvaffaqiyati klubga sodiqligi yoki qo‘lga kiritgan sovrinlari bilan o‘lchanadi. Ikki jihatning salmog‘i teng. Shu ma’noda aytsam, elit ro‘yxatdan joy olish uchun bor mahoratimni ishga solishim kerak. «Liverpul»ning qanday sovrinlar yutishi esa, mutlaqo boshqa masala. Umid qilamanki, yangi 5 yillik kelishuv davomida sovrinlarni ham o‘zimizga «bo‘ysindirish»ni eplaymiz. Muhimi, uzoq muddati shartnoma xotirjam ishlashga imkon beradi.

- Xabarlarda aytilishicha, Xitoy klubi sizga astronomik miqdorda maosh va’da qilibdi. Ayrim yulduzlar kabi Osiyoga yo‘l olishingiz mumkinmidi?

- Xitoyda to‘p surish men uchun qiziqarli emas. Taklif xususida hattoki, bir lahza ham o‘ylaganim yo‘q. Zero, mening futbolim shu yer - Liverpulda. Qalbim «qizillar»ga tegishdi. Boshqa jamoa haqida gapirishim ham ortiqcha.

- Ispaniya OAVda esa, «Barselona»ga o‘tishingiz rosa muhokama qilindi. Deylik, Sport nashri o‘z muqovasini suratingiz ostiga qo‘-yilgan Objetivo Coutinho sarlavhasi bilan bezadi. Xullas, jurnalistlar ishonch bilan «qon tahlili» bo‘yicha Kataloniya klubiga mutlaqo mos tushishingizni yozishdi...

- Bunday gaplarni eshitish yoqimli. Biroq qaytaraman, hozir o‘z joyimni topganman va nimalarga qodirligimni aynan shu yerda isbotlashim zarur. «Liverpul» muayyan strategiyaga ega. Klub cho‘qqiga qaytish harakatida va menimcha, buning uchun imkoniyat yetarli. Maqsadim - qaytish-tiklanishning bir qismiga aylanish. Klub xo‘jayini, murabbiyi, futbolchilar - hammaning maqsadi bir. Demoqchimanki, katta klublar bilan kurashadigan darajaga chiqishga to‘sqinlik qiluvchi omil yo‘q. Hali nafaqat Angliya, balki Yevropa grandlariga ham tenglashishimiz mumkin. Deylik, o‘sha «Barselona»ga ham.

- «Liverpul»ning buyuk klub ekanligi tayin. Shahardagi turmush tarzi haqida nima deysiz?

- Esimda, Angliyaga ko‘chib kelganimda, atrofimdagi kishilar birdek yordam berishgandi. Demoqchimanki, liverpulliklar g‘oyat mehmondo‘st. Klub rahbariyati ham barcha masalada imkon qadar sharoit yaratib berdi. Ya’ni men uchun avvalo, futbol, ikkinchi darajada yana futbol haqida o‘ylash qoldi, xolos. Umumiy olganda, Liverpulda yashash qulay. Oilam ham bu yerda baxtiyor.

- Yagona noqulaylik jarohatingizga bog‘liq bo‘lsa kerak. Axir shu tufayli noyabrdan yanvarning boshigacha maydonga tusholmadingiz.

- Bu haqda gapirishning o‘zi azob. «Enfild» qiyosi yo‘q stadion, fanatlar har bir o‘yinda qoyilmaqom muhitni ta’minlashadi. Shunday ajib jarayondan chetda qolish kimga ham yoqardi? Albatta, jarohat futbolning ajralmas qismi. Umidvormanki, bunchalik uzoq majburiy dam olish qismatiga boshqa duch kelmayman.

- Aytishlaricha, mashg‘ulotlar bazasidan 15 daqiqalik yo‘l uzoqlikda joylashgan uyingiz doimo gavjum ekan. Shuni nazarda tutib aytsak, braziliyaliklarga xos xushchaqchaq hayot tarziga moyilsiz, chog‘i...

- Ha, uyim hech qachon bo‘shamaydi - do‘stlarim, qarindoshlarim mudom mehmon bo‘lishadi. Bunday gavjumlik avvalo, o‘zimga yoqadi. Deylik, do‘stlarimni stol futbolida bahslashishga chorlashim mumkin. To‘g‘ri, xotinim Ayne va qizim Mariyaga ko‘proq vaqt ajrataman, baribir.

- Futbol mavzusiga qaytamiz: APLda «Chelsi» ancha ilgarilab ketishga ulgurdi. Buyog‘iga CHLning qolgan 3ta yo‘llanmasi uchun «Liverpul», «Arsenal», «Tottenxem», «Manchester Siti» va «MYU» o‘rtasida kurash boradi, shekilli.

- Ha, APL - murakkab chempionat. Buni zinhor unutmaslik kerak. Shaxsan men «Chelsi»ni bo‘lajak chempion sifatida ko‘rsatayotganlarga qarshiman. Harqalay, biz oxirigacha kurashamiz. Chunki oltin medaldan hali umid uzganimizcha yo‘q. Afsuski, kutilmagan ochko yo‘qotishlar pand beryapti. Aks holda, peshqadam bunchalik uzoqlashib ketmasdi. Tan olish kerak, «Chelsi» ajoyib jamoa. Menga ayniqsa, Eden Azar va Villian ijrosidagi o‘yinlar yoqadi. Ularni menga qarshilik qilgan eng kuchli raqiblar sifatida ta’riflashim mumkin. Lekin takror aytaman, bizning jamoa ham chakki emas va chempionlik uchun kurashda «intriga» so‘nmasligi yo‘lida borimizni beramiz. Shuning uchun ham «Liverpul»daman.

- Tabiiy savol tug‘iladi: shartnomani birdaniga 5 yilga uzaytirishni klub xohladimi yoki siz?

- 5 yillik kelishuvni 2ta asosiy faktor bilan asoslashim mumkin. Birinchisi - klubning maqsadlari. Shubha yo‘q, bizni oldinda ajoyib damlar kutmoqda. Ikkinchisi - meni doimo qo‘llab-quvvatlaydigan oilam xohishi. Bu yerda har bir futbolchiga nisbatan ajoyib munosabat hukmron. Klubning bunday yondashuvi bor e’tiborni futbolga qaratishni taqozo etadi. Faqat men emas, barchaga birdek g‘amxo‘rlik qilinyapti. Umuman, «Liverpul»da maqtashga arziydigan tizim yo‘lga qo‘yilgan. Deylik, safimizga yangi futbolchi qo‘shilsa, butun jamoa uni va oilasini to‘laqonli qo‘llab-quvvatlaydi. Ayniqsa, legionerlarga e’tibor katta. Tabiiyki, futbolchi bunday muhitda ortiqcha muammolarni sezmaydi va chinakam professional jamoaga tushganini yaqqol his qiladi.

- Filippe, futbolni qattiq sevishingiz tushunarli. Xo‘sh, o‘yinlarni tomosha qilish masalasida qandaysiz?

- Ochiq aytaman, futbol tomoshasiga xushim yo‘qroq. O‘yinda bevosita ishtirok etganim ma’qul. To‘g‘ri, ba’zida teleekran oldida ehtirosli muxlisga aylanaman. Ammo bunaqasi ahyon-ahyonda kuzatiladi.

- Angliya chempionatining alohida xarakterli tomoni nima?

- Faollik. Doimiy faollik. Shuningdek, tezlik yuqori, to‘p hech qachon to‘xtab qolmaydi, marom va sur’at barqaror. Tajovuzkorlik ham bor, ammo faollik birinchi o‘rinda turadi, baribir.

- Endi har kimda chuqur taassurot uyg‘otadigan Yurgen Klopp shaxsiga ham to‘xtalsak. Shaxsan siz uni qanday murabbiylar guruhiga qo‘shardingiz?

- Kloppga xos barcha harakatlar - tabiiy. Ya’ni u sun’iylik yoki soxtalikdan xoli. Uning barchasini dildan bajarishi ko‘pchilikka yoqadi. Yurgen yana har bir mayda jihatni erinmay tushuntiradi, qaysidir uslubning foyda keltirishiga shubha qoldirmaydi. Umuman, u bilan ishlash kishiga rohat bag‘ishlaydi. Klopp «Liverpul»da ham 100 foiz muvaffaqiyat qozonadi - bunga to‘liq ishonavering.

- Stiven Jerrardning klub tizimida ish boshlashi futbolchilarni ham ruhlantirgandir...

- Angliyaga ko‘chib o‘tganimdan buyon Stivga mehrim baland. Undan ko‘p narsa o‘rganishga ham ulgurdim. Misol uchun, Jerrardning to‘pni qanday nazorat qilishini diqqat bilan kuzatardim. Uning harakatlari shunchaki, fantastika edi. Xullas, buyuk insonning qaytishi klub uchun katta ahamiyat kasb etadi. Qaytaraman, shaxsan men unga ustozdek qarayman. Umid qilamanki, endilikda muvaffaqiyatlarni birgalikda nishonlaymiz.

Transfer narxi bo‘yicha o‘sish

Koutinyo har safar klub bazasiga kiraverishdagi «Chempionlar devori»ga o‘zgacha diqqat bilan nigoh tashlaydi. Zero, unda «Liverpul» tarixi mujassam - 18ta chempionlik va YECHK|CHLda qo‘lga kiritilgan 5ta kubok. To‘g‘ri, ular va braziliyalik futbolchi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Umuman, Koutinyo «Liverpul» safiga 2013 yili «Inter»dagi omadsizlikdan so‘ng qo‘shilgandi. Filippe «Vasku da Gama»dan «A» seriyasiga o‘tib, birdaniga o‘zini ko‘rsatolmagach, «neradzurralar» uni hech qanday nadomatsiz chamasi 10 million funtga sotishdi. E’tiborlisi, transfermarkt.de sayti ayni payt Filippe transferini deyarli 3 baravar qimmatga baholayapti. Umuman, xaridorlar bundan ancha ko‘p taklif etishlari mumkin. Koutinyoning Angliyadagi o‘yinlar orqali Braziliya terma jamoasi tarkibidan joy olganiyu, 23ta o‘yinda 6ta gol urganini ham alohida ta’kidlash o‘rinli.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:22, 17.02.2017. O'qildi: 6235 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 16
2 Барселона Ferran Torres 8
3 Барселона Robert Levandovski 8
4 Мальорка Vedat Muriki 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Леванте Karl Etta-Eyong 6
7 Вильярреал Alberto Moleyro 6
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Эспаньол Pere Milya 5
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.