Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma.

  • Superliga
      • 02.04.2026 18:30
      • So‘g‘diyona
      • 2:2
      • Qo‘qon-1912
      • 02.04.2026 19:00
      • Bunyodkor
      • 2:0
      • Lokomotiv
      • 03.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Dinamo
      • 03.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Mash’al
      • 03.04.2026 20:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Andijon
      • 04.04.2026 17:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • OKMK
      • 04.04.2026 18:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Neftchi
      • 04.04.2026 19:15
      • Surxon
      • -:-
      • Buxoro
  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Elche
      • 04.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Levante
      • 04.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Madrid
      • 04.04.2026 21:30
      • Betis
      • -:-
      • Espanyol
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Barselona
  • «A» Seriya
      • 04.04.2026 18:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Kalyari
      • 04.04.2026 21:00
      • Verona
      • -:-
      • Fiorentina
      • 04.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Parma
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Bunyodkor 5 10
4 Paxtakor 4 9
5 Nasaf 4 7
6 Lokomotiv 5 7
7 Andijon 4 6
8 Navbahor 4 6
9 Qizilqum 4 6
10 Qo‘qon-1912 5 5
11 OKMK 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Dinamo 4 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

5-тур So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
5-тур Bunyodkor 2-0 Lokomotiv

Navbatdagi o'yinlar.

03/04/26 Xorazm - Dinamo
03/04/26 Navbahor - Mash’al
03/04/26 Nasaf - Andijon
04/04/26 Paxtakor - OKMK
04/04/26 Qizilqum - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aziz Ibragimov: «Legioner nomini oqlashga harakat qilaman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘tgan mavsumni «Buxoro» klubida o‘tkazgan tajribali yarim himoyachi Aziz Ibragimov faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.

Aniqrog‘i, 2016 yilgi chempionat bahslarida 10ta gol urib, «Buxoro» to‘purariga aylangan futbolchi yaqinda Tabriz shahrining «Mashinasozi» klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, jamoa bilan shartnoma imzoladi. Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, mazkur klub ayni paytda Eron pro-ligasida 19-turdan so‘ng 10 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa oldiga kuchlilar safidagi o‘rnini saqlab qolish vazifasi qo‘yilgan. Bizga ma’lumki, Aziz Ibragimov faoliyati davomida «Traktor», «Sho‘rtan», «Mash’al», «Slovan» (Slovakiya), «Bogemians 1905» (CHexiya), «Sindao Jonun» (Xitoy), «Banik Most» (CHexiya), «Cheske Budeyovise» (CHexiya), «Bogemians» (CHexiya), «Andijon», «Dinamo» va «Buxoro» klublarida to‘p surgan. Demak, «Mashinasozi» - yarim himoyachi uchun faoliyatidagi 13-jamoa bo‘ladi. Biz futbolchi hayotidagi o‘zgarishlar tafsilotini yaxshiroq bilish maqsadida Ibragimov bilan bog‘landik.

- Aziz, eshitishimizcha, faoliyatingizni Eronda davom ettiradigan bo‘libsiz. Aytingchi, «Buxoro» klubi bilan tuzgan shartnomangiz yakuniga yetganmidi?

- Ha, «Buxoro» bilan kelishuvimiz yakunlangan edi. Bu - jamoadan ketishimning birinchi sababi edi. Tanganing ikkinchi tomonida esa manfaatli sharoitlar turgandi. Ya’ni, eronliklar taklifi shunday ediki, unga rad javobini bera olmasdim. Shu o‘rinda «Buxoro» klubi rahbariyati, murabbiylar va jamoa muxlislariga ulkan minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, buxorolik ishqibozlarga alohida salom yo‘llayman. Ular har bir uy uchrashuvida stadionni to‘ldirib o‘tirishdi, astoydil qo‘llab-quvvatlashdi. Shu bois, Buxoroda o‘tgan bir yarim yil mobaynida futboldan faqat rohatlandim. Eng muhimi, klubdan ochiq yuz va yaxshi kayfiyatda ketish nasib qildi. Fursatdan foydalanib, yangi futbol mavsumida «Buxoro»ga omad tilayman.

- «Mashinasozi» varianti qanday paydo bo‘ldi?

- Do‘stim va agentim Farrux Sayfullayev Eron klubidan qiziqish bo‘layotganini aytdi. Shundan so‘ng jamoa bilan yaqindan tanishib chiqib, taklifga rozilik berdim.

- Yangi jamoada ko‘rikdan o‘tdingizmi?

- Albatta, Eronga yetib borishim bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tdim. Natijalar ijobiy bo‘ldi va shundan keyingina ikki tomonlama kelishuvni imzoladik.

- Kelishuv qancha muddatga mo‘ljallangan? Klubda sizdan boshqa legionerlar ham bormi?

- Biz besh oylik shartnomaga qo‘l qo‘ydim. Klubda mendan tashqari, Gruziya va braziliyalik legionerlar ham bor.

- Yangi klubga moslashish jarayoni qanday boryapti? Til masalasida qiynalmayapsizmi?

- Ochig‘ini aytsam, «Mashinasozi» bilan hali yaqindan tanishib ulgurmadim. Ammo hozirdanoq aytishim mumkinki, til masalasida unchalik katta muammolar yuzaga kelmaydi.

- Tabrizda sizga yaratib berilgan sharoitlar qanday? Shahar mamlakat poytaxti Tehronga yaqinmi?

- Menimcha, samolyot Tehrondan Tabrizgacha bir soat parvoz qiladi. Sharoitlarga kelsak, hozircha mehmonxonada yashab turibman. Murabbiyimiz mahalliy mutaxassis ekan. U bilan ingliz tilida gaplashyapmiz.

- Ma’lumki, Eron futboli yakkakurashlarga asoslangan. Bunday futbolda jarohat olish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Siz bunga tayyormisiz?

- Xabaringiz bor, «kontaktli futbol» menga begona emas. Chunki Chexiya va Slovakiya klublari safida o‘ynagan kezlarim xuddi shunday futbol hayotida yashaganman. Ochig‘ini aytsam, kurashlarga boy futbol shaxsan menga yoqadi.

- Aziz, «Buxoro» klubi rahbarlarining o‘tgan mavsum uchun futbolchilardan, xususan, sizdan qarzi bormi?

- Ha, klubning shaxsan mendan qarzi bor. Buni inkor etmayman. O‘ylashimcha, oliy ligamizda qarzdorlikdan xoli jamoalar juda kam bo‘lsa kerak. Chunonchi, boshqa jamoalardagi futbolchi og‘aynilarim bilan suhbatlashganimda, ular ham shu fikrni aytishadi.  

- Hoynahoy, «Mashinasozi» oldiga pro-ligada qolish vazifasi qo‘-yilgandir-a?

- Xuddi shunday. Hozirda jamoamiz turnir jadvalining quyi pog‘onalarida bormoqda. Bu yil qanday qilib bo‘lmasin, Pro ligada jon saqlab qolib, kelasi mavsumda yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borilishi rejalashtirgan.  

- Nima deb o‘ylaysiz, vazifasini uddalay olarmikansizlar?

- Menimcha, uddalasa bo‘ladi, ammo bu oson emas. Turnir jadvalining quyi pog‘onalarida borayotgan klublar saviya jihatidan bir-biriga juda ham yaqin. Hammasi tayyor­garlik jarayoniga bog‘liq. Har qanday holatda ham, «Mashinasozi» mavsum yakunida o‘z obro‘sini saqlab qolishi uchun muvaffaqiyatlariga o‘z hissamni qo‘shib, legioner nomini oqlashga astoydil harakat qilaman.

- Qaror qabul qilish chog‘ida Eronda tajriba oshirgan do‘stlaringiz bilan  maslahatlashdingizmi?

- Yo‘q, bu masalada hech kim bilan suhbatlashmadim. Negaki, faoliyatimda qanday ishga qo‘l urmayin, doimo ota-onam bilan maslahatlashaman. Ularning roziliklari va duolari bilan ish ko‘raman. Eron klubidan taklif bo‘lganda ham, avvalo ular bilan maslahatlashdim.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:55, 19.02.2017. O'qildi: 9398 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
4 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
5 Пахтакор Doston Hamdamov 2
6 Пахтакор Piotr Pajishek 2
7 Нефтчи Alisher Odilov 2
8 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
9 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
10 Насаф Sharof Muhitdinov 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик