Bugun 13 sentyabr, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 12.09.2025 18:30
      • So‘g‘diyona
      • 4:1
      • OKMK
      • 12.09.2025 19:30
      • Navbahor
      • 0:0
      • Surxon
      • 13.09.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Qizilqum
      • 13.09.2025 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Neftchi
      • 14.09.2025 18:00
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Xorazm
  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 14.09.2025 05:00
      • Peru
      • -:-
      • Paragvay
      • 14.09.2025 05:00
      • Boliviya
      • -:-
      • Braziliya
      • 14.09.2025 05:00
      • Venesuela
      • -:-
      • Kolumbiya
      • 14.09.2025 05:00
      • Ekvador
      • -:-
      • Argentina
      • 14.09.2025 05:00
      • Chili
      • -:-
      • Urugvay
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 21 46
2 Neftchi 20 42
3 Dinamo 20 38
4 OKMK 21 37
5 Paxtakor 20 36
6 Bunyodkor 20 35
7 Navbahor 21 33
8 Qizilqum 20 26
9 So‘g‘diyona 21 24
10 Surxon 21 24
11 Andijon 20 21
12 Mash’al 21 21
13 Xorazm 20 19
14 Qo‘qon-1912 20 18
15 Buxoro 21 17
16 Sho‘rtan 21 11

O'tgan o'yinlar.

21-тур Nasaf 5-0 Buxoro
21-тур Mash’al 2-1 Sho‘rtan
21-тур So‘g‘diyona 4-1 OKMK
21-тур Navbahor 0-0 Surxon

Navbatdagi o'yinlar.

13/09/25 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
13/09/25 Paxtakor - Neftchi
14/09/25 Bunyodkor - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 4072 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1722 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 13.09.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Форталеза".
      08:00 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Бешикташ".
      10:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина.
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Ред Булл Брагантино".
      14:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Перу - Парагвай.
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сан-Паулу".
      18:00 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      18:55 LIVE Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Антальяспор". Прямая трансляция.
      20:55 Д/ф "Лионель Месси".
      21:55 LIVE Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Истанбул Башакшехир". Прямая трансляция.
      23:55 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Антальяспор".
      01:55 "Человек из футбола". Виктор Онопко.
      02:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
      04:30 "Третий тайм". Андрей Мендель.
      04:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Коринтианс". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 13.09.2025

      07:00 "Что за спорт?".
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      09:25 "Вы это видели".
      10:15 "Страна спортивная".
      10:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Спринт. Прямая трансляция.
      12:25 Д/ф "Льюис Хэмилтон".
      13:35 "Страна спортивная".
      13:55 LIVE Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 1. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      18:30 "Культовые".
      19:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      20:30 "Тайны звёзд спорта".
      21:00 "Парусный спорт".
      21:30 Автоспорт. DTM. Этап 7 на трассе Ред Булл Ринг, Австрия. Гонка 1.
      22:55 "Страна спортивная".
      23:15 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Спринт.
      01:20 "Культовые".
      01:50 Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Спринт.
      03:55 LIVE Лёгкая атлетика. Чeмпионат мира в Японии. День 2. Утренняя сессия. Прямая трансляция.
  • MATCH-TV
    • Sana: 13.09.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Финальный этап на автодроме "Казань Ринг Каньон".
      07:00 Д/ф "Конёк Чайковской".
      08:00 Матч! Парад.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      10:30 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Женщины. Спринт. Прямая трансляция.
      12:25 LIVE Летний биатлон. Альфа-Банк Чемпионат России в Чайковском. Мужчины. Спринт. Прямая трансляция.
      14:20 Новости.
      14:25 LIVE Регби. Pari Чемпионат России. "Красный Яр" (Красноярск) - "ВВА-Подмосковье" (Монино). Прямая трансляция.
      16:30 LIVE Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 8 на автодроме "Казань Ринг Каньон". SMP TCR. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 8-й тур. "Динамо" (Москва) - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      20:55 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Ювентус" - "Интер". Прямая трансляция.
      23:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:35 LIVE Футбол. Чемпионат Италии. "Фиорентина" - "Наполи". Прямая трансляция.
      01:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 LIVE Смешанные единоборства. Noche UFC в Сан-Антонио, США. Диего Лопес против Жана Силвы, Дэвид Мартинез против Роба Фонта. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 13.09.2025

      08:15 Велоспорт. Гран-при Квебека в Канаде.
      09:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 19. Руэда - Гихуэло.
      11:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 13 в Копере, Словения. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      12:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 1.
      14:00 LIVE Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 1. Прямая трансляция.
      18:30 LIVE Велоспорт. "Вуэльта". Этап 20. Робледо-де-Чавела - перевал Бола-дель-Мундо. Прямая трансляция.
      21:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      22:00 Скалолазание. Кубок мира. Финальный этап в Гуйяне, Китай. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы.
      23:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 1.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 20. Робледо-де-Чавела - перевал Бола-дель-Мундо.
      02:00 Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 1. Обзор.
      03:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 20. Робледо-де-Чавела - перевал Бола-дель-Мундо.
      04:00 LIVE Легкая атлетика. Чемпионат мира в Токио, Япония. День 2. Прямая трансляция.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Yangi Anri» – besh qiyofa

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Tyerri Anri «Arsenal»ning chinakam ramzlaridan biri hisoblanadi, shubhasiz. Zero, u o‘z harakatlari bilan «kanonirlar»ning butun boshli bir avlod muxlislarini rom etgan.

Chempionlar Ligasi g‘olibi, Yevropa va jahon chempioni... Oddiy aytganda, Tyerri katta futbolda birgina «Oltin to‘p»ni inobatga olmaganda, barcha sovrinlarga ega chiqqan. Agar 2003 yili Pavel Nedved ommani hayratlantirmaganida, «Oltin to‘p» ham Anrining shaxsiy kolleksiyasini boyitardi, albatta. Eng muhimi, fransiyalik sobiq hujumchi maydonda har qanday ishni o‘ta yengillik bilan bajarardi: sodda va osongina gol urardi, to‘pni nozik va mohirona boshqarardi. 2008 yili «Arsenal» rasmiy sayti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda aynan Anrining klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi sifatida tan olishgani ham ko‘p narsadan dalolat. 2013 yili esa, «Barselona» muxlislari fransuzni klub afsonalari qatorida e’tirof etishdi. Shunday e’tiroflarga loyiq ko‘rilgan hujumchi samarali faoliya-ti finishida «Nyu-York Red Bullz»da o‘ynadi va 2014 yili butsalarini mixga ildi. Hozir esa Sky Sports telekanalida o‘yinlarni tahlil qilib borishdan tashqari, Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi assistenti sifatida ishlayapti. Darhaqiqat, Anri haqida so‘z ochilsa, eng avvalo, uning yengil harakatlari, sovuqqonligi, yuqori texnikasi va albatta, aniq hamda kuchli zarbalari tilga olinadi. E’tiborli tomoni shuki, zamonaviy futbolda ko‘plab yosh iste’dodlarga «Yangi Anri» nomi berilyapti, ammo ulardan hech biri maydonda uning darajasiga yaqinlasha olganicha yo‘q. Marhamat, quyida aynan beqiyos Anriga qiyoslangan ayrim futbolchilar faoliyati bilan tanishib, bunga o‘zingiz ham iqror bo‘lishingiz mumkin.

Loik Remi

Yoshi: 29

Fuqaroligi: Fransiya

Klubi: «Kristal Pelas»

Fransuz futbolchisi tezligi va uncha-muncha kurashlarda yengilmasligi bilan tanilgan. Remi ayni xususiyatlari samarasi o‘laroq, 2010 yili «Nissa» tarkibida sezilarli yutuqlarga erishdi: 34ta o‘yinda 14ta gol va 3ta samarali uzatma. O‘sha vaqt Loik ijrosidagi o‘yinlar «Vest Xem», «Stok Siti», «Milan» va «Fiorentina» kabi klublar tinchini buzdi. Shuningdek, «Lion» va «Bordo» murabbiylari ham uni ko‘z ostilariga olib qo‘yishgandi. Biroq futbolchining o‘zi faqat London «kanonirlari» haqida orzu qilardi: «Arsenal — men ko‘ngil qo‘ygan yagona jamoa. Zero, bu klub tarkibi g‘alabaga chanqoq yoshlarga to‘la. Ularning maydonda qanday o‘ynashayotganini ko‘rish yoqimli. Ha, «Arsenal»ni o‘zim uchun ideal joy o‘rnida ko‘raman. Bolaligimdan  shu klub muxlisiman. Tyerri Anri bilan o‘zaro ko‘rishganda, undan albatta, klub va Londondagi sharoitlar haqida so‘rab-surishtirardim. Anrining ichki qoniqish bilan aytgan so‘zlari esa jamoaga nisbatan qiziqishimni battar kuchaytirardi». Lekin Remining orzusi ushalmadi: uni «Arsenal» emas, «Marsel»ga sotishdi. Loik bu klubda 3 yil to‘p surgach, nihoyat, Angliyaga yo‘l oldi va aytish mumkinki, «Nyukasl»da debyut mavsumi (2013|2014 yillar)ni  ko‘ngildagidek o‘tkazdi - 26ta o‘yin, 14ta gol. Shundan so‘ng hujumchining xizmatlariga «Chelsi» qiziqib qoldi va 10,5 mln. funt to‘lab, uni o‘z safiga qo‘shib oldi. Ammo Anrining darajasiga chiqishi kutilgan hujumchi «ko‘klar» asosiy tarkibiga kirolmadi. Chunonchi, Remi «Chelsi»dagi 2 yillik faoliyati davomida atigi 10ta gol urdi, xolos. Natijada yozgi transferlar vaqti uni  ijara asosida «Kristal Pe-las»ga yuborishdi. Afsuski, uni omadsizlik hamon ta’qib qilyapti - hujumchi sentyabr oyida jarohatlanib, uzoq muddatga safdan chiqdi. Eng qizig‘i, u «burgutlar» safida biror marta maydonga tushganicha yo‘q.

Rayan Babel

Yoshi: 29

Fuqaroligi: Gollandiya

Klubi: «Deportivo»

Gollandiyalik mahoratli hujumchining faoliyati o‘ta muvaffaqiyatli boshlangan edi. Deylik, u 17 yoshidayoq «Ayaks» asosiy tarkibida debyut qildi. Keyin, 2005|2006 yillar mavsumining ilk rasmiy uchrashuvida, aniqrog‘i, Gollandiya superkubogi doirasida PSVga qarshi kechgan o‘yinda g‘alaba to‘pini o‘z nomiga yozib qo‘ydi. Ammo shundan so‘ng Babeldan omad ochiqchasiga yuz o‘girdi - mavsum oxirigacha yana atigi 2tagina gol urdi. To‘g‘ri, Marko van Basten samaradorligi o‘ta past 19 yoshli hujumchini terma jamoa ro‘yxatiga tirkab, uni JCH-2006ga olib bordi, baribir. Ajablanarlisi, Babel mundialda bir marta zaxiradan o‘yinga qo‘shilish bilan cheklangan bo‘lsa-da, van Bastenning yuksak e’tirofiga erishdi: «Menimcha, Babel «Yangi Tyerri Anri» bo‘lish uchun katta imkoniyatga ega». Gollandiyalik futbolchi 2007 yilga kelib, «Liverpul»ga yo‘l oldi. Lekin adolat yuzasidan aytish lozim, unga murabbiylar shtabi bilan kelishmovchilik pand berdi. Aniqrog‘i, futbolchi «Tvitter»da sahifa ochgach, mashg‘ulotlardan ko‘ra, internetga ko‘proq vaqt ajrata boshladi. Boz ustiga, u avvalo, ijtimoiy tarmoqda Rafael Benites bilan janjallashdi. Ya’ni murabbiy uni «Stok Siti»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmagach, darhol «Tvit-ter»dagi sahifasi orqali o‘zini «xo‘rlangan»dek ko‘rsatdi. Tabiiyki, bu klub ichki muhitini buzish sifatida baholandi va rahbariyat Rayanni 120 ming funt miqdorida jarimaga tortdi. 2011 yili bo‘lib o‘tgan «Liverpul» — «MYU» uchrashuvidan keyin Babel yana bir marta «Tvitter»ga yuzlanib, o‘z sahifasiga «qizil iblislar» libosini ki-yib olgan hakam Xovard Uebb suratini joyladi. U bu safar ijtimoiy tarmoqdagi «chiqishi» sabab, jarima (10 ming funt)ga tortilgan ilk professional futbolchi sifatida tarixga kirdi! Babelning o‘zi  «Liverpul»da sira omadi chopmaganini quyidagicha izohlagan: «Afsuski, o‘sha vaqt biror murabbiy menga o‘z maslahatlari bilan yordam bermadi. Tushuning, premyer-ligaga borganimda, 20 yoshli o‘spirin edim. Lekin meni yolg‘izlatib, o‘z holimga tashlab qo‘yishdi». Shundan so‘ng Babel uchun sargardonlik davri boshlandi: «Xoffenxaym», «Ayaks», «Qosimposho», «Al-Ayn»... «Yangi Anri» uchun yomon emas-a... Shunisi e’tiborliki, Rayan «Liverpul»dan ketganidan keyin ham «Tvitter»dagi faolligini tashlamadi: «Benites «Real»ni boshqarmoqda? Ishonchim komilki, u Ronalduni ajoyib himoyachiga aylantiradi». Xullas, tili o‘tkir futbolchi hozirda «Deportivo» sharafini himoya qilyapti, to‘g‘rirog‘i, ora-sira zaxiradan maydonga tushyapti. Agar u o‘z vaqtida bosiqroq va kamtarroq bo‘lib, ko‘proq mehnat qilganida, ehtimol faoliyati ancha chiroyli chiqarmidi? Ko‘rgulikda...

Teo Uolkott

Yoshi: 27

Fuqaroligi: Angliya

Klubi: «Arsenal»

Teo Uolkott - muxlislarga allaqachon tanilgan futbolchi. Zero, u «kanonirlar» safida to‘p sura boshlaganiga 10 yildan oshdi. Tezkor yigit bu vaqt oralig‘ida tinimsiz kelajagi porloq o‘yinchi sifatida e’tirof etildi. Tabiiyki, ayni maqtovlar sabab, 2008 yili Anri «Arsenal»dan ketgach, afsonaga tegishli 14-raqamli futbolga aynan Teoga berildi. Uolkottning faoliyatidagi eng diqqatga sazovor jihat shuki, u doimo g‘oyat foydali qanot yarim himoyachisi sifatida to‘p surdi. Lekin Arsen Venger 2012 yili tajriba uchun futbolchini  hujum markaziga joylashtirdi. Qarangki, Vengerning ajabtovur g‘oyasi ish berib, Uolkott deyarli har bir o‘yinda gol urishga odatlandi. Sezganingizdek, shu zahoti uni Tyerri Anriga qiyoslay boshlashdi. «Turli pozisiyadagi o‘yinlar texnikani keskin kuchaytiradi. Deylik, qanotlarda harakat doirasi chegaralangan. Markazda esa har tarafdan bo‘shliq topish mumkin. Teo 19-23 yosh oralig‘idagi 4 yillik faoliyatida ko‘p narsalarni o‘rgandi. Endi uni qanotda ham, hujum markazida ham bemalol o‘ynatish imkoni bor. Menga Teoni hujumchi o‘rnida ko‘rish yoqadi. Aminmanki, uning o‘ziga ham»,—degandi o‘shanda «professor» Arsen Venger. Darvoqe, 2012|2013 yillar mavsumi Uolkott uchun g‘oyat sermahsul kelib, u 14ta gol urish barobarida yana 12tasiga hammualliflik qildi. Biroq keyingi 3 mavsumdan buyon 5tadan ko‘p gol urolmayapti. Ha, Uolkott hamon barqaror harakatlanib, sifatli o‘ynamoqda. Lekin undan bundan-da ko‘prog‘i kutilgandi.

Antoni Marsial

Yoshi: 20

Fuqaroligi: Fransiya

Klubi: «MYU»

Yodingizdami, Marsialning «Monako»dan «MYU»ga o‘tishi 2015 yilgi transferlar bozorini «yondirib» yuborgandi. Zero, «qizil iblislar» Antoni uchun 50 million yevro to‘lab, yana bonus tariqasida 35 «limon» va’da qilishgandi. Shu tariqa Marsial 20 yoshgacha bo‘lgan yigitlar orasida dunyoning eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi. Tabiiyki, narxga bog‘liq shov-shuvlar ortiqcha e’tirozlarni keltirib chiqardi va Antoni bosim ostida qoldi. Lekin fransuz yigiti ilk mavsumdayoq 19ta gol va 5ta samarali uzatmani o‘z nomiga rasmiylashtirib, tanqidchilarni uyaltirib qo‘ydi. Marsialning hozirgi o‘yinlariga qarab, uning endi 20 yoshni qarshilaganiga ishongingiz kelmaydi. Axir eng qaltis lahzalarda ham xuddi 33 yoshli Andrea Pirlo kabi sovuqqonlik bilan harakatlanmoqda. Bu borada Lui Saa juda o‘rinli fikr bildirgan: «Marsial ayni payt Anrining yoshligini yodimga solmoqda. U «MYU»ga o‘tib, rivojlanishning katta yo‘liga chiqdi. Chunki sen katta klubda o‘ynab, tajriba oshirsang, Fransiyada o‘z o‘rningni topishing oson kechadi. Menga uning intilishi, o‘ziga ishonishi yoqyapti». Ha, Marsial hali ancha yosh va chinakam «Yangi Anri» bo‘lish uchun yetarli vaqtga ega.

Aleksis Sanches

Yoshi: 27

Fuqaroligi: Chili

Klubi: «Arsenal»

Tan olaylik, Aleksis — tug‘ma yetakchi. Hamma joyda shunday bo‘lgan - «Udineze»da ham, Chili terma jamoasida ham va endi «Arsenal»da ham. U birgina «Barsa»da yulduzlar soyasida qolib ketdi. Lekin Ispaniyadagi natijalari ham chakki emasdi: 3ta mavsumda 46ta gol va 32ta samarali «pas». Shunga qaramay, Aleksis Kataloniyada o‘zini noqulay sezib, Angliyaga yo‘l oldi. Bu qarori nechog‘li oqlangani barchaga ma’lum - Sanches o‘zi istagan muhitni topdi. Albatta, «Bornmut»ga qarshi o‘yindan keyin Sanchesning noroziligi haqida mish-mishlar avj olgani ham rost. Lekin bizningcha, bu oddiy holat. Chunki ayni payt «Arsenal» o‘yini aynan chililik hujumchiga bog‘liq. U bunday erkinlikni hech qayerda ko‘rgan emasdi. Aleksis xohlasa, chap qanotda, istasa, markaziy hujumchi o‘rnida to‘p suradi. Umuman olganda, bunday tajriba Venger uchun yangilik emas: vaqtida Anrini markazga surib, uni afsona darajasiga ko‘targandi. Ha, Uolkott vositasidagi bunday «eksperiment» oqlanmadi. Endi navbat Aleksis Sanchesga. Ehtimol, bu safar hammasi risoladagidek chiqar va futbol olami yana bir «Yangi Anri»ni ko‘rar...

Xulosa o‘rnida aytganda, Tyerri Anri «Oltin to‘p»dan boshqa hamma sovrinlarni yutdi. Lekin uni muxlislar xotirasida qolishining asosiy omili bu emas. Chunonchi, Anri qarshisidagi har bir raqibni oddiygina, sodda usulda aldab o‘tib, bundan lazzat olardi. «Yangi Anri» sifatini olayotgan yigitlar uning darajasiga yetishadimi-yo‘q - bunisi vaqt hukmidagi masala...

Iqtibos

- Men aql bilan emas, yurakdan o‘ynayman. Ya’ni o‘ylamayman, balki harakat qilaman. Tyerri ANRI.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:09, 20.02.2017. O'qildi: 10965 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Насаф Husayn Norchayev 12
2 Пахтакор Igor Sergeev 12
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 12
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.