Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 24.01.2026 00:45
      • Inter
      • 6:2
      • Piza
      • 24.01.2026 19:00
      • Komo
      • 6:0
      • Torino
      • 24.01.2026 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Kalyari
      • 25.01.2026 00:45
      • Lechche
      • -:-
      • Lasio
      • 25.01.2026 16:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Cremonese
      • 25.01.2026 19:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Parma
      • 25.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Bolonya
      • 25.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Napoli
      • 26.01.2026 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Milan
  • La-liga
      • 24.01.2026 01:00
      • Levante
      • 3:2
      • Elche
      • 24.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:3
      • Osasuna
      • 24.01.2026 20:15
      • Valensiya
      • 3:2
      • Espanyol
      • 24.01.2026 22:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 25.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Real Madrid
      • 25.01.2026 18:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Malyorka
      • 25.01.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 25.01.2026 22:30
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Selta
      • 26.01.2026 01:00
      • Alaves
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 24.01.2026 17:30
      • Vest Xem
      • 3:1
      • Sanderlend
      • 24.01.2026 20:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Tottenhem
      • 24.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:1
      • Brayton
      • 24.01.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 2:0
      • Vulverhempton
      • 24.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Liverpul
      • 25.01.2026 19:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Aston Villa
      • 25.01.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 25.01.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Chelsi
      • 25.01.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Man. Yunayted
  • AFC U-23
      • 24.01.2026 20:00
      • Xitoy
      • -:-
      • Yaponiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 22 52
2 Milan 21 46
3 Napoli 21 43
4 Roma 21 42
5 Komo 22 40
6 Yuventus 21 39
7 Atalanta 21 32
8 Bolonya 21 30
9 Lasio 21 28
10 Udineze 21 26
11 Kalyari 22 25
12 Sassuolo 21 23
13 Cremonese 21 23
14 Parma 21 23
15 Torino 22 23
16 Jenoa 21 20
17 Fiorentina 22 17
18 Lechche 21 17
19 Verona 21 14
20 Piza 22 14

O'tgan o'yinlar.

22-тур Inter 6-2 Piza
22-тур Komo 6-0 Torino

Navbatdagi o'yinlar.

24/01/26 Fiorentina - Kalyari
25/01/26 Lechche - Lasio
25/01/26 Sassuolo - Cremonese
25/01/26 Atalanta - Parma
25/01/26 Jenoa - Bolonya
25/01/26 Yuventus - Napoli
26/01/26 Roma - Milan
27/01/26 Verona - Udineze

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Buffon: «Madhiyaga hushtakbozlik qilish – axmoqlik»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Turinning «Yuventus» klubi va Italiya terma jamoasi darvozalarini hamon ishonch bilan qo‘riqlayotgan Janluiji Buffon 39 yoshga to‘ldi. Lekin uning maydondagi harakatlari va «seyv»larini ko‘rib, bunga ishonish qiyin. Qiziq, Buffon nega «qarimaydi»? Nima sababdan uning o‘ziga nisbatan ishonchi sira susaymaydi? Fransiyaning L`Equipe nashri bu savollarga javob izlab, darvozabon bilan katta intervyu uyushtirdi.

- Janluiji, faoliyatingiz boshlangandan beri shu paytgacha nech-ta o‘yinda maydonga tushganingizni bilasizmi?

- Voy-bo‘y (kuladi)! Menimcha, Italiya chempionatida olti yuztacha o‘yinim bordir...

- Yo‘q, shu paytgacha 1007ta rasmiy uchrashuvda o‘ynagansiz (intervyu chop etilganda esa 1014ta o‘yin bo‘lgandi).

- Yo‘g‘-e? Rostdan-a?! Buni bilmasdim!

- Xo‘sh, endi taassurotlar qanday?

- (Jilmayib) Bilasizmi, menimcha, bu yerda gap o‘yinlarning soniga bog‘liq emas. Muhimi - qilayotgan ishingga, maqsadlaringga bo‘lgan ishonch.

- Mingdan ortiq rasmiy o‘yinlar, bunaqa rekorddan keyin faoliyatingiz naqadar buyuk ekanini o‘zingiz ham sezayotgandirsiz?

- To‘g‘risini aytsam, faoliyatimni buyuk deb baholamagan bo‘lardim. Ha, terma jamoa yoki «A» seriyadagi ilk rasmiy o‘yinimni eslayman. Lekin hech qachon qandaydir rekordlar haqida o‘ylamaganman. Boshqacha aytganda, qaysidir bir omilga qattiq e’tibor qaratmaslik kerak. Aks holda, bu seni halokatga yetaklashi mumkin.

- Ayni vaqt siz uchun eng murakkab narsa nima?

- Jismoniy holatimdan tashvishda emasman: u ikki yil oldin qanday bo‘lsa, hozir ham shunday. Biroq navbatdagi har bir o‘yinga ruhan tayyorgarlik ko‘rish oson bo‘lmayapti. Qizig‘i shundaki, men uchun uchrashuvlar qanchalik muhim va murakkabdek tuyulsa, ularga tayyorlanish shunchalik oson kechadi. Odatiy o‘yinlarga ruhan hozirlanish esa borgan sari qiyinlashib bormoqda.

- Ishtiyoqni saqlab qolishning siri nimada?

- Bu yerda hammasi ichki tuyg‘ularga bog‘liq. Deylik, men - kiperman va bu katta mas’uliyatni talab etadi. Shu sababli, diqqat-e’tiborni mudom darvozam xavfsizligiga qaratishga majburman. Bu fikr meni 90 daqiqa bir xil ushlab turadi.

- Franchesko Totti, Xavyer Zanetti va Paolo Maldinilar uzoq yillik faoliyatlarini faqat bir klubda olib borishgan. Demak, yagona jamoaga sodiq qolish - faoliyatning kutilganidan ko‘ra ko‘proq davom etishiga sabab bo‘lar ekanda-a?!

- O‘ylashimcha, bu aksincha, qiyinchilik tug‘diradi. Negaki, ayni holatda sizdagi mas’uliyat, javobgarlik hissi ikki barobar kuchayadi. Zero faqat bir klubda yurganingizdan keyin, atrofingizdagi muhit va odamlarga o‘zingiz istamagan holda ko‘nikib qolasiz. Shu bois, kundalik mashg‘ulotlarda ishtiyoq pasayishi ham hech gap emas. Jamoasini tez-tez almashtirib turadigan futbolchilarda esa yangidan-yangi motivasiya paydo bo‘laveradi.

- Nega klubingizni hech almashtirmaysiz?

- Chunki mening hayotimda ayrim qadrli jihatlar bor. Ulardan biri - men bilan ajoyib munosabatda bo‘layotgan shu klub, jamoadoshlarim va muxlislar uchun borimni berish.

- Ehtimol, aynan shu narsa klubga muhabbat deb atalar?

- Balki, shundaydir. Menimcha, «Yuventus» kichikroq klub bo‘lganida, men bu yerda 20 yildan ko‘proq qolmasdim.

- O‘tgan yilning 6 oktyabrida Ispaniya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydingiz. Bu esa yoshingizga bog‘liq gap-so‘zlarning avj olishiga zamin yaratdi...

- Bilasizmi, o‘ylashimcha, har qaysi inson yil davomida bir-ikkita xato qiladi. Men adashsam, darhol bu haqda shov-shuv ko‘tariladi. Ha, 39 yoshga kirdim va bu holatda tabiiyki, tanqidchilarga jon kiradi. Lekin unutmaslik lozim, men 30 yoshimda ham, 35 yoshimda ham yanglishganman. Xatolar - har bir insonning ajralmas qismi. Ochig‘ini aytsam, doim o‘zimni-o‘zim tanqid qilib kelaman. Agar kunlarning birida yoshim o‘tib qolgani uchungina qo‘pol xatolar qilayotganimni sezsam, bilingki, Buffonning vaqti o‘tibdi. Bu haqda qarorni birinchi bo‘lib men chiqaraman.

- Eng qizig‘i, xuddi o‘sha o‘yindan keyin, 18 oktyabrda CHL doirasidagi bahsda «Lion»ning barcha hujumlarini yo‘qqa chiqarib, ajo-yib harakat qildingiz. Bu tanqidlarga bog‘liq emasmidi?

- Albatta, tanqidlar meni ruhlantiradi. Lekin yana qaytaraman, qachondir futboldan ketsam, bu ishni tanqidlardan charchaganim uchun emas, balki o‘zim shu qarorga kelganim tufayligina qilaman.

- Faoliyatni yakunlash haqida o‘ylamayapsizmi?

- Avvalo, shuni yaxshilab tushunib olish lozim: ortingda 23 yillik faoliyat turganidan so‘ng, yakunda u 24 bo‘ldi nima-yu, 25 bo‘ldi nima?! Bordi-yu, oltinchi JCHda ham ishtirok eta olsam, bundan benihoya quvonardim. Mana shu - mening asosiy maqsadim.

- Demak, butsalaringizni Rossiyada o‘tadigan mundialdan keyin mixga ilasiz?

- Buning ehtimoli yuqori. O‘ylashimcha, xuddi shunday bo‘ladi.

- 1 sentyabr kuni Fransiya terma jamoasiga qarshi o‘tgan o‘yinda ba’zi muxlislar «Marselyeza» (Fransiya madhiyasi) ijro etilayotgan vaqtda hushtakbozlik qilishdi. Siz esa darhol ularni tinchlantirishga tushdingiz. Nega?

- Chunki mamlakat madhiyasini mazax qilish - o‘z otangiz yoki onangizni kamsitishdek gap. Gimnlar ortida qaysidir xalqning begunoh to‘kilgan qoni, orzu-umidlari, chekkan azob-uqubatlari yotibdi. Kimlardir buning uchun jonini fido qilgan. Madhiyaga hushtakbozlik qilish - ahmoqlik...

- Italiya madhiyasi yangraganida siz unga bemisl sodiqlik bilan jo‘r bo‘lasiz...

- Yoshlik chog‘larimda hissiyotlar hozirgidek kuchli sezilmasdi. Lekin bu - odatiy holat. Chunki inson ulg‘aygani sari, atrofdagi voqea-hodisalarni chuqurroq anglay boshlaydi. Ayni payt men uchun madhiyaning mohiyati ulkan. Chunonchi, har gal tanish ohanglarni eshitganimda, ajdodlarim xotirasini yodga olaman.

- Kiyinish xonasida o‘zingizni «qariya»dek tutmayapsizmi? Axir, moda, musiqa tez o‘zgaradi...

- Aftidan, juda moslashuvchan insonman. Ya’ni har qanday sharoitga tezda ko‘nikib ketaverman. Ha, hozirgi yoshlarning didi nozikroq, ammo men ham o‘z vaqtida yosh bo‘lganman va buni aslo unutmayman. Agar o‘zimni nisbatan yoshi kichikroq insonlar davrasida qulay his qilmoqchi bo‘lsam, muhitga moslashishim zarurligini yaxshi tushunaman.

- Deylik, Mario Balotelli - hozirgi yoshlarning tipik vakili. U sizning davringizdagi hujumchilardan farq qiladimi?

- Balotellimi?.. (o‘ylanib) Ishoning, men Mariodek yaxshi insonlarni hayotda ko‘p uchratmaganman. Rostdan ham, u - «tilla bola». Balotelli haqida norozi ohangda gapirish - xato, menimcha. Ha, u o‘z tengdoshlariga o‘xshamasligi mumkin, lekin inson sifatida qaralsa, Mario juda yaxshi yigit.

- Biroq uning faoliyati kutilganidek davom etmayapti...

- Axir endigina 26 yoshga kirdi. Ehtimol, Balotelli yana 10 yil yuqori saviyada to‘p surar? Buni hech kim oldindan aytib bera olmaydi-ku, to‘g‘rimi?

- Zamonaviy yoshlar sizlardan nimasi bilan farq qiladi?

- Menimcha, ularning qiziqish doirasi bizning davrdagidan ko‘ra kengroq. Hozirgi avlod vakillari bir narsadan ikkinchisiga tezda chalg‘ib ketaverishadi. Hattoki, erishilgan yutuqlar ahamiyatini ham oxirigacha his qilishmaydi. Deylik, bugun sening hisobingda ko‘p sonli «follover»lar bor, ko‘chada odamlar uchratib qolishsa, shunday deyishadi: «Ey, men seni televizorda ko‘rgandim!». Bizning davrda bunday emasdi.

- Ammo «Tvitter»da sizning ham o‘z sahifangiz bor...

- Ha, bor. Biroq men unga butunlay bog‘lanib qolmaganman. Farq ana shunda! Deylik, men - Yer aholisining bir qismiman va shu bois, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishim mumkin. Ammo shaxsiy buyumlarim, oilaviy suratlar faqat o‘zimga tegishli. Ularni hech qachon omma e’tiboriga havola qilmayman!

- Jiji, qanday qilib darvozabon bo‘lib qolgansiz?

- (Kuladi) Bilasizmi, aslida maydon o‘yinchisi edim. Lekin peshonamda shunday yozilgan ekan, kiperlikni tanladim. Birinchi marta darvozada turish xohishi tug‘ilganida, otam shunday degandi: «O‘zingni yangi o‘rinda bir yilcha sinab ko‘r. Yoqmasa, tanlovni yana o‘zgartiraverasan». O‘shanda 12 yasharli o‘smir edim. Bu holatni javondagi sirli qutichaga o‘xshataman: qiziqib, bir qaradingmi, tamom, undan ko‘z uzolmaysan.

- O‘yin vaqtida quvonchga berilgan paytingiz bo‘ladimi?

- Qachonki, hakamning hushtagi chalinib, hammasi biz uchun yaxshilik bilan tugasa, bilingki, dunyoda mendan baxtliroq odam yo‘q! O‘ylashimcha, bu - hujumchilar gol urganida his etadigan tuyg‘udan keyin ikkinchi o‘rinda tursa kerak. Ammo qaytaraman, bu faqat bir marta - hakamning final hushtagi yangraganida ro‘y beradi, xolos.

- Nahotki, antiqa «seyv»ni amalga oshirgandan keyin ham quvonch hissini tuymasangiz?!

- Yo‘q! Sababi, har qanday «seyv»dan so‘ng burchak zarbasi paydo bo‘ladi! Shunday ekan, o‘yin yakunlanmadimi, demak sevinishga hali erta.

- Juda ko‘p ustozlar bilan ishlagansiz. Murabbiylar uchun eng muhim jihat nima, sizningcha?

- Kiyinish xonasidagi salobat va futbolchilar shaxsiga hurmat bilan yondashish. Eng muhimi - shu. Murabbiy har bir o‘yinchining fe’l-atvorini, xulqini, odatlarini yaxshi bilishi lozim.

- Xo‘sh, unda taktika-chi?

- Taktika g‘alaba uchun yordam beradi, bu aniq. Ammo buyuk futbolchilar jamoaga taktikadan ham ko‘proq narsa berishga qodirlar. Qo‘l ostingdagilarning saviyasi qanchalik baland bo‘lsa, ijrochilar mahoratiga shunchalik katta ishonch bildirish mumkin.

- Bizningcha, Marko Verrattiga terma jamoada unchalik ahamiyat berilmayapti. Siz qanday fikrdasiz?

- Marko - ulkan iste’dod sohibi. Bunday futbolchilar har qaysi terma jamoa uchun g‘oyat muhim. Ha, u vaqti-vaqti bilan zaxirada qolib ketyapti. Chunki bizda Daniele De Rossi kabi yarim himoyachilar bor va ular hamon safda. Lekin kunlar kelib, Verratti Italiya termasining yaqqol yetakchisiga aylanishiga aslo shubha qilmayman.

- Xullas, u siz bilan birga Rossiya-2018ga boradi, shundaymi?

- Marko navbatdagi JCHda qatnashadi, bu yuz foiz aniq... Umid qilamanki, mundialda meni ham ko‘rasiz...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:55, 23.02.2017. O'qildi: 5732 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 12
2 Комо Niko Pas 8
3 Милан Kristian Pulishich 8
4 Комо Anastasios Duvikas 8
5 Ювентус Kenan Yildiz 7
6 Верона Gift Orban 7
7 Милан Rafael Leau 7
8 Болонья Rikkardo Orsolini 7
9 Интер Xakan Chalxanoglu 7
10 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.