Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Genrix Mxitaryan: «Armaniston faxri bo‘lsam, bas»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Manchester Yunayted» yarim himoyasida tobora katta hajmda ish bajarayotgan Genrix Mxitaryan APLning bosh yulduzlari qatoriga qo‘shilmoqchi.

Boshqacha aytsak, uning asosiy maqsadi - ona yurti Armanistonning futboldagi faxriga aylanish. Arman yigiti Manchester United Foundation loyihasi doirasida Manchesterdagi maktablardan biriga tashrifi chog‘i VVS jurnalistlari bilan suhbatlashish jarayonida buni yashirib o‘tirmadi. Shuningdek, Armanistondagi og‘ir bolaligi haqida gapirib berishdan tashqari, faoliyati davomida turli uslublarga tayanadigan murabbiylar qo‘l ostida o‘ynash barobarida murakkab vaziyatlarda ham ishga to‘g‘ri yondashishni o‘rganganini ta’kidladi.

Otasining vafoti va mas’uliyat

Genrixning otasi Gamlet Mxitaryan ham professional futbolchi sifatida nom qozongan. U hayotdan ko‘z yumgan vaqt Genrix ancha yosh edi va bu ayriliq Mxitaryanlar oilasi uchun jiddiy sinov bo‘lgan. «MYU» futbolchisi otasining vafoti o‘z taqdiri va sport bobidagi maqsadlariga qanday ta’sir qilgani xususida shunday deydi: «Otamning o‘limidan so‘ng o‘z-o‘zidan mas’uliyat hissini teranroq angladim. Chunki oilamiz a’zolari uchun o‘rnak ko‘rsatishim talab etilardi. O‘ylaymanki, bu vazifani yaxshi uddaladim. Endi esa butun Armaniston va yer yuzidagi barcha armanlarga faxr,  g‘urur-iftixor tuyg‘usini ulashmoqchiman. Boshqacha aytganda, ular uchun chinakam namuna bo‘lishni, jonajon mamlakatim faxriga aylanishni istayman».

Armanistondagi og‘ir bolalik 

Endilikda mashhurlikka erishgan futbolchi bolalik yillarini biroz alam aralash esga oladi: «G‘oyat og‘ir damlar. O‘sha payt Armaniston va qo‘shni Ozarbayjon o‘rtasida katta muammolar mavjud edi. Biz xuddiki, urush holatida yashaganmiz - tahlikali hayot... Futbolchi bo‘lish va xorijga chiqish imkoniyati  juda past bo‘lib, istiqbol ko‘rinmasdi. Boz ustiga, har bir fuqaro kabi mamlakat armiyasida xizmat qilishga majbur edim».

«Borussiya»dagi faoliyat va Yurgen Klopp

Arman futbolchisi Germaniya bundesligasidagi faoliyatini sira unutmaydi: «Yurgen Kloppdan umrbod minnatdorman, negaki, u meni Ukrainaning «Shaxtyor» klubidan taklif etib, o‘yinim yaxshilanishiga katta turtki berdi. Deylik, Klopp individual xususiyatlarim ustida tinmay ishlashimni talab etib, barchasini nazorat qilib turardi. U yana psixologik tomondan baquvvat bo‘lishimga sezilarli hissa qo‘shdi. Bungacha ushbu masalada ma’lum muammolardan xoli emasdim. Misol uchun, mabodo omadsiz o‘yinlar seriyasi kuzatilsa, o‘zimni shunchaki, yo‘qotib qo‘yardim. Shunday ekan, Yurgenga alangali salom va yana bir marta rahmat yo‘llayman».

 Nega aynan «MYU»?

Mxitiryanning bu savolga qanday javob berishi o‘z-o‘zidan tushunarli. U futbolda xuddi hayotdagi kabi katta sinovlardan o‘tishni xohlaydi. Ha, Genrix Germaniyada qolganida, «Borussiya» safida CHL o‘yinlaridan zavq olishi mumkin edi. Biroq u «Manchester Yunayted» safiga qo‘shilishni paysalga solgani yo‘q: «Albatta, Chempionlar Ligasida o‘ynash - bu baxt. Biroq ushbu turnirda qatnashishdan ko‘ra, muhimroq narsalar ham bor. Tabiatan turli sinovlarga moyilman. Xullas, yangi chorlov olgach, o‘zimni to‘xtatib turolmadim. Qolaversa, qachondir faoliyatimni tugatgach, kresloda o‘tirgancha shunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarganimni o‘ylab, siqilishni istamasdim... Hamma biladi, «Manchester Yunayted» jahon futbolidagi eng katta klublardan biri sanaladi. «Qizillar» Chempionlar Ligasida o‘ynashadimi yoki yo‘q - bu ahamiyatsiz. Gapning lo‘ndasini aytsam, bunday jamoa libosini kiyish imkoniyatidan shunchaki, voz kecha olmadim».

Joze Mourinyo bilan ishlashdagi qiyinchilik

Muxlislarning xabarlari bor, Mxitaryan Angliyada avvaliga ma’lum darajada muammolarga yuz tutdi. Xususan, bosh murabbiy Joze Mourinyoning ishonchiga kirish yo‘lida ko‘p ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi:  «Ha, boshida kichik qiyinchiliklar bo‘ldi. O‘zi yangi murabbiy qo‘l ostida, boz ustiga, yangi jamoada ish boshlaganingda, hammasi silliq kechmasligi tabiiy hol. Axir bunday vaqtda birdaniga barchasiga ko‘nikishing kerak - yangi talablar, begona shahar, notanish jamoadoshlar, mutlaqo boshqacha yondashuv, o‘zgacha mashg‘ulotlar jarayoni... Lekin bunday tajriba-sinov men uchun yangilik emas. Chunki «Manchester Yunayted»ga o‘tishimdan oldin ham turli uslublarga tayanadigan murabbiylar rahbarligida o‘ynadim va har qanday holatda professional yondashuvni saqlab qolishni o‘rgandim».

«Qizil iblislar» noyabr oyidan g‘alaba qozona boshlashdi. Futbolchining aytishicha, u tarkibdan chetda qolgan holatda ham, hayotga quvnoq qarashdan to‘xtagan emas. Axir ming g‘azablanishi yoki qayg‘uga botishi bilan umumiy vaziyat o‘zgarmasdi: «Ayyuhannos solishimdan naf chiqmasligini yaxshi bilardim. Shuning uchun bor e’tiborni mashg‘ulotlarga qaratishni ma’qul ko‘rdim. Ya’ni sabr bilan ishlab, ertami-kech navbatim kelishini kutdim. Chunonchi, menda o‘zimni ko‘rsatish uchun imkoniyat tug‘ilishiga shubha qilmasdim. Axir bu hayotda har bir inson o‘ziga yarasha imkoniyat hosil qiladi, biroq hammaga ham undan foydalanish nasib etmaydi».

Tilshunos

Mxitaryan bir necha tilda erkin muloqot qiladi. Tabiiyki, ona tili - armanchada ravonroq gaplashadi: «Avvaliga aynan arman tilini o‘rganganman. Keyin ruschani o‘zlashtirdim. Negaki, buvim rus millatiga mansub. Inglizchani esa maktab davrida o‘rgandim. Keyinroq Fransiya va Braziliyada yashash asnosida til boyligimni fransuzcha hamda portugalcha hisobiga boyitdim. Germaniyadagi faoliyatim davomida esa nemischani o‘zlashtirib oldim».

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 18:14, 26.02.2017. O'qildi: 5521 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик