Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Nasaf” yangi chempionat oldidan

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Nasaf
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbol bo‘yicha XXVI O‘zbekiston chempionatining boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda.

Bahor faslining ilk oyi – martning 3-kunidan mamlakatimiz stadionlarida futbol bo‘yicha XXVI O‘zbekiston chempionati  o‘yinlari boshlanadi.

O‘zbekiston kumush medali (2011 yil) va o‘n karra bronza medali sohibi, O‘zbekiston kubogi sohibi (2015 yil) hamda O‘zbekiston superkubogi (2016 yil) sohibi bo‘lgan “Nasaf” jamoamiz joriy chempionatning ilk uchrashuvini safarda “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan o‘tkazadi.

Jamoamiz bu yil o‘z tarixida 21-marta oliy ligada  ishtirok etadi.

“Nasaf” oliy ligada 1997 yildan ishitirokini boshlagan bo‘lsa, hozirgacha 20 marta mamlakatimiz chempionatlarida ishtirok etdi. Ushbu chempionatlarda jami 588ta uchrashuv o‘tkazildi. Chempionatlarda 330ta g‘alaba, 112 durang va 146 marta mag‘lubiyatga uchraldi. Futbolchilarimiz raqiblar darvozasiga 1068ta to‘p kiritishib, o‘z darvoazasidan 667ta to‘p olib chiqishgan. O‘tkazilgan uchrashuvlarda 1102 ochko qo‘lga kiritilgan. Quyidagi jadval orqali ana shu yutuqlar qaysi murabbiylar boshchiligida qo‘lga kiritilganini bilib olasiz.

Chempionatlar Yillar Jamoalar   soni Egallangan   o‘rinlar Murabbiylar
VI 1997 18 6 Viktor Borisov
VII 1998 16 5 Viktor Borisov
VIII 1999 16 11 Viktor Makarov
IX 2000 20 3 Bahrom Hakimov
X 2001 18 3 Bahrom Hakimov
XI 2002 16 4 Bahrom Hakimov
XII 2003 16 4 Bahrom Hakimov
XIII 2004 14 4 B.Hakimov, Z.Turaqulov
XIV 2005 14 3 Oleg Morozov, Z.Turaqulov
XV 2006 16 3 Bahrom Hakimov
XVI 2007 16 6 B.Hakimov, V.Ni, V.Fomichev
XVII 2008 16 9 V.Borisov, E.Gess, U.Toshev
XVIII 2009 16 3 Viktor Kumikov
XIX 2010 14 3 V.Kumikov, A.Demyanenko
XX 2011 14 2 A.Demyanenko
XXI 2012 14 4 R.Berdiyev, U.Toshev, R.Berdiyev
XXII 2013 14 3 Ro‘ziqul Berdiyev
XXIII 2014 14 3 Ro‘ziqul Berdiyev
XXIV 2015 16 3 Ro‘ziqul Berdiyev
XXV 2016 16 3 Ro‘ziqul Berdiyev

 

Tarkibdagi o‘zgarishlar

O‘tgan mavsum nihoyasiga yetkach, jamoamizni 4 nafar futbolchi tark etdi. Tajribali yarim himoyachimiz Fozil Musayev Yaponiya klubiga o‘tgan bo‘lsa, Ildar Mamatkazin ham xorijda to‘p tepadigan bo‘ldi. Azamat Allaniyozov esa “Qizilqum”ga, Shuhrat Muhammatiyev “Lokomotiv” jamoasi a’zosiga aylandi.

O‘tgan mavsumning ikkinchi davrasida jamoamiz safida faoliyat yuritgan Ognen Krasich bilan shartnoma muddati uzaytirilmadi.

Bu yildan jamoamiz safiga tajribali himoyachi Akmal Shoraxmedov qo‘shildi. Bungacha “Bunyodkor” jamoasida to‘p tepgan futbolchi, milliy terma jamoamiz safida ham ko‘plab maydonga tushganligi haqida bilasiz. Shuningdek bungacha o‘rinbosarlar va quyi ligada ishtirok etgan jamoalarimizdan bir qator yosh futbolchilar asosiy tarkibimiz o‘yinchilariga aylanishdi.

Keyingi yillarda “Nasaf” klubi o‘z tarkibini futbol maktabimiz tarbiyalanuvchilari hisobiga to‘ldirib borishi klubning ustivor yo‘nalishiga aylandi. Bu holat ko‘pgina yosh futbolchilarimizga futbol maktabida olgan bilim va mahoratini katta futbolda sinab ko‘rish imkonini yaratdi. Ularda asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanishiga katta ishonch ham paydo qildi. Hozirgi paytda “Nasaf”ning asosiy tarkibida ana shunday o‘n uch nafar futbolchi borligi albatta quvonarli hol. Bundan tashqari yosh futbolchilarimizga endi yevropaning yetakchi klublari ham qiziqish bildirayotgani faxrlidir. Demak, “Nasaf” klubining futbol maktabi faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan va maktabda faoliyat yuritayotgan murabbiylarimizning mehnati o‘z mevasini bera boshladi.

Xullas, jamoa tarkibi shakllantirildi. Endi futbolchilarimiz klubimiz rahbariyati, murabbiylarimiz va muxlislarimiz ishonchini oqlashsa bo‘ldi.

 

Yangi mavsum tayyorgarliklari

Yangi mavsum tayyorgarliklarini 2016 yil 20 dekabr kunidan boshlagan jamoamiz shu paytgacha nafaqat Qarshi shahrida balki xorijda ham yig‘in o‘tkazdi. Xorijiy yig‘inda 6ta nazorat uchrashuvi o‘tkazilib, unda asosan yevropa klublari jamoamizga sparring raqiblar bo‘ldi. Xorijda o‘tkazilgan nazorat uchrashuvlarining barchasida jamoamizning qo‘li baland keldi.

O‘ylaymizki, jamoamiz uchun yangi mavsum tayyorgarliklari ko‘ngildagidek o‘tdi.

Maqsad va vazifalar

Jamoamiz oldidagi asosiy maqsad, avvalo futbol ishqibozlariga chiroyli va mazmunli o‘yinlarni taqdim etish. Mamlakatimiz milliy terma jamoasi tarkibiga munosib o‘yinchilar yetkazib berish. Jamoamiz oldidagi vazifa hech qachon o‘zgarmaydi. Bu mamlakat chempionatida yuqori natijaga erishish va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish. Bu orqali qit’amizning klublar o‘rtasidagi nufuzli musobaqasi - Osiyo chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish. Jamoamiz ana shu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz yashil maydonlarida kurash olib boradi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 12:38, 27.02.2017. O'qildi: 6512 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик