Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 20.11.2025 16:00
      • Surxon
      • 0:0
      • OKMK
      • 20.11.2025 18:15
      • Paxtakor
      • 1:0
      • Nasaf
      • 21.11.2025 16:00
      • Mash’al
      • 0:0
      • Navbahor
      • 21.11.2025 18:15
      • Andijon
      • 3:2
      • Xorazm
      • 21.11.2025 18:15
      • Dinamo
      • 0:0
      • Qo‘qon-1912
      • 22.11.2025 14:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 22.11.2025 16:15
      • Neftchi
      • -:-
      • Qizilqum
  • La-liga
      • 22.11.2025 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Levante
      • 22.11.2025 18:00
      • Alaves
      • -:-
      • Selta
      • 22.11.2025 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 22.11.2025 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 22.11.2025 17:30
      • Byornli
      • -:-
      • Chelsi
      • 22.11.2025 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.11.2025 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Brentford
      • 22.11.2025 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Sanderlend
      • 22.11.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 22.11.2025 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 22.11.2025 22:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Manchester Siti
  • «A» Seriya
      • 22.11.2025 19:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Jenoa
      • 22.11.2025 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Bolonya
      • 22.11.2025 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Yuventus
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Paxtakor 29 59
3 Nasaf 29 58
4 Dinamo 29 57
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 29 45
7 Navbahor 29 39
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 29 32
11 Andijon 29 32
12 Qo‘qon-1912 29 31
13 Mash’al 29 30
14 Buxoro 29 27
15 Xorazm 29 24
16 Sho‘rtan 29 16

O'tgan o'yinlar.

29-тур Sho‘rtan 1-1 Buxoro
29-тур Surxon 0-0 OKMK
29-тур Paxtakor 1-0 Nasaf
29-тур Mash’al 0-0 Navbahor
29-тур Andijon 3-2 Xorazm
29-тур Dinamo 0-0 Qo‘qon-1912

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 So‘g‘diyona - Bunyodkor
22/11/25 Neftchi - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kontega yetib oling yoxud eng kuchli murabbiyni aniqlaymiz

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ispaniyalik jurnalistlar guruhining ta’kidlashicha, har qaysi obro‘li murabbiy klub uchun asosiy figura hisoblanadi. Bu omil nafaqat natijalar samaradorligi, balki boshqa jihatlarga ham bog‘liq. Elit toifadagi murabbiy mashhurlikka ega bo‘lishi shart, chunki u o‘z nomi bilan ishlayotgan klubi nufuzini himoya qilishi lozim. Umuman, har bir jamoa ustozi shunga urinishi darkor. Qolaversa, ommaga tanish shaxs sifatida ulardan o‘zlarini binoyidek tutish talab etiladi. Soccer.ru bugungi kunning eng kuchli murabbiylaridan iborat reyting tuzdi. Ushbu ro‘yxatni tuzishda quyidagi parametrlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar inobatga olindi.

1. Faoliyat. Murabbiylik paytidagi har qanday yutuq: jamoaviy va individual sovrinlar, klublar bilan shartnomalar muddati davomiyligi, g‘alabalar foizi.

2. Boshqaruv. Futbolchilarga ta’sir o‘tkazish darajasi, jamoa, xodimlar va rahbariyat bilan munosabat. Belgilangan vazifalar va ko‘rsatkichlarning o‘zaro mutanosibligi.

3. Ijtimoiy tarmoqlardagi faollik. Akkauntlar, a’zolar, xabarlar soni; sermazmunlik.

4. Sport oldidagi ijtimoiy mas’uliyat. O‘z klubi, umuman, futbolning dovrug‘ini yoyish maqsadida uyushtirilgan aksiyalar, kampaniyalar, master-klasslar, uchrashuvlar va boshqa dasturlarda o‘z manfaatini ko‘zlamaslik.

5. Xabarlar (intervyu, matbuot anjumanlari). O‘zini ko‘rsatish, o‘z nuqtai nazarini yetkazish, ommada qiziqish uyg‘otish, berilayotgan axborot orqali omma fikriga ta’sir o‘tkazib, muayyan munosabat bildirilishiga erishish.

6. OAV bilan aloqa. Har qanday tilda o‘tkaziladigan intervyularga tayyor turish.

7. Taassurot. Tashqi ko‘rinish, shuningdek, imo-ishoralar, yuz ifodasi orqali murojaat eta bilish. Bir so‘z bilan aytganda, kelishgan bo‘lish.

8. Veb-sayt. Rasmiy sayt - katta murabbiylarning daxlsiz buyumi.

9. Homiylar. Murabbiy xonasidan tashqarida ushbu mutaxassisga talab yuqorimi? Uning shaxsi va nomi orqali daromad ko‘rayotganlar qancha to‘lashadi?

10. Saytdagi axborot. Futbol yangiliklari haqidagi kitoblar va maqolalar. Bu o‘rinda jamoa va ishqibozlar bilan munosabatlarni namoyon etuvchi foydali xabarlar ham inobatga olinadi.

Har bir parametr uchun eng yuqori ball 10ga teng bo‘ladi, ya’ni umumiy hisobda 100 ball to‘plash mumkin. Tabiiyki, hisoblash chog‘ida vaqt masalasini yoddan chiqarmaslik darkor, zero har bir parametr xuddi murabbiyning taqdiriga o‘xshab o‘zgarishga moyil.

Xo‘sh, ayni payt eng yuqori cho‘qqini qaysi mutaxassislar egallab turishibdi?

Eng obro‘li 20 nafarmurabbiy

20-o‘rin. Jorje Jezush («Sporting»; Portugaliya) q 100dan 41,2

62 yoshli mutaxassisning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi yo‘q, boshqacha aytganda, go‘yoki «dinozavr»dek. Jorje sabot bilan ishlagani, ko‘p yillik mehnati tufayli ushbu ro‘yxatdan joy egalladi. Ammo u OAV e’tiboridan chetda yuradi, potensial homiylarda qiziqish uyg‘otmaydi.

19-o‘rin. Klaudio Ranyeri («Lester»; Italiya) q 100dan 41,4

Yana shunga o‘xshash holat, lekin Ranyeri reytingda jiddiy o‘sishga erishdi: «Lester»dagi muvaffaqiyatdan so‘ng italiyalik mutaxassisni ko‘pchilik taniy boshladi. Uni eng yaxshilardan biri sifatida tan olib, turli tadbirlarga taklif etishmoqda.

18-o‘rin. Tomas Tuxel («Borussiya Dortmund»; Germaniya) q 100dan 41,5

Germaniyalik yosh mutaxassis hali yuksak cho‘qqilarni zabt etishi mumkin, lekin uning butun diqqat-e’tibori futbolga qaratilgan. Vaholanki, top-darajaga chiqish uchun dunyo bilan hamnafas bo‘lish kerak. Xullas, Tuxel hozircha o‘z nomini keng yoyishga qiziqmayapti, chunki ayni payt veb-sayt va ijtimoiy tarmoqda sahifalar ochishga ulgurmadi.

17-o‘rin. Luchano Spalletti («Roma»; Italiya) q 100dan 43,9

Ha, bugungi ro‘yxatdan bu murabbiy ham o‘rin egallagan. Aslida, u ko‘pincha omadsizlikka uchragan, lekin faoliyati va boshqaruvi yuqori bahoga loyiq ko‘riladi.

16-o‘rin. Vinchenso Montella («Milan»; Italiya) q 100dan 46,2

Italiyalik mutaxassislarning ko‘pligiga e’tibor qaratdingizmi? Darhaqiqat, Apennin murabbiylar maktabi hamon kuchli.

15-o‘rin. Arsen Venger («Arsenal»; Fransiya) q 100dan 46,9

Agar janob Arsen internetda shaxsiy sahifalarini ochganida, hozir yuqori o‘nlikda borishi aniq edi.

14-o‘rin. Lyusyen Favr («Nissa»; Shveysariya) q 100dan 47,1

Menxengladbaxning «Borussiya» klubi bilan muvaffaqiyat qozongan shveysariyalik murabbiy «Nissa»ni Liga 1 yetakchilari qatoriga qo‘shish orqali omma e’tiborini yana o‘ziga qaratmoqda. Aynan u Mario Balotellining faoliyatini izga qo‘yishga katta hissa qo‘shdi.

13-o‘rin. Leonardu Jardim («Monako»; Portugaliya) q 100dan 49,5

«Monako» yana YECHL «pley-off» bosqichida o‘ynaydi. Qolaversa, Jardim ishlayotgan joyda dovrug‘ qozonish odatiy hol. Vaholanki, ushbu mutaxassis mashhurlik ortidan quvadiganlar toifasidan emas.

12-o‘rin. Maurisio Pochettino («Tottenxem»; Argentina) q 100dan 51,6

«Tottenxem»ning Pochettino qo‘l ostida o‘sishga erishgani - fakt. Maurisio eng sara murabbiylar safiga qo‘shilib bo‘ldi. Qizig‘i, «shporlar»­ning ishbilarmon rahbariyati bu murabbiyning mashhurligidan yetarlicha foydalana bilmayapti.

11-o‘rin. Ronald Kuman («Everton»; Gollandiya) q 100dan 63,6

Mabodo «Barselona» ushbu mutaxassisni chaqirsa, jamoani ishonchli qo‘lga topshiradi. Chunki hozirgi paytda gollandiyalik murabbiylar orasida eng e’tiborni ko‘p tortayotgani aynan Kuman bo‘lib turibdi.

10-o‘rin. Luis Enrike («Barselona»; Ispaniya) q 100dan 64,4

Mana shunaqa, Luis Enrike o‘zining ehtimolli o‘rinbosari yonidan joy egallab, kuchli o‘nlikni ochib beradi. Quyiroq pog‘onadagilardan farqli o‘laroq, kataloniyaliklar ustozining rasmiy veb-sayti bor.

9-o‘rin. Joze Mourinyo («Manchester Yunayted»; Portugaliya) q 100dan 70,6

Mourinyo 9 ballni homiylar qiziqishi tufayli qo‘lga kiritdi, uning faoliyati esa atigi 7 ballga tortadi. «Real» bilan YECHLda g‘olib chiqolmadi, «Barselona»ning gegemonligiga barham berolmadi, «Chelsi»dan iste’foga chiqarildi. Ehtimol, «MYU»da obro‘sini qayta tiklashga erishar?

8-o‘rin. Yurgen Klopp («Liverpul»; Germaniya) q 100dan 71,9

Yurgen o‘nta parametrning beshtasida 9 ballga loyiq ko‘rildi: faoliyat, OAV bilan munosabat, xabarlar, homiylar va boshqaruv. Resurs tashkilotchilarining fikricha, Internetga qiziqmasligi Kloppning quyiroqdan joy olishiga sabab bo‘ldi. Aks holda, germaniyalik mutaxassis o‘z iqtidori va insoniylik fazilatlari evaziga yuqoridan o‘rin egallashga loyiq.

7-o‘rin. Unai Emeri («PSJ»; Ispaniya) q 100dan 73,1

Serqirra va yetuk mutaxassis: 7ta parametr bo‘yicha 7, yana uchtasida 8 ball to‘pladi. Unai - haqiqiy shinavanda, omma bilan hamisha aloqada. Emeri o‘zining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida taktik yangiliklarini baham ko‘radi, tahliliy muhokamalar o‘tkazadi, o‘quvchilarga o‘yin va mashg‘ulotlarning ich-ichiga singib ketishda yordamlashadi.

6-o‘rin. Massimiliano Allegri («Yuventus»; Italiya) q 100dan 73,6

Kamsuqum Allegri o‘z nomini brendga aylantirgan: Massimiliano shunchaki «Yuventus» ustozi emas, balki mustaqil shaxs hamdir. Ham murabbiy, ham oddiy inson sifatida shogirdlari kayfiyatini ko‘tarishga qodir mutaxassis kuchli klublarning doimiy diqqat markazida.

5-o‘rin. Diyego Simeone («Atletiko»; Argentina) q 100dan 74,1

YECHLning ikki karra finalchisi sayyoramizning eng yaxshi murabbiylari beshligini ochib beradi. El Cholo har taraflama foyda keltirishi mumkin: u ortiqcha qiyinchiliklarsiz yangi ish joyi topa oladi, homiylar ham navbat kutib turishibdi, jurnalistlar va ishqibozlar esa Simeonening har bir gapini yodda saqlashadi.

4-o‘rin. Pep Gvardiola («Manchester Siti»; Ispaniya) q 100dan 74,6

Agar Gvardiola «Manchester Siti»ni g‘alabalar sari yetaklay olmasa, bir nechta parametrlar bo‘yicha ball yo‘qotib, azaliy raqobatchisi Mourinyoga qo‘shni bo‘lishi hech gap emas.

3-o‘rin. Karlo Anchelotti («Bavariya»; Italiya) q 100dan 74,6

Bu mutaxassisning faoliyati qora chiziqlardan xoli. Karlo qayerda ishlashidan qat’iy nazar, hamisha sov­rinlar yutib, mojarolardan uzoq yurgan.

2-o‘rin. Zayniddin Zidan («Real»; Fransiya) q 100dan 78,1

Bir-ikki yil avval Zidan «Real»­da Anchelottiga yordam berayotgandi. Endi esa YECHLning amaldagi sohibi ustozini ortda qoldirmoqda. Darhaqiqat, Zayniddinga o‘yinchilik faoliyatini orttirgan tajribasi qo‘l kelmoqda: Zizuni yaxshi ko‘radiganlar soni milliondan ortiq, shu bois murabbiylikda obro‘ orttirishi u qadar qiyin kechmadi.

1-o‘rin. Antonio Konte («Chelsi»; Italiya) q 100dan 79,1

Qizig‘i, yuqori uchlikdagilarni «Yuventus» bog‘lab turadi. Zidan va Konte 20-asr oxirlarida Karlo Anchelotti qo‘l ostida «Keksa sinyora»da to‘p surishgan. Antonioning faoliyati yorqin kechdi, jamoani aql bilan boshqara oladi. Ayni payt Angliya chempionatida yetakchilik qilayotgan mutaxassis mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:50, 02.03.2017. O'qildi: 7175 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 19
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.