Bugun 25 yanvar, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 24.01.2026 00:45
      • Inter
      • 6:2
      • Piza
      • 24.01.2026 19:00
      • Komo
      • 6:0
      • Torino
      • 24.01.2026 22:00
      • Fiorentina
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.01.2026 00:45
      • Lechche
      • 0:0
      • Lasio
      • 25.01.2026 16:30
      • Sassuolo
      • 1:0
      • Cremonese
      • 25.01.2026 19:00
      • Atalanta
      • 4:0
      • Parma
      • 25.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • 3:2
      • Bolonya
      • 25.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Napoli
      • 26.01.2026 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Milan
  • La-liga
      • 24.01.2026 01:00
      • Levante
      • 3:2
      • Elche
      • 24.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:3
      • Osasuna
      • 24.01.2026 20:15
      • Valensiya
      • 3:2
      • Espanyol
      • 24.01.2026 22:30
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletik Bilbao
      • 25.01.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • 0:2
      • Real Madrid
      • 25.01.2026 18:00
      • Atletiko
      • 3:0
      • Malyorka
      • 25.01.2026 20:15
      • Barselona
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 25.01.2026 22:30
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Selta
      • 26.01.2026 01:00
      • Alaves
      • -:-
      • Betis
  • APL
      • 24.01.2026 17:30
      • Vest Xem
      • 3:1
      • Sanderlend
      • 24.01.2026 20:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Tottenhem
      • 24.01.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:1
      • Brayton
      • 24.01.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 2:0
      • Vulverhempton
      • 24.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Liverpul
      • 25.01.2026 19:00
      • Nyukasl
      • 0:2
      • Aston Villa
      • 25.01.2026 19:00
      • Brentford
      • 0:2
      • Nottingem Forest
      • 25.01.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • 1:3
      • Chelsi
      • 25.01.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Man. Yunayted
  • AFC U-23
      • 24.01.2026 20:00
      • Xitoy
      • 0:4
      • Yaponiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 21 52
2 Real Madrid 21 51
3 Atletiko 21 44
4 Vilyarreal 20 41
5 Espanyol 21 34
6 Betis 20 32
7 Selta 21 32
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 21 25
10 Elche 21 24
11 Sevilya 21 24
12 Atletik Bilbao 21 24
13 Jirona 20 24
14 Valensiya 21 23
15 Rayo Valyekano 21 22
16 Malyorka 21 21
17 Xetafe 20 21
18 Alaves 20 19
19 Levante 20 17
20 Real Ovyedo 21 13

O'tgan o'yinlar.

21-тур Levante 3-2 Elche
21-тур Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
21-тур Valensiya 3-2 Espanyol
21-тур Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
21-тур Vilyarreal 0-2 Real Madrid
21-тур Atletiko 3-0 Malyorka
21-тур Barselona 3-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevropaning eng kuchli 5 driblingchisi yoxud Messi va Ronaldu qani?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«La-primera: yosh ispan belgilari» blogi (Bombardir.ru sayti) tomonidan tuzilgan eng mohir driblingchilar reytingini hali keng darajada tanilmagan Adama Traore boshqarib boryapti.

«Barselona» vakili Neymar esa elit ro‘yxatning 2-qatoridan joy oldi. Eng diqqatga sazovor tomoni, kuchli beshlikda na Krishtianu Ronaldu va na Lionel Messi bor. Avvalo, qayd etish kerak, dribling - bu effektli aldab etish va jozibali fintlar. Muxlislar yosh Ronalduning  «Manchester Yunayted»da nechog‘li fintlar ishlatganini hamon yaxshi eslashadi. Lionel Messi haqida so‘z ochilganida esa, ular «To‘p uning oyoqlariga yelimlab qo‘yilgandek» qabilida  o‘z hayratlarini yashirmaydilar. Shuningdek, Neymar yoshlik payti Braziliyada nafis fintlar yordamida to‘pni ne ko‘ylarga solgani ham ko‘pchilikka ma’lum. Xullas, alohida reyting tuzilishiga oddiy va odatiy savol sababdir: «Dribling bo‘yicha kim kuchli - Messimi yoki Ronaldu?» Ijodkorlar aslida shunchaki, statistikaga nazar solib, 5 daqiqada barchasiga oydinlik kiritishni o‘ylagandilar. Biroq hammasi ancha murakkablik kasb etdi. Yakunda 1-o‘rinni ispaniyalik futbolchi egalladi, keyingi pog‘ona «Barselona» a’zosiga nasib etdi. Ammo «Real»dan  top-5ga hech kim kirgani yo‘q.

5-o‘rin - Vilfred ZAXA

 

Kuchli beshlikni  «Kristal Pelas» vakili yakunlab berdi. Ivuarlik legioner «burgutlar» tarkibida kamol topib, «Manchester Yunayted» e’tiboriga tushdi va uning safiga qo‘shildi. Biroq grand darajasiga muvofiq o‘ynay olmadi. Natijada ma’lum vaqt ijara kelishuvlarini o‘tagach, 2015 yili qadrdon «uyi»ga qaytdi. Zaxa joriy mavsum 4ta gol urish barobarida 6 marta assistentlik vazifasini qoyillatdi. Ko‘rib turibmizki, mahsuldorligi baland emas. Ammo Vilfred bitta o‘yindagi o‘rtacha aldab o‘tish soni bo‘yicha APLda yuqori uchlik, Yevropada esa kuchli beshlikda boryapti. U har 90 daqiqada 4,1 marta (o‘rtacha hisobda) muvaffaqiyatli urinishni amalga oshiryapti.

4-o‘rin - Eden Azar

 

Yana APL vakili. Eden Azar oradagi xira mavsumdan so‘ng o‘z holiga qaytdi va avvalgidek hayratlanarli darajada to‘p surmoqda. Ha, belgiyalik yarim himoyachi avvalgi chempionat davomida mutlaqo tushunarsiz to‘p surgandi: gol masalasida «qurg‘oqchilik» va atigi 116ta omadli aldab o‘tish harakati. Uning qisqa vaqt ichida naqadar o‘zgarganini joriy mavsumdagi statistikasi shundoq ko‘rsatib turibdi. E’tibor bering, Azar 25ta tur yakuniga ko‘ra, 101 marta aldab o‘tishni amalga oshirib ulgurdi! Muhimi, avvalgi mavsum turnir jadvalining ikkinchi yarmida o‘ralashib yurgan «Chelsi» hozirda APLda yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Har holda, eng yaqin ta’qibchisi - «Manchester Siti»dan naq 8 ochko oldinlab ketgani ko‘p narsadan dalolat. Azar shu tetiklikka London klubining 20 foiz goliga mualliflik qilgancha katta hissa qo‘shdi. Qolaversa, uning hisobida 3ta samarali uzatma ham bor.

3-o‘rin - Allan Sen-Maksimen

 

Reytingda faxrli 3-o‘rinni kutilmaganda, Fransiya chempionati turnir jadvalida o‘zini sira o‘nglolmayotgan «Bastiya» klubining 19 yoshli o‘smir yigiti egalladi. Uning raqibni aldab o‘tish bobidagi ko‘rsatkichi 4,8ga teng (bitta o‘yin uchun o‘rtacha hisobda). Shundan kelib chiqib, Sen-Maksimenni oldinda yorqin kelajak kutayotganini taxmin qilish mumkin. Aslida bu yigit transfer huquqi bo‘yicha «Monako»ga tegishli. Alanning Fransiya yoshlar terma jamoasida o‘ynashini ham aytish o‘rinli. Tushunarliki, «Monako» uni tezda ortga qaytarsa kerak. Ammo o‘z safida olib qolishi qiyin masala, baribir. Zero, Allan Ispaniya va Angliyaning boy klublari e’tiborini o‘z tomoniga burib ulgurdi.

2-o‘rin - Neymar

 

2-o‘rin sohibi birovni ortiqcha hayratlantirmasa kerak. Axir Neymar  aynan dribling mahoratiyu, ajib fintlari bilan mashhur. Faqat shunisi borki, braziliyalik texnika ustasi avvalgi mavsum «aldoqchilar» reytingida peshqadamlik qilgandi. U bitta o‘yinda o‘rtacha hisobda 4,39 marta aldab o‘tish harakatini amalga oshirgan va omadli urinishlari 57 foizni tashkil etgandi. Statistikaga qarab , yana bir muhim faktni osongina ilg‘ash mumkin - Junior o‘yin davomida tavakkalga haddan ortiq ko‘p qo‘l uradi. Axir uning omadli aldab o‘tishlari foizi nisbatan past. Shunga qaramay, Neymar avvalgi ko‘rsatkichini yaxshilashga erishdi, garchi hozir 2-o‘rinda bo‘lsada.

1-o‘rin - Adama Traore

 

Yuqorida ta’kidlandi, peshqadam sifatida ispaniyalik Adama Traore gavdalandi. Bu yigit Ospitaletda tug‘ilgan va mahalliy akademiyada tarbilangan. Keyinchalik Traorening transfer huquqi «Barselona» ixtiyoriga o‘tdi va futbolchi ikki mavsum Kataloniya klubi kanterasida to‘p surdi. Biroq o‘z harakatlari bilan «blaugrana» rahbarlarini hayratga sololmadi, shekilli, uni avvaliga «Aston Villa», keyin esa «Midlsbro»ga jo‘natishdi. Ayni payt Adama bu jamoada hamyurti Alvaro Negredo bilan birga o‘ynamoqda. Dribling bo‘yicha ko‘rsatkichi 5,4 (o‘rtacha hisobda, albatta)ga teng va bu chindan ham, ajoyib. Vaholanki, Traore doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. Ispan yigiti agar shu ruhda ishlashda davom etsa, «Barselona» yozdayoq uni ortga qaytarishi hech gap emas. Angliya grandlarining allaqachon unga «ko‘z olaytira» boshlaganlarini ham unutmaslik kerak.

Ronaldu va Messi qani?

Mutlaqo o‘rinli savol - Ronaldu va Messi nechanchi o‘rinda? Ochig‘i, bu boradagi statistika aynan ular tufayli o‘rganib chiqildi. Yaxlit reyting vujudga kelishiga ham ular sababchilar. Biroq har ikki yulduzning dribling masalasidagi ko‘rsatkichi biroz o‘xshovsiz ekanligi oydinlashdi, ayniqsa, Yevropaning amaldagi eng yaxshi futbolchisi sanalgan portugaliyalikniki. Statistika bo‘yicha aytsak, Krishtianu chempionat doirasidagi 15ta o‘yinda atigi 13 marta omadli aldab o‘tish harakatini amalga oshirgan. Tabiiyki, bunday past ko‘rsatkich aqlga sig‘maydi. To‘g‘ri, Ronalduning tahlil uchun olingan davrdagi shu 15ta o‘yinda 13ta gol urishdan tashqari, yana 3tasiga assistent bo‘lganini alohida qayd etish o‘rinli. Shubhasiz, bu «qichqiradigan» natija va driblingdan samaradorlikning ahamiyati katta ekanligi ham tayin. Ehtimol, hammasi futbolchining yoshiga bog‘liqdir. Axir Ronalduning tezligi avvalgidek emas, shunday ekan, yosh, baquvvat himoyachilarni aldab o‘tishi qiyin. Gollar esa yillar davomida orttirilgan beqiyos tajriba va tabiiy mahorat mahsulidir.

Lionel Messiga kelsak, argentinalik futbolchi o‘tgan mavsum eng yaxshi driblingchilar reytingida 8-o‘rinni band etgandi. Uning bu boradagi o‘rtacha ko‘rsatkichi 3,77ni tashkil etgandi. «Barsa» yetakchisi joriy chempionatda ham deyarli shunday statistikaga ega. Lekin bu argentinalikning kuchli beshlikka kirishi uchun kam...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:17, 03.03.2017. O'qildi: 26694 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 21
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Осасуна Ante Budimir 9
6 Вильярреал Alberto Moleyro 8
7 Бетис Kucho Ernandes 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Барселона Lamin Yamal 8
10 Валенсия Ugo Duro 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.