Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 10 27
2 Paxtakor 10 25
3 Bunyodkor 10 19
4 Navbahor 10 19
5 Buxoro 10 17
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Qizilqum 10 13
10 Xorazm 10 13
11 Andijon 10 13
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Dinamo 10 8
15 Qo‘qon-1912 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf
10-тур Qizilqum 0-0 Xorazm
10-тур Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
10-тур Bunyodkor 2-1 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chemirtan: «O‘yin borasida yutqazmadik, faqat xatolar qimmatga tushdi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Bunyodkor
Rukn: Intervyular
A A A

Dushanba va seshanba kunlari qit’amizning bir qator stadionlarida OCHL guruh bosqichining 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada qatnashayotgan ikki jamoamiz ham raqiblarini Toshkentda qabul qilishdi.

«Lokomotiv» chiroyli g‘alabaga erishib, muxlislarini xushnud etdi. «Bunyodkor» esa aksincha, ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. «Qaldirg‘ochlar» bu safar BAAning «Al-Ayn» klubiga imkoniyatni boy berib, guruhda so‘nggi pog‘onadan joy olishdi. Biz uchrashuvdan so‘ng «Bunyodkor» legioneri Vadim Chemirtandan intervyu oldik.

- Vadim, bugun «Al-Ayn» kuchliroqmidi yoki chetlatish oxir-oqibat jamoa mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldimi?

- Afsuski, o‘z maydonimizda kechgan uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradik. O‘yin borasida raqibga aslo yutqazmadik, faqat o‘zimiz yo‘l qo‘ygan xatolar evaziga alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldik. Qaysidir vaziyatlarda hakamni ham ayblashdi. Lekin bugungi omadsizlikning asosiy sababi bu emas. Bilasiz, tarkibimiz yosh futbolchilardan iborat. Bugun ularga xalqaro tajriba yetishmadi. Yoshlar kattalarga qaraganda qiziqqonroq bo‘lishadi. Qizil kartochka ham umuman kerak bo‘lmagan holatda olindi. Keyin himoya chizig‘ida yo‘l qo‘yilgan ikkita qo‘pol xato o‘yin taqdirini hal qildi. Bir o‘yinchi kam bo‘lib qolgan paytda ham darvozani ishg‘ol qilish uchun qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo bundan unumli foydalana bilmadik. Penaltidan o‘tkazib yuborgan golimizga ham e’tirozlar bor. Eng muhimi, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarib olish. Jamoamizning o‘yini va potensiali yetarli. Shunday ekan, natija ham albatta keladi. Faqat o‘sha yoshlik shijoati hozircha tajribaga yon beryapti. Keyingi o‘yinlarda vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirib olamiz. Kamida ikkinchi yo‘llanma uchun bemalol kurashsak bo‘ladi. Imkoniyatlar saqlanib qolgan.

- O‘tkazib yuborilgan tezkor gol ham jamoa rejalarini o‘zgartirib yubordimi?

- Yo‘q, bunday deb o‘ylamayman. Chunki murabbiylarimiz xuddi shu holat bo‘yicha bizni ogohlantirishgandi. Gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng tezda bunga javob qaytardik. Qaysidir vaziyatlarda to‘pni nazoratimizda ushlab turishimiz kerak edi. Bundan tashqari, ayrim hollarda xotirjamlikni biroz yo‘qotib qo‘ydik. Shularning bari mag‘lubiyatimizga zamin yaratdi.

- O‘yin oldidan berilgan topshiriqlarda raqibning yetakchi futbolchilari, xususan, Umar Abdulrahmonni alohida qo‘riqlash kerakligi aytilganmidi?

- Biz uch kuch mobaynida «Al-Ayn» ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qildik. Chuqur tahlil o‘tkazdik. Jamoaning ko‘zga ko‘ringan futbolchilarini ko‘zdan qochirmaslik, erkin harakat qilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerakligi aytilgandi. Ha, Umar jamoadoshlari orasida o‘zining chiroyli harakatlari bilan yaqqol ajralib turadi. Lekin tan olish kerak, bizga qarshi kechgan o‘yinda u erkin o‘ynay olmadi. Ammo o‘z ishini a’lo darajada bajardi.

- Odatda, hakamlik muhokama qilinmaydi. Lekin penalti belgilangan vaziyat yuzasidan sizning shaxsiy fikringiz qanday?

- Bu haqda gapirishni istamayman. Ularning harakatini baholaydigan mutaxassislar bor. Raqibga birozgina turtilib ketsangiz ham «voy-dod»lab yotib olyapti. Hakamlar esa bu spektalga ishonishyapti. Bizning futbolchi yiqilsa, e’tibor qaratishmadi. Bu mahalliy chempionat emas-ku! OCHL o‘yinlariga tajribaliroq hakamlarni tayinlash lozim. Referining birgina qarori o‘yin natijasini umuman teskari tomonga o‘zgartirib yuborishi mumkin.

- Oyog‘ingizni bog‘lab olibsiz. Jarohat jiddiy emasmi?

- Yo‘q, hammasi joyida. Shunchaki, o‘yin paytida o‘ng oyog‘imni biroz shikastlab oldim. Chempionat boshlanguniga qadar o‘zimni tiklab olaman.

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

- «Bunyodkor» an’anasiga sodiq qolgan holda chempionlik uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston kubogida ham shunday vazifa qo‘yilgan. OCHLda esa birinchi galda guruhdan chiqishimiz lozim. To‘g‘ri, dastlabki ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchradik. Lekin hali xulosa chiqarishga erta. «Bunyodkor» bundan ham qiyin vaziyatlardan chiqib ketgani haqida eshitganman. Hali hech narsa yo‘qotilmadi. Tushkunlikka tushmaslik kerak. Yuqorida ham aytdim, bizda eng muhimi o‘yin bor. Xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaydigan futbolchining o‘zi yo‘q.

- «Bunyodkor»da o‘z pozisiyangizda o‘ynayapsizmi yoki murabbiylar hujumkor yarim himoyachi vazifasida ham sinab ko‘rishyaptimi?

- Yo‘q. O‘z pozisiyamda o‘ynayapman. Mendan markaziy hujumchi sifatida foydalanishyapti. Bu borada hech qanday muammo yo‘q.

- O‘tgan mavsumni «Buxoro» tarkibida o‘tkazgandingiz. Yangi klub va muhitga moslashib ketish jarayoni qiyin kechmayaptimi?

- Yo‘q, yangi jamoam o‘yiniga tezda moslashib ketdim. Bu yerda jamoadoshlarim meni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashyapti. Futbolchi uchun eng keragi ham shu.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:50, 04.03.2017. O'qildi: 5870 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Нефтчи Zoran Marushich 4
9 Бухоро Sherzod Esanov 4
10 Пахтакор Flamarion 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик