O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 7–13 mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazadi.
Yig‘in doirasida terma jamoa 9 va 12 mart kunlari BAA ayollar termasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Sherali Boboqulov yig‘inga jalb etilgan futbolchilarni e’lon qildi.
Darvozabonlar: Tilovova Laylo ("Sevinch"), Jonimqulova Maftuna ("Sevinch");
Himoyachilar: Komoltoyeva Nozima ("Metallurg"), Dadaboyeva Xolida ("Metallurg"), Risqiyeva Kamola ("Sevinch"), Shoyimova Maftuna ("Sevinch"), Nabiyeva Yulduz ("Metallurg");
Yarim himoyachilar: Turdaliyeva Irodaxon ("Metallurg"), Nazarova Zumratjon ("Metallurg"), Zoirova Umida ("Bunyodkor"), Turobova Mahfuza ("Metallurg"), Turdiboyeva Feruza ("Metallurg"), Munavarova Mavluda ("Metallurg"), Nozimova Dildora ("Metallurg");
Hujumchilar: Qudratova Nilufar ("Sevinch"), Karachik Lyudmila ("Metallurg"), Narbekova Lianna ("Bunyodkor"), Sarikova Maxliyo ("Metallurg").
BAAda bo‘lib o‘tadigan mazkur o‘rtoqlik o‘yinlari har ikki terma jamoa uchun Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichidagi ishtirokiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichi “B” guruhidan joy olgan bo‘lib, final bosqichiga chiqish uchun Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi FIFA reytingida 42-o‘rinda (1540 ochko) bormoqda. BAA ayollar termasi 1280 ochko bilan 78-pog‘onani band qilgan.