Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Buyog‘i yana matematika. O‘zbekiston terma jamoasining imkoniyati qanday?

Baho:
+1 | -
OSIYO / Saralash turnirlari / JCh saralash
Rukn: Yangiliklar
A A A

2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun saralash bosqichi qizg‘in pallaga kirdi.

Osiyo mintaqasida bahslarda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 3-saralash bosqichida o‘z uyida o‘tkazadigan 5ta uchrashuvining 4tasini o‘tkazib bo‘ldi va ularning 3tasida g‘alaba qozondi. So‘nggi uchrashuvda Qatar qiyinchilik bilan bo‘lsada, g‘alaba qo‘lga kiritildi. Dohada so‘nggi daqiqalarda qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan qo‘shib hisoblaganda Samvel Babayan shogirdlari jami 4ta uchrashuvda g‘alaba qozondi. Uchta uchrashuvda imkoniyat boy berildi.

Eron terma jamoasi bu turda Xitoydan ustun kelgan bo‘lsa, Janubiy Koreya Suriyani qiyinchilik bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Umuman olganda mezbon uch jamoa ham o‘z o‘yinlarini 1:0 hisobidagi g‘alabalar bilan yakunladi.

Janubiy Koreya - Suriya 1:0
Eron - Xitoy 1:0
O‘zbekiston - Qatar 1:0

7-turdan keyin O‘zbekiston terma jamoasi hisobida 12 ochko bor va hozircha vakillarimiz o‘z guruhida Erondan 5, Janubiy Koreyadan 1 ochko ortda qolgan holda 3-o‘rinda bormoqda. Ko‘rinishidan terma jamoamizda imkoniyatlar juda yaxshi bo‘lib qolmoqda. Ammo taqvimga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu juda murakkab ekanini ko‘rishimiz mumkin.

8-tur, 12-13 iyun
Eron - O‘zbekiston
Qatar - Janubiy Koreya
Suriya - Xitoy

8-tur yozning ikkinchi haftasida o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda imkoniyatni boy bergan Eron mehmoni bo‘ladi. Eron terma jamoasi uchrashuvda g‘alaba qozongan taqdirda muddatidan oldin JCH yo‘llanmasini naqd qilib ulguradi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun esa O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi. Ikkinchi o‘rin uchun kurashdagi asosiy raqibimiz Koreya esa bu safar Qatarga tashrif buyuradi. Qatarliklar amalda JCH yo‘llanmasidan mahrum bo‘lib ulgurganini hisobga olsak, bu uchrashuvda jamoadan tayinli natija kutish qiyin. Favorit maqomini hisobga olgan holda Janubiy Koreya uchrashuvda g‘alaba qozonadi deb hisoblasak, jamoa hisobidagi ochkolar soni 16taga yetadi. Agar O‘zbekiston Eronda mo‘’jiza ko‘rsata olsa ochkolarini 15taga yetkazib olishi mumkin bo‘ladi. Aks holda Eronga qo‘shilib, koreyaliklar ham amalda JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lishlari mumkin. Agar Eronda durang qayd etilgan taqdirda ham O‘zbekiston yaxshi imkoniyatni saqlab qolishi mumkin. Eronga yetib olish imkoniyati qolmasa-da, Janubiy Koreyani ko‘p ham o‘zimizdan uzoqlashtirib yubormaslikka muvaffaq bo‘lishimiz mumkin.

9-tur, 31 avgust
Xitoy - O‘zbekiston
Suriya - Qatar
Janubiy Koreya - Eron

Avgustning so‘nggi sanasida bo‘lib o‘tadigan 9-turda O‘zbekiston yana mehmonda o‘ynaydi. Bu turning qanchalik ahamiyatli bo‘lishi 8-turga bog‘liq bo‘lib turibdi. Agar O‘zbekiston ijobiy natijaga erisha olsa, barcha imkoniyatlaridan ayrilgan Xitoyni ham mag‘lub etishi kerak bo‘ladi. Xitoyda yo‘qotiladigan ochko Babayan shogirdlarini JCH uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmadan butunlay mahrum qilishi mumkin. 9-turning eng ahamiyatli tomoni bu ikki peshqadamning o‘zaro o‘yini bo‘ladi. Ulardan birining ochko yo‘qotishi O‘zbekistonga qo‘l kelishi mumkin. Shuning uchun ham Erondagi 8-tur uchrashuvi O‘zbekiston terma jamoasining bu saralashdagi eng muhim uchrashuvi bo‘lib qoladi.

10-tur, 5 sentyabr
O‘zbekiston - Janubiy Koreya
Eron - Suriya
Qatar - Xitoy

Hal qiluvchi turda O‘zbekiston Janubiy Koreyani qabul qiladi. Agar ikkala jamoa ham shu kungacha maksimal ko‘rsatkich bilan kelgan taqdirda. Toshkentda hayot-mamot uchrashuvi bo‘lib o‘tishi mumkin.

Eng muhimi hozircha hammasi O‘zbekiston terma jamoasining o‘z qo‘lida. Jamoa barcha uchrashuvlarni muvaffaqiyatli o‘tkazgan taqdirda, boshqa jamoalarning natijalaridan qat’iy nazar JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Lekin uch turdagi yagona mag‘lubiyat ham barchasini barbod qilishi mumkin.

Bir so‘z bilan aytganda terma jamoamizda ortga yo‘l qolmadi. Faqatgina maksimal natijalar evaziga vazifa uddalanishi mumkin. Buning uchun jamoa kamida ikki bosh baland sakrashi kerak bo‘ladi. Terma jamoa ko‘rsatayotgan o‘yinga qarab bunga ishonish qiyin bo‘lsada, oddiy arifmetika hozircha bizga ijobiy natijalarni taqdim etmoqda.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 09:33, 29.03.2017. O'qildi: 28437 marta. Fikrlar: 52 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик