Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • «A» Seriya
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • 2:2
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kelajak uchun taklif. Shokoterapiyaga tayyormisiz?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Statistika va faktlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston milliy terma jamoasida bugungi kunda yuzaga kelgan vaziyat takror va takror qalam tebratishga undamoqda. Tribuna.uz saytida taniqli jurnalist Shuhrat Shokirjonov muallifligidagi navbatdagi maqolada terma jamoada kardinal o‘zgarishlar amalga oshirishga chaqirilgan.

Jahon chempionati saralashida Qatarga qarshi o‘tgan o‘ta qiyin uchrashuvda g‘alaba qozonishni epladik. Garchi, Suriyaga qarshi turgan tarkibdan Toshkentdagisi keskin farq qilsa-da o‘yin sifati o‘sha-o‘shaligicha qolganiga barcha guvoh bo‘lmoqda. Bu g‘alaba alamli mag‘lubiyatdan so‘ng achishayotgan yuraklarga malham bo‘la oladimi? Arziydimi shunga?

Quyidagi postda shular haqida mushohada yuritiladi.

O‘yin borasida chuqurroq to‘xtalib ham o‘tirmoqchi emasman, zero, arzimaydi: Qatarga qarshi o‘tgan o‘yinning taktik sxemasi o‘sha-o‘sha — futbolchilarimiz raqiblar karra-karra jadvalidek yodlab olgan pozisiyalarda harakat qilishdi, buni barchangiz ko‘rdingiz. Faqatgina xavfli standart vaziyatdan urilgan golgina jonimizga ora kirdi.

Hozirga kelib, aniq-ravshan bo‘lib qolayotgan narsa shuki, Malayziyada bo‘lgan uchrashuvda hech qanaqasiga Suriyaga mag‘lub bo‘lishga haqqimiz yo‘q edi. Qarang, Suriya bilan oramizdagi farq 4 ochkoni tashkil etmoqda. Bekorga eng yaqin ta’qibchi bilan bo‘ladigan o‘yinni 6 ochkolik o‘yin, deyishmaydi. Mana, yaqqol misol! Agar o‘sha o‘yinda g‘alaba qozonishni eplay olganimizda oradagi farqi 10 ochkoni tashkil etar va bugungi kunda Suriya bizdan amalda yetib ololmaydigan darajada ortda qolgan bo‘lardi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi JCHga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish uchun yaxshiroq imkoniyatlarga ega bo‘lib, eng kamida pley-off uchrashuvlarini naqd qilib turgan bo‘lar edi.

Bularning barchasiga kim aybdor? Melakdagi stadionning yomon ahvoldagi chimi emas, har qalay?

Bir jihatga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Babayan terma jamoa ruliga kelgach, terma jamoa manfaati deb, jurnalistlarni, klublarni yig‘ib majlislar o‘tkazdi, aytish lozim bo‘lsa JCHga chiqish uchun, kerak bo‘lsa - unga xalaqit bermasliklari uchun, hammaning oldiga o‘z talablarini qo‘ydi. Hattoki olimpiya terma jamoasiga ham o‘zi rahbarlik qilib, Rio olimpiadasiga chiqishga urinib ko‘rdi. Nima bilan tugaganini ko‘rdik.

Ammo bugungi kunda ko‘rib turibmizki, bugun futbolimizda umumiy tanazzul. Yoshlarimiz, o‘simirlarimiz muntazam qatnashib kelayotgan Jahon chempionatlaridan mosuvo, klublarimizda ham shu ahvol. Xalqaro maydonda tajriba oshirmayotgani vaji bilan yosh futbolchilarimizning milliy terma jamoa tarkibiga jalb qilinishini mutlaqo ko‘rayotganimiz yo‘q. Terma jamoamiz esa saralashda qatnashayotgan 12 terma jamoasi ichida eng qariya terma jamoa. Haligacha Qatar-2011 qahramonlari terma jamoamiz asosini tashkil etishmoqda. Maksim Shaskixni chaqirish qolgan, xolos.

Milliy terma jamoaning o‘yinlariga chiptalarni nominalidan 10 barobarga xarid qilib bo‘lsa ham kirib kelgan muxlislar oqimi esa tobora sustlashmoqda! Milliy terma jamoa o‘yiniga! Vatanning birinchi raqamli jamoasi o‘yiniga, e’tibor bering!

Aytaylik, siz futbol birinchi raqamli sport turi bo‘lgan biror davlatda shunday ahvolni ko‘rganmisiz?

Vaziyat shu darajaga yetdiki, Babayandan keyin keladigan murabbiyga umuman oson bo‘lmaydi. Terma jamoa siqib suvi olingan, bujmaygan anordek uning qo‘liga topshiriladi. Terma jamoada avlodlar almashinuvi larzalarsiz, sekin-sekin tarkibga singib borish bilan emas, shok terapiyasi holatida keskin almashtiriladigan ahvolga kelindi. Buning natijasini tasavvur qilish qiyin emas: O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyoning 4-5-o‘rinlarida yuradigan grandlari safidan 10-12-o‘ringa tushib ketishi muqarrar. FIFA reytingi ham buni yaqqol isbotlab turibdi. Bunaqa tempda yon qo‘shnilarimiz Tojikiston va Qirg‘iziston darajasiga tushib qolishimiz hech gap emas. Keyin esa 48ta jamoa ishtirok etadigan JCH-2026 yilda Osiyoning to‘qqizinchi yo‘llanmasi uchun kurashayotgan bo‘lamiz. Qalay?

Bizni endi mehmonda o‘ta qiyin ikki uchrashuv kutmoqda.

Ularning dastlabkisi Eronda bo‘ladi va agar bu o‘yinda mag‘lubiyatga uchrasak, Eron terma jamoasiga Rossiya-2018 yo‘llanmasini muddatidan oldin taqdim etib kelamiz. Eronning keyingi o‘yinlari esa aynan bizning to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqiblarimiz bilan - ular Koreyaga borishadi va Suriyani qabul qilishadi. JCH yo‘llanmasi qo‘lga kiritib bo‘lingach, Eron ikkinchi sinov tarkibini tushirib, ushbu o‘yinlarda mag‘lubiyatga ham uchrashi mumkinligini hisobga olsak, Samvel Babayan Malayziyada kechirib bo‘lmas xatoga yo‘l qo‘ygani oydinlashadi.

Qatar bilan o‘yindan oldin Babayan muxlislarning qo‘llovi kerak, dedi. O‘yindan keyin muxlislarga tashakkur ham aytdi, rahmat, buning uchun. Lekin keyingi o‘yinlarda — Eron va Xitoyda ularni hech kim qo‘llay olmaydi, axir! Tehronda 100 ming, Vuxanda 55 ming muxlis "eyman" deb turibdi...

Esingizda bo‘lsa, Eron to‘rt yil muqaddam Tehronda biz ular ustidan g‘alaba qozonganimizdan so‘ng JCH-2014 saralashida shunaqa ahvolga tushgan va JCHga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olishi uchun qolgan uch uchrashuvda g‘alaba qozonishga mahkum etilgan edi. Eron qolgan uch o‘yinning barchasida sharaf bilan g‘alaba qozonib, Braziliya maydonlariga yo‘l olgan edi.

Bizning futbolchi va murabbiylarda Eron natijasini takrorlash uchun g‘urur, hamiyat bormi?

Ishonmayman! Chunki, murabbiyga yaqin ishlovchilar, terma jamoalar markazi xodimlari ham ijtimoiy tarmoqlarda bizning Osiyo o‘rnimiz shu, bormiz, shu bo‘lganimiz shu, deya Saralash guruh bosqichida 3-o‘ringa loyiq ekanligimizni pisanda qilishmoqda. Futbolimiz ichida yurgan odamlar ishonmagach, muxlislar nima qilishsin?! Inson o‘z imkoniyatlari darajasidan bir kalla yuqori sakray olishni ham bilishi kerak. Imkoniyatga chegara qo‘yilgan joyda o‘sish bo‘lmaydi, tanazzul bo‘ladi. Buni anglab yetish uchun qalin kitoblarni o‘qish shart emas. Mutaxassislarki, guruhda joyimiz aniq 3-o‘rin, deb turgan ekanki, demak biz shu o‘ringa ham loyiq emasmiz.

Internet-saytlarda "Million" qiziqchilar jamoasi rahbari Davron Kabulov "yashab turgan xonadonimni o‘rtaga qo‘yib, O‘zbekistonni JCHga olib chiqaman", degan hazilomuz gapni aytdi. Buni kimdir istehzo, kimdir jiddiy qabul qildi.

Ma’lumki, bankdan kredit oladigan bo‘lsangiz, albatta biror narsangizni garovga qo‘yasiz. Xo‘sh, Babayan muxlislar va mutasaddilarning ishonch krediti uchun nimani garovga qo‘ymoqda?

Esingizda bo‘lsa JCH-2002 ga Xitoy terma jamoasini olib chiqqan Bora Militunovich "Agar Xitoyni JCHga olib chiqa olmasam o‘zimni Buyuk Xitoy devori ustidan tashlayman", degan endi. Yuragida o‘ti bor, o‘ziga ishongan mutaxassisninggina bunday gaplarni aytishga yuragi dov beradi.

Babayan-chi? Eronni yuta oladimi u? Yoki garov uning odatdagidek oldi-qochdi va quruq gaplarimi? Quruq qoshiq — og‘iz yirtar, unutmaylik.

Qarang, 4 yil oldin ham shu gapni yozgan edim (faqat familiya boshqa edi), yana qaytarishga majburman, odatdagidek...

Mabodo futbolimiz tepasida turgan mutasaddilarga futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Rossiyada 2018 yilda o‘tadigan Jahon chempionatiga chiqishi qiziq va muhim bo‘lsa, zudlik bilan terma jamoani Eron, Xitoy va Janubiy Koreya bilan bo‘ladigan o‘yinlarga g‘alaba uchun olib tusha oladigan xorijiy top-mutaxassis terma jamoa ruliga zudlik bilan jalb qilinishi kerakdek. Zero, 13 iyungacha hali vaqt bor. Hammasini o‘nglash mumkin aslida. Lekin bunday bo‘lishiga ishonch kam. Chunki kechagi o‘yindan so‘ng chimni o‘pish oldidan hamkasbini itqitib, so‘kib yuborgan Babayanga ishonch qaytgan ko‘rinadi.

Biroq, "Stadionlarimiz yaxshilanib bormoqda", "O‘zbekistonda futbol rivojlanmoqda", degan vaju karsonlar bilan terma jamoa bosh murabbiyi oldiga tarkibni yoshartirish kabi (mujmal) vazifalar belgilangandi, degan javob yangraydigan bo‘lsa Samvel Vyacheslavovich Babayan shu vazifaga juda mos. Bemalol ishlayverishi kerak. Murabbiylarimiz konkret bo‘lmagan, mujmal vazifalarni ortig‘i bilan uddalashadi. O‘tgan martadagi postimda yozganimdek, bu holatda Babayan oxirigacha ishlayverishi va saralash siklidagi natija uchun yakkash o‘zi javob berishi kerak. Lekin qanday qilib va nima bilan javob beradi, degan savol muxlislar uchun ochiqligicha qolib ketadi... Chunki mujmal vazifaning so‘roviyam, javobiyam mujmal bo‘ladi. Tabiat qonuni!»

Shuhrat Shokirjonov

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 21:23, 29.03.2017. O'qildi: 13474 marta. Fikrlar: 27 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.