Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu: Shahzod Shaymanov: «Paxtakor»dan cho‘chimasligimizni isbotladik

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bir zumda Oliy ligada 4-tur bahslari ham ortda qoldi. Uning eng kutilmagan natijasi Muborakda qayd etildi - «Mash’al» o‘z maydonida «Paxtakor»ni javobsiz 3ta gol bilan «siyladi». Ha, o‘tgan mavsum omadsizlikka yuz tutgan «sherlar» bu yil ham ko‘pchilikni ajablantirishda davom etishyapti.

Qarang, nomdor jamoa 4ta o‘yinda bor-yo‘g‘i 1ta g‘alabaga erishib, 2 marta mag‘lub bo‘ldi va yana bir uchrashuvda durangga ko‘ndi. «Mash’al» aksincha, 3-g‘alabasidan so‘ng turnir jadvalida  3-4-o‘rinlarga ko‘tarildi.

Biz Muborakdagi uchrashuvdan so‘ng «Mash’al» yarim himoyachisi Shahzod Shaymanovdan maxsus intervyu oldik. Zero, u yakshanba kuni tavallud ayyomini nishonladi. Demak, «Paxtakor» ustidan qozonilgan chiroyli g‘alaba Shaymanov uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi.

- Shahzod, tug‘ilgan kuningiz va jamoangiz g‘alabasi bilan tabriklaymiz. Aytingchi, «Paxtakor»ni aynan nimaning evaziga ishonchli tarzda mag‘lub etdinglar?

- Jamoaviy o‘yin va kuchli ishtiyoq qo‘l keldi. Yana nomdor raqib oldida xavf­siramay o‘ynadik. Demakki, g‘alabamizda ruhiy tayyorgarlikning ulushi ham katta.

- Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Gollarni ikkinchi 45 daqiqalikka saqlab qo‘ygan ekansizlar-da...

- Aslida tezkor gol urishni o‘ylagandik. Umuman, tanaffusgachayoq hisobni ochishimiz hech gap emasdi. Biroq bizga hujumning yakuniy pallasida aniqlik yetishmadi. Qolaversa, «Paxtakor» darvozasini milliy jamoamizning birinchi raqamli kiperi qo‘riqlayotganini unutmaslik kerak. Raqib himoyachilari ham tajribali. Xullas, ikkinchi bo‘limda omadimiz chopdi.

- «Paxtakor»dan qanday o‘yin kutgandinglar va raqib harakati shunga muvofiq keldimi?

- Tabiiyki, o‘yinga tayyorgarlik jarayonida «Paxtakor»ni obdon o‘rgandik. Ya’ni murabbiylarimiz raqibning kuchli va zaif tomonlarini atroflicha tushuntirishdi. Savolga kelsak, ochig‘i, «paxtakorchilar»­ning ancha shiddat ko‘rsatishlarini taxmin qilgandik.

- Balki «Paxtakor»ning omadsiz seriyasi ham sizlarga yordam bergandir...

- Ehtimol... Boshqa tomondan, raqibga nisbatan kuchliroq o‘yin namoyish qilganimiz ham ayni haqiqat.

- Jamoadoshlaringiz milliy jamoamiz darvozabonini 3 marta dog‘da qoldirishdi va shuning barobarida raqibning gol urishiga imkon bermadinglar. Mehmonlar hujumchilari harakati yuzasidan nima deya olasiz?

- Aslida ular ham golga tortadigan 2-3ta vaziyat hosil qilishdi. Lekin himoyada tartibli harakatlanib, gol urishlariga yo‘l qo‘ymadik.

 - Mana, chempionatimizda 4ta tur ortda qoldi. Umumiy taassurotlar qanday?

- Oliy liga o‘yinlari yil o‘tgani sari qiziqarli kechyapti. Masalan, bu yil «Dinamo»ning shunchalik yorqin start olishini ko‘pchilik kutgan emasdi.

- «Mash’al» ijrosidagi futbol o‘zinglarga ma’qul kelyaptimi? 

- Ha, zero, natijalar chakki emas. Mana, 4ta uchrashuvning 3tasida g‘alaba qozondik. Umid qilamanki, mavsum yakuniga qadar shunday ko‘tarinki kayfiyatda to‘p suramiz.

- Birgina mag‘lubiyatni «Lokomotiv»dan qabul qildinglar...

- Aslida amaldagi chempionga jiddiy qarshilik ko‘rsatgandik, menimcha. Harqalay, o‘sha kuni kamida 1 ochko olishga munosib edik.

- Xo‘sh, bunga nima xalal berdi?

- Birozgina omad yetishmadi. To‘g‘ri, «Loko» kuchli jamoa, lekin uni ham yengish imkonini topish mumkin. Mana, «Paxtakor» darvozasiga javobsiz 3ta gol urdik-ku.

- O‘zbekiston kubogi doirasida esa «Istiqlol»ni kurashdan chiqarib yubordinglar. Jamoa oldiga kubok musobaqasi bo‘yicha ham aniq vazifa qo‘yilganmi?

- Ha, «Istiqlol»ni ortiqcha muam­mosiz yengdik. Lekin endi raqiblar jiddiylashib boraveradi. Vazifamizga kelsak, imkon qadar uzoqroqqa borishimiz kerak.

- Shahzod, har bir futbolchi mavsum avvalida o‘z oldiga muayyan maqsadlarni qo‘yadi. Shu ma’noda aytsak, nimalarni ko‘zlayapsiz?

- Asosiy maqsadim - jamoaga yordam berish va g‘alabalarga munosib hissa qo‘shish. Zero, milliy jamoadan chaqiruv olishni istayman. Buning uchun astoydil intilishim aniq. «Mash’al» g‘alaba qozonishda davom etib, turnir jadvali yuqori qismidan joy olsa, terma jamoa murabbiylari bizga kuchliroq e’tibor qaratishadi, albatta.

- Darvoqe, milliy jamoamiz haqida: Samvel Babayan shogirdlari JCH-2018 yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiryaptilar. Suriya va Qatar termalariga qarshi kechgan oxirgi o‘yinlar shaxsan sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Suriyaliklar bilan bahsda oddiy xatolar qimmatga tushdi. Boz ustiga, keraksiz vaziyatda jarima maydoni ichida raqibga qo‘pollik ishlatildi va hammasi penalti belgilanishi bilan tugadi.

Eh, jamoamiz safardan loaqal 1 ochko bilan qayt­ganida edi... Yaxshiyamki, Qatar termasidan 3 ochko tortib olindi. Aks holda, JCH-2018ga borish imkoniyatidan mahrum bo‘larmidik...

- Hali imkoniyat bor, lekin undan foydalanish juda mushkul. Termamizning yakunda Rossiya-2018 yo‘llanmasini yutishiga nechog‘li ishonasiz?

- Hamma biladi, jamoamiz qiyin vaziyatga tushib qoldi. Axir qolgan 3ta o‘yindan 2tasi mehmonda bo‘ladi. Shaxsiy fikrimcha, Eron termasiga qarshi kechadigan navbatdagi o‘yin natijasi ko‘p narsaga oydinlik kiritib beradi. Chiqmagan jondan umid... Imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurashish lozim.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:34, 05.04.2017. O'qildi: 5524 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик