Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • 2:1
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • 0:2
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • 3:2
      • Sevilya
      • 18.08.2025 00:30
      • Espanyol
      • 2:1
      • Atletiko
      • 19.08.2025 00:00
      • Elche
      • -:-
      • Betis
      • 20.08.2025 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • 0:0
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • 3:1
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Arsenal
      • 19.08.2025 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Everton
  • Superliga
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 2:0
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • 1:0
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • 2:1
      • Buxoro
      • 18.08.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 19 31
8 Surxon 19 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 19 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan
19-тур Qo‘qon-1912 2-0 Surxon
19-тур Mash’al 1-0 Andijon
19-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

18/08/25 Xorazm - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1684 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 636 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 18.08.2025

      06:35 Новости футбола.
      06:40 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:05 Новости футбола.
      16:10 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      18:10 Новости футбола.
      18:15 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      20:15 Новости футбола.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      22:20 Новости футбола.
      22:25 Д/ф "Лионель Месси".
      23:25 LIVE Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор". Прямая трансляция.
      01:25 "Третий тайм". Артём Молодцов.
      01:50 Новости футбола.
      01:55 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Фенербахче".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 18.08.2025

      05:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      05:40 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 2.
      06:15 Д/ф "Жизнь - подарок!".
      07:00 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:35 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 5 на автодроме "Красное кольцо".
      10:30 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Акробатические группы.
      13:15 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      13:55 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      16:15 "Культовые".
      16:45 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Мемориал Иштвана Дьюлая в Будапеште, Венгрия.
      19:00 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 1.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      23:20 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа. Финал.
      00:25 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Произвольная программа. Финал.
      01:30 "Культовые".
      02:00 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      02:40 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      04:50 "География спорта". Норильск.
  • MATCH-TV
    • Sana: 18.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Виктория Комова.
      11:25 "Культовые".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      15:00 Специальный репортаж.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:50 "География спорта". Норильск.
      17:20 "Лучшие из лучших".
      17:55 Новости.
      18:00 Смешанные единоборства. UFC 319 в Чикаго, США. Дрикус Дю Плесси против Хамзата Чимаева.
      19:10 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:10 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Торпедо" (Москва) - "Урал" (Екатеринбург). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Бетис". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      03:30 Матч! Парад.
      04:00 Футзал. Суперкубок России. "Ухта" - КПРФ (Москва).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 18.08.2025

      05:15 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      06:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      07:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      09:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      10:00 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 2.
      10:45 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      11:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 1.
      12:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MX2. Гонка 2.
      12:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 2.
      13:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.
      18:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 7. Pitz Alpine Glacier Trail в Пицтале, Австрия. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария. Обзор.
      23:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Braziliya terma jamoasining xaloskori - Tite haqida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

JCH-2018 saralashining qatorasiga sakkizta o‘yinida g‘alaba nashidasini surgan «pentakampeonlar» birinchi bo‘lib Rossiyada o‘tadigan turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. 2014 yilgi uy mundiali yarim finalida germaniyaliklarga 1:7 hisobida yutqazilgach, Braziliya aholisi terma jamoaning jar yoqasiga kelib qolganini taxmin qila boshlashdi. Ammo shu zahoti yomon fikrdan qaytib, yaxshilikka umid bog‘lashdi. Ikki yildan so‘ng Dunga boshchiligidagi jamoa Amerika kubogida guruhdan chiqa olmadi. Bunday sharmandalikdan so‘ng «selesao» 2018 yilgi jahon chempionatidan chetda qoladigandek tasavvur uyg‘ona boshladi. Ammo bugungi natijalar buning aksini ko‘rsatmoqda. Xo‘sh, o‘tgan to‘qqiz oy mobaynida Janubiy Amerika qit’asining ajabtovur jamoasida nimalar o‘zgardi?

«Xalq jamoasi» murabbiyi

Braziliya termasidagi ijobiy o‘zgarishlarning asosiy sababi - bosh murabbiy almashuvi. JCH-1994 g‘olibi Dunga ajoyib markaziy yarim himoyachi, haqiqiy jangchi, omma yoqimtoyi bo‘lgan, ammo murabbiy sifatida ishonchni oqlay bilmadi. Uning 2014 yilgi uy mundialida yutqazgan Luis Felipe Skolarining o‘rniga tayinlanishi dastlab ko‘plab savollarni keltirib chiqarib, tanqidlarga uchradi. Zero Dunga 2010 yilgi jahon chempionatida termani boshqarib, u bilan atigi chorak finalgacha chiqib, Gollandiyaga yutqazgandi. Qolaversa, JCH-2014 paytida ushbu mutaxassisning nomi korrupsion mojarolarga bog‘langani ham uning tarafdorlari sonini kamaytirgandi. Ammo federasiya rahbariyatida tanishlarning ko‘pligi Dunganing Braziliya termasiga qaytishiga zamin hozirladi.

Bu paytga kelib, aksariyat ishqibozlar va mutaxassislar «sele- sao»ni Tite boshqarishi lozim, degan fikrni ilgari surishdi. Futbolchi sifatida u qadar yorqin natijalarga erishmagan, tizzasidan olgan jiddiy jarohati tufayli 27 yoshida butsalarini mixga ilishga majbur bo‘lganiga qaramay, Tite aqlli murabbiyga aylangandi. U turli yillarda «Gremio» bilan Braziliya kubogini, «Internasyonal» bilan Janubiy Amerika kubogini, «Korintians» bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgandi. Tite aynan «xalq jamoasi»da klub darajasidagi eng yuksak yutuqqa erishdi. «Korintians» ushbu mutaxassis boshchiligida ikkita (2011 va 2015 yillarda) chempionlik sovrinidan tashqari, Libertadores kubogi va 2012 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham muvaffaqiyat qozondi. Yil so‘ngida o‘tkaziladigan musobaqa finalida «Chelsi» 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratildi. Vaholanki, so‘nggi o‘n yillikda klublar o‘rtasidagi JCH bosh sov­rini faqat yevropaliklarga nasib etayotgandi.

55 yoshli Tite keyinchalik baribir, Braziliya termasiga jalb etildi. U kelgach, o‘zgarishlar kuzatilib, natijada besh karra jahon chempionlari 2018 yilgi JCH g‘olibligiga da’vogarlar safiga qo‘shilishdi. Dungadan nafaqat beqaror jamoa, balki saralash siklidagi xavotirli vaziyat meros qolgandi. «Selesao» avvalgi bosh murabbiy bilan olti turda atigi ikki marta g‘alaba qozonib, 9 ochko to‘plashga erishgandi, xolos. Tite boshchiligida ro‘y bergan o‘sish esa hayratlanarli: 8ta o‘yinning barchasida g‘alaba, to‘plar nisbati - 25-2!

Dunga tarkibni agentlar ta’siri ostida tuzganlikda ayblandi. Uning vorisi bu borada qanchalik mustaqil ekaniga chetdan turib baho berish qiyin, ammo Braziliya termasi kadrlar masalasida jiddiy o‘zgardi, deb ham bo‘lmaydi. Avvalgi bosh murabbiy JCH-2018 saralashining dastlabki turlari va Amerika kubogida hozirgi tarkibning aksariyat a’zolari xizmatidan foydalangandi. Tite «Chelsi» himoyachisi David Luis, Xitoyga ketgan Xalk va Oskarni chaqirmadi. Shuningdek, faxriy forvard Rikardu Oliveyra, yarim himoyachilar Elias va Luis Gustavo ham tarkibga jalb etilmadilar. Villian va Duglas Kostaning «selesao» o‘yin tizimidagi ahamiyati nisbatan pasaydi. Boshqa tomondan, Tite avvalgi bosh murabbiydan farqli o‘laroq, «Real» himoyachisi Marseloga ko‘proq ishonch bildirmoqda. Shuningdek, «PSJ»dan Tyago Silvani qaytardi, «Liverpul» hujumchisi Roberto Firminoni taklif qildi. Qolaversa, «Manchester Siti»ning yosh forvardi Gabriel Jezus ham Braziliya termasida muhim rolga ega bo‘ldi.

Xalkning o‘rinbosariga aylangan yarim himoyachi Viktor Juliano saralashning uchta o‘yinida to‘p surib, o‘z hisobiga samarali uzatma yozib qo‘ydi. Nihoyat, Paulinyoning sermahsulligini alohida ajratib ko‘rsatish darkor. Tite bu futbolchi bilan «Korintians» klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan kezlari birga ishlagandi. Ushbu yarim himoyachi 2015 yili «Tottenxem»dan Xitoyning «Guanjou Evergrand» jamoasiga yo‘l olganida Dunga u haqida butunlay unutgandi. Tite esa Paulinyoni milliy termaga chaqirib, muhim rollardan birini unga topshirdi. O‘yinchi esa o‘z navbatida, yettita o‘yinda to‘rtta gol va ikkita samarali uzatma muallifiga aylanib, ustozining ishonchini oqladi.

Neymarga ishlaydigan terma

«Tite nimani o‘zgartirdi? U deyarli hamma narsani o‘zgartirdi», - «selesao»ga JCH-2018 yo‘llanmalarini taqdim etgan Paragvay termasiga qarshi bahsdagi g‘alabadan so‘ng Braziliya milliy jamoasi futbolchilari bosh murabbiy manziliga samimiy maqtovlar yo‘llashdi. Darhaqiqat, Dunga boshchiligidagi termadan faqat sariq rangli libos va ayrim nomlar qoldi, xolos. Koutinyoning aytishicha, hozirgi murabbiy hujum vakillaridan pozisiyalarini tez-tez o‘zgartirish, bo‘sh hudud yaratish maqsadida to‘pni tezroq harakatlantirishni so‘ramoqda. Felipe paragvayliklar darvozasiga urilgan uchta golni bunga misol tariqasida keltirdi. Renato Augusto, Paulinyo va Marselo qoyilmaqom kombinasiya tashkil etishgach, himoyachi chiroyli gol muallifiga aylandi.

Braziliyaliklarning fikricha, Dunga davridan so‘ng endilikda «selesao» o‘z falsafasi va o‘yin modeliga ega bo‘ldi. Tite asosiy urg‘uni 4-1-4-1 taktik sxemasiga qaratdi, bu uslub «Korintians»da foyda keltirgan, shu tariqa futbolchilardagi kuchli jihatlar - yuksak texnik mahorat va to‘pni nazorat qilish imkoniyatlari ochib berilgandi. Ta’bir joiz bo‘lsa, haqiqiy braziliyaliklarga xos o‘yin ko‘rsatilmoqda. Yangi bosh murabbiy qo‘l ostida jamoa o‘z darvozasidan kam to‘p o‘tkazmoqda. Markaziy himoyadagi Miranda-Markinyos juftligi yuqori bahoga loyiq ko‘rilmoqda. Nihoyat, o‘zgalar fikrini tinglash va suhbatga doimo tayyor turish Titening eng kuchli sifati ekani aytilmoqda. U o‘yinchilar bilan oson til topishadi, matbuot bilan munosabatlari yaxshi. Dunga paytida bunday emasdi.

Tabiiyki, Braziliya termasining asosiy yulduzi Neymar bilan aloqalar muhim omilga aylangan. Tite bosh jamoada ish boshlagan dastlabki paytlardayoq ushbu forvard bilan munosabatlari ideal ko‘rinish olgandek tuyulgandi. Afsonaviy hujumchi Ronaldoning fikricha, murabbiy eng muhim ishni uddaladi: Neymarga ishlaydigan jamoa tuzdi. Endi braziliyalik ishqibozlarning «Barselona» o‘yinchisini «Marta!» deb (ayollar termasi yetakchisining nomi bilan) chaqirishlari tarixda qoldi. Neymar JCH-2018 yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgach, murabbiyga minnatdorchilik bildirdi: «Tite - ajoyib mutaxassis. Futbolchilar va termamizning barcha vakillari uni qo‘llab-quvvatlashlari shart. Uning mehnatlari tufayli o‘z kuchimizga ishonch paydo bo‘ldi».

Argentina termasining yirik hisobda (3:0) taslim etilishi Tite boshchiligidagi «selesao»ning g‘alabali seriyasiga zeb bag‘ishladi. Prinsipial raqibning o‘sha Belu-Orizontidagi «Mineyrao» stadionida mag‘lubiyatiga uchratilishida qandaydir ramziy ma’no yotgandek. Zero ikki yil avval ushbu arenada Germaniya termasi braziliyaliklarni tor-mor etgandi. Argentina jamoasi bilan bo‘lgan bahs Koutinyoga ataldi, desak mubolag‘a bo‘lmas. Dastlab chiroyli gol muallifiga aylangan futbolchi raqib jarima maydonchasida sheriklariga ochiq hududlar yaratib berishni ham uddaladi. Natijada braziliyaliklar qarshi hujumda raqibni xatolari uchun jazolashdi. E’tiborlisi, o‘sha bahsda hisob yanada yirikroq ko‘rinish olishi hech gap emasdi.

Braziliya termasining tarkibi JCH-2018da qanday ko‘rinish olishi haqida bir nima deyish qiyin. Agar turnir hozir o‘tkazilib, «selesao»ning barcha vakillari sog‘-omon bo‘lishganida, asosiyda quyidagi futbolchilarni ko‘rishimiz mumkin edi: Beker, Dani Alves, Markinyos, Miranda, Marselo, Kasemiro, Koutinyo, Renato Augusto, Paulinyo, Neymar, Gabriel Jezus. Har qanday holatda ham, Tite Rossiyaga buyuk ishlarga qodir jamoa bilan tashrif buyuradi. Braziliya yana milliy termaga ishonmoqda.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:52, 09.04.2017. O'qildi: 8924 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.