Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. Roberto Karlos: «Rossiyaga borsangiz, adashmaysiz»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Braziliya terma jamoasi 1997 yilda Konfederasiyalar kubogida zafar quchgan. O‘shanda jamoa safida Rossiyaning «Anji» klubida o‘ynab, keyinchalik murabbiy bo‘lgan Roberto Karlos ham bor edi.

Ayni paytda ishtirokchi mamlakatlar bo‘ylab sayohatga chiqqan musobaqa kubogi Meksika va Chiliga yetib bordi. Dastlab Avstraliya va Yangi Zelandiyaga tashrif buyurgan kubok keyinchalik Portugaliyada bo‘ldi. Aynan shu mamlakatda uni Roberto Karlos namoyish qildi. Bundan unumli foydalangan FIFA rasmiy sayti sobiq himoyachi bilan suhbat uyushtirdi.

- Siz Rossiyada faoliyat olib borgansiz. Ushbu mamlakat muxlislari borasida qanday fikr­dasiz?

- Ular futbolni sevishadi. Men Moskvadan tashqarida bo‘lgan klub safida o‘ynaganman. Uchrashuvlarda hamisha stadion to‘lardi. O‘ylaymanki, Konfederasiyalar kubogi va jahon chempionati Rossiya xalqi futbolni yanada chuqurroq tushunishi uchun zamin yaratadi.

- Ko‘pchilik Rossiyaning sovuq iqlimidan cho‘chishadi. Ammo musobaqa iyunda bo‘ladi. Rus yozi qanday?

- Juda issiq. Hamisha Rossiya­da plyus 40 va minus 40 darajada ham yursa bo‘ladi, deb hazillashardik. Ko‘chalarda ob-havodan rohatlanayotgan odamlarni uchratasiz. Rossiyaliklar sovuq paytida juda qiynalishadi. Shu bois ham issiq havoni hurmat qilishadi. Rossiyaga borsangiz, adashmaymiz. U yerning xalqi ancha mehmondo‘st.

- Konfederasiyalar kubogida Rossiya termasi Yangi Zelandiya, Portugaliya va Meksika jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Mezbonlar qanchalik uzoqqa bora olishadi?

- Juda kuchli guruh. Ular o‘z maydonlarida, muxlislari qarshisida o‘ynashadi. Bu ham raqiblarga qiyinchilik tug‘dirishi turgan gap. Guruhdan chiqish uchun Rossiya, Portugaliya va Meksika kurash olib boradi. Bunga sabab, Rossiya - mezbon, Portugaliya - Yevropa chempioni va tarkibida jahonning eng kuchli futbolchilaridan biri bor. Meksikaliklarni yaxshi bilganim uchun ularni ham guruh favoritlari qatoriga qo‘shdim. Bu termaga qarshi o‘ynash juda qiyin.

- Sizningcha, turnirda qaysi jamoa g‘olib chiqadi?

- Portugaliya, Meksika yoki Germaniya. Ushbu jamoalarning o‘yin­larini tomosha qilib, rohatlanaman.

- Turnirda Krishtianu Ronaldu, Aleksis Sanches, Arturo Vidal va Xavyer Ernandes kabi yulduzlar to‘p surishadi...

- Barcha Krishtianu Ronalduning Portugaliya termasi safida o‘zini ko‘rsatishini kutmoqda. Shuningdek, siz sanab o‘tgan futbolchilar ham o‘z jamoalarida yetakchi hisoblanishadi. Ko‘rinib turibdiki, shunday yulduzlar bilan turnir ancha qiziqarli kechadi.

- 1997 yili Konfederasiyalar kubogida zafar quchgansiz. Siz uchun bu sovrin qanday ahamiyat kasb etadi?

- Shubhasiz, jahon chempionligining o‘rni boshqa. Har qaysi futbolchi mundialda g‘olib chiqishni istaydi. Ammo men uchun Konfederasiyalar kubogi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu Braziliya terma jamoasi safidagi dastlabki yirik sovrinim edi.

Ma’lumot uchun:

Roberto Karlos

To‘liq ismi: Roberto Karlos da Silva Rosha

Tug‘ilgan sanasi: 1973 yil 10 aprel

Tug‘ilgan joyi: Garsa (San-Paulu shtati), Braziliya

Fuqaroligi: Braziliya, Ispaniya

Bo‘yi: 168 sm. Vazni: 73 kg.

Ampluasi: chap qanot himoyachisi

O‘ynagan jamoalari:

1991—1993: Union San-Juan (Braziliya) 33 (10)

1992: Atletiko Mineyro (Braziliya) 3 (0)

1993—1995: Palmeyras (Braziliya) 44 (3)

1995—1996: Inter (Italiya) 30 (5)

1996—2007: Real (Ispaniya) 370 (47)

2007—2010: Fenerbaxche (Turkiya) 65 (6)

2010—2011: Korintians (Braziliya) 35 (1)

2011—2012: Anji (Rossiya) 25 (4)

2015: Deli Daynamos (Hindiston) 3 (0)

Braziliya terma jamoasi safida 125ta uchrashuv o‘tkazib, 11ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati:

2011—2012: Anji (Rossiya)

2013—2014: Sivasspor (Turkiya)

2015: Akxisar Belediyespor (Turkiya)

2015: Al-Arabi (Qatar)

2015: Deli Daynamos (Hindiston).

Yutuqlari:

Jahon chempioni (2002), Konfederasiyalar kubogi sohibi (1997), Amerika kubogi sohibi (1997, 1999), Braziliya chempioni (1993, 1994), Ispaniya chempioni  (1997, 2001, 2003, 2007), Ispaniya superkubogi sohibi (1997, 2001, 2003), Chempionlar Ligasi g‘olibi (1998, 2000, 2002), Yevropa superkubogi sohibi (2002), Qit’alararo kubok sohibi (1998, 2002), Turkiya superkubogi sohibi (2007, 2009).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:39, 11.04.2017. O'qildi: 7737 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик