Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba.

  • Superliga
      • 19.11.2025 16:00
      • Sho‘rtan
      • 1:1
      • Buxoro
      • 20.11.2025 16:00
      • Surxon
      • 0:0
      • OKMK
      • 20.11.2025 18:15
      • Paxtakor
      • 1:0
      • Nasaf
      • 21.11.2025 16:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Navbahor
      • 21.11.2025 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • Xorazm
      • 21.11.2025 18:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Paxtakor 29 59
3 Nasaf 29 58
4 Dinamo 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 29 45
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 29 32
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 29 27
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 29 16

O'tgan o'yinlar.

29-тур Sho‘rtan 1-1 Buxoro
29-тур Surxon 0-0 OKMK
29-тур Paxtakor 1-0 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

21/11/25 Mash’al - Navbahor
21/11/25 Andijon - Xorazm
21/11/25 Dinamo - Qo‘qon-1912
22/11/25 So‘g‘diyona - Bunyodkor
22/11/25 Neftchi - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 20.11.2025

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Андрей Мурнин.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Витория".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Витория".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго".
      23:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Крузейро". Прямая трансляция.
      02:00 "Всё о главном". Дмитрий Гунько.
      02:30 Д/ф "Марадона. Лучший в истории".
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Сан-Паулу". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 20.11.2025

      05:55 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Команды.
      09:35 "География спорта". Выборг.
      10:05 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      11:40 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Ski GP1, Sky ladies GP1.
      12:10 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      14:30 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Алексея Немова "Легенды спорта. Наследие".
      16:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      16:30 "Эволюция спорта".
      17:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      18:40 "Новый чемпион". Специальный репортаж.
      18:55 LIVE Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси. Прямая трансляция.
      21:45 "Непобедимый".
      22:15 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Личное первенство.
      00:15 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Runabout and freestyle.
      00:45 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      02:55 Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси.
  • MATCH-TV
    • Sana: 20.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Уралмаш" (Екатеринбург) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Профессиональный бокс. "Лига Ставок. IBA. Pro 3". Артур Субханкулов против Ибрагима Баллы.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1955 - 1960 гг.".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:05 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      21:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Торпедо" (Нижний Новгород) - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:30 Евротур.
      02:25 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      03:55 "Эволюция спорта".
      04:55 Д/ф "Сёстры Уильямс".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 20.11.2025

      05:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 102.
      07:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1.
      09:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138.
      10:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      11:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      12:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1.
      14:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 8 в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. HS 138. Смешанные команды.
      17:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Штутгарте, Германия.
      18:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Торонто, Канада.
      19:00 LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      23:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138.
      00:00 LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      04:00 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

OCHL bizning klublar uchun ahamiyatsizmi? Islohotlar uchun taklif

Baho:
+2 | -
OSIYO / Chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ketma-ket 2 yil davomida 4ta jamoamiz Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida qatnashdi.

Joriy mavsum esa turnirdagi vakillarimiz soni naq 50 foizga kamaydi - 4ta jamoa o‘rniga 2ta... Bir qarashda, biz uchun Osiyo klub futbolining asosiy musobaqasi ahamiyati pasayib ketgandek. Mana, kecha OCHL-2017  guruh bosqichi ikkinchi davrasi ham boshlandi. Endi savol: qit’a klublari uchun asosiy turnir sanalgan OCHL chindan ham, birinchi raqamga yarasha nufuz va obro‘ga egami? Musobaqa faqat arab olami va Xitoydagi biznes hamkorlari istagini bajarish bilan cheklanib qolmayaptimi?

Turnir geografiyasi qanday bo‘lishi kerak? Osiyo futbol konfederasiyasiga a’zo 46ta assosiasiyaning hammasida ham futbol talab darajasida rivojlanmayotgani birovga sir emas. Yanada soddaroq ifodalasak, barcha mamlakatlarda futbol birinchi raqamli sport turi sanalmaydi. Kriketni har narsadan afzal ko‘ruvchi Bangladesh, Hindiston yoki Pokistonni bir chetga qo‘yib turaylik, qit’a futbolida katta o‘rin tutuvchi Yaponiyada ham so‘nggi paytlarda figurali uchish ommaviylik bobida millionlar o‘yinini ortda qoldira boshladi. Vaholanki, mamlakat terma jamoasi bir oyog‘i bilan JCH-2018da bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, JCH-2002 mezbonlik vazifasini zo‘r dabdaba bilan bajargan «kunchiqar yurt»da stadionlar to‘lmayapti. To‘g‘ri, u yerdagi o‘rtacha ko‘rsatkich nisbatan yaxshi - har bir o‘yinni 18 ming muxlis bevosita stadionda kuzatyapti. Ammo aholi soni (130 million atrofida)ni e’tiborga olsak, bu natija past hisoblanadi.

OCHLning joriy mavsumi startidan avval jami 39ta uyushma («G‘arb»da - 12ta va «Sharq»da - 27ta) vakili guruh bosqichi yo‘llanmalari uchun kvalifikasion raundlarda o‘ynashi rejalashtirilgandi. Biroq Iroq, Livan va Suriya klublari OFK talabiga muvofiq o‘tkazilgan lisenziyalash jarayonida muammolarga uchradi. Indoneziya va Quvayt futboli esa FIFA tomonidan diskvalifikasiya qilingani bois, bu mamlakat klublari ham chetga surildi. Natijada turnir georgafiyasi yana ancha qisqardi. Bilasiz, OFK reytingiga ko‘ra, BAA, Saudiya Arabistoni, Eron, Janubiy Koreya va Yaponiyaga guruh bosqichining 3tadan yo‘llanmasi kurashsiz taqdim etildi. Hozirda Osiyo klub futbolining ikkinchi darajali musobaqasi - OFK kubogi g‘olibiga asosiy turnir guruh bosqichi chiptasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri berish shunchaki, aqlga sig‘maydi. Axir Quvayt klublari «gegemon»ligi ma’lum sabab, uzilib qolgach, bu musobaqada hattoki, Hindiston va Malayziya vakillari ham finalga chiqishmoqda. Mana, OCHLning amaldagi g‘olibi - «Chonbuk Xyunday Motors»ning chetlatilishi tufayli guruh bosqichiga chiqqan Gonkong chempioni joriy mavsum biror karomat ko‘rsatolmayapti.

OCHL guruh bosqichi tizimi islohotga muhtoj emasmi? Ayni payt musobaqa 2ta geografik hudud («G‘arb» va «Sharq»)da alohida-alohida o‘tkazilmoqda. Hattoki, «pley-off» raund­larida ham shu holatni ko‘rish mumkin. Ya’ni «G‘arb» va «Sharq» vakillari finalgacha o‘zaro to‘qnash kelishmaydi. Tabiiyki, bu hol turnir o‘yinlariga qiziqishni birmuncha pasaytiradi. Eng achinarlisi, Osiyo futboli ikkiga ajralib qolayotgandek. Natijada hududlar futbolining o‘zaro uyg‘unlashuviga putur yetmoqda, tajriba almashish kuzatilmayapti. Ha, 2ta lager tashkil qilinganini tushunish ham mumkin qaysidir ma’noda. Zero, jamoalarning moliyaviy imkoniyatlari va jismoniy yuklamalar vajidan kelib chiqib, shunday qaror qabul qilingan. Lekin bir narsani unutmaylik, hozir 2017 yil davom etyapti. Boshqacha aytganda, yangi asrning dastlabki 20 yili ham o‘tib ketdi, hisob. Osiyo futboli esa hamon moliyaviy masalalarga o‘ralashib yuribdi. Vaholanki, klublar tomonidan dunyo miqyosida katta-katta transferlar amalga oshiril­yapti, yulduz futbolchilarga misli ko‘rilmagan darajada ko‘p maosh beril-yapti. Xullas, kelgusi 2-3 yil ichida guruh bosqichi tizimiga bog‘liq umumiy holatni yaxshilab o‘rganib chiqish zarur. Mohiyatan olganda, OCHL butun Osiyoning yagona turniri ekan, guruhlarni shakllantirishda klublarni ikki hududga ajratmaslik kerak. Oddiy aytganda, Osiyo futboli globallashuvga ehtiyoj sezmoqda.

Reyting ochkolari qanday hisoblanishi kerak? OFK yangi mavsumdan e’tiboran koeffisiyentlar jadvalini hisoblashda saralash bosqichi natijalarini ham inobatga olishni lozim topdi. Shu o‘zgarish evaziga OCHL saralashida ishtirok etgan «Nasaf» va «Bunyodkor» klublari O‘zbekiston hisobiga 1,05 ball keltirdi. Umuman, kvalifikasion raundlar yakuni bo‘yicha eng ko‘p ochko aynan bizning nomimizga yozildi. Guruh bosqichida jamg‘ariladigan ochkolar esa faqat shu raundda ishtirok etadigan klublar soniga bo‘linadi va o‘rtacha ball chiqariladi. Shu joyda yana bir taklifni o‘rtaga tashlash mumkin: OFK bu borada UYEFA tomonidan amalga kiritilgan yangi o‘zgarishni sinab ko‘rsa bo‘ladi. Misol uchun, turnirda oldin g‘olib chiqqan jamoalar koeffisiyentiga qo‘shimcha ball hisoblanishi kerak. Misol uchun, uning bitta g‘alabasiga 1 ball, durangi uchun esa 0,5 ball yozilsa, bu o‘ziga xos rag‘bat bo‘ladi.

Legionerlarga munosabat. Bilasiz, ayni payt OCHLda xorijlik futbolchilarga nisbatan «3}1» limiti joriy etilgan. Buni ortiqcha izohlab o‘tirishning hojati yo‘q. OFK musobaqa nufuzini yuksaltirishni istar ekan, aynan shu cheklovni bekor qilish bo‘yicha ish olib borishi va bunga birlamchi vazifa sifatida qarashi shart. Chunonchi, muxlislar kuchli futbolchilar harakatlarini  tomosha qilishni istaydilar. Legionerlar masalasidagi cheklov qit’amizda futbolning gurkirab rivojlanishiga xalaqit berayotganini ko‘pchilik fahmlab turgan bo‘lsada, bu borada dadil gapiradigan kishi topilmayapti. Tushunarliki, limitdan ko‘zlangan asosiy maqsad - mahalliy futbolchilarga ko‘proq imkoniyat taqdim etish va shu orqali milliy terma jamoalarni yangi darajaga olib chiqish. Balki bu to‘g‘ri yondashuvdir, ammo masalaning yana bir tomonini hisobga olish joiz. Xo‘sh, mahalliy yigitlar kimlardan o‘rganishadi? O‘zlariga o‘xshagan va saviya bo‘yicha farqlanmaydigan futbolchilardanmi? Axir futbolchining barqaror ravishda o‘sishi uchun kuchli raqobat kerak emasmi? U yengilroq sharoitda ma’lum saviya bilan cheklanib qolmaydimi? Misol uchun, Avstraliyaning yetakchi klublaridan biri «Brisben Roar»ni olaylik. Uning safida Gresiya, Angliya, Ispaniya, Daniya va germaniyalik futbolchilar bor. Shunga qaramay, jamoa ixtiyoridagi mahalliy yigitlardan 3 nafari Avstraliya milliy jamoasida o‘ynamoqda. Endi o‘zingiz ayting, legionerlarning ko‘pligi ularga xalaqit beryaptimi yoki naf? Umuman, ayni holat o‘zgarmasa, OCHL shiddati oshmaydi, oshgan taqdirda ham, rivojlanish sur’ati haminqadarligicha qoladi. Shu joyda bitta taqqos: «Brisben» bilan bitta guruhda o‘ynayotgan va 2-o‘rinda borayotgan «Muangtong Yunayted» safida Tailand terma jamoasining naq 9 nafar futbolchisi bor. Endi Avstraliya va Tailand termalari natijalariga boqing...

Xarajatlar va mukofot puli jamg‘armasi. Tabiiyki, qit’amizdagi klublar  bosh musobaqasi mukofot jamg‘armasi bo‘yicha Yevropa turnirlaridan ancha ortda. Deylik, YECHL va OCHLni o‘zaro taqqoslash ham kulguli. Ammo shunisi borki, ayni payt OCHL ishtirokchilariga berilayotgan mukofot puli miqdori turnirning hozirgi darajasiga ham muvofiq kelmaydi. Bemalol aytish mumkin, belgilangan summalar jamoalarni u qadar qoniqtirmaydi. Osiyo Chempionlar Ligasi-2017 Musobaqalar reglamenti 62-63-boblarida jamoalarga beriladigan safar xarajatlari va mukofot puli miqdori alohida belgilab qo‘yilgan. Demak, guruh bosqichi ishtirokchilari mazkur raundga chiqishgani uchun 30 ming dollardan olishadi. Guruh bosqichidagi bitta g‘alaba 50 ming dollar va durang 10 ming dollarga baholangan. Bosqichdan bosqichga o‘tish esa oshib boruvchi bonuslar vositasida rag‘batlantiriladi: 1|8 final - 80 ming, 1|4 final - 120 ming, 1|2 final - 200 ming dollar. Chempion jamoaga 3 mln. dollar tegsa, finalchi 1,5 mln. oladi. Yuqorida OCHL mukofot jamg‘armasini YECHLniki bilan solishtirish kulguli ekanligini aytdik. Marhamat, Yevropa klublari uchun belgilangan bonuslar bilan tanishib, o‘rtada yer va osmonchalik farq borligiga amin bo‘ling. Klublarga YECHL guruh bosqichidagi bitta g‘alaba uchun 1,5 mln., durang evaziga esa 0,5 mln. dollar beriladi. «Pley-off» raundlari uchun belgilangan bonuslar miqdori quyida-   gicha: 1|8 final - 6 mln., 1|4 final - 6,5 mln., 1|2 final - 7,5 mln. dollar. Kubok sohibi esa naq 15,5 mln. dollarga boyiydi va finalchiga 11 mln. dollar tegadi. Boshqa musobaqalarga ham to‘xtalsak, 2014 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Libertadores kubogi (Janubiy Amerika) g‘olibi umumiy hisobda 5,35 mln. dollar miqdorida mukofot olgan. O‘shanda jamoaga finaldagi g‘alaba uchun 2,3 mln. dollar berilgan. Osiyodagi jamoalar esa guruh bosiqichida maksimum darajada 3,9 mln. dollar (900 ming dollar - safar xarajatlari) olishi mumkin. Ammo buning uchun barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonish talab etiladi.

Homiylar masalasi. Jahon chempionatiniki kabi OCHL homiylari ham multimilliy korporasiyalardir. Ya’ni OCHLni mablag‘ bilan ta’minlayotgan aksariyat kompaniyalar mundialning bosh homiylari sanaladi. Ularning to‘liq ro‘yxati: Fly Emirates, Nike, Nikon, Panasonic, Pepsi, QNB Group, Qatar Petroleum, SDLG, Tsingtao, Asahi, Seiko, Yanmar, World Sport Group, PES. Biroq homiylardan tushadigan mablag‘ summasi aniq emas. Bu borada shaffof ish yuritish vaqti keldi. Deylik, umumiy summadan necha foizi bevosita musobaqani tashkillash ishlariga ajratilishi xususida hisobot berib borilsa, yaxshi bo‘lardi. Bu kabi shaffoflik homiylar safi yanada kenga-yishiga xizmat qilarmidi?

Translyasiya mavzusi. Ishonmasligingiz mumkin, OCHL o‘yinlarini olis Braziliya, AQSH va Yevropada ham tomosha qilishadi. Qit’amizda esa Xitoy, Eron, J.Koreya va Avstraliya milliy telekanallari bilan alohida lisenziya uchun shartnoma tuzilgan. OCHL o‘yin­lari ASEAN (Fox Sports Asia), Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (beIN SPORTS) mintaqalariga ham eks-klyuziv tarzda uzatiladi. Qaniydi, o‘zimizning «Sport» telekanalida ham o‘yindan oldin va keyin mehmon jamoa rasmiylari, bosh murabbiyi yoki yetakchi futbolchilari bilan eksklyuziv intervyular uyushtirilsa, futbol sohasida ilmiy ish olib boruvchi mutaxassislar va funksionerlar davrasida uchrashuv yuzasidan tahlil uyushtirilsa. Umuman, OFK ayni shu yo‘nalish doirasidagi izlanishlarni ham qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Tomoshabinlar masalasi. OCHLning joriy mavsumida ortda qolgan jami 63ta o‘yin (kechagi uchrashuvlar hisobga kiritilmagan)ni stadionlarda 734794 muxlis bevosita kuzatib bordi. Bu bitta o‘yin o‘rtacha hisobda 11663 tomoshabin to‘plaganini anglatadi. Shu joyda og‘riqli jihat: «Bunyodkor» va «Lokomotiv»ning uy bahslarga hattoki, 5 ming muxlis ham tushmayapti. Demakki, bizning muxlislarda xalqaro o‘yinlarga nisbatan  ham qiziqish tobora pasaymoqda. Vaholanki, yaqin o‘tmishda «Paxtakor»ning shu turnir doirasidagi o‘yinlarini stadionda 45-50 ming muxlis kuzatgan. Qani o‘sha «anshlag»? Xullas, klublar va umuman, OCHL rahbariyati ham bu masalada jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urishi shart. Agar lozim topilsa, qandaydir yengillik yoki imtiyoz berish maqsadga muvofiq. Misol uchun, e’tiborga muhtoj ijtimoiy qatlamlar (nogironlar, bolalar)ga o‘yinlar chiptasini bepul tarqatish mumkin. Ha, ayrim klublar bu borada muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. Endi OFK ham bunga kuchliroq e’tibor qaratsa, bas.

O‘yin o‘tkaziladigan kun. Joriy mavsum «G‘arb» hududida tur o‘yinlarining yarmi dushanba kuni o‘tkazilmoqda. Shu tufayli 1ta turdan o‘rin olgan 16ta uchrashuv 3 kunga cho‘zilmoqda. OFK taqvimni telekanallar talabidan kelib chiqib, o‘zgartirgani tushunarli. Ammo mamlakatlar milliy chempionatlari va ulardagi muxlislarni ham o‘ylash kerak-ku. Misol uchun, bizda chempionat bahslari ko‘pincha shanba-yakshanba kunlari o‘tkaziladi. Boshqa birinchiliklarda ham o‘yinlarga asosan dam olish kunlari tanlanadi. Deylik, Fors ko‘rfazi diyorida juma kuniga futbol o‘yini belgilanmaydi, hisob. Shularni inobatga olsak, balki oldingi variantga qaytish kerakdir...

OCHLning joriy mavsumida ortda qolgan jami 63ta o‘yin (kechagi uchrashuvlar hisobga kiritilmagan)ni stadionlarda 734794 muxlis bevosita kuzatib bordi. Bu bitta o‘yin o‘rtacha hisobda 11663 tomoshabin to‘plaganini anglatadi. Shu joyda og‘riqli jihat: «Bunyodkor» va «Lokomotiv»ning uy bahslarga hattoki, 5 ming muxlis ham tushmayapti. Demakki, bizning muxlislarimizda xalqaro o‘yinlarga nisbatan  ham qiziqish tobora pasaymoqda. Vaholanki, yaqin o‘tmishda «Paxtakor»ning shu turnir doirasidagi o‘yinlarini stadionda 45-50 ming muxlis kuzatgan. Qani o‘sha «anshlag»?

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:35, 13.04.2017. O'qildi: 9613 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.