Italiya chempionatining 34-turiga start berildi. «Atalanta» o‘z maydonida «Yuventus»ni qabul qildi va kuchli raqib bilan durang o‘ynadi.
Mezbonlar birinchi bo‘lim so‘ngida Kontining goli evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi taym boshida avtogol evaziga muvozanat tikladi. Bahs tugashiga 7 daqiqa qolganila Dani Alves turinliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq "Atalanta" matonat ko‘rsatib, "Yuventus"ni g‘alabadan mahrum qildi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolgada Froyler Buffon darvozasini ishg‘ol qildi.
"Yuventus" bugun g‘alaba qozonganida, keyingi turda chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin edi. "Keksa sinyora"ning g‘oliblikni qo‘lga kiritishi bitta turga kechikishi mumkin, xolos.
Italiya chempionati, 34-tur
Atalanta – Yuventus 2:2 (1:0, 1:2)
28 aprelya, 23.45, «Adzurri d′Italiya»
Gollar: 1:0 – 45 Konti, 1:1 – 50, avtogol Spinassola, 1:2 – 83 Dani Alves, 2:2 – 89 Froyler.
Atalanta – Berisha, Toloi, Kaldara, Masyello, Konti, Kristante, Froyler, Spinassola (Petanya, 86), Xatebur, Kurtich (Kessie, 66), Gomes.
Yuventus – Buffon, Dani Alves (Bardzali, 87), Bonuchchi, Kyellini, Aleks Sandro, Pyanich, Xedira, Kuadrado (Lixtshtayner, 79), Dibala (Lemina, 88), Manjukich, Iguain.
Ogohlantirishlar: Froyler (49), Kuadrado (75), Konti (80), Dani Alves (83), Gomes (85).