Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 10 25
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Andijon 10 13
10 Xorazm 9 12
11 Qizilqum 9 12
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Qo‘qon-1912 9 8
15 Dinamo 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Arsenal» bilan «Manchester Yunayted» safida o‘ynagan 9 nafar futbolchi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugun Premyer Liganing markaziy uchrashuvida “Arsenal” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qiladi.

Ikki klub tarkibida “ta’qiqlangan chegara”ni kesib o‘tgan futbolchilar talaygina. Goalnashri har ikkala jamoa libosida harakat qilgan futbolchilarni eslab o‘tdi.

Ro‘yxat esa quyidagicha ko‘rinish olgan:

Jorj Grehem, “Arsenal” safida 1966-1972 yillarda 227 uchrashuvda maydonga tushib 60 gol muallifiga aylangan bo‘lsa, keyinchalik “Manchester Yunayted” safida 2 mavsum (1972-1974 yillar) harakat qilgan. “Qizil iblislar” safida Grehem 43 o‘yinda maydonga tushgan va atigi 2 gol urgan. Eng yaxshi davrini albatta, “Arsenal” safida o‘tkazgan.

Brayan Kidd “Arsenal”da 1974-1976 yillar oralig‘ida harakat qilgan. Ushbu vaqt mobaynida 77 bahsda ishtirok etgan va 30 bor raqib darvozasini aniq nishonga olgan. “To‘pchilar” safiga kelmasidan oldin Kidd 1967-1974 yillarda “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. “MYU” safida esa Kidd 203 marta maydonga tushgan va 52 golga mualliflik qilgan. Eng yaxshi davri so‘zsiz “Manchester Yunayted”ga to‘gri keladi.

Frenk Steplton “Arsenal” safida 1974-1981 yillarda harakat qilgan. London jamoasi uchun 300 uchrashuvda qatnashib, 108 gol ura olgan. Faoliyatining keying davrini Manchester jamoasida (1981-1987 yillar) o‘tqazgan. Manchester shahri jamoasi uchn Steplton 288 uchrashuv o‘tqazgan va 78 gol urgan. Eng yaxshi davri “Manchester Yunayted”da bo‘lgan.

Viv Anderson esa “Arsenal”da 1984-1987 yillarda harakat qilib, jamoa uchun 120 uchrashuvda 9 golga mualliflik qilgan. “Manchester Yunayted”da 1987-1991 yillarda o‘ynagan. Klub uchun 54 uchrashuvda 3 gol ura olgan. Eng yaxshi davrini “Arsenal”da o‘tqazgan.

90 yillar Angliya futboli bilan tanish muxlislarimiz Endi Koulni yaxshi tanishsa kerak. Endi Koul 1989-1992 yillarda “Arsenal” jamoasi sharafini himoya qilgan. Bu vaqt oralig‘ida 1 marta o‘yinga tushgan. Gol urish uchun esa bu kamlik qilgan. Keyinchalik esa “to‘pchilar”ning azaliy raqibi “Mnachester Yunayted” safiga kelib qo‘shilgan. Koul u yerda 1995-2001 yillar oralig‘ida harakat qilgan. 195 bahsda qatnashgan Endi Koul raqiblar darvozasiga 93 gol urgan. Eng yaxshi davrini “qizil iblislar” safida o‘tqazgan.

Devid Platt “Arsenal” safida 3 mavsum (1995-1998 yillar) harakat qilgan. 88 uchrashuvda 13 gol kirita olgan. Undan avval esa “Manchester Yunayted” safida 1982-1985 yillarda harakat qilgan. Biroq Manchesterda uning ishlari ko‘ngildagidek kechmagan. Jamoa uchun birorta o‘yinda ham ishtirok eta olmagan. Eng yaxshi davri tabiiyki, “Arsenal”ga to‘g‘ri keladi.

Fransiyalik himoyachi Mikael Silvestr “Arsenal”da o‘ynaguniga (2008-2010 yillar) qadar “Manchester Yunayted” safida 1999-2008 yillarda o‘ynagan. “MYU” uchun 249 uchrashuv o‘tkazgan himoyachi eng yaxshi davrini aynan Manchester klubida o‘tqazgan.

Gollandiyalik futbolchi Robin Van Persi “to‘pchilar” libosida 2004-2012 yillarda harakat qilgan. “Arsenal” uchun 194 uchrashuvda 96 gol kirita olgan. 2012 yilda esa futbolchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Manchester Yunayted” safiga kelib qo‘shiladi. 2012-2015 yillarda Manchesterda harakat qilgan Van Persi 86 uchrashuvda 48 gol ura olgan. Eng yaxshi davri “Manchester Yunayted” safida.

Denni Uelbek ham ikki klub safida o‘ynagan futbolchilar sirasidan. “Manchester Yunayted”da 2008-2014 yillarda o‘ynagan hujumchi 92 uchrashuvda 20 golga mualliflik qilgan. 2014 yilda London jamoasi safiga kelib qo‘shilgan hujumchi hozircha 46 bahsda ishtirok eta olgan. Bu vaqt ichida Uelbek 20 bor raqib darvozabonlarini xafa qilgan. Eng yaxshi davri “Manchester Yunayted” safiga to‘g‘ri keladi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 14:40, 07.05.2017. O'qildi: 5912 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Бухоро Sherzod Esanov 4
9 Пахтакор Flamarion 4
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик