Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

OCHL 6-tur. G‘aribona yakun…

Baho:
+ | -
OSIYO / Chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

OCHL 6-tur doirasidagi 16ta o‘yinda jami 57ta gol urildi va shulardan 7tasini bizning klublar qabul qildi - chinakamiga g‘aribona finish.

Qarang, Eron, Yaponiya va Xitoyning 3tadan jamoasi nimchorak finalga yo‘l oldi, koreyslar esa xuddi oliy ligamiz vakillari kabi barchani ajablantirishdi. To‘g‘ri, so‘nggi pallada OCHLga ilingan «Jeju Yunayted» keyingi raundga chiqqan «K»-ligasining yagona jamoasi bo‘ldi.

«A» guruhi

*** «Al-Ahli» (BAA) klubining afrikalik legioneri Asamoa Gyan vaqtida Afrika va Yevropa klublari turnirlarida ham qatnashgan, lekin gol urolmagan. Uning «sariq qit’a»ga kelganiga 5 yildan oshdi va OCHLdagi gollari soni 19taga yetdi.

«B» guruhi

*** Avvalgi mavsum Eron chempionatida g‘olib chiqib, shov-shuv ko‘targan Huzistonning «Istiqlol» klubi OCHL nimchorak finaliga yo‘l ochdi. U bu borada «Lester»ni eslatyapti. Zero, Eron chempionatida atigi 7-o‘rinni band etdi. Demak, keyingi mavsumda bu jamoani xalqaro maydonda ko‘rmasak kerak.

*** «Al-Jazira» OCHLda atigi 2 ochko olgan bo‘lsa hamki, BAAda chempionlikni muddatidan oldin rasmiylashtirdi. Qizig‘i, jamoa OCHLdagi o‘yinga qadar ichki chempionatning oxirgi 5ta turida gol qo‘yib yubormagandi.

«C» guruhi

*** «Bunyodkor»ning OCHLdagi umumiy statistikasi yanada yomonlashdi: 81ta o‘yin, 27ta g‘alaba, 22ta durang, 32ta mag‘lubiyat. To‘plar nisbati: 90-104. Jamoa xususan, 5-marta 0:3 hisobida yengildi (barchasi safarda). «Bunyodkor»ning turnirdagi eng yirik mag‘lubiyati 2009 yili «Al-Ittifoq» maydonida qayd etilgandi - 0:4.

*** «Zob-Ohan» 2016 yilning mart oyidan buyon ilk marta ketma-ket 2ta o‘yinda gol urolmadi. Forslar o‘shanda «Bunyodkor» va «Lahviya» bilan o‘yinlarda 0:0 hisobini qayd etishgandi.

*** «Al-Ayn» pleymeykeri Umar Abdulrahmon joriy mavsum 5ta gol urishdan tashqari, yana 5tasiga hammualliflik qildi. Samarali uzatmalar soni bo‘yicha keyingi yaxshi natija Rodrigo Tabata («Al-Rayyan») va Kengo Nakamura («Kavasaki Frontale»)ga tegishli - 4tadan «pas».

«D» guruhi

*** «Piruzi» hujumchisi Mehdi Taremi OCHLda ilk marta «xet-trik»­ka erishdi. Bu joriy mavsum hisobidan 2-«xet-trik»dir. OCHLda Eron klublari futbolchilari qayd etgan «xet-trik»lar: Chimba («Fulad», 2014 yil); Imon Zayd («Piruzi», 2012 yil), Rasul Xatibi («Sepahon», 2005 yil); Muhsin Bayatiniya (PAS, 2005 yil).

«E» guruhi

***  OCHL guruh bosqichida 3-marta ishtirok etgan «Brisben Roar» avvalgi urinishlarida bo‘lgani kabi yana  keyingi bosqichga chiqolmadi. Jamoaning joriy mavsum urgan 4ta golidan 3tasiga hujumchi Jeymi Maklaren mualliflik qildi.

«F» guruhi

*** Andre Villash-Boash «Shanxay SIPG»ning «Vestern Sidney»ga qarshi o‘yinida legionerlardan faqat Odil Ahmedov va Elkesonni maydonga tushirdi.

«G» guruhi

*** «Guanjou Evergrand» hujumchisi Rikardo Goulartning OCHLdagi statistikasi: 26ta o‘yin (2147 daqiqa), 15ta gol. Braziliyalik futbolchi mazkur klub uchun jami 103ta o‘yinda 66ta gol urgan. Xitoy grandi uni 2015 yil boshida 15 mln. yevroga sotib olib, 4 yillik shartnomani rasmiylashtirgandi.

*** «Kavasaki Frontale» 2014 yilning 19 martidan buyon guruh bosqichida mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti. Yaponlar o‘shanda «Vestern Sidney» maydonidan 0:1 hisobi bilan qaytishgandi. E’tiborlisi, «Kavasaki» 2007 yili ham guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunlagandi: 5ta g‘alaba, 1ta durang. Ammo chorak finalda gol qo‘yib yubormagan bo‘lsada, keyingi bosqichga chiqolmagan, ya’ni penaltilar seriyasida omadsizlikka yo‘liqqandi.

«H» guruhi

*** «Jiangsu Sunin» joriy mavsum guruh raundida eng ko‘p g‘alabaga erishgan jamoa bo‘ldi. Qizig‘i, xitoyliklar atigi 9ta gol urgan holda, 5ta o‘yinni o‘z foydalariga hal qilishdi.

«Sadoqat timsoli». Kengo Nakamura. 1980 yilning 31 oktyabr kuni Kodayra muzofoti (Tokio megapolisi)da tug‘ilgan. Bo‘yi - 175 sm., vazni - 66 kg. Chuo universiteti ingliz san’ati fakultetida tahsil olib, bakalavr darajasiga erishgan. Markaziy yarim himoyachi. 2003 yildan buyon «Kavasaki» safida. 2009, 2010 va 2014 yillar mavsumida ham OCHLda ishtirok etgandi. Turnirda jami 25ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urgan va 2ta sariq kartochka olgan. JCH-2010 va Konfederasiyalar kubogi-2013da qatnashgan. Joriy mavsum asosan o‘tkir uzatmalari bilan ajralib turdi. 2016 yili Yaponiyaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan.

To‘purarlar: 6ta - Mehdi Taremi («Piruzi»); 5ta - Alan («Guanjou Evergrand»), Marat Bikmayev («Lokomotiv»), Umar Abdulrahmon («Al-Ayn»), Rafael da Silva («Urava Reds»).

1|8 FINAL

«G‘arb» mintaqasi

22 may (dushanba)

«IstiQlol» (Eron) - «Al-Ayn» (BAA)

«Al-Ahli» (S.Arabistoni) - «Al-Ahli» (BAA)

23 may (seshanba)

«IstiQlol» H. (Eron) - «Al-Hilol» (S.Arabistoni)

«Piruzi» (Eron) - «Lahviya» (Qatar)

------------------------------------------------------------------------------------------------------

«Sharq» mintaqasi

23 may (seshanba)

«Muangtong Yunayted» (Tailand) - «Kavasaki Frontale» (YAponiya)

«Guanjou Evergrand» (Xitoy) - «Kashima Antlers» (YAponiya)

24 may (chorshanba)

«Shanxay SIPG» (Xitoy) - «Jiangsu Sunin» (Xitoy)

«Jeju Yunayted» (J.Koreya) - «Urava Reds» (YAponiya)

Mintaqa va milliy chempionatlar bo‘yicha

«G‘arb» mintaqasi klublari 6-turda 32ta, «Sharq» vakillari esa 25ta gol urishdi. J.Koreya jamoalari 3ta g‘alaba va 1ta mag‘lubiyat qayd etdi - eng yaxshi ko‘rsatkich. Guruh bosqichida yutqazmagan klublar: «Lahviya», «Al-Ayn» (BAA), «Al-Hilol», «Guanjou Evergrand», «Kavasaki Frontale».

Zaxira o‘rindig‘i vakillari gollari

Turnirda urilgan jami gollardan 9,90 foizi (303ta 30tasi) zaxira futbolchilari hisobiga to‘g‘ri keldi.

5ta

«Urava Reds»: Rafael da Silva - 4ta, Shinzo Korogi

4ta

«Suvon Samsung»: Jonatan da Silva - 3ta, Kim Jong Vu

2ta

«Adelaida Yunayted»: Eli Babalj, Mark Ochiyeng

«Al-Vahda»: Ismoil Matar, Xalil Ibrohim

«Istiqlol» H.: Salmon Bahroni, Mehdi Zobaydi

«Ulsan Xyunday»: Li Jong Xo, Kim Yong Jin

1ta

«Al-Ahli» (BAA): Amir Fahad

«Al-Ayn»: Ibrohim Diaki

«Al-Hilol»: Muhammad al Shlxub

«Al-Rayyan»: Serxio Garsiya

«Bunyodkor»: Shahzod Nurmatov

«Zob-Ohan»: Murtazo Tabrizi

«Lahviya»: Yussuf Msakni

«Al-Fotih»: Ali Ahmad

«Jeju Yunayted»: Frederik Mendi

«Kashima Antlers»: Riota Nagaki

«Seul»: Deyan Damyanovich

«Kavasaki Frontale»: Tasuya Xasegava

«Vestern Sidney»: Joshua Sotirio

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:36, 18.05.2017. O'qildi: 5603 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик