Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pike tennisni o‘zgartirmoqchi! Uning loyihasi o‘zini oqlarmikin?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Har yili Madridda o‘tkaziladigan tennis musobaqasiga ko‘plab futbol yulduzlari tashrif buyurishadi. Bu odatga aylangan. Bu safar ham shunday bo‘ldi, xususan, «Barselona» a’zosi Jerard Pike «Madrid Open» turnirini o‘tkazib yubormadi. Biroq keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, Pikening musobaqaga tashrif buyurishdan boshqa maqsadi ham bor ekan. Ya’ni u yangi erkaklar turnirini tashkil etishni niyat qilgan.

Pikening mazkur turnir borasidagi rejalari o‘ziga xos: uning bo‘lajak turniri pley-offdan boshlanadi. Turnir bitta shaharda o‘tkaziladi, «El Espanyol» saytining xabar berishicha, bu Doxa bo‘lishi mumkin. Ammo bu borada tomoshabinlar va ishtirokchilarning ham fikri inobatga olinadi.

Pike turnirni tashkil etish borasida 10 yillik shartnoma imzolashni reja qilmoqda. Biroq hozircha mazkur loyihaning moliyaviy jihati muhokama qilinmagan.

KIM QO‘LLAB-QUVVATLAYDI?

Pikening mazkur loyihasini birinchi navbatda, taniqli tennischilar — Novak Jokovich, Rafael Nadal va ATP o‘yinchilari ittifoqi rahbari Endi Marrey qo‘llab-quvvatlayapti. Jokovichning aytishicha, u Pike bilan bu haqda bir necha marta suhbatlashgan, lekin batafsil muhokama qilmagan, chunki hali bu borada rasmiy qadam tashlangani yo‘q va Novak bu turnir chindan ham tashkil etiladimi, yo‘qmi, buni bilmaydi. Shuningdek, Jokovichning ta’kidlashicha, bu boradagi asosiy muammo tennis tashkilotlari bilan kelishish va ularni rozi qilish ekan.

Rafael Nadal esa mazkur turnirni juda yaxshi tashabbus, deya baholadi. «Yoylashimcha, bu juda yaxshi loyiha bo‘ladi», deya o‘z munosabatini bildirdi tennischi. Marrey ham Pikening loyihasini ma’qullashini aytib o‘tdi va yuqori baho berdi: «Agar hamma rejalar amalga oshsa, bu tennis uchun yaxshi yangilik bo‘ladi. Mazkur loyihaning amalga oshishi yoki oshmasligi alohida masala. Yoylashimcha, ushbu turnir loyihasi juda ko‘plab savollarni keltirib chiqaradi, muhokamalarga sabab bo‘ladi, ammo tennis uchun foydadan xoli bo‘lmaydi. Aslida, tennisga shunaqa turnirlar kerak».

Ayni paytga kelib ayrim tashkilotchilar mazkur loyiha atrofida birlashish istagini bildirishgan, hatto ATR ham, garchi bu borada rasmiy xabar bermagan bo‘lsa-da, bu turnirni tashkil etishga xayrixoh ekanligini ma’lum qilgan. Qolaversa, tennis ishqibozlariga ham bu turnirning tashkil etilishi ma’qul kelmoqda. Biz uchun qiziq jihati esa ushbu turnirning Pikening g‘oyasi asosida tashkil etilishidir.

DEVIS KUBOGINI ORTDA QOLDIRARMIKIN?

Tennisda ayni paytda ancha mashhur va uzoq yillik tarixga ega erkaklar musobaqasi — Devis Kubogi bor. Biroq mazkur turnir so‘nggi paytlarda ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Birinchidan, u butun mavsum davomida o‘tkaziladi. Ikkinchidan, o‘yinlar juda noqulay vaqtda tashkil etiladi, tennischilar «Katta shlem» turniridan keyin darhol Devis Kubogi uchun kurashga kirishishga majbur. Final esa mavsum oxirida o‘tkaziladi va bu tennischilarni juda toliqtiradi. Xususan, o‘tgan yili Devis Kubogini qo‘lga kiritgan Xuan Martin del Potro bu mavsumni o‘tkazib yuborishga qaror qildi, sababi — jismoniy holatini tiklab olish, charchoqlarni chiqarish. Uchinchidan, o‘yinlar noqulay joylarda o‘tkaziladi. Masalan, yaqinda Rossiya mazkur musobaqani qaerda o‘tkazish borasidagi masalani o‘z foydasiga hal qildi — Devis Kubogi Vladivostok va Yangi Urengoda bo‘lib o‘tdi. Biroq bu Ispaniya termasi uchun ancha noqulaylik keltirib chiqardi, sababi ispaniyalik tennischilar mazkur musobaqada qatnashish uchun mavsum o‘rtasida Uzoq Sharqqa uchishga majbur bo‘lishdi. Bunday omillar ko‘plab tajribli tennischilarning Devis Kubogida ishtirok etmasligiga sabab bo‘lmoqda. Masalan, 2015 yilda Endi Marrey yakkalik bahslarida Britaniyada ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritdi, butun mavsum davomida tinimsiz o‘z ustida ishladi, biroq terma jamoa safida harakat qilgani yo‘q.ITF tashkilotiga Devis Kubogini o‘zgartirish borasida bir qator arizalar jo‘natildi, ammo hech qaysi fikr inobatga olinmadi. Jokovichning ma’lum qilishicha, tennischilar ham, ishqibozlar ham bu masalani muhokama qilishdan charchashgan. Yangi turnirni tashkil etish esa jiddiy muammoga sabab bo‘lishi mumkin, ya’ni u Devis Kubogi bilan raqobatga kirishadi. Bu raqobatda yutib chiqish uchun esa moddiy rag‘batlantirish tizimini o‘zgartirish kerak.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tajribali tennischilar terma jamoa safida o‘ynashni xohlashadi, ammo Devis Kubogining noqulay taqvimi bunga imkon bermaydi. Qolaversa, ishqibozlar ham o‘yinlar aql bovar qilmas darajadagi muhitda tashkil etilishini juda xohlashadi. Ular aynan shunday muhitdagi keskin o‘yinlarni tomosha qilishni xush ko‘rishadi. Xo‘sh, Devis Kubogini saqlab qolib, uni neytral shaharda o‘tkazish mumkinmi? Juda muhim va dolzarb muammo bu.

PIKENING TURNIRI BIRINCHISI EMAS!

1975 yildan 2012 yilga qadar ATP doirasida «World Team Cup» jamoaviy musobaqasi o‘tkazilgan. Mazkur turnir Dyusseldorfda bo‘lib o‘tgan. Ammo bu musobaqaning homiylariyetarli bo‘lmagan, qolaversa, vaqti ham juda noqulay edi. Sababi, «World Team Cup» «Rolan Garros»dan bir hafta keyin o‘tkazilgan. Vaholanki, bu vaqtda barcha kuchli tennischilar ushbu turnirda qatnashishdan ko‘ra «Katta shlem»ga tayyorlanishni ma’qul ko‘rishgan. Pikening turniri qaysidir ma’noda «World Team Cup»ning qayta tiklanishi bo‘ladi, ammo undan farqli ravishda qulay vaqtda va qulay sharoitlarda o‘tkaziladi.

E’tiborga molik jihati, ayni damda tennisda yangi turnirlar tashkil etilgan. Masalan, 22-24 sentyabr kunlari Pragada Rojer Federer tashkillashtirgan «Laver Cup» musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Unda Yevropa va boshqa qit’alardan tashrif buyurgan tennischilardan iborat ikki jamoa kuch sinashadi. Har bir jamoada 6 tadan tennischi bo‘ladi. Jami 12 ta o‘yin o‘tkaziladi, ularning to‘qqiztasi yakkalik, uchtasi esa juftlik bellashuvlaridir. Bu yilda turnirning asosiy yulduzlari Federer, Rafael Nadal va Kei Nisikori bo‘lishi kutilmoqda.

FUTBOLCHINING IMKONIYATLARI QANDAY?

Birinchidan, Pike tennisning ashaddiy muxlisi. Qolaversa, ko‘plab ispaniyalik tennischilar bilan qalin do‘st va Barselona hamda Madriddagi tennis musobaqalarida ularni muntazam qo‘llab-quvvatlab turadi. Ikkinchidan, futbolchining loyihasi juda qiziqarli.

Pike allaqachon shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘ygan. Masalan, futbolchining unchalik katta bo‘lmagan va o‘yinlar yaratadigan «Kerad Games» nomli kompaniyasi bor. Qolaversa, Pike «Barselona» klubi hamda Yaponiyaning «Rakuten» kompaniyasi (jamoaning yangi mavsumdagi futbolkalari va logotiplari bilan shug‘ullanadi) o‘rtasida hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishiga katta yordam bergan. Bu unchalik qiyin kechmagan, Pike va rafiqasi Shakira «Rakuten» rahbari Xiroshi Mikitani bilan do‘stlashib, uni San-Fransiskoga kechki ovqatga taklif qilishgan va «Barselona» bilan shartnoma imzolashga ko‘ndirishgan.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 14:34, 19.05.2017. O'qildi: 4525 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик