Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bir ko‘zli hujumchi va boshqa futbol afsonalari haqida 11 fakt

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Millionlar o‘yini tarixida kuzatilgan ko‘plab voqealar hali-hanuz muxlislarni hayratlantirib keladi. Ayniqsa, afsonaga aylangan futbolchilar haqidagi ma’lumotlar ba’zan kishilar yuziga tabassum yugurtirsa, boshqa safar g‘amginlikka sabab bo‘ladi. Bugun xuddi shunday faktlar haqida so‘z yuritamiz.

GARRINCHA

Braziliya azaldan ko‘plab buyuk futbolchilarni dunyoga tanitgan - Peledan tortib, Zikogacha, Romariodan Ronaldogacha, ular orasida Ronaldinyo va Neymar ham bor. Shuningdek, ushbu ro‘yxatga Garrinchani ham kiritish mumkin. To‘liq ism-sharifi Manuel Fransisku dus Santus bo‘lgan iste’dodli vingerning hayotida diqqatga molik voqealar kuzatilgan. U poliomiyelit xastaligi ta’sirida ko‘plab nuqsonlarga yo‘liqqan. Xususan, umurtqa deformasiyasidan aziyat chekkan, qolaversa, bir oyog‘i ikkinchisidan olti santimetr kalta edi. Shifokorlar Garrinchaning binoyidek qadam qo‘-yishiga shubha ostida qaray boshlagan paytda u professional futbolchiga aylandi.

Jorj BEST

Shimoliy Irlandiya futbol afsonalari yetishtirish bilan maqtana olmaydi. Ammo ushbu mamlakatdan chiqqan Jorj Bestning buyukligi shubhadan xoli. Buni qarangki, «Manchester Yunayted»dagi faoliyati orqali nom qozongan yuksak iqtidorni yomon ko‘ruvchilar ham topilgan. Aynan shunday shaxslardan biri 1971 yili birinchi divizion vakillari «Nyukasl» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi bahs arafasida polisiya­ga qo‘ng‘iroq qilib, o‘yin paytida Bestni otib o‘ldirishini aytgan. Futbolchiga shu zahoti tavakkal qilmay, o‘ynamaslikni maslahat berishdi. Biroq Jorj xavfsizlik choralarini kuchaytirish sharti bilan maydonga tushishga qaror qildi. Buning sababi so‘ralganida, u yugurayotgan chog‘i nishonga olish qiyin bo‘lishini ta’kidlagan. Uchrashuvdan so‘ng Best avvallari bunchalik ko‘p yugurmaganini tan olgan.

Xarald BOR

Matematik va futbolchi atamalarining o‘zaro bog‘liqligini hadeganda kuzatavermaymiz, ammo Xarald Bor aynan shu ikki kasbga bevosita aloqador bo‘lgan: 1908 yilgi Olimpiada o‘yinlari kumush medali sohibi, yetuk olim, mashhur fizik Nils Borning ukasi.

Odatda, matematiklar oldida biror tezisni isbotlash vazifasi tursa, buni bir guruh kishilar qarshisida amalga oshirishadi. Biroq Bor shusiz ham amalladi: keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, auditoriyadagilarning aksariyatini ishqibozlar, ayrim qisminigina olimlar tashkil etgan. Shu tariqa nimanidir isbotlashga hojat qolmagan.

Uilyam FULK

Bugungi kun futbolchisi - bu yuqori formadagi professional atlet. Avvallari talablar bunchalik katta emasdi. Yoki boshqacha aytganda, aksariyat o‘yinchilar sportchilarga xos tashqi ko‘rinish borasida qayg‘urishayotgan pallada Uilyam Fulk siymosidagi istisnolar ham uchragan.

Har qanday futbol ensiklopediyasining qahramoniga aylangan kiper «Sheffild Yunayted», «Chelsi» va «Bredford» safida 411ta o‘yinda maydonga tushib, hattoki, Angliya termasi darvozasini qo‘riqlashga ham ulgurgan. Uning 152 kg. vaznga ega ekanligi esa mazkur holatda aslo xalal bermagan.

Buning natijasida unga «Baqaloq» deb laqab qo‘yishgan. Fulk o‘z vaqtida ishonchli darvozabon sifatida chempionlikka erishib, ikki marta Angliya kubogini boshi uzra ko‘targan. Darvoqe, u keyinchalik professional kriket bilan shug‘ullanishga ham ulgurgan. Laqabi esa Uilyamni aslo ranjitmagan: «Meni qanday chaqirish sizga havola... asosiysi, tamaddiga chaqirishni unutmang!».

Bert TRAUTMANN

Germaniyaliklar harbiy asiri bo‘lgan Trautmann Manchesterni juda yoqtirgani tufayli Angliyadan qo‘nim topishga qaror qilgan. Bu biroz g‘alati, ammo voqea shu bilan yakun topmagan: bir safar u o‘yinda maydonga tushib, bo‘ynidan jiddiy jarohat olgan. Mazkur voqea 1956 yili Ang­liya kubogi finalida ro‘y bergan. Bert to‘p surayotgan «Manchester Siti» «Birmingem»ga qarshi to‘p surayotganda, darvozabon raqib o‘yinchisi Piter Myorfi bilan to‘qnashib, shikastlangan. Ammo Trautmann shunday holatda ham bahsni oxirigacha o‘tkazib, yakunda 3:1 hisobidagi g‘alabaga munosib ulush qo‘shgan.

Gilyermo STABILE

Familiyasi barqarorlikni anglatuvchi hujumchi olti yil qadrdon yurti Argentinada to‘p surgach, 1930 yili «Jenoa» safiga qo‘shildi. Gilyer­mo o‘sha yili o‘tkazilgan jahon chempionatida eng yaxshi to‘purarga aylanib, italyanlar e’tiborini o‘ziga qaratgandi. qizig‘i shundaki, Stabile bunga qadar mamlakati termasida o‘ynamagandi, keyinchalik ham milliy jamoada to‘p surmadi. To‘rtta o‘yin va sakkizta golning barchasi uning uchun yagona bo‘lgan mundialda qayd etilgan. Boshqa qit’aga ko‘chib o‘tish qarori esa uni termadagi jo­yidan mahrum qilgandi.

Robert SHLINS

Tarixda og‘ir jarohatdan so‘ng muvaffaqiyatga erishgan futbolchilar ko‘p uchragan, ammo ular orasida germaniyalik Robert Shlins alohida ajralib turadi. 1948 yili o‘yin o‘tkazish uchun stadionga yo‘l olgan hujumchi xotirjam tarzda qo‘lini avtomobil oynasidan tashqariga osiltirgancha ketar ekan, kutilmaganda uning boshqaruvidagi mashina o‘ydim-chuqurga tushib, ag‘dariladi. Halokat oqibatida qo‘lni kesib tashlashga to‘g‘ri keldi. Shu bilan Shlinsning faoliyati yakun topgandek edi, ammo futbolchi nafaqat to‘rt oydan so‘ng maydonga qaytdi, balki «Shtutgart» safida ikki karra mamlakat chempionligini qo‘lga kiritib, uch marta terma jamoa libosida to‘p surdi. Robertning taqdiriga qiziqishni orttiradigan yana bir fakt ham bor: millionlar o‘yiniga kirib kelishidan avval, aniqrog‘i, Ikkinchi jahon urushi paytida o‘qotar quroldan otilgan o‘q uning jag‘ini jarohatlagan.

Bob TOMSON

Boshqa sport turlarida bo‘lgani kabi, futbolda ham ko‘z bilan chamalash muhim ahamiyat kasb etadi. Buni kimdir inkor etishi mumkin, faqat... «Chelsi»ning afsonaviy hujumchisi Bob Tomson emas. Ushbu futbolchi faoliyatining aksar qismini bir ko‘z bilan o‘tkazgan. Jiddiy jarohat unga bolaligidan meros qolgandi. Natijada Tomson 83ta o‘yinda 23ta gol urishga erishdi. E’tiborlisi, ushbu ko‘rsatkichlarning barini notinch paytlar - 1915 va 1917 yillar oralig‘ida qayd etgan. Bob to‘p ko‘zi ko‘rmaydigan tarafdan kelsa nima qilishi haqidagi savolga qisqa-lo‘nda javob qaytargan: «Ikkinchi ko‘zimni ham yumib, xotiramga tayanib o‘ynayman».

Xyu MAKLENAXAN

Bir futbolchi uchun o‘n millionlab pul sarflanishiga allaqachon ko‘nikib ulgurganmiz, ammo shunday pallalar ham bo‘lganki, transfer uchun valyuta ishlatishga hojat qolmagandi. Xususan, 1927 yili «Manchester Yunayted» «Stokport Kaunti» futbolchisi Xyu Maklenaxanni sotib olish uchun muz­qaymoq to‘ldirilgan muzlatkich bergan. Nega aynan muzlatkich? Chunki o‘sha paytdagi murabbiy yordamchisi Luis Rokka muzqaymoq ishlab chiqaruvchi firma egasi sifatida muvaffaqiyatli kelishuvga erishgandi. Bu xariddan «MYU» aslo afsuslanmadi - Maklenaxan «qizil iblislar» safida 112ta o‘yin o‘tkazdi.

Kongodagi uchrashuvning 11 qatnashchisi

1998 yili Kongoda o‘tkazilgan kamtarona o‘yinda maydonga urgan yashin mazkur uchrashuv qatnashchilarini haqiqiy afsonaga aylantirdi. «Basanga» va «Bena Tshadi» klublari o‘rtasida kechgan bahs payti ro‘y bergan voqeadan so‘ng mehmon jamoa a’zolarining barchasi halok bo‘ldi. «Basangi»dan esa hech kim shikastlanmadi. Bellashuvni bevosita stadiondan kuzatayotgan muxlislarning 30 nafari turli darajadagi kuyish jarohatini olishgan bo‘lsada, qurbonlar kuzatilmadi. Odatda, kongoliklar tabiiy ofatlarni sehr-joduga bog‘lashadi. Shu bois, muxlislarning aksariyati hozirgacha o‘sha bahsdagi falokatga raqib jamoa sababchi bo‘lganiga ishonishadi.

Lev YASHIN

Futbol tarixidagi, shubhasiz, eng yaxshi golkiper. Aks holda, «Oltin to‘pni» qo‘lga kiritgan boshqa darvozabonni taniysizmi? qolaversa, futbol tarixi va statistikasi Xalqaro federasiyasi Yashinni XX asrning eng yaxshi posboni, deb topgan. Ushbu kiper faoliyati davomida Moskvaning «Dinamo» klubida 326ta, sobiq ittifoq termasida 74ta o‘yin o‘tkazgan. Ushbu statistikada diqqatga molik jihat yo‘qdek... agar shu vaqt mobaynida kuniga to‘rt quti tamaki chekkanini inobatga olmasak. Hattoki, 1956 yilgi Olimpiada o‘yinlari arafasida Hindistonga borganida fil uning sigaretini o‘g‘irlagan. Aftidan, shu jonivor ham zararli illatga qarshi chiqqan. Albatta, tamaki iste’moli sog‘liqqa jiddiy ziyon yetkazadi va ushbu fakt Yashin misolida ham o‘z isbotini topdi. Kashandalik odati iqtidorli darvozabonni oshqozon yarasiga yetakladi va bu xastalikdan ko‘p aziyat chekdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:07, 22.05.2017. O'qildi: 9272 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.