Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ivan Rakitich: «Jangovar ruhni so‘nggi daqiqalargacha saqlab qolish shart»

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ivan Rakitichning ishontirib aytishicha, futbolda eng muhimi - o‘zini nazorat qilish. U mutlaqo haq, axir futbolchi har qanday holatda ham o‘zini yo‘qotmasagina o‘ylagan ishini amalga oshirishi mumkin. Bordiyu, xarakteri kuchli bo‘lmasa, ya’ni muayyan mushkul holatda izdan chiqib ketaversa, sira o‘zini ko‘rsatolmaydi. Xullas, futbolchi ming iqtidorli bo‘lmasin, maydonda o‘zini tutishni, turli vaziyatlarda shaxsiy nazoratni bir maromda ushlashni o‘rganmasa, undan katta naf chiqmaydi. O‘ylaymizki,  «Barselona»ning xorvatiyalik yarim himoyachisi bergan maslahatlar har bir yosh yigitga juda asqotishi mumkin. Rakitichning tavsiya-maslahatlariga maydon markazidagi kurashlarda g‘olib chiqish uchun mo‘ljallangan qo‘llanma sifatida ham qarasak bo‘laveradi.

Asosiy masala - kayfiyat

- Agar kechki paytga o‘yin belgilangan bo‘lsa, avvalo, kun davomidagi ovqatlanish tartibiga alohida yondashaman. Ya’ni eng foydali taom va yeguliklarni tanlashga harakat qilaman. Shuningdek, tushlikdan so‘ng maroqli dam olish ham juda zarur. Uyda bo‘lamanmi yoki mehmonxonada - buning farqi yo‘q, stadionga yo‘l olishdan avval albatta, dush qabul qilaman. Bu kayfiyatni chog‘lash hamda tananing tetiklashtirish uchun juda muhim. Shuningdek, ichki xotirjamlikni yuzaga keltirish va bo‘lajak o‘yinga talab darajasida shaylanish uchun ma’lum muddat yolg‘iz qolishga harakat qilaman. Bunday chora-tadbirlarning barchasi avvalo, xushkayfiyatni saqlab qolishimga yordam beradi. Zero, maydonda kayfiyatsiz to‘p surish mumkin emas.

Ishonch zarur, ishonch...

- Maydonga tushgan futbolchi birinchi navbatda, o‘z salohiyatiga to‘liq ishonishi kerak. Nimadandir shubhalanishingiz harakatingiz sifatiga salbiy ta’sir qilishi tayin. Misol uchun, to‘p uzatishdan oldin o‘z qaroringiz to‘g‘ri ekanligiga ishonch hosil qilishingiz shart. Oddiy uzatmaning ham, eng murakkab «pas»ning ham nechog‘li muvaffaqiyatli chiqishi avvalo, ichki tuyg‘uga bog‘liq. Agar ishonsangiz - zo‘r, aks holda...  Ayniqsa, hujumchilarga yo‘naltirilgan murakkab yo‘nalishdagi «kesuvchi» uzatmalarning samara berish-bermasligi, ya’ni to‘pning raqibdan o‘tish-o‘tmasligi sizning boshlang‘ich harakatingizga bevosita bog‘liq. Bordiyu, to‘pni shubha bilan tepsangiz, uning raqib o‘ljasiga aylanishi ehtimoli bir necha barobar oshadi. Umuman, uzatma sifatini oshiradigan bir necha oddiy mashqlar bor. Misol uchun, to‘pni olib yurish texnikasini unga ikki marta teginish bilan maromiga yetkazish mumkin. Yana o‘yin ravishini his etishni o‘rganish ham muhim sanaladi.

Yana aql ham kerak

- Markaziy yarim himoyachi oldidagi vazifalar oz emas. Misol uchun, raqibning o‘ng qanot himoyachisi hujumga qo‘shilgan payt uning yo‘lini to‘sishingiz talab etiladi. To‘p yo‘qotilgan holatda esa uni imkon qadar tezroq qaytarib olish uchun xuddiki, yaxlit mexanizmdek ishlashingiz zarur. Hujum harakatlariga kelsak, bunda to‘pni nazorat ostida ushlab turish katta ahamiyat kasb etadi. Xususan, keskin uzatma uchun eng maqbul vaqtni his etish kerak. To‘p bilan oldinga intilish yoxud ma’lum muddat sur’atni tushirish masalasida ham xuddi shunday. Agar tezlik olishda shoshilsangiz yoki kechiksangiz, hammasini barbod qilganingiz qoladi - tamom. Xullas, vaqt masalasida adashmaslik - samarali hujum garovi.

Rohatlanib o‘ynashga nima yetsin...?

- Maydonga tushish oldidan o‘zingizni erkin qo‘yib yuboring, zero, o‘yin rohat bag‘ishlashi kerak. Unutmang, maydonda sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullanasiz. O‘z misolimda aytsam, futbol o‘ynash - bu professional ishim. Ha, o‘yin turli-tuman qiyinchiliklardan iborat, shunga qaramay, uni yaxshi ko‘raman, baribir. Masalan, maydonga tushar ekanman, o‘zimga pichirlayman: «Ayni hozir shu joyda ekanligim naqadar yaxshi».

Hayajon zarar keltiradi

- Futbolchi to‘pni yo‘qotgan mahal siqilishi shart emas. Axir nafaqat futbol, balki butun hayot xatolardan iborat. Buni teran tushunish, ya’ni ayrim vaziyatlarda omadsiz o‘ynashingiz mumkinligi tabiiy holat ekanligini anglash foydadan xoli emas. Shuningdek, tezda tiklanish zarur va bu borada alohida shug‘ullanish talab etiladi. Deylik, omadsiz to‘p uzatishdan so‘ng ilk 5-10 soniya katta rol o‘ynaydi. Ana shu lahzalarda hayajon domiga tushib qolmasangiz, to‘pni qaytarib olishingiz osonlashadi. Aks holda, harakatlaringiz sira qovushmaydi. To‘pni yo‘qotish holatidan qochish uchun esa unga teginishdan avval keyingi harakatingizni aniq bilishingiz kerak.

Jangovar ruhning tagi - foyda

- Raqiblardagi charchoq darajasiga qarab, o‘z kuchingga ishonch hissini oshirishing mumkin. Ayni shunday lahzalardan imkon qadar ko‘proq naf chiqarish uchun oldinga talpinishni paysalga solmaslik kerak. Tabiiyki, bunday yurishni amalga oshirish kuch-quvvat zaxirasini talab qiladi. Demak, charchoq o‘z so‘zini ayta boshlagan payt zaxira manbaini ishga solish kerak. Zaxira nechog‘li bo‘lishi esa jangovar ruhga bog‘liq. Tezkor o‘yin payti o‘ylab o‘tirishning imkoni yo‘q. Hattoki, qiyinchiliklar yoki omadsizliklarga qaramay, miyangda bir gapni aylantirishing zarur: «Yana 10 daqiqagina qoldi, bu vaqtda ko‘prog‘ini bajara olaman». Ko‘pincha aynan shunday lahzalar butun o‘yin taqdirini hal qiladi, demakki, jangovar ruhni so‘nggi daqiqalarga qadar saqlab qolish shart.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:06, 10.06.2017. O'qildi: 4220 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик