Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sardor Rashidov: «Bugungi o‘yindan so‘ng klubim masalasida bir to‘xtamga kelaman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Tailand termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng mazkur bahsda ikkinchi gol muallifiga aylangan Sardor Rashidovdan intervyu oldik. Ayni payt klubsiz qolgan yarim himoyachi hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol qilgandi.

- Sardor, bugun ikki xil bo‘limga guvoh bo‘ldik. Buning sababi nimada?

- Unutmaslik kerakki, uchrashuv o‘rtoqlik maqomida edi. Shu sababli ham maydonga aralash tarkib tushirildi. Asosiy maqsad shu o‘yin orqali Eronga qarshi kechadigan muhim bahsga tayyorgarlik ko‘rish edi. Murabbiylarning o‘ziga yarasha rejalari ham bo‘lib, o‘yin davomida ularni sinovdan o‘tkazishdi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchilar hujumlarimizning yanada keskin tus olishini ta’minlashdi. Muhimi, yakunda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdik.

- Zaxiradan maydonga tushayotganingizda murabbiy sizga qanday ko‘rsatma berdi?

- Hujumlarni yanada keskinlashtirishimiz kerakligini aytdi. Ayniqsa, qanotlardan uyushtirilayotgan hujumlarni yakunlashda aniqroq harakat qilishimiz lozimligini uqtirdi.

- Darvozani ishg‘ol qilgan vaziyatda uzoqdan zarba berib tavakkal qildingizmi yoki raqib posbonining biroz oldinga chiqib ketganini ko‘rdingizmi?

- Har ikkisi ham. Aslida, avval ham bir-ikki marta uzoqdan darvozani ishg‘ol qilishga urinib ko‘rgandim. Lekin ikkala vaziyatda ham buni uddalay olmagandim. Uchinchi urinishda niyatimga yetdim. Murabbiydan uzoqdan zarbalar berish haqida ham ko‘rsatma olgandik.

- Oldinda Eronga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi. Nazariy mashg‘ulotlarda raqib jamoani o‘rganyapsizlarmi?

- Tehrondagi o‘yin biz uchun ushbu saralash bosqichidagi eng muhim uchrashuv bo‘lishini taxmin qilish qiyin emas. Shunga yarasha bo‘lajak bahsga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Raqib juda kuchli, buni barchamiz to‘g‘ri tushunib turibmiz. Lekin ijobiy natijaga umid yo‘q emas.

- Eronning Chernogoriyaga qarshi o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvini ko‘rib, tahlil qildinglarmi?

- Yo‘q. O‘yinning hisobini eshitdik. Lekin hali uchrashuvni to‘laligicha ko‘rib chiqmadik. Bu jarayon ertadan boshlansa kerak. Qolaversa, Eronning saralash bosqichida o‘tkazgan boshqa o‘yinlari tushirilgan disklar ham bor. 12 iyungacha raqibni o‘rganishda davom etamiz.

- Bugungi kunda Sardor Azmun Eron terma jamoasining eng xavfli futbolchisi bo‘lib turibdi...

- Bu fikrga qo‘shilaman. Ushbu futbolchi yarimta vaziyatdan ham foydalanib qolishga urinadi. Chernogoriya bilan o‘yinda buni isbotladi. Ammo Eron terma jamoasi faqat Azmundan iborat emas. Qolgan futbolchilari ham mahoratli va istalgan vaziyatda «portlashi» mumkin. Shunday ekan, biz faqat bir o‘yinchiga emas, butun boshli Eron termasiga qarshi kechadigan o‘yinga hozirlik ko‘ramiz.

- Eronliklar ushbu saralash bosqichida hali o‘z darvozalaridan gol o‘tkazib yuborishgani yo‘q. Biz g‘alaba haqida o‘ylayapmiz. Lekin buning uchun raqib darvozasini ishg‘ol qilishimiz shart. Bu borada qanday fikrdasiz?

- Rekordlar abadiy emas. Bir kun kelib ular ham barham topadi. O‘ylaymanki, Eronning o‘zi uchun yoqimli bo‘lgan ana shu an’anasiga biz chek qo‘yamiz. Bunga ko‘p vaqt qolmadi.

- Eronni nimaning hisobiga mag‘lub etish mumkin?

- Bu jamoa himoyada o‘ta tartibli futbol namoyish etadi. Tayanch yarim himoya chizig‘ida o‘ynaydigan futbolchilari himoyachilarga yordam berib turadi. Keskin va tezkor hujumlar evaziga har qanday mustahkam himoyani ham parokanda qilish mumkin. Hujumlar xilma-xil bo‘lishi lozim. Raqib imkon qa-dar qaysi futbolchidan xavf kutishini bila olmasligi kerak.

- «Ozodi» stadionidagi muhitni faqat shu maydonda o‘ynaganlar biladi. Siz ham o‘z vaqtida Osiyoning eng katta stadionlaridan birida to‘p surgansiz. Mazkur arenadagi muhit va maydondagi holatni tasvirlab bera olasizmi?

- Bir tomondan 100 000 tomoshabin qarshisida to‘p surish maroqli. Lekin boshqa tomondan uncha-muncha futbolchining oyog‘i qaltirab qoladi. «Bunyodkor» safida o‘ynab yurgan kezlarim bu stadionda o‘ynash baxti menga ham nasib etgandi. O‘shanda OCHL doirasidagi uchrashuvda maydonga tushgandim. Ammo o‘z oldiga yuksak vazifalarni qo‘ygan jamoaga bu omillar xalal bermasligi kerak.

- Mabodo, Eronga qarshi o‘yinda durangga erishsak, bu biz uchun ijobiy natija sifatida qabul qilinadimi?

- Ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. Biz Tehronga faqat g‘alaba ilinjida boramiz. JCH-2014 saralash bosqichida Eronni mehmonda mag‘lub etishning uddasidan chiqqandik. Bu ishni yana bir marta amalga oshirishga urinib ko‘ramiz.

- Yangi mavsumni qaysi jamoa safida boshlashingiz ma’lum bo‘ldimi?

- Hozircha yo‘q. Eronga qarshi kechadigan uchrashuvdan so‘ng bu masalaga oydinlik kiritib olaman. Meni o‘z safida ko‘rish istagida bo‘lgan klublar yetarli. Ular orasidan eng maqbulini tanlayman.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:38, 12.06.2017. O'qildi: 11054 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик