Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • 2:1
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • 0:2
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • 3:2
      • Sevilya
      • 18.08.2025 00:30
      • Espanyol
      • 2:1
      • Atletiko
      • 19.08.2025 00:00
      • Elche
      • -:-
      • Betis
      • 20.08.2025 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • 0:0
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • 3:1
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Arsenal
      • 19.08.2025 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Everton
  • Superliga
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 2:0
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • 1:0
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • 2:1
      • Buxoro
      • 18.08.2025 19:00
      •   Xorazm
      • 0:1
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 19 31
8 Surxon 19 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 19 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan
19-тур Qo‘qon-1912 2-0 Surxon
19-тур Mash’al 1-0 Andijon
19-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
19-тур Xorazm - Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

18/08/25 Xorazm - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1715 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 651 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 18.08.2025

      06:35 Новости футбола.
      06:40 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:05 Новости футбола.
      16:10 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      18:10 Новости футбола.
      18:15 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      20:15 Новости футбола.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      22:20 Новости футбола.
      22:25 Д/ф "Лионель Месси".
      23:25 LIVE Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор". Прямая трансляция.
      01:25 "Третий тайм". Артём Молодцов.
      01:50 Новости футбола.
      01:55 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Фенербахче".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 18.08.2025

      05:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      05:40 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 2.
      06:15 Д/ф "Жизнь - подарок!".
      07:00 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:35 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 5 на автодроме "Красное кольцо".
      10:30 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Акробатические группы.
      13:15 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      13:55 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      16:15 "Культовые".
      16:45 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Мемориал Иштвана Дьюлая в Будапеште, Венгрия.
      19:00 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 1.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      23:20 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа. Финал.
      00:25 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Произвольная программа. Финал.
      01:30 "Культовые".
      02:00 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      02:40 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      04:50 "География спорта". Норильск.
  • MATCH-TV
    • Sana: 18.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Виктория Комова.
      11:25 "Культовые".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      15:00 Специальный репортаж.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:50 "География спорта". Норильск.
      17:20 "Лучшие из лучших".
      17:55 Новости.
      18:00 Смешанные единоборства. UFC 319 в Чикаго, США. Дрикус Дю Плесси против Хамзата Чимаева.
      19:10 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:10 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Торпедо" (Москва) - "Урал" (Екатеринбург). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Бетис". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      03:30 Матч! Парад.
      04:00 Футзал. Суперкубок России. "Ухта" - КПРФ (Москва).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 18.08.2025

      05:15 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      06:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      07:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      09:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      10:00 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 2.
      10:45 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      11:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 1.
      12:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MX2. Гонка 2.
      12:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 2.
      13:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.
      18:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 7. Pitz Alpine Glacier Trail в Пицтале, Австрия. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария. Обзор.
      23:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol tarixidagi eng qimmat darvozabon Ederson haqida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Manchester Siti» 23 yoshli Ederson Morayes uchun «Benfika»ga 40 million yevro to‘ladi.

Bunga qadar darvozabonlar orasida buyuk Janluiji Buffon uchun shu qadar yirik summa sarflangandi. Hattoki, Manuel Noyer ham «Bavariya»ga 15 million arzonroqqa tushgan. Xo‘sh, braziliyalik kiper nimasi bilan «shaharliklar» e’tiborini qozondi? Quyida ushbu savolga javob topishga urinamiz.

Buffondan keyin ikkinchi

Myunxenliklar Noyerni ko‘ndirishga ikki yil sarflashgan va nihoyat, Manuel taklifga ko‘nib, qadrdon «Shalke»ni tark etgandi. Jiji «Parma»dan «Yuventus»­ga o‘tayotganda Italiya termasining asosiy darvozaboni hamda UYEFA kubogi g‘olibi edi. Ederson nima qilibdiki, unga shunchalik ko‘p mablag‘ sarflansa?

U «Benfika»ning ikki marta Portugaliya chempionligi hamda bir marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritishida ko‘maklashdi, yevrobkuboklarda yorqin taassurot qoldirdi. OAV e’tirofiga sazovor bo‘ldi, xaridorlari ko‘paydi, Braziliya termasi murabbiylar shtabi e’tiborini tortdi. Shunga qaramay, Morayes uchun to‘langan 40 million biroz ko‘pdek tuyulaveryapti. Portugaliya termasi elit toifadagi turnirlar sirasiga kirmaydi, uning darajasi o‘rtamiyonadan biroz balandroq, xolos. Boz ustiga, Ederson ushbu birinchilikdagi to‘rtta mavsumidan faqat bittasini to‘liq o‘tkazgan. Shu mavsumlarning ikkitasi kamtarona «Riu Ave»da o‘tganini ham unutmaslik darkor. Aftidan, «Siti» jamg‘armasidagi millionlar yosh, iqtidorli, ammo unchalik tajribali bo‘lmagan darvozabon uchun bo‘nak sifatida ajratilganga o‘xshaydi.

Ederson Braziliyani juda erta - o‘n besh yoshida tark etgan, shu bois yurtdoshlari u haqda ko‘p narsa bilishmaydi. Morayes San-Paulu yaqinidagi Ozasku shahrida voyaga yetgan. Mahalliy «Gremio» (Belu-Orizonti klubi bilan adashtirmang) jamoasida shug‘ullanishni boshlagan bo‘lsa, tez orada «San-Paulu» tizimiga kirdi. Yosh Edersonga «uchranglilar» safida Zetti va Rojerio Senining ishini davom ettirish nasib qilmadi. «Benfika»ning har yerda hoziru nozir «ayg‘oqchilari» o‘spirinning iste’dodini payqab, futboldagi bilimini Atlantikaning narigi tomonida davom ettirish taklifi bilan chiqishdi. Ota-onasi esa uning ketishiga qarshi chiqishmadi.

«Katta daryo»dagi yirik baliq

Ederson «Benfika» akademiyasida a’lo baholarga o‘qidi, deyish qiyin. Ta’lim olishni yakunlagan pallada Portugaliyaning eng sovrindor jamoasi unga ko‘p ham umid bildirmadi. Natijada yosh braziliyalik lash-lushlarini yig‘ishtirib, ikkinchi ligadagi kamtarona «Ribeyrau»ga yo‘l oldi. Obro‘ orttirish va shu bilan birga superliga klubidan taklif olish uchun bir mavsum kifoya qildi. Albatta, «Riu Ave», ya’ni «Katta daryo»ning darajasi yuqori edi, Ederson esa o‘z o‘yinlari bilan «Benfika»ning u haqdagi qarashlari noto‘g‘ri ekanini isbotlashga kirishdi.

U 2013|2014 yillar mavsumini «Katta daryo»ning to‘rtinchi darvozaboni sifatida boshlab, asosiy kiper sifatida yakunladi. Ajoyib «seyv»larni amalga oshirishdan tashqari, himoya chizig‘idagilarga tegishli ko‘rsatmalar berib turishni ham o‘rinlatdi. Deyarli qadrdon bo‘lib qolgan «Benfika» maydoniga uyushtirilgan safar Edersonga quvonch keltirdi, deyish qiyin - «Riu Ave» javobsiz to‘rtta gol qabul qilib oldi. Ulardan ikkitasi uchrashuv yakunida penaltidan urildi. Lissabonlik «burgutlar» hali Yan Oblakni «Atletiko»ga sotishmagan, shu bois chempionat finishida muammolar kuzatilmayotgandi. Ammo baribir, o‘z tarbiyalanuvchilariga e’tibor qaratishdi - bir kunga yarab qolar, degan umidda.

Tez orada Oblak Madridga yo‘l oldi, «Benfika» esa darvozabon pozisiyasini Julio Sezar hisobiga kuchaytirdi. Braziliyalik tajribali posbon shu tariqa obro‘sini qaytarish imkoniga ega bo‘ldi - JCH-2014ning Germaniya termasiga qarshi kechgan dahshatli yarim finalida «pentakampeonlar» darvozasini kim qo‘riqlagani yodingizdadir? «Riu Ave» ham kiperlar brigadasini yangiladi - avvalgi tarkibdan faqat Ederson qoldi, asosiy darvozabon sifatida esa boshqa bir braziliyalik tajribali Kassio ko‘rilayotgandi. Ammo birinchi davra o‘rtalariga kelib, bu qaror o‘zini oqlamagani oydinlashdi. Shu tariqa Ederson hamyurtining o‘rnini egallab, ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.

Ortga qaytish

«Benfika»ga qarshi kechgan uy uchrashuvi Edersonning taqdirini hal qilgandek edi. To‘g‘ri, u beshinchi daqiqadayoq to‘p o‘tkazib yubordi. Ammo keyinchalik yosh kiper darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Sheriklari esa astoydil urinishlari evaziga Julio Sezarni ikki marta ranjitib, «Katta daryo»ga shov-shuvli g‘alabani taqdim etishdi. «Burgutlar» murabbiylar shtabi nihoyat, Edersondan voz kechib, xatoga yo‘l qo‘yishganini tushunishdi. Qolaversa, o‘sha payt qahramonimizning familiyadoshi Artur Morayes Turkiyaga ketishga shaylanayotgani bois Julio Sezar munosib izdoshga ehtiyoj sezayotgandi. Mamlakatning eng obro‘li klubidan tushgan taklif «Riu Ave»ni to‘liq qanoatlantirdi - 500 ming yevro va kelishuv tezda amalga oshdi. Natijada yosh braziliyalik yana «Benfika»ga qaytdi.

2016 yilning qishiga qadar Ederson zaxira o‘rindig‘ini «isitib», Julio Sezarning o‘yinlarini kuzatdi, ammo «Sporting»ga qarshi kechadigan derbi arafasida faxriy kiper jarohat oldi. O‘sha payt finishgacha o‘nta tur qolgan va «Sporting» «Benfika»ni bir ochkoga ortda qoldirayotgandi. O‘yin «Joze Alvalade»da kechdi. «Da Lush»da o‘tkazilgan bahsda lissabonlik «sherlar» 3:0 hisobida zafar quchishgandi. O‘yin arafasida «Sporting» favorit hisoblanar, g‘alaba jamoani chempionlik sari katta qadam qo‘yishiga zamin yaratardi. Ammo Ederson «sherlar»ning bayramini buzdi. «Burgutlar» 1:0 hisobida zafar quchib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishdi. Buning ortidan yana 9ta g‘alaba va chempionlik ham keldi. YECHLning 1|8 finali ham shu davrga to‘g‘ri keldi. Sankt-Peterburgning «Zenit»iga qarshi Lissabonda kechgan dastlabki bahs(1:0)da «Benfika» darvozasini Julio Sezar qo‘riqlagandi. Ammo faxriy darvozabon Piterga kelmadi va yosh Ederson «Petrovskiy»dagi o‘yin qahramoniga aylanib, jamoasining navbatdagi bosqichga yo‘l olishiga hissa qo‘shdi. Keyingi raundda «burgutlar» «Bavariya»ga imkoniyatni boy berishdi, ammo yosh darvozabon Xosep Gvardiolaning e’tiborini qozonishga ulgurdi va bu keyinchalik uning taqdirida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

Jarohatidan qutulgan Julio Sezar zaxira o‘rindig‘iga joylashdi. Murabbiylar shtabi yosh darvozabon faxriy hamkasbidan qolishmasligi, hattoki, ayrim jabhalarda undan ustunligini tushunib yetgandi. Misol uchun, oyoq bilan yaxshi o‘ynaydi, tez-tez jarima maydonchasini tark etib, oldinga chiqadi, jamoasi hujumlarini boshlab beradi. Qolaversa, Ederson ancha omadli chiqib qoldi, «Benfika» birin-ketin g‘alabaga erishardi. Bundan tashqari, aksariyat hollarda to‘p «burgutlar» darvozasiga yo‘l olish o‘rniga yo maydon chetiga chiqib ketar, gohida to‘sin yoki ustunga tegardi. 2016|2017 yillar mavsumini ko‘tarinki kayfiyatda boshlagan Ederson uni jahonning eng yaxshi kiperlaridan biri sifatida yakunladi, Braziliya termasi darvozasini qo‘riqlashga asosiy nomzodga aylandi. «Benfika»dan esa mazkur holatda uni sotishda to‘g‘ri qaror chiqarish talab etilardi, xolos.

«Oltin plastilin»

Ha, portugaliyaliklar adashishmadi. Yarim millionga sotib olingan futbolchini 40 millionga pullashdi. Ikki yil ichida Ederson 80 barobar (!) qimmatladi. Albatta, Portugaliyaning 36 karra chempioni yangi mavsumni o‘sishga erishgan darvozabonsiz boshlaydi. Ammo «Manchester Siti» to‘lagan pulga yaxshi posbon xarid qilish mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, «burgutlar» «ayg‘oqchi»lari jahonda eng yaxshilardan hisoblanishadi, «Benfika» esa, ko‘pchilikka ma’lum, noyob iqtidorlarni topishga usta. O‘z navbatida, 38 yoshli Julio Sezar ham pensionerlar safini to‘ldirganicha yo‘q. Demak, lissabonliklar o‘ta foydali kelishuv imzolashgani, shubhasiz. Shu o‘rinda yana «Manchester Siti»ning biroz ko‘proq sarflaganiga to‘xtalish lozim. Narxni nisbatan pasaytirish mumkin edi. Ammo shayx Mansur shuni xohlagan ekan, bizga bundan ziyon bormi?! «Kim oshdi» savdolariga qiziqar ekan - marhamat. Boz ustiga, yangi kiper Gvardiolaning qistovidan so‘ng sotib olindi, ispaniyalik mutaxassis kimni tavsiya qilishni yaxshi biladi. Darvoza chizig‘i «shaharliklar»ning ojiz nuqtasi va bosh murabbiy bu muammoni hal qilishga ulgurmadi, aksincha, yanada jiddiylashtirdi. Primerada porlagan Klaudio Bravo APL­ga moslasha olmay, Pepning ishonchini oqlamadi. Jo Xart Gvardiolaga avval-boshdan yoqmagan va uni qaytarish haqida o‘ylamaydi. Ederson esa, Bravodan farqli o‘laroq, elit toifadagi chempionatga tezroq moslasha oladi. Braziliyalik go‘yoki plastilin, undan Angliya premyer-ligasiga mos tushadigan ajoyib darvozabon «yasab olish» mumkin. Ammo Edersonning «Siti»da o‘yini qovushib ketishiga kafolat yo‘q.

Shu o‘rinda ikki buyuk darvozabonning taqdiri yodga tushadi. 17-18 yil muqaddam Yevropada kelajagi porloq kiperlar e’tiborga tushdi - chexiyalik Petr Chex va shvesiyalik Andreas Isaksson. Har ikkisi o‘z mamlakati chempionatida yuqori darajada o‘yin ko‘rsatib, milliy terma safiga qo‘shilishdi. Har ikkisi Fransiyaning «Renn» klubida yorqin taassurot qoldirishdi. Shved o‘z navbatida, «Yuventus»da malaka oshirdi. Biroq APLda ularning taqdiri turlicha kechdi. Chex tumanli o‘lkadagi eng yaxshi legioner darvozabonlar ro‘yxatidan joy oldi. Xo‘sh, aynan «Manchester Siti»da o‘ynagan Isaksson Angliyada nima erishdi? Jarohat, uzoq muddatli davolanish, «Midlsbro»dan qabul qilib olingan 8ta to‘p, yosh Xartga raqobatda yutqazishi. Shved «sinib» qolmadi, APLni tark etgach, PSV hamda Turkiyaning «Qosimposho»sida muvaffaqiyatli to‘p surdi. O‘z mamlakati termasida ham ko‘plab o‘yinlar o‘tkazdi. Lekin tan olaylik, Chex va Isaksson turli darajadagi darvozabonlar, vaholanki, ularning faoliyati bir xil tarzda boshlangandi.

Mana, endi «shaharliklar»ning yangi posboni bu ikki yo‘ldan qaysi biriga mos tushishini ko‘rib olamiz - Chex kabi porlaydimi yoki Isaksson kabi so‘nadimi? Pep Gvardiolaga yangi cho‘qqilarni zabt etishda ko‘maklashadimi yoki yetuk mutaxassisning Angliyadagi faoliyatini omadsizlik sari buradimi? «Braziliyalik darvozabonlar - kuchsiz» degan tamg‘ani isbotlaydimi yoki Taffarel, Dida va Julio Sezar kabi eng yaxshilardan biri bo‘ladimi? Bu savollarga tezda javob olamiz. Futbolda yoz fasli juda qisqa bo‘ladi.

Ma’lumot uchun

To‘liq ismi: Ederson Sergunin Santana di Morayes

Tug‘ilgan sanasi: 1993 yil 17 avgust (23 yosh)

Mamlakati: Braziliya

Pozisiyasi: darvozabon

Bo‘yi: 187 sm., Vazni: 83 kg.

O‘ynagan klublari: «San-Paulu» (akademiya), «Benfika» (akademiya), «Riberayyu», «Riu Ave», «Benfika», «Manchester Siti».

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:20, 13.06.2017. O'qildi: 8408 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.