Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qatarning yakkalanib qolishi futbolga ta’sir qilmaydimi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Qatar-2022
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Qatar va Fors ko‘rfazi davlatlari o‘rtasidagi ziddiyat Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Fors ko‘rfazi mamlakatlari va AQSH sammitidan keyin yuzaga keldi. O‘shanda Qatar axborot agentligi mamlakat amiri nomidan nutq e’lon qilgan, unda Eron bilan aloqalarni o‘rnatish yoqlab chiqilgandi. Keyinroq Qatar TIV rasmiy vakili agentlik saytiga xakerlar hujum qilib, nutqni ular joylashtirganini ma’lum qildi. Ammo Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn bu raddiyani ishonchsiz, deb hisoblashdi.

Dushanba kuni, ya’ni 5 iyunda Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr davlatlari Qatarni terrorchi tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda Yaqin Sharqdagi vaziyatni beqarorlashtirishda ayblab, ushbu mamlakat bilan diplomatik aloqalarni uzishdi. Kun davomida Liviya, Yaman, Maldiv va Mavrikiy ham hamkorlikni to‘xtatganlar safidan joy olishdi.

5 iyun kuni Saudiya Arabistoni hukumati o‘z hududida Qatarning «Al-Jazira» telekanali ofisini yopib qo‘ygan. Telekanalning Fors ko‘rfazi davlatlari koalisiyasiga qarshi harakat qilayotgan husiychilar lashkarlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlagani bunga sabab qilib ko‘rsatilgan.

Qatarning katta qismi cho‘llardan iborat va tabiiyki, bunday mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish qiyin. Ushbu davlat uchun vaziyatning murakkablashuvi yana shundan iboratki, u quruqlikda faqat Saudiya Arabistoni bilan chegaradosh. U yerdan har kuni yuzlab yuk mashinalari o‘tadi va ular asosan oziq-ovqat mahsulotlari tashishadi. Qatarga kelib tushadigan shunday yuklarning 40 foizi ayni yo‘nalish bo‘yicha keltiriladi. Endi esa Saudiya Arabistoni chegarani yopishga qaror qildi, shunday ekan, bundan buyon Qatarga faqat dengiz yoki havo orqali oziq-ovqat yetkazish mumkin bo‘ladi.

JCH-2022 xavf ostidami?

Ma’lumki, futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionati Qatarda o‘tkaziladi. Yuzaga kelgan diplomatik muammo tufayli musobaqaning o‘tkazilishiga oid savollar paydo bo‘ldi. Hozircha Qatar-2022 tashkiliy qo‘mitasi mavjud vaziyatga rasmiy munosabat bildirmadi.

Germaniya futbol ittifoqi prezidenti Raynxard Grindel futbol jamoatchiligi bunday darajadagi ulkan musobaqa terrorizmni faol qo‘llab-quvvatlayotgan davlatda (muallif izohi - albatta, bu Gridelning shaxsiy fikri) o‘tkazilmasligi kerak, degan g‘oyani ilgari surgan. Grindel mazkur masalani Germaniya hukumati va UYEFA bilan muhokama qiladi.

Bugungi kunda Qatarda jahon chempionati bilan bog‘liq keng ko‘lamli qurilish loyihalari amalga oshirilmoqda: xususan, bu mamlakatda tibbiy muassasalar komleksi, metro va sakkizta stadion barpo etilmoqda.

Asosiy qurilish materiallari dengiz orqali, qisman quruqlikdan - Saudiya Arabistonidan olib kelinadi. Saudiya chegarasining yopilishi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilishi qatorida, qurilishlarning to‘xtab qolishi va narxlarning oshishiga olib keladi.

Qatardagi komplekslarda busiz ham qurilish materiallari tanqisligi mavjud. Saudiya yo‘nalishining yopilishi esa mazkur muammoni yanada chuqurlashtiradi.

Agar havo kengligi va quruqlikdagi chegaraning yopilishi uzoq davom etsa, u holda 2022 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik grafigi buzilishi mumkin, deya xavfsiramoqda Amerikadagi Beyker institutining Fors ko‘rfazi mamlakatlari bo‘yicha eksperti Kristian Ulrixsen.

«Al-Ahli» homiydan voz kechdi

Saudiya Arabistonining Jidda shahri sharafini himoya qiluvchi «Al-Ahli» futbol klubi o‘zining reklama homiylaridan biri bilan shartnomani bekor qildi. Bu haqda 5 iyun kuni klub rasmiy «tvitter»ida bayonot berilgan.

Mazkur manbaga ko‘ra, klub Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasi bilan reklama homiylik shartnomasini bekor qilgan. Bunga Saudiya Arabistoni hukumatining Qatar bilan diplomatik aloqalarni butunlay to‘xtatgani sabab bo‘lgan.

«Al-Ahli» Saudiya Arabistoni hukumati farmoyishiga asosan Qatar Airways bilan tuzgan reklama shartnomasini bekor qiladi»,-deyiladi klub bayonotida.

«Al-Ahli» ayni payt OCHL chorak finaliga yo‘l olgan. 22 avgust va 12 sentyabr kunlari «Piruzi» bilan ikkita o‘yin bor. Lekin aynan siyosiy muammolar tufayli bu uchrashuvlarning qayerda bo‘lib o‘tishi hozircha noma’lum.

Vaziyat qanday tus olishi mumkin?

Siyosat yoki diplomatiya borasida turli taxminlar bildirish futbol jurnalistikasiga xos emas. Bu haqda yozadigan boshqa nashrlar bor. Qatar bilan yuzaga kelgan muammolarga o‘xshash vaziyatlar Yevropa futbolida ham uchrab turadi. Armaniston va Ozarbayjon, Albaniya va Serbiya, Ispaniya va Gibraltar, Rossiya va Ukraina terma jamoalari va klublari yevrokuboklar va boshqa musobaqalarda bir guruhga tushishmaydi. O‘z vaqtida 1954-1974 yillarda OFK a’zosi bo‘lgan Isroil Osiyoda arab jamoalari tomonidan tan olinmagach, Yevropaga o‘tib ketgan edi.

Qatarning G‘arbiy Osiyo futbol federasiyasidagi a’zoligi masalasi ham tez orada ko‘tarilib qolsa, ajabmas. OCHL Qatar klublari uchun joriy mavsum yakunlanganini inobatga olsa kerak, 2018 yil rejalari haqida hozircha mulohaza yuritish biroz noqulay. Agarda diplomatik muammo yechilishi cho‘zilib ketsa, unda Saudiya - Eron muammosi yoniga Qatar - boshqa arab davlatlari masalasi qo‘shiladi.

Qatarning JCH-2018 saralashi doirasida Janubiy Koreya, Suriya va Xitoy bilan o‘yinlari bor. Fors ko‘rfazida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘rtoqlik bahslari yo‘q. Ishonamizki, Qatar bilan bog‘liq diplomatik muammo tez orada hal etiladi. Shundoq ham OFK oldida turgan muammolar yetarli.

Faktlar:

Ayni payt Qatar aholisining 25 foizini hindlar tashkil etadi.

Avtomobil harakati o‘ng qo‘l qoidasiga asoslangan.

Qatar armiyasi 11800 kishidan iborat. Ularning 8500 nafari harakatdagi armiya, 1800 nafari havo kuchlari vakillaridir.

O‘zaro hisob-kitob

Saudiya Arabistoni va Qatar terma jamoalari shu paytga qadar o‘zaro 41ta bahsda maydonga tushganlar. Unda 17 marta saudiyaliklar, 8 marta qatarliklar g‘alaba qozonishgan, 16ta o‘yinda esa durang qayd etilgan.

So‘nggi bahs.

2014 yil 26 noyabr

Fors ko‘rfazi millatlar kubogi finali

Ar-Riyod. «Qirol Fahd» xalqaro stadioni.

Saudiya Arabistoni - Qatar - 1:2

Gollar: Saud Hariri (16) - Almahdi Ali Muxtor (18), Bualem Kukxi (58).

Oldinda 2017 yil 22 dekabr - 2018 yil 8 yanvarda Qatarda (!) bo‘lib o‘tadigan Fors ko‘rfazi millatlar kubogi turibdi. Musobaqa qur’asi hali o‘tkazilmagan. Turnirning tashkillashtirilishi borasida ayni payt hech qanday ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun

Qatar - Janubi-G‘arbiy Osiyodagi davlat. Maydoni - 11.586 km.kv (jahonda 164-o‘rin). Aholisi 2,675,522 kishi (2016 y., jahonda 142-o‘rin). Poytaxti - Doxa shahri. Davlat boshqaruvi: mutlaq monarxiya. Saudiya Arabistoni, Bahrayn va BAA bilan chegaradosh. 1971 yil 1 sentyabrda o‘z mustaqilligini e’lon qilgan. Rasmiy til: arab tili. Pul birligi: Qatar riali. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM: 145894 AQSH dollari. Ma’muriy jihatdan 7ta muzofotga bo‘linadi. Davlat amiri: Tamim Bin Hamad al Tani. Telefon kodi: +974. Tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha jahonda 3-o‘rinni band etgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:56, 14.06.2017. O'qildi: 10219 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик