Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 18.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • 1:0
      • Yuventus
      • 18.01.2026 16:30
      • Parma
      • 0:0
      • Jenoa
      • 18.01.2026 19:00
      • Bolonya
      • 1:2
      • Fiorentina
      • 18.01.2026 22:00
      • Torino
      • 0:2
      • Roma
      • 19.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:0
      • Lechche
      • 19.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Verona
      • 20.01.2026 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Komo
  • La-liga
      • 18.01.2026 01:00
      • Betis
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 18.01.2026 18:00
      • Xetafe
      • 0:1
      • Valensiya
      • 18.01.2026 20:15
      • Atletiko
      • 1:0
      • Alaves
      • 18.01.2026 22:30
      • Selta
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 19.01.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • 2:1
      • Barselona
      • 20.01.2026 01:00
      • Elche
      • -:-
      • Sevilya
  • APL
      • 18.01.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 0:0
      • Nyukasl
      • 18.01.2026 21:30
      • Aston Villa
      • 0:1
      • Everton
      • 20.01.2026 01:00
      • Brayton
      • -:-
      • Bornmut
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 20 49
2 Real Madrid 20 48
3 Vilyarreal 19 41
4 Atletiko 20 41
5 Espanyol 20 34
6 Betis 20 32
7 Selta 20 32
8 Real Sosyedad 20 24
9 Atletik Bilbao 20 24
10 Jirona 20 24
11 Elche 19 23
12 Osasuna 20 22
13 Rayo Valyekano 20 22
14 Malyorka 20 21
15 Xetafe 20 21
16 Sevilya 19 20
17 Valensiya 20 20
18 Alaves 20 19
19 Levante 19 14
20 Real Ovyedo 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Espanyol 0-2 Jirona
20-тур Real Madrid 2-0 Levante
20-тур Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
20-тур Osasuna 3-2 Real Ovyedo
20-тур Betis 2-0 Vilyarreal
20-тур Xetafe 0-1 Valensiya
20-тур Atletiko 1-0 Alaves
20-тур Selta 3-0 Rayo Valyekano
20-тур Real Sosyedad 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Babayanning Eronga qarshi o‘yindagi xatolari (tahlil)

Baho:
+8 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Rasmiy uchrashuvlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbolimiz bir narsaga yolchimagan – o‘yinlarni taktik jihatdan tahlil qilib beradigan mutaxassislarga. Balki bunday mutaxassislar bordur, lekin ular omma oldiga chiqib, yo hamkasbining noshud taktikasini fosh qilishdan andisha qiladi, yoki shunchaki cho‘chishadi.

Milliy terma jamoamiz necha yillardan beri mazmunsiz o‘yin ko‘rsatib keladi. Lekin birorta mutaxassis chiqib, videosharhlar, maqolalar, suhbatlar orqali jamoa o‘yinini tahlil qilib bermaydi. Jurnalistlar esa Babayan va uning shtabini qanchalik tanqid qilmasin, jamoasining nursiz o‘yinlarini muntazam gapirmasin, ular shunchaki “senlar futbolni tushunarmidinglar” qabilida kulib qo‘yishdan nariga o‘tishmaydi. Agar mutaxassislarimiz ham tahlil qila boshlashganida, balki terma jamoa shtabi o‘z xatolarini ertaroq tan olishni boshlagan bo‘larmidi?!

Har safar bir xil xatolar, ortidan muxlislar va jurnalistlardan keskin tanqidlar. Lekin bunga reaksiya yo‘q. Guruhimizda qoniqarsiz o‘yin va natija ko‘rsatayotgan deyarli barcha terma jamoalar o‘z murabbiylarini o‘zgartirdi. Federasiyamiz esa Babayan shtabiga oxirigacha imkon berishga qaror qildi. Xuddi hammasi binoyidek. Asosiy tarkib futbolchilarimiz JCHga chiqish imkoniyatimiz yo‘qligiga o‘zini va boshqalarni ishontirib boryapti. Bu ularning murabbiylar shtabiga, ular tuzgan jamoaga ishonchsizligidan darak emasmi? Demak, ular ham jamoada ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganini, tarkib va taktika to‘g‘ri tanlanmayotganini juda yaxshi bilishadi. Faqat baralla ayta olishmaydi. Xuddi shunday mutaxassislarimiz ham, mutasaddilar ham bilib turishipti. Ammo ular jim.

Futbol mutaxassisi emasman. Bu sohada nazariy yoki amaliy bilimga ham ega emasman. Biroq bu – terma jamoamiz o‘yini noto‘g‘ri qurilayotgani, tarkib va uslubdagi xatolarni ko‘rishimga xalaqit qilmaydi. Oxirgi o‘yin misolida ularning ayrimlarini sanab o‘taman. Agar xato qilayotgan bo‘lsam, janob murabbiylar isbotlab berishsin bunday emasligini.

Eron bilan o‘yinda meni hayron qoldirgan birinchi holat – Sergeevning chap qanotga qo‘yilishi bo‘ldi. To‘g‘ri, bu pozisiya u uchun begona emas. Yaxshi o‘yin namoyish etib berishi ham mumkin edi. Deylik, murabbiylar uning himoyaga ham yordam bera olishi, jismoniy faolligini nazarda tutib asosiy tarkibda maydonga tushirishgandir. Eron qanotlarda kuchliligini hisobga olishgan. Shuning uchun Masharipov-Rashidov emas, himoyaga ko‘proq yordam bera oladigan Sergeev-SHomurodov variantida to‘xtalingan. Ammo o‘yinning dastlabki daqiqalaridan to oxirigacha Sergeevning maydonda olib qolinishi yuqoridagi farazlarimni yo‘qqa chiqarib yubordi. Igorning o‘yinini alohida kuzatdim va u maydonda nima qilayotganini tushuna olgani ham yo‘q ko‘p holatlarda. Uning chap qanotni shunchaki egallab turishi Shomurodovning bu qanotda samaraliroq o‘ynashi faktoriniyam yo‘qqa chiqarib yubordi. Bu – bir emas, birato‘la ikki futbolchimizni “o‘yindan chiqib” qolganini anglatadi. Jiddiy nuqson bu.

Ikkinchi holat – Andreevga munosib o‘rinbosar olib ketilmagani. Stanislav to‘pga teginishga ulgurmay, jiddiy jarohat orttirib oldi. Babayan qanday qaror chiqardi? O‘ng qanot himoyachimizni chapga olib (!), o‘ng qanotga futbolchi tushirdi. Akmal Shorahmedovning ustunligi nimada? Qanotdan hujumga qo‘shilish va o‘ng (!) oyog‘ida jarima maydoniga xavfli to‘p uzatmani amalga oshirish. Shu xolos. Babayan yuqoridagi qarori bilan Akmalni yagona ustunligidan ham mahrum qilib qo‘ydi. Buni o‘yin davomida ko‘rdik – Shorahmedov chap qanotdan ham bir necha bor yurish qildi, ammo jarimaga to‘pni oshirib berishda chap (!) oyog‘idan foydalanishga majbur bo‘ldi. Besh-olti to‘p oshirishining hammasi o‘ta xato ketdi. Uning ustun sanalgan o‘ng oyog‘ini Babayan bir qaror bilan “kesib” tashladi. Davron Hoshimov ko‘rsatgan hunarlarni esa gapirib o‘tirish shart emas. Yana ikki tomonlama xato. Bunday pala-partish joy almashishlar terma jamoa o‘yinida aniq bir mexanizm yo‘qligidan dalolat.

Uchinchi holat – Aziz Haydarovning maydonda qolgani. Keyrush terma jamoamizga qarshi tezkor qanotlar va uzun to‘p oshirishlardan foydalanishga qaror qilgani o‘yin boshidanoq oydinlashib qoldi. Bu holatda maydon markazida uchta tayanch yarim himoyachisi bilan o‘ynashimiz to‘g‘ri qarormi? Odatda uch tayanch yarim himoyachi ko‘proq qisqa paslar orqali kombinasion o‘yin ko‘rsatadigan jamoalarga qarshi qo‘llaniladi. Maqsad – maydon markazida raqib hujumini rivojlantirishiga to‘sqinlik qilish.

Qanotlar va hujum chizig‘iga uzun to‘p uzatishlari orqali hujum tashkil etadigan jamoaga qarshi uch nafar “opornik” nimaga kerak? Raqib to‘pni bu zonada ushlab turgani yo‘q-ku?

O‘yin vaqti e’tibor bermagan bo‘lsangiz, qaytadan ko‘ring – Aziz Haydarov deyarli ishsiz yurdi butun o‘yin davomida. Bu zonada “buzg‘unchi” rolini bajarishga Afoninning o‘zi yetarli bo‘ldi. Odil esa ko‘proq hujumni rivojlantirishga mas’ul bo‘ldi. Aziz esa – g‘irt ortiqchalik qildi bu nuqtaga. Bitta kam bo‘lib o‘ynashdan farqsiz holat.

To‘rtinchisi – futbolchilarning almashtirilishi. Davron Hoshimovning tushirilishi qanchalik taktik xatolarni keltirib chiqarganini izohlab o‘tdik. Keyingi o‘zgartirishlar ham bundan kam bo‘lmadi. O‘yinga nisbatan yaxshiroq moslashib olgan va faolroq bo‘lgan Afoninning olinib, maydonda “o‘zini topa olmagan” Haydarovning qoldirilishi; Eron himoyachilariga tashvish tug‘dirib turgan yagona o‘yinchi - Temurxo‘ja Abduxoliqovning almashtirilib, maydonda “mavjud bo‘lmagan” Igor Sergeevga oxirigacha ishonch bildirilishi mutlaqo tushunarsiz holat...

Bular shunchaki bir qarashda ko‘zga qadalgan sezilarli xatolar. Bularning ortida bir qancha kichik detallar ham bor. Bunday hal qiluvchi o‘yinlar taqdirini o‘sha kichik detallar hal qilib qo‘yadi aslida. Bizni murabbiylar esa botmonday-botmonday qilib “o‘tirib qo‘yishdi”. Keyrush darajasidagi murabbiy uchun “bolalar sovg‘asi”dan bo‘lak narsa emas bu.

Xullas, Eron bilan bahsga kirishishimizdan avvaloq taktik xatolarga yo‘l qo‘ydik. Murabbiylarimiz bu xatolarini o‘yin davomida tuzatish o‘rniga, boshqa xatolar bilan vaziyatni og‘irlashtirdi.

Birinchi marta shunday holga tushayotgan bo‘lsak ham ko‘z yumish mumkin edi. Biroq bu degradasiya uzoq vaqtdan beri davom etib kelyapti. Eng yomoni – buni futbolchilarimiz ham ko‘rib, bilib turishipti. Ulardagi ishonchsizlik, buning ortidan befarqlik ortib boryapti.

Babayan shtabi tayanadigan uslubni hatto men ham izohlab bera olaman. Bu unchalik murakkab sxema emas. O‘yinning boshlarida imkon qadar raqib o‘yinini o‘ldirish, bahs oxirlarida Odil Ahmedovni tayanchdan hujum ortiga chiqarish, nisbatan toliqqan raqibga individual ustunlik (Odil, Geynrix, Rashidov) bilan zarba berish. Deyarli shu.

Endi raqiblarning kuchli mutaxassislari qay darajada o‘zlashtirib, qarshi chora qo‘llashini tasavvur qilavering.

Samvel Babayanning shaxsi-yu, tarkibni shakllantirish borasidagi yondashuvlari meni mutlaqo qiziqtirmaydi. Tarkibni tanlash imkoniyati uning ixtiyorida. Bunga haqqi bor. Istagan o‘yinchisini tarkibga qo‘shsin, ammo terma jamoa bundan jabr tortmasin. U terma jamoada barqaror, kuchli o‘yinni tashkil eta olmadi. Shu eng katta xatosi.

Nega shuncha xatolarni ko‘ra-bila turib, murabbiylar shtabiga yana imkon beramiz? Xitoy chidolmadi, Qatarni sabri to‘ldi, Koreya yorildi – bari murabbiylarini almashtirishdi, biz esa chidashga majburmiz.

Bo‘ldi. Shu yerda to‘xtayman. So‘nggi so‘zim: Xitoy va Koreyani yutsak, Jahon chempionatiga chiqamiz. Milliardlab auditoriya nazariga tushamiz. Birinchi marta. Juda yaqin yo‘l. Futbolimizning anchagina saviyali avlodi uchun oxirgi imkoniyat bu! Yangi tarixni yaratish uchun mutasaddilarimizga zo‘r imkoniyat bu! Shunday imkoniyatni boy berish sizga alam qilmaydimi?

Lutfullo Tursunov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:09, 15.06.2017. O'qildi: 17825 marta. Fikrlar: 28 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 19
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Вильярреал Alberto Moleyro 8
6 Бетис Kucho Ernandes 8
7 Осасуна Ante Budimir 8
8 Барселона Rafinya 7
9 Атлетико Xulian Alvares 7
10 Сельта Borxa Iglesias 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.