Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbek futboliga qarg‘ish tekkanmi?

Baho:
+2 | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Sarlavhani qo‘yib, maqolani yozishni boshlayapmanu, shu rostmikan, degan o‘ydan o‘zim qo‘rqib ketaman. Ammo bo‘lib o‘tgan voqea bunday fikrlashga asos bo‘ladi.

To‘rt yil avval, “Bunyodkor” stadioni yangi ishga tushgan paytlar, terma jamoamiz Jahon chempionatiga saralash o‘yinlaridan birini ayni shu stadionda o‘tkazishi kerak edi. Bir tarafdan milliy g‘ururga asos bo‘lgan, xalqimiz bunyodkorligining namunasi sifatida ko‘rilayotgan stadion ilk bor o‘z bag‘riga asl muxlislarni chorlagan, ikkinchi tomondan termamiz JCHga chiqishga urinayotgani tufayli juda ko‘pchilik bu o‘yinni bevosita kuzatishni istayotgandi. Tabiiyki chipta sotib olishni istovchilar juda ko‘p edi. Futbolimiz eng kattalaridan biri qo‘lida chiptalarni ko‘rsatib, ular sotuvga chiqqanini bildirdi. To‘rt yil o‘tgan bo‘lsada, siz bo‘lib o‘tgan voqealarning hammasini bilasiz. Sotuv tizimi, chiptalar qanday qilib va kimlar orqali sotilgani haqida albatta eshitgansiz. Bularni qaytarib o‘tmoqchi emasman.

Xullas, ko‘pchilik qatori men ham “Bunyodkor” stadioni kassasiga yo‘l oldim. Birinchi kun kassa umuman ochilmadi. Minglab odam kuta-kuta qaytib ketdi. Ikkinchi kun taxminan uch soat kutishdan keyin kassa bir muddat ochildi. Bir kishi ikkitadan olishi mumkin bo‘lgani holda taxminan 100 kishiga, ya’ni nari borsa 200ta chipta sotildi ko‘z o‘ngimizda. Keyin chipta tugadi, deb kassani yopishdi. Odamlar hayron. Kimdir norozilik bildirgan edi, qora niqobli kishi hammani ko‘ksidan itarib hayday boshladi. Ana shunda bu voqea sodir bo‘ldi.

Qora niqobli yaqinlashganda hamma o‘zini orqaga tortardi. Lekin oq futbolka kiygan o‘n besh-o‘n olti yoshlardagi yigitcha nimadir bo‘lib oldinga chiqib qoldi. Qora niqobli kelgunicha orqaga qochishga ulgurmadi va yiqilib tushdi. Shunda niqobli shartta kelib endi o‘rnidan turayotgan yigitchaning yelkasiga rezina to‘qmog‘i bilan soldi...

Yigitcha og‘riqdan ingradi. Keyin yelkasi bukilib o‘rnidan turdi. Hamma bir lahza qotib qolgandi. U avval qora niqobliga, keyin bir-bir atrofdagilarga qarab chiqdi. Yigitchaning beg‘ubor ko‘zlarida yosh yiltillar, bu nafaqat og‘riqdan, balki cheksiz alamdan, haqsizlikdan, muxlis, ya’ni mehmon sifatida kelib, o‘z puliga olmoqchi bo‘lgan narsasi o‘rniga ko‘pchilik ko‘z o‘ngida g‘ururi toptalganidan tug‘ilgan ko‘z yoshlar edi.

Yigitcha avval yiqilgani tufayli labiga yopishgan, loyga aylangan tuproqni artdi, keyin quyilayotgan ko‘z yoshlariga kaftini surdi. Shundan keyin nimalardir deb pichirladi... O‘sha so‘zlarning ma’nosini endi anglagandekman!

“Bir to‘da to‘ralarning cho‘ntagini to‘ldirgan chiptanggayam! O‘zingnikidan, yoki beli baquvvatdan boshqasiga berk bo‘lgan stadioninggayam! Muxlislik qilib yordam berishim mumkin bo‘lgan chempionatinggayam! Rivojlanish yo‘llari ataylab to‘silayotgan FUTBOLINGGAYAM O‘T TUSHSIN!”
Ketdi yigitcha... 

Orqasiga qarab-qarab qo‘ydi yelkasi bukilib...
Ko‘zlaridagi namlik uzoqdan ham ko‘rinib turardi...
* * * 
Kim biladi, vatanparvarlik tuyg‘ulari rosa o‘yg‘ongan o‘sha kunlarda PUL UCHUN milliy g‘ururni toptalgani tufayli bugun ham buning mevasini yeyayotgandirmiz?..

Yigitcha bugun erkak bo‘lgandir. Lekin futbolimizdagi depsinish o‘sha-o‘sha, hatto ma’lum darajada orqaga ham ketdik.

Eng qizig‘i, bor yo‘g‘i 200 ta chipta sotilgan o‘sha o‘yinda 30 mingdan ortiq odam stadion o‘rindiqlarini to‘ldirib o‘tirishdi...

Abror Zohidov

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 16:15, 27.06.2017. O'qildi: 7447 marta. Fikrlar: 14 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик