Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10126 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3133 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Marat Bikmayev: "Umid qilamanki, keyingi ikki uchrashuvda g‘alaba qozonib, mundial chiptasini qo‘lga kiritamiz"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2018 final bosqichiga chiqishi uchun juda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi.

Garchi Eronga imkoniyat boy berilgan bo‘lsa-da, Qatar termasi Janubiy Koreya jamoasini mag‘lub etib, bizni yana kurashga qaytardi. Hamma gap taqdir taqdim etayotgan tuhfadan foydalanishda qoldi. Guruhimizning yana bir uchrashuvida Suriya va Xitoy termalari o‘zlari uchun muhim ikki ochkodan mahrum bo‘lishdi.

Demak, qolgan ikki o‘yinda g‘alaba qozonsak, xalqimizning bir necha yillik orzusi amalga oshadi. Bosh murabbiyga ishonch butunlay yo‘qolgan ayni paytda futbolchilarning o‘zlari yagona maqsad yo‘lida birlashishlari shart. Safarda Xitoyni mag‘lub etib olsak, Toshkentdagi O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvi haqiqiy finalga aylanadi.

Buni futbolchilarning o‘zlari ham yaxshi tushunib turishibdi. Eron termasiga qarshi kechgan bahsda milliy jamoamiz hujumchisi Marat Bikmayev maydonga tusha olmadi. U jarohat sabab Toshkentda qolishga majbur bo‘ldi. Biz ushbu futbolchimizdan bugunning eng dolzarb mavzusi - termamizning ayni paytdagi holati yuzasidan intervyu oldik.

- Marat, uchrashuvni televizorda ko‘rdingiz. Shaxsiy fikringiz va xulosalaringiz qanday bo‘ldi?

- Afsuski, o‘yinimiz umuman qovushmadi. Bir tomondan Eron ham bunga yo‘l qo‘ymadi. Mezbonlar juda tartibli o‘yin namoyish etishdi. Menimcha, murabbiylar bizning futbolchilarga himoyadan o‘ynashni aytishgan. Bilishimcha, asosiy maqsad gol o‘tkazib yubormaslik bo‘lgan. Bundan tashqari, futbolchilarimiz katta bosim ostida qolib ketishgandi. Boisi, «Ozodi» stadionidagi uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz shart edi. Chunki bu o‘yinda terma jamoamizning JCH-2018 final bosqichiga chiqish masalasi hal bo‘lardi. Ana shu bosim natijasida o‘yinimiz o‘xshamadi.

- Eron darvozasi tomon umuman to‘g‘ri zarba berilmadi. Temurxo‘ja Abduxoliqov tomonidan tepilgan yakka-yu yagona zarba ham noaniq ketdi. Hujumchi sifatida bu holatni qanday izohlaysiz?

- Har bir jamoa raqibga qarab o‘yin namoyish etadi. Eron shu kuni bizga umuman o‘yin bermadi. Zarba yo‘llash emas, jarima maydonchasiga yaqinlashtirishga ham yo‘l qo‘ymadi. Shomurodovda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Lekin u to‘pni risoladagidek to‘xtata olmadi. Bu yerda raqib jamoani ham esdan chiqarmaslik kerak. Tailandga qarshi kechgan o‘yinda biz maydonda juda erkin harakat qilgandik. Chunki raqib shunga imkoniyat yaratib bergandi. Eron esa umuman boshqa toifadagi raqib.

- O‘zimizning himoyadagi ikkita qo‘pol xato evaziga Eronga mundial chiptasini taqdim etdik. Bunga nima deysiz?

- Birinchi golda Azmunning individual harakatiga tan bermay ilojimiz yo‘q. Maydon markazidagi qo‘pol xatoimiz Sardorga sovg‘a bo‘ldi. Uning toifasidagi hujumchilar bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmaydilar. Hujumchining saviyasi ham shunday vaziyatlarda bilinadi. Bilmadim, shaxsan menga dastlab o‘sha vaziyatda o‘yindan tashqari holat bordek tuyuldi. Balki adashayotgandirman?! Chunki takroriy vaziyatni ko‘rmadim. Nima bo‘lgan taqdirda ham, himoyada bunday qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. O‘tkazib yuborilgan ikkinchi golda esa futbolchilarimizning charchab qolganligi ko‘zga tashlanib qoldi. Markaziy himoyachilarimiz raqibga deyarli qarshilik ko‘rsata olishmadi.

- O‘yinga tayyorgarlik paytida, ya’ni o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida murabbiylar tomonidan Azmunni alohida qo‘riqlash haqida ko‘rsatma berilmaganmidi?

- Nafaqat Azmun, balki Eron terma jamoasining barcha futbolchilari xavfli. Sardor o‘z vazifasini bajardi. Butun o‘yin davomida maydonda ko‘rinmadi, lekin hujumchi bajarishi kerak bo‘lgan vazifani uddaladi. Bitta vaziyatni golga aylantirdi. Aynan mana shunday holatlarda hujumchiga haqiqiy baho beriladi. Bilasizmi, men bu o‘yinni tezroq unutishni xohlardim. Baxtimizga Qatar bizga yordam berib yubordi va hozir hammasi o‘z qo‘limizda. Guruhning qolgan ikkita uchrashuvida g‘alaba qozonsak, avvalgi mag‘lubiyatlar esdan chiqib ketadi.

- Jarohat sabab muhim uchrashuvda terma jamoaga yordam bera olmaganingiz alam qilgandir?

- Albatta. O‘sha kuni kechgacha uyda o‘tirdim. Turli savollar tinchlik bermasdi. Futbolchilarimiz yaxshi yetib borishdimi? Kayfiyatlar qanday ekan? O‘yinda g‘alaba qozona olisharmikan? Kuni bo‘yi shu haqda o‘ylab o‘tirdim. Muhim o‘yinda jamoadoshlaringga yordam bera olmasang, juda alam qilar ekan. Boshqa tomondan, tan berishni ham bilish kerak. Hozirgi paytda Eron bizdan kuchli. Bejizga ular muddatidan avval mundialga chiqishmadi. Kuchlini kuchli deyish lozim.

- Qatarning g‘alaba qozonishiga ishonganmidingiz?

- Meni hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, Qatar jasorat ko‘rsatib, Koreyadek kuchli jamoani mag‘lub etdi. Men qatarlik futbolchilarning professionalligiga qoyil qoldim. Endi xuddi shunday professionallik va jasoratni Eron terma jamoasidan ham kutib qolamiz. Hozirdan taxmin qilish mumkinki, eronliklar Koreyaga ikkinchi tarkib bilan borishadi.

Lekin baribir, biz boshqa o‘yinlar haqida o‘ylamasligimiz kerak. Chunki jahon chempionatiga chiqish o‘z qo‘limizda. Buning uchun Xitoy va Janubiy Koreyani yutsak bo‘ldi. Koreyslar bilan safarda tengma-teng o‘ynaganmiz. Ularning qanday kuchga ega ekanliklarini bilamiz. Shundan kelib chiqib, Toshkentdagi o‘yin final maqomida o‘tishini juda ham xohlayman.

- Janubiy Koreya to‘rt yil avvalgidek kuchli emas, degan fikrga qo‘shilasizmi?

- Yurgen Gyode bosh murabbiy bo‘lgan paytda Koreya bilan o‘ynab, 1:2 hisobida yutqazgandik. Adashmasam, uchrashuvdagi bizdan yagona golni Sasha Geynrix urgandi. Keyin ushbu termaga Osiyo kubogida ham to‘qnash keldik. Ular o‘sha payt ham kuchli bo‘lgan, hozir ham shunday. O‘yin o‘tkaziladigan kun kelaversin, biz raqibga haqiqiy kuchimizni ko‘rsatamiz. Bizning jamoa ham avvalgidan kuchaygan.

- Xitoyga Marchello Lippi murabbiylik qilyapti. Italiyalik mutaxassisning salohiyatiga ortiqcha ta’rif berish shart emas. Nima deb o‘ylaysiz, Lippining terma jamoadagi ishi ko‘rina boshladimi?

- Suriyaga qarshi kechgan o‘yinda Xitoyning o‘zgarganini ko‘rdim. Hisobda ortda qola turib, yakunda irodali durangga erishishdi. Men Toshkentda ko‘rgan Xitoy bilan hozirgisining o‘rtasida ijobiy o‘zgarish bor. Lippi qisqa fursatda jamoada kichik bo‘lsa-da, yaxshi tomonga o‘zgarish qila oldi, deb o‘ylayman. Lekin biz hozirgi holatda Xitoyni mag‘lub eta olamiz. Toshkentdagi uchrashuvda ham bu vazifani ortiqcha qiyinchiliksiz uddalagandik.

- Umuman, murabbiyning terma jamoadagi roli qanday? Men bu yerda faqat Xitoy termasi ustozini nazarda tutmadim...

- Murabbiyning uchrashuvga tanlaydigan taktikasi, o‘yinning borishini uqiy olishi juda katta ahamiyatga ega. Albatta, har bir mutaxassis o‘z qarashiga muvofiq ish yuritadi. Men bu yerda ularning ishini muhokama qilmoqchi emasman.

- Intervyularingizning birida «Bizning murabbiy tanlagan taktika - bu birinchi galda gol o‘tkazmaslik», degandingiz. Haqiqatan ham Babayan tanlagan taktika shunga asoslanganmi?

- Qiyin savollar bilan mushkul holatga tushirib qo‘ydingiz. Qanday javob berishni ham bilmayman. Ha, buni tan olish kerak, birinchi galdagi vazifamiz darvozamiz daxlsizligini saqlab qolish. Keyin esa, vaziyat tug‘ilishi hamono hujum uyushtirib, raqib darvozasini ishg‘ol qilish.

- Kutilmagan joydan imkoniyatning taqdim etilishi futbolchilarga qo‘shimcha kuch, ya’ni motivasiya beradimi? O‘zinglarda shu narsani his qila boshladinglarmi?

- Albatta. Qatar taqdim etgan imkoniyatdan hammamiz xursand bo‘ldik. Yaratganning o‘zi har safargi saralashda bizga qo‘shimcha imkoniyat taqdim etadi. Buning uchun behisob shukr aytamiz. Endi shu imkoniyatdan foydalanmasak bo‘lmaydi. Agar taqdirimizga yozilgan bo‘lsa, biz albatta, Rossiyaga boramiz.

- Buning uchun birinchi galda Xitoyni mag‘lub etish shart..

- Ha, albatta. Maydonda jon berib bo‘lsa ham g‘alabaga erishish shart. Nasib qilsa, Xitoyni mag‘lub etib, Toshkentda finalni o‘tkazamiz. Bilasizmi, guruh bosqichining 3-turidan so‘ng menda shunday ichki tuyg‘u paydo bo‘ldi: go‘yo JCH-2018 yo‘llanmasi taqdiri poytaxtimizda o‘tadigan so‘nggi tur uchrashuvida hal bo‘ladigandek. Bilmadim, nimaga, lekin o‘sha paytdan beri shu haqda o‘ylayapman. Umid qilamanki, keyingi ikki uchrashuvda g‘alaba qozonib, mundial chiptasini qo‘lga kiritamiz. Erishilgan muvaffaqiyat muxlislarga qanday quvonchli lahzalarni tuhfa etishini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.

- Erondan uchralgan mag‘lubiyat hamda Qatarning Koreyaning ustidan erishgan tarixiy g‘alabasi orasida ijtimoiy tarmoqlarda futbolchilar va murabbiylar sha’niga yaxshgina «iliq» fikrlar bildirildi. Terma jamoa a’zosi sifatida muxlislarga aytar gapingiz bormi?

- Hozirgi holatda hamma yagona maqsad yo‘lida birlashishi shart. Aks holda, ijobiy natijaga erisha olmaymiz. Shunday vaziyat hozir yuzaga keldi. Muxlislar ham chin yurakdan bizga omad tilashlari kerak.

- Xitoydagi o‘yingacha Denisov ham, siz ham jarohatdan forig‘ bo‘lasizlar. U yerdagi iqlimga moslashib, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rib borilsa, o‘ylaymizki, Xitoydan g‘alaba bilan qaytamiz.

- Nasib qilsa, shunday bo‘ladi. Lekin Xitoyda unchalik ham issiq emas. Faqat u yerda namgarchilik biroz yuqori. Tayyorgarlik ko‘rish uchun ixtiyorimizda ikki oy vaqt bor. O‘ylaymanki, hammasi yaxshi o‘tadi.

- Ko‘pchilikning fikricha, guruhning qolgan ikki muhim o‘yiniga xorijdan kuchli murabbiy olib kelish kerak. Bu borada sizning fikringiz qanday?

- Bu yerda murabbiyni almashtirishdan hech qanday foyda yo‘q. Ular rol o‘ynamay qolishlari ham mumkin. Hamma gap biz futbolchilarda qolgan. Murabbiyni o‘z joyida qoldirish kerak. Shunchaki, jahon chempionatiga chiqish yo‘lida birlashishimiz lozim.

Shaxsiy fikrim, bunday o‘yinlarda murabbiyning uchrashuvga tanlaydigan taktikasi birinchi o‘ringa chiqmaydi. Eng muhimi, futbolchilardagi ishtiyoq bo‘ladi. Agar biz rostdan ham mundialga chiqishni istasak, qolgan ikki uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz shart. Har qanday holatda ham bitta o‘yinga fikrni bir joyga jamlab tayyorgarlik ko‘rilsa va maydonga tushib buni isbotlasa bo‘ladi.

- Avvalo, JCH-2018 final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish nasib qilsin. Lekin «V» rejasi haqida o‘ylaydigan bo‘lsak, guruhlarda 3-o‘rinni egallagan jamoalar «pley-off»da o‘zaro to‘qnash kelishadi. Shu ma’noda, ikkinchi kvartetdagi o‘yinlarni ham kuzatib boryapsizmi?

- Ha, albatta. Guruh peshqadami Yaponiya Iroq bilan durang o‘ynadi. Avstraliya o‘z uyida Saudiya Arabistoni terma jamoasini mag‘lub etdi. Yaponiyada 17, Avstraliya va Saudiya Arabistoni terma jamoalarida 16tadan ochko bor. Shuning o‘ziyoq bu guruhda kurash qanday keskin kechayotganini ko‘rsatib turibdi.

Lekin shaxsan men «pley-off» o‘yinlari to‘g‘risida umuman o‘ylayotganim yo‘q. Mundial yo‘llanmasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritish uchun tayyor imkoniyat turganida bu haqda o‘ylashning o‘zi ahmoqlik. Qolaversa, bu galgi imkoniyat aksariyat futbolchilar uchun so‘nggisi bo‘ladi. Men, Geynrix, Jeparov va boshqa faxriylarining oxirgi urinishi. Buni hamma tushunib turibdi. Aynan shu omil bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlashi shart.

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:55, 30.06.2017. O'qildi: 5038 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.