Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • La-liga
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • 1:1
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • 0:1
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 09.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Paxtakor
      • 09.04.2026 19:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Qizilqum
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 5 10
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 5 7
10 Andijon 6 6
11 Qizilqum 5 6
12 Qo‘qon-1912 5 5
13 Dinamo 5 4
14 OKMK 5 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

08/04/26 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04/26 OKMK - Surxon
08/04/26 Dinamo - So‘g‘diyona
09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

J.Koreyadagi o‘zbekistonlik talaba futbol o‘ynab ham 2 ming dollar topyapti...

Baho:
+2 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Janubiy Koreyada to‘p suradigan futbolchilarimiz soni yana bir nafarga ko‘paydi. Faqat bu safar hamyurtimiz ushbu mamlakatning uchinchi divizionida o‘ynaydi. Aniqrog‘i, «Andijon»ning sobiq o‘yinchisi Jahongir Maqsudov «Goyang Sitizen» klubi bilan kelishuvga erishdi. Shartnoma muddati ikki yilga mo‘ljallangan. 1994 yilda tavallud topgan bo‘ydor markaziy himoyachi faoliyati mobaynida «Andijon» va «Bunyodkor» jamoalarining asosan yoshlar tarkibida maydonga tushgan. Hozirda u Toshkentda bo‘lib turibdi, hujjat masalasi hal bo‘lgan zahoti J.Koreyaga jo‘nab ketadi.

- Jahongir, Janubiy Koreya klubidan taklif qanday paydo bo‘ldi?

- Hammasi kutilmaganda va juda qiziq tarzda yuzaga keldi. O‘zim J.Koreyaning Sejong universitetida tahsil olaman. Yil boshidan beri ushbu ta’lim maskanining havaskorlar jamoasida o‘ynab kelayotgandim. Uchrashuvlarning birida menga K-3 League, ya’ni hisob bo‘yicha mamlakat 3-divizioni ishtirokchisi bo‘lgan «Goyang Sitizen» klubi murabbiylari tomonidan qiziqish bildirildi. Jamoada ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilishdi, sinov muvaffaqiyatli o‘tdi va ikki yillik shartnoma imzoladim. Ayni payt Toshkentda hujjat va viza masalalari bilan shug‘ullanyapman. J.Koreya futbol assosiasiyasi O‘FFga mening xalqaro sertifikatimni so‘rab murojaat yo‘llagan. Shu hafta J.Koreya elchixonasi menga 2 yillik viza taqdim etadi va shundan so‘ng «Goyang Sitizen» ixtiyoriga yetib boraman.

- Taklifning 3-liga klubidan tushgani sizni ikkilantirmadimi?

- Har qanday chorlovga hurmat yuzasidan qarash kerak. Havaskorlar jamoasidan professional klubga o‘tdim. Bundan xursand bo‘ldim. O‘z o‘rnida, universitet rahbarlari ham men bilan faxrlanishlari, bu transfer ta’lim muassasasi obro‘sini yana ham ko‘tarishga xizmat qilishini aytishdi. Shu bilan birga, parallel ravishda o‘qishni davom ettirishimga ruxsat berishdi. Shuningdek, braziliyalik ikki futbolchi ham «Goyang» bilan shartnoma imzolashdi.

- Bu taklif nimasi bilan qiziqarli bo‘ldi?

- «Goyang Sitizen» - professional klub. Jamoaning uy stadioni «Bunyodkor»nikidan deyarli qolishmaydi. Arena atrofida sun’iy va tabiiy qoplamali uchta mashg‘ulot maydoni bor. Klubda barcha yo‘nalishlardagi ishlar professional tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Jamoaga mahalliy mutaxassis ustozlik qiladi. Jismoniy tayyorgarlikka portugaliyalik murabbiy javobgar. Ba’zi jihatlar bo‘yicha bizning oliy liga klublarimizdan ham ustun. Albatta, har bir futbolchi legioner sifatida xorijda to‘p surishni xohlaydi. Menda ham shunday imkoniyat yuzaga keldi va bundan unumli foydalandim. J.Koreya chempionati Osiyoda yetakchi o‘rinlarda turadi. Garchi «Goyang Sitizen» 3-liga klubi bo‘lsada, chempionatning saviyasi past emas. Bu narsa o‘sishim va yangi darajaga ko‘tarilishim uchun yordam beradi, degan umiddaman. Jamoam hozir o‘z ligasida peshqadamlik qilyapti. Klub oldiga K-2 ligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan. Shu maqsadga erishsak, kelasi mavsum Bahodir Nasimov va Bahodir Pardayevga qarshi o‘ynash imkoniga ega bo‘laman.

- Bu futbolchilarimiz bilan ko‘rishmadingizmi?

- Yo‘q, hali, lekin tez kunlarda uchrashuv amalga oshib qolsa kerak. Olti oy davomida til o‘rgandim. Hozir bemalol ham koreyscha, ham inglizchada so‘zlasha olaman. Hattoki, murabbiyimiz o‘z ko‘rsatmalarini braziliyalik futbolchilarga yetkazishda mendan foydalanyapti: tarjima qilib beryapman. Qanday ishga qo‘l urmay, avvalo, otam bilan maslahatlashaman. Shu o‘rinda aytib o‘tishim kerak, dadam Mo‘minjon Maqsudov ko‘p yillar davomida «Andijon» jamoasini klub raisi sifatida boshqargan. Akam Mansur Maqsudov bugungi kunda «Andijon»da o‘ynayapti. O‘z vaqtida «Bun­yodkor» va «Paxtakor»ning yoshlar jamoalarida to‘p surgan.

- Bosh murabbiy sizdan nimani talab qilyapti?

- Markaziy himoyada o‘ynayman, bo‘­yim 193 santimetr. Jamoa ustozi shu ustunligimdan foydalanishim kerakligini aytadi. Havodagi kurashlarda raqib futbolchilariga imkoniyat bermasligimni so‘raydi. Mashg‘ulotlar va o‘rtoqlik uchrashuvlarida bu talabni bajara oldim, deb o‘ylayman.

- Bu ligada legionerlarga cheklovlar bormi?

- Ha, bor. Xuddi bizda bo‘lgani kabi 3}1 limiti amal qiladi. Yuqorida aytib o‘tganimdek, klubda mendan tashqari ikki nafar braziliyalik to‘p surishadi. Bilishimcha, yaqin kunlarda jamoamizga yana bir legionerning kelib qo‘shilishi kutilyapti.

- Klub bazasiga joylashdingizmi?

- Xuddi shunday. Jamoamiz bazasi zamonaviy bo‘lib, barcha talablarga javob beradi. Bu borada muammo yo‘q.

- J.Koreya 3-ligasida o‘rtacha maosh qancha ekan?

- Futbolchilar taxminan 1,5-2 ming AQSH dollari olishadi. Qolaversa, mukofot pullari ham bor.

- U yerga erkin agent maqomida yo‘l olyapsizmi?

- Ha, shunday. «Andijon» bilan shartnomam yakunlangan edi.

Shohjahon KARIMOV suhbatlashdi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:45, 13.07.2017. O'qildi: 22881 marta. Fikrlar: 12 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Пахтакор Doston Hamdamov 3
3 Нефтчи Alisher Odilov 3
4 Нефтчи Zoran Marushich 3
5 Сурхон Chinedu Stefan 3
6 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
7 ОКМК Abror Karimov 2
8 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
9 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
10 Пахтакор Piotr Pajishek 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик