Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Guus Hiddinkning cobiq yordamchisi O‘zbekiston terma jamoasida ish boshladi

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Statistika va faktlar
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

Nigeriya terma jamoasining sobiq futbolchisi va hozirgi kunda murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Chima Mishel Oneke Samvel Babayanning taklifiga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabida ish boshladi.

Milliy terma jamoada jarohatlar epidemiyasi tarqalganligi sababli, qolaversa, keyingi ikki o‘yinga yuqori jismoniy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Samvel Babayan Rossiyaning “Anji” klubida Guus Hiddinkning shtabida ishlagan Onekeni o‘z yordamchilari safiga qo‘shib oldi. U milliy terma jamoaning jismoniy tayyorgarliklar bo‘yicha mas’ul murabbiyi bo‘lib tayinlandi. Uning asosiy vazifasi milliy terma jamoa futbolchilarining jismoniy formasini qisqa vaqt ichida yuqori cho‘qqiga olib chiqib, bosh murabbiyga optimal tarkib bilan o‘ynash imkoniyatini yaratib berishdan iborat bo‘ladi.

42 yoshli Oneke asli nigeriyalik bo‘lib, Gollandiya pasportiga ega va murabbiylik faoliyatining asosiy qismi Gollandiya bilan bog‘liq. Futbolchi sifatida Nigeriya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Gollandiyada 8 dan ortiq jamoada o‘ynab, faoliyati davomida 65 ga yaqin gol urgan. O‘zbekiston terma jamoasida ish boshlaguniga qadar u Germaniyaning “Shtutgart” klubida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ishlab kelayotgan edi.

Futbolchi sifatidagi faoliyatining oxirgi yillarini Gollandiya chempionatida o‘tkazgan Oneke tibbiyot bo‘yicha oliy ma’lumotni Gollandiyada oldi. Fitness bo‘yicha oliy darajadagi diplomni qo‘lga kiritgan mutaxassis Gollandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Roy Makaay, Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Aleksandr Kerjakov kabi futbolchilarning shaxsiy fitness murabbiyi sifatida ish boshladi.

2011 yilning iyulida u gollandiyalik Guus Hiddink va braziliyalik Roberto Karlos bilan birga Maxachqal’aning “Anji” futbol klubida ishladi. O‘sha paytlarda “Anji” Rossiyaning eng kuchli uchligiga kirib, mamlakat Kubogining finaligacha yetib borgandi.

“Anji” loyihasi tugatilgach, Oneke ham Rossiyani tark etadi. U 2013 yilda Gresiyaning PAOK jamoasida fitness murabbiyi sifatida ish olib bordi. 2014 yilda PAOK jamoa bosh murabbiyi mashhur Xub Stevensni iste’foga chiqarishi natijasida Oneke bosh murabbiy vazifasini bajaruvchilardan biri bo‘lib mavsumning oxirigacha PAOKda ishlaydi. Mavsum yakunida PAOK Gresiya chempionatida 2-o‘rinni egallab, Gresiya Kubogi finaliga chiqdi. 

Onekeni juda qadrlaydigan Xub Stevens 2014 yilda Germaniyaning “Shtutgart” jamoasiga taklif qilindi va Stevens Onekeni o‘zi bilan birga “Shtutgart”ga olib ketdi. Germaniyadagi faoliyati davomida Oneke va uning shtabi katta hajmdagi ishni amalga oshirdi va natijada “Shtutgart” ketma-ket 2 yil quyi ligaga tushib ketish xavfidan omon qoldi. Oneke O‘zbekiston terma jamoasiga aynan “Shtutgart”dan uchirma bo‘ldi.

Gollandiyaning Zeyst shahrida tug‘ilgan Oneke 5 ta tilni, shu jumladan, rus tilini ham biladi. Uning Yevropa darajasidagi bilimi, yuqori malakasi, boy tajribasi va rus tilini yaxshi bilishi kabi fazilatlari O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanni Oneke hozirda O‘zbekiston uchun eng yaxshi nomzod ekanligiga ishontira oldi. U O‘zbekiston terma jamoasi ish olib borayotgan ikkinchi xorijlik mutaxassis sanaladi. Serbiyalik Deyan Jurjevich milliy terma jamoa murabbiylar shtabida ish olib borayotganiga ham 2 yildan oshyapti.

O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichida 31 avgust kuni Uxan shahrida Xitoy, 5 sentyabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi. Ayni paytda O‘zbekiston 8 ta o‘yindan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 00:51, 15.07.2017. O'qildi: 22231 marta. Fikrlar: 28 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик