Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Atletiko 24 45
4 Vilyarreal 23 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Jirona 23 26
15 Elche 24 25
16 Rayo Valyekano 23 25
17 Malyorka 23 24
18 Valensiya 23 23
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sanjar Rashidov: «Akam eng to‘g‘ri qarorga keldi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Aksariyat oliy liga jamoalari ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Ulardan biri «So‘g‘diyona»dir. Jizzaxliklar mashg‘ulotlarni Zominda o‘tkazishyapti.

Biz o‘tgan hafta jamoaning yetakchi futbolchisi, yarim himoyachi bo‘lishiga qaramay, 8ta gol bilan chempionat to‘purarlari orasida borayotgan Sanjar Rashidovdan intervyu oldik.

- Sanjar, tayyorgarlik qanday davom etyapti?

- Mashg‘ulotlarimiz reja asosida o‘tkazilyapti. Yig‘inga murabbiyimiz Diyor Fayziyev bosh-qosh bo‘lmoqda. Tayyorgarlik 13 iyulgacha davom etadi.

- Kutilmaganda bosh murabbiy Davron Fayziyev iste’foga chiqarildi...

- Ha, Davron akaning ketishini kutmagandik. Hammasi to‘satdan va juda tez ro‘y berdi.

- Bu jamoa uchun katta yo‘qotishmi?

- Albatta. Davron Fayziyevning «So‘g‘diyona» uchun qilgan xizmatlari, iste’dodli futbolchilarni tayyorlashdagi hissasi katta.

- Hali yangi bosh murabbiy ta-yinlanmadimi?

- Hozircha yo‘q. Ammo tez orada tayinlanishi aniq.

- Ushbu mutaxassisning kimligi sizlar uchun muhim ahamiyatga egami?

- Bo‘lmasam-chi. Bu klubimizga aloqador barcha insonlar uchun muhim.

- Shaxsan siz ushbu lavozimda kimni ko‘rishni istardingiz?

- Ochig‘i, bu haqida o‘ylab ko‘rganim yo‘q.

- Birinchi davradagi o‘yinlarni muhokama qildinglarmi?

- Tahlil har bir uchrashuvdan so‘ng bo‘ladi. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ustida ishlaymiz.

- Jamoa birinchi davrani 13-o‘rinda yakunladi. Bu pog‘ona klub ko‘rsatgan o‘yinga mosmi?

- Yo‘q, albatta. Jamoamiz namoyish etgan o‘yin bo‘yicha yuqoriroq o‘rinlarda bo‘lishimiz kerak edi.

- Muvaffaqiyat qozonish uchun nima yetishmadi? Kamchiliklar qaysi jihatlarda ko‘rindi?

- Asosan yuzaga keltirilgan vaziyatlarni golga aylantirishda oqsadik.

- Jamoada moliyaviy muammolar kuzatilmadimi?

- Yo‘q, ushbu masala bo‘yicha hammasi joyida.

- Moddiy ta’minot qanday ketyapti?

- Oylik maoshlarimizni imkon qadar vaqtida berib borishga harakat qilishyapti.

- Demak, birinchi davradan klubning qarzdorligi yo‘q ekan-da?

- Xuddi shunday.

- Chempionatning hal qiluvchi bos-qichida ijobiy o‘zgarish ro‘y berishiga ishonasizmi?

- Nasib qilsa, shunday bo‘lishi kerak. Jamoa ko‘rsatayotgan o‘yin yomon emas, demak ijobiy ko‘rsatkichdan umid bor.

- Jamoa tarkibida qanday o‘zgarishlar kuzatilyapti? Yangi futbolchilar kelishdimi?

- Hozircha klub rahbariyati tomonidan shartnomasi bekor qilinganlardan tashqari boshqa hech kim jamoadan ketgani yo‘q. Safimizga qo‘shilayotganlar esa yetarli. Masalan, faoliyatini tugatgan «Obod»dan bir yo‘la uch nafar futbolchi - Shirinboy Abdullayev, Sardor Qahhorov va Sherzod Jalilov hozirda biz bilan birga mashg‘ulotlarda ishtirok etishyapti.

- Sanjar, ikkinchi davrani ham «So‘g‘diyona»da o‘tkazasizmi yoki bosh-qa takliflar bormi?

- Bu masalada hozircha hech narsa deya olmayman. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Takliflar yetarlicha bo‘lyapti.

- Demak, bu savol vaqtincha ochiq qoladi. Boshqa jamoaga ham o‘tishingiz mumkinligini inkor etmaysiz, shundaymi?

- Ha, katta ehtimol bilan ikkinchi davrani yangi klubda boshlasam kerak.

- Akangiz Sardor Rashidov ta’tilni oila davrasida o‘tkazdi. U sizning o‘yinlaringiz bilan qiziqdimi? Bu masalada nimalar dedi?

- Ha, albatta. Ta’til paytida o‘yinimizga ham keldi. Uchrashuvdan ke-yin jamoamiz va men ko‘rsatgan o‘yin-ni muhokama qildik.

- Uning «Al-Jazira»ga o‘tganligi oilangiz tomonidan qanday qabul qilindi?

- Bu eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Oilaviy maslahatlashdik, hammaning fikri bir joydan chiqdi. Akam uchun xursandman. U BAAning amaldagi chempioni bilan shartnoma imzoladi. «Al-Jazira» kelasi mavsum OCHL bahslarida ishtirok etadi. Qolaversa, bu yil dekabr oyida aynan amirliklarda o‘tkaziladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham qatnashadi. Xabaringiz bor, akam Krishtianu Ronalduning o‘yin-lariga befarq emas. Agar portugaliyalik hujumchi «Real»ni tark etmasa, u holda akam va Krishtianuning maydondagi qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Akamning yangi jamoa borasida qaror qabul qilishida shu omil ham asosiy rol o‘ynadi. Shu kunlarda u «Al-Jazira» safiga borib qo‘shilishi kerak. Fursatdan foydalanib, akamga yangi chempionat va klubida omad yor bo‘lishini tilayman. Terma jamoamiz ham mundial saralashining qolgan ikkita muhim uchrashuvida g‘alaba qozonib, JCH-2018 final bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritsin. Albatta, Sardor akamdan Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan o‘yinlarda gollar kutib qolaman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:37, 18.07.2017. O'qildi: 7689 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.