Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Asilbek Amonov: «Yoshligimda hujuda to‘p surganman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Namanganning «Navbahor» jamoasi bu yilgi mavsumni imkoni qadar kuchlilar safida yakunlash niyatida.

Shu maqsad yo‘lida ikkinchi davra bahslariga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini boshlab yuborgan jamoa a’zolari mashg‘ulotlarda astoydil mehnat qilishmoqda. Ular orasida darvozabon Asilbek Amonov ham bor. Biz esa muxlislarning taklif va istaklarini inobatga olib futbolchi bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- Siz «Navbahor» tarkibida birinchi davraning barcha uchrashuvlarida maydonga tushdingiz. Bu o‘zingizga bo‘lgan ishonch va ruhiy ustunlikni taqdim etgandir?

- Albatta, bunga erishish uchun birinchi galda murabbiylar ishonchini oqlash hamda jamoadagi futbolchilar bilan til topishish muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa muxlislarni, ularni aldab bo‘lmaydi. O‘yinda bor kuch va mahoratingizni ishga solishingiz talab etiladi. Muxlislar kuzatuvchan bo‘lishadi. Tribunadan maydondagi xatti-harakatingiz shundoqqina ko‘rinib turadi.

- Birinchi davraning dastlabki turlarida chempionatda eng kam gol o‘tkazib yuborgan darvozabonlardan biri bo‘ldingiz. Bunday ko‘rsatkichni qayd etishingizni kutganmidingiz?

- Ha to‘g‘ri, mavsum boshida juda yaxshi start oldik. O‘zimga bo‘lgan ishonchim yuqori edi. To‘g‘risini aytsam, Namanganga kelgan jamoalarni muxlislarning bevosita yordamida bilan mag‘lub etdik. Shukrki oldimizda hali ikkinchi davra bahslari kutib turibdi. O‘sha uchrashuvlarda natijalarimizni yanada yaxshilay olishimizga ishonaman.

- «Lochinlar»ning so‘nggi turlardagi omadsizliklar nima bilan bog‘liq?

- Biz juda ham ko‘p durang qayd etib yubordik. Hisobda oldinda bora turib gol o‘tkazib yubordi. Aslidaku bir har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Biroq, yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli qimmatli ochkolarni yo‘qotdik. Bu juda alamli, albatta.

- Ilhom Mo‘minjonovning ish uslubi haqida fikr bildirsangiz.

- Murabbiyimiz oliy ligadagi yosh murabbiylardan bir hisoblanadi. Juda ham jonkuyar inson. Agarda «Navbahor» jamoasining o‘yinlarini o‘yingohda tomosha qilsangiz, uning xatti-harakatlariga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Har bir vaziyat uchun o‘z fikrini bildirib turadi. Hammaga teng muomalada bo‘lishi va faqat yuqori maqsadlarni ko‘zlashi tahsinga loyiq.

- Jamoadagi ichki muhit qanday?

- Juda ham yaxshi. Barcha aka-ukadek bo‘lib ketgan. To‘g‘ri boshida biroz kelishmovchiliklar bo‘ldi. Lekin, keyinchalik hamma bir oiladek bo‘lib qoldi. Buni muxlislar ham mashg‘ulotlarga kelib guvohi bo‘lishadi. Ular ham bundan zavqlanib ketishadi.

- «Navbahor» tarkibidagi eng yaxshi himoyachini ayta olasizmi?

- Bu savolingizga javob bera olmayman. Ochig‘i o‘zim ham ba’zi vaziyatlarda himoyachi vazifasini bajaraman. Umuman olganda jamoadagi himoyachilarning barchasi bir xil saviyadagi o‘yinchilar.

- Jamoadagi qaysi futbolchining maydonda bo‘lishi Sizga dalda bo‘ladi.

- Jamoamizda o‘n to‘qqiz nafar futbolchi bor. Ularning har biri maydonda yaxshi o‘ynashga harakat qiladi. Aziz Turg‘unboyevni vaqti kelib top klublar safida to‘p tepishiga umid qilaman. Uning o‘yinlari menga yoqadi.

- Ikkinchi davraga tayyorgarlik ishlar qanday ketyapti?

- Yaxshi, hammasi ko‘ngildagidek bo‘lyapti. Tarkibimizda yangi o‘yinchilar ham bor. Mashg‘ulotlarda birinchi davrada yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlayapmiz.

- Bu yil jamoa oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

- Har bir o‘yinda g‘alaba qozonish vazifasi qo‘yilgan. Natijani mavsum so‘nggida ko‘ramiz. Bu yilgi jamoa to‘qson foiz yangi futbolchilardan tashkil topgan. Agarda rahbariyat ushbu o‘yinchilarni saqlab qolgan taqdirda, birdan to‘rtinchi o‘ringacha bo‘lgan pog‘onalarni vazifa qilib qo‘yishsa bo‘ladi. Har yili yangi tarkib bilan sovrindor bo‘lish qiyin bo‘lsa kerak.

- Yoshligingizda boshqa chiziqda ham harakat qilganmisiz yoki o‘shandayoq darvozabon bo‘lishni maqsad qilganmisiz?

- Yoshligimda hujumchi bo‘lganman. Mahallamizda «Progress» degan jamoa bor edi. Bir kuni darvozabonimiz mashg‘ulotga kelmagan va uning o‘rniga darvozadan turganman. Ochig‘i bu o‘zimga ham yoqib qolgan. Shu so‘ng darvozabonlik faoliyatimni boshlangan. 2012 yili «Paxtakor» darvozasini qo‘riqlay boshladim. U yerda ko‘p vaqt bo‘lmasamda, o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga erishdim. Darvozabon bo‘lganimdan afsuslanmayman.

 

- Siz kichik mundial ishtirokchisisiz. Ehtimol Sizni katta mundialda ham ko‘rarmiz?

- Albatta, hamma narsaning o‘z vaqti soati bo‘ladi. Vaqti kelib jahon chempionatida qatnashish ham nasib etar.

- Bu yilgi oliy liga saviyasi haqida fikr bildirsangiz.

- Ikki-uch jamoani hisobga olmagandan qolgan barcha jamoalar bir xil kuchga ega. Shuning uchun chempionat qizg‘in kechmoqda. Agarda bitta o‘yinda yutsak 5-pog‘onaga ko‘tarilishimiz mumkin. Muxlislarni yana o‘yingohga qaytishlarini xohlaymiz. Ikkinchi davra shiddatli o‘tishi aniq.

- Darvozabonning o‘yinda amalga oshirgan chiroyli seyvfi yoki penaltini qaytarishi tabiiyki o‘ziga bo‘lgan ishonchni va ruhiyatini ko‘taradi. Aytingchi chiroyli gol o‘tkazib yuborganda qanday ahvolga tushasiz?

- Gol o‘tkazishning o‘zi yoqimsiz.

- Namanganlik muxlislar Sizda qanday taassurot qoldirishyapti?

- Hayratdaman. O‘tgan yili Buxoroda o‘yingoh bilan to‘la muxlislar oldida o‘ynash yoqimli bo‘lgandi. Birinchi davra uchrashuvlarini oxirigacha o‘z maydonimizda muxlislar to‘la o‘yingohda o‘tkazdik. Namanganda ishqibozlar hatto mashg‘ulotlarga ham tashrif buyurishadi.

- Ularning Sizga bo‘lgan ishonch va mehri o‘zingizga ham sezilyaptimi?

- Albatta, muxlislar qarshisida o‘ynash yoqimli, ular Sizni yaxshi o‘ynashga undaydilar. Ishqibozlarimiz yanada ko‘payishini xohlardim. Bizni qo‘llab turgan muxlislarimizga jamoa nomidan katta rahmat aytaman.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 12:02, 19.07.2017. O'qildi: 3850 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик