Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 25 50
3 Aston Villa 25 47
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Fulhem 25 34
13 Kristal Pelas 25 32
14 Brayton 25 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 25 26
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 25 15
20 Vulverhempton 25 8

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Keylor Navas: "Kelajakni o‘ylab, siqilish befoyda"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Kosta-Rika terma jamoasi va «Real» klubi darvozaboni Keylor Navas mavsumoldi tayyorgarligi boshlanishi oldidan Marca nashriga maxsus intervyu berdi. U suhbat chog‘i xususan, avvalgi mavsum yakunlariga to‘xtaldi va bo‘lajak chempionat ham jamoasi uchun omadli kelishiga ishonch bildirdi.

- Yana bir necha kundan so‘ng yangi mavsumga qaratilgan tayyorgarlik jarayoni boshlanadi. Keylor Navas ortga boqib, chempionlik va duodesima (CHLdagi 12-g‘alaba) haqida o‘ylayaptimi yoki kelajakka qarayapti?

- CHLdagi zafarni keragidan ortiq darajada nishonladik. Oldinda muhim tayyorgarliklar bosqichi kutib turibdi. Bu vaqtda maksimal kuch bilan ishlash talab etiladi. Zero, «Real» futbolchilari hamisha barcha musobaqalarda g‘alaba qozonish haqida bosh qotirishlari kerak: La-liga, Chempionlar Ligasi, «Qirol kubogi»... Xullas, hammasini o‘zimizniki qilishni istaymiz. Umidvormanki, yangi mavsum finishida ham xuddi bu yildagidek bayram uyushtirishga asos yarata olamiz.

- Umuman, tayyorgarliklarni qanday kayfiyatda boshlaysiz?

- Baxtliman va barchasi a’lo darajada. Yuguryapman, mashq qilyapman - bir joyda to‘xtab qolish yo‘q. Bu yil mavsum tayyorgarligini jamoa bilan birga o‘tkazishim muhim. Chunonchi, avvalgi mavsum arafasida menda bunday imkoniyat yo‘q edi.

- Nima, o‘tgan mavsum qiynaldingizmi?

- Ha, ayniqsa davolanish payti. Jarohatim og‘ir edi va u mening ruhiy holatimga salbiy ta’sir qildi. Keyin nimalar bilandir kurashishimga to‘g‘ri keldi. Ammo hozir faqat yaxshi onlarni eslashni istayman. Ya’ni mavsum oxiridagi holatimizni.

- Qanchalik ishonchli harakatlanishingizga qaramay, de Xea yoki Donnarummaning «Real»ga kelishi haqidagi gap-so‘zlar tinmayapti. Bu boradagi xabarlarni eshitganda, qanday holatga tushasiz?

- To‘g‘risi, bu masalada mutlaqo xotirjamman. O‘z ishimni bajarsam, bas. Har qanday holatda ham, asosiy tarkibdagi o‘rin uchun jiddiy kurash olib borishimga to‘g‘ri kelishini yaxshi bilaman. Shunday ekan, mish-mishlarga  e’tibor qaratish o‘rniga jamoa g‘alabalari haqida o‘ylaganim ma’qulroq. Aslida kelajak haqida qayg‘urib, siqilishdan ma’no yo‘q. Chunki taqdiring qanday kechishi faqat Yaratganga ayon. Misol uchun, biz sutkaga loaqal bir daqiqa ham qo‘sholmaymiz. Xullas, ta’tilni oilam, do‘stlarim bilan o‘z yurtimda xotirjam o‘tkazdim. Boshqa tomondan, yangi mavsum haqida o‘ylash uchun hali vaqt ham bor. Hozir shunchaki, rohatlanishni istayman. Vaqti kelsa, o‘z ishimga doimgidek katta kuch sarflayman. Jamoada 2 nafar yaqin do‘stim bor - darvozabonlar. Ularga hamisha hurmat nazari bilan qarayman. Biroq ayni payt bu yigitlar bilan asosiy tarkib uchun ayovsiz kurashishim kerak. Qisqasi, har qanday raqobatchiga oxirigacha keskin kurash taqdim eta olaman. Shuningdek, asosiy tarkibda maydonga tushish huquqini shunchaki, sovg‘a qilishlarini sira kutmayman, bu haqda so‘ramayman ham. Chunki buning keragi yo‘q. Asosiy aqidamga ko‘ra, barchasiga o‘z mehnatim bilan erishishim shart.

Blis-so‘rov

- Garajingizda nechta mashina bor?

- 4ta. 2tasini klub bergan, yana 2tasini o‘zim sotib olganman.

- Whatsapp tarmog‘idagi statusingiz...?

- Bilmadim. Ko‘rsam maylimi, bo‘ladimi? «Yaxshi damlar hamisha keladi»

- Oxirgi marta qachon yig‘lagansiz?

- Yig‘lash? Nima uchun? Xursandchilikdanmi yoki qayg‘udan? 6 oy burun ko‘z yoshi to‘kkandim, adashmasam. O‘shanda ishlarim ko‘ngildagidek emasdi.

- Agar futbol o‘yini bo‘lmaganida, Navas nima bilan shug‘ullanardi?

- Bilmadimu, ammo hamisha reklama mutaxassisi yoki kompaniya asoschisi bo‘lishni istaganman. Buning uchun o‘qish kerak. Futboldan ketgach, o‘zimni shu sohalarga urishim mumkin. Barchasi shunga qarab ketyapti.

- CHL kubogini qayerda yutishni istardingiz?

- «Bernabeu»da.

- Despacito qo‘shig‘i yoqtirasizmi yoki aksincha, yomon ko‘rasiz?

- Ko‘p raqsga tushaman. Agar ayolim yonimda bo‘lsa, aynan shu qo‘shiqni qo‘yib, birga o‘ynaymiz.

- Kiyinish xonasidagi eng yaxshi laqab?

- Eslolmayman. Bunday narsalar xuddi sevimli qo‘shig‘imni aytish esdan chiqqandek, xayolga kelmaydi. Umuman, laqablarim ko‘p. Ulardan biri - «Mae». Kosta-Rikada do‘stlarga shunday murojaat qilishadi.

- Pike haqida qanday fikrdasiz?

- Ajoyib futbolchi. Jahon miqyosida eng kuchli markaziy himoyachilardan biri. Unga faqat futbol nuqtai nazaridan baho berishim mumkin. Lekin qanday shaxsligini bilmayman.

- Oxirgi marta nima xarid qildingiz?

- Poyafzal. Menga tennis kedalari yoqadi.

- Zidanni bitta ibora yordamida ta’riflay olasizmi?

- Sehrgar.

- Bolaligingizdagi eng yomon qilig‘ingiz nima?

- Bir marta mashina oynasini sindirganman. O‘rtoqlarim bilan ko‘chada o‘ynayotgandim, shunda o‘tib ketayotgan mashinalarga tosh otish fikri tug‘ilgan. Qarangki, aynan men otgan tosh mashina oynasiga tekkan.

- «Real» uchun Messini xarid qilgan bo‘larmidingiz?

- U ajoyib futbolchi. Lekin jamoadoshlarim ham chakki emaslar. Shunday ekan, xarid qilmasdim.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:25, 20.07.2017. O'qildi: 4883 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 12
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.