Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 12 7 9 28
2 Italiya 8 4 11 23
3 AQSh 6 8 5 19
4 Niderlandiya 6 5 1 12
5 Avstriya 5 7 3 15
6 Shvesiya 5 5 1 11
7 Shveysariya 5 2 3 10
8 Germaniya 4 7 6 17
9 Fransiya 4 7 4 15
10 Yaponiya 4 5 9 18
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Luka Modrich: «Hammadan kuchli ekanmiz g‘alaba qozonaveramiz»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Xorvatiyalik Luka Modrich yangi-yangi g‘alabalarni ko‘zlamoqda. Madridning «Real» jamoasi yarimhimoyachisi navbatdagi chempionatga qaratilgan yig‘inlarga kirishishdan oldin Marca nashriga eksklyuziv intervyu berdi.

U suhbat jarayonida xususan, yakunlangan mavsumda qayd etilgan «oltin dubl», «Madrid» gerbining ahamiyati, shuningdek, ta’tildan so‘ng yeng shimarib ishlashga tayyorligi haqida gapirdi.

- Luka, bugungi «Madrid»ning «oltin dubl»ga erishishida aynan nima asosiy omil bo‘ldi? Umuman, avvalgi «Real» va hozirgisi o‘rtasida qanday yaqqol farqli tomonlari bor?

- Shaxsan men avvalo, murabbiy xizmatlarini alohida ta’kidlayman: u har bir futbolchining nimalarga qodirligini yaxshi bilishini amalda isbotladi. Shuning evaziga mavsumning hal qiluvchi pallasiga eng yuqori sport formasida yetib keldik. Menimcha, jamoamiz ayni shu jihatda avvalgilaridan farqlandi. Zero, oldingi mavsumlar finish marrasida charchoq alomatlari yaqqol sezilgandi. Demakki, Zidan oqilona rotasiya siyosati bilan umumiy holatni ijobiy tomonga o‘zgartirdi. Natijada futbolchilar ham, murabbiylar ham ortiqcha qiynalmadilar. Muhimi, Zidan qaysi futbolchini maydonga tushirmasin, u ishonchni oqlab, jamoaga imkon qadar yordam berdi. Xullas, «oltin dubl» qayd etishimizda to‘g‘ri rotasiyaning o‘rni katta bo‘ldi.

- Xo‘sh, siz to‘p surgan eng yaxshi tarkib shumi yoki...?

- Dabdurustdan aniq javob berishim qiyin, ammo g‘alabalarimiz salmog‘ini nazarda tutsak, eng yaxshisi bo‘lsa kerak. Chunonchi, tarkibdan o‘rin olgan 24 nafar futbolchining har biri birinchi darajali professional ekanligiga shubha yo‘q.

- Umuman, avvalgi mavsum o‘zingiz uchun qanday yangiliklarni kashf etdingiz?

- Aytarli yangilik yo‘q, shunchaki, jamoaviy harakatlar har narsadan ustun ekanligiga ishonchim ortdi. Mana, futbolchilar, klub atrofidagi xodimlar yagona maqsad yo‘lida birlashsalar, yengilmas kuch shakllanishini amalda ko‘rdik. Bosh murabbiy ayni shu jihatni birinchi o‘ringa qo‘ydi va biz uning g‘oyalariga to‘liq ishondik. Muhimi - jamoa!

- Chempionlar Ligasi finalini qayta tomosha qildingizmi?

- To‘liq emas, faqat yorqin lahzalarni qayta ko‘rdim, to‘g‘ri bir necha marta.

- CHLda g‘alaba taqdim etgan 3ta finaldan nimalarni alohida qayd eta olasiz?

- Eng avvalo, yana jamoa ruhiyatini. Bizga hech qachon taslim bo‘lmaslik va har qanday holatda ruhni tushirmaslik qo‘l keldi. Endi har bir final to‘g‘risida alohida to‘xtalsam, desima (10-g‘alaba) yo‘lidagi bahsni deyarli boy berganimizga qaramay, so‘nggi soniyalargacha vaziyatni o‘zgartirishga ishondik, harakatdan to‘xtamadik. Keyin jamoa qat’iyatini namoyon qildi: ichki xotirjamlik evaziga «San Siro»dagi penaltilar seriyasini o‘z foydamizga hal etdik. Oxirgi finalda ham jamoaviy ruh, xarakter va to‘liq kuch sarflash bosh rolga chiqdi.

- Kardiff stadioni maydonida g‘alabani xotirjam nishonlay olmadinglar. Bundan hayron qolmadingizmi?

- Ha, ha, hammasi aralashib ketdi: oilalarimiz, muxlislarimiz bilan ko‘ngildagidek bayram qilolmadik, sovrinni ularga ko‘rsatolmadik... Axir maydon suratkashlar, operatorlar va jurnalistlar bilan to‘lib ketdiki, hattoki, harakatlanish ham mushkulotga aylandi. Xullas, bizni tinch qo‘yishmadi, biroq eng muhimi - g‘alaba qozonganimiz.

- Ortga nazar tashlasak, siz uchun «Madrid»dagi ilk mavsum ancha og‘ir kechgandi.

- Aslida hech qachon o‘z kuchimga shubha bilan qaragan emasman - «Madrid»­da o‘z o‘rnimni topishimni bilardim. Faqat debyut mavsumiga mavsumoldi tayyorgarligisiz kirishgandim. Ya’ni klub safiga mavsum boshlanishi arafasida qo‘shildim, shunga qaramay, nimalarga qodirligimni ko‘rsatishni istadim. Ha, talab o‘ta jiddiy edi va oson bo‘lmasligini, barchasi o‘zimgagina bog‘liqligini teran tushunardim. Eng muhimi, og‘ir lahzalardan ham lazzatlandim. Zero, qiyinchilik odam ishonchini yanada mustahkamlaydi. Tabiatan muvaffaqiyat qozonish yo‘lida yanada ko‘proq ishlashga moyilman. Shuni nazarga olsak, «Madrid»dagi yo‘lim boshida kuzatilgan qi-yinchiliklar meni tobladi, ko‘p narsaga o‘rgatdi.

- Shuncha ko‘p sovrin yutishga ulgurganingizga qaramay, yangi g‘alabalarga ishonch va ishtiyoqni qanday saqlab qolyapsiz?

- Hammasi juda oddiy. Agar 1-2 marta zafar quchsang, g‘alaba ta’miga shunchaki, o‘rganib qolasan... Natijada o‘z-o‘zidan yanada ko‘prog‘iga erishish haqida o‘ylaysan. Demoqchimanki, yangi-yangi zafarlarni ko‘zlash futbolchi ishtiyoqini kuchaytiradi, uni g‘alabalardan aslo zeriktirmaydi. Yana bir tomoni, doimo eng yaxshilar qatorida yurishga intiladigan, barcha sovrinlarga ega bo‘lishni ko‘zlaydigan klubda to‘p surayotganim ham ishtiyoqni bir maromda ushlab turishimni taqozo etadi.

- O‘tgan mavsumdagi g‘alabalardan so‘ng bo‘lajak chempionat «Madrid» uchun ancha og‘ir kechmasmikan?

- Menimcha, yo‘q. To‘g‘ri, bu borada faqat o‘zim uchun javob beraman - olg‘a yurishdan to‘xtamaslikni maqsad qilganman, ayni payt mavsumoldi tayyorgarligi boshlashni intiq holda kutyapman, to‘liq kuch bilan ishlashga tayyorman. G‘alaba onlaridagi hissiyotlarni yana-yana tuyishni xohlayman va o‘ylaymanki, yangi mavsum jamoamiz uchun oxirgisidan-da omadliroq kechadi. Bunday ishonchning boisi shuki, har qanday vaziyatda ham, g‘alaba qozonishdan charchamaymiz. Klub bunga sira yo‘l qo‘ymaydi, muxlislar yondashuvi ham.  To‘g‘ri, g‘alabalar tez unutiladi, ammo sen yil davomida hech narsa yutolmasang,  o‘z salohiyatingga nisbatan shubhalar tug‘iladi - eng yomoni shu. Demakki, ozgina bo‘shashishga ham haqqimiz yo‘q. Boshqacha aytganda, ulkan zafarlar yo‘lida bor imkoniyatlarni ishga solishimiz, umumiy yondashuvni bir maromda saqlab turishimiz shart. Chunonchi, tushunarliki, g‘alaba umrbod davom etmaydi va hozir jamoamiz kuchli ekan, nega endi zafarlarni zafarlarga ulamasligimiz kerak?

- Rotasiya siyosati sizni ham chetlab o‘tmadi. Zero, a’lo darajadagi sport formasiga ega bo‘lguningizga qadar to‘liq 90 daqiqa barqaror to‘p surolmasdingiz. Balki aynan rotasiya tufayli ham mavsumni ko‘ngildagiday tugatgandirsiz...

- Bu fikrga qo‘shilish mumkin, qaysidir ma’noda. Tan olaman, mavsum davomida ba’zi o‘yinlarni o‘tkazib yuborganim finish marrasiga yaqin vaqt tetik bo‘lishimga ko‘mak berdi. Umuman, bu masalada murabbiy va ma’murlar bilan ko‘p gaplashdim, jismoniy tayyorgarlik mutaxassislarining sport formasini yaxshilash bo‘yicha bergan ko‘rsatmalariga to‘liq amal qildim. Shuningdek, hech narsadan ortiqcha bezovtalanmadim, chunki klubning barcha xodimlariga ishonaman.

- Ayniqsa, Kardiff finalida qoyilmaqom darajada to‘p surdingiz.

- Ha, hammasi o‘xshadi. Misol uchun, vaziyatlardan birida to‘pni olib qo‘yib, Karvaxalga uzatdim va u qayta o‘zimga berdi. Shunda bunday imkoniyatdan unumli foydalanish zarurligini tushunib, darhol Krishtianu tomon keskin uzatmani amalga oshirdim, o‘sha hujum nima bilan tugagani barchaga ayon.

- Qizig‘i, boshida bunday rotasiya muvaffaqiyat keltirishiga ishonmasligingizni aytgandingiz. Voqealarning omadli rivojidan so‘ng fikringiz o‘zgardimi?

- Darhaqiqat, keng rotasiyaning samara keltirishiga shubham bor edi: goh o‘ynaysan, ba’zida o‘ynamaysan va nimalarnidir o‘tkazib yuborasan... Ammo Zidan yakunda o‘z g‘oyasi ish berishini isbotladi - aynan rotasiya tufayli sovrindor bo‘ldik. Jamoa to‘g‘ri rotasiyaga nechog‘li ehtiyoj sezishini endi to‘liq tushundim. Yoqimli tomoni, barcha o‘yinchilar g‘alabaga o‘z ulushlarini qo‘shishdiki, bu ham ahillikni mustahkamladi.

- «Madrid»da xuddi Xorvatiya termasidagi kabi 10-raqam ostida to‘p surishni xohlarmidingiz?

- Bunday savolga bir necha yil avval «Ha» javobini berardim, hozir esa raqamlar ahamiyati yo‘qolgan. Xususan, menga 19-raqam ham yoqadi va uni o‘zgartirishdan ma’no ko‘rmayapman.

- Xuddi Ozil va di Mariya kabi «Real Madrid»dan o‘z ixtiyoringiz bilan ketishingiz ham mumkinmi?

- Eh, «Madrid» bilan xayrlashish oson emas. Axir bu klubdan ketishing pastga sho‘ng‘ish hisoblanadi. To‘g‘ri, ketganlarda shunga yarasha sabablari bor, lekin men bunday yo‘l tutish fikridan yiroqman. Futbolda umumiy vaziyat tez o‘zgarsa-da, jamoada qolish uchun har narsaga tayyorman.

- Chindan ham, «Madrid»dan ketish mushkul, biroq jamoada mustahkam joy olish undan-da qiyin. Yangi mavsumda tarkibga Lyorente, Ernandes va Valyexo kabi yosh iqtidorlar qo‘shiladilar. Agar ixtiyor sizda bo‘lganida, yana qaysi transferlarni amalga oshirishni xohlardingiz yoki hozirgidan kuchliroq tarkib tuzish imkoni yo‘qmi?

- Aniq gap aytish qiyin. Klub so‘nggi yillarda bir qator yosh futbolchilar bilan shartnoma tuzib, kelajak uchun mustahkam poydevor yaratdi. O‘zi hozirgi jamoani yanada kuchaytirishga qodir futbolchini topish va uni taklif etish oson emas. Umuman, jamoaga nima kerakligini rahbarlar va murabbiylar bilishadi - ular qabul qilgan qarorlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

- Ayni payt og‘ir mavsumoldi yig‘inlarida zimmangizga tushadigan yuklamalarni ko‘tarishga tayyormisiz? «MYU», «Barselona» va «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan nazorat o‘yinlari, keyin 2ta superkubok bahsi. Mavsum startiga qadar yetarlicha maydonga tushasizlar...

- Albatta, mashg‘ulotlar jarayoni yengil bo‘lmaydi. Hammamiz oldinda o‘tgan yildagidan ham og‘irroq mavsumoldi uchrashuvlari kutib turganini yaxshi anglab turibmiz. Ammo ishimiz shu va barchasini bosib o‘tib, yangi mavsumga mukammal tarzda tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Bir tomondan, mavsum arafasida murakkab uchrashuvlar orqali sinovdan o‘tishimiz foydalidir. Qolaversa, har bir futbolchi «MYU» yoki «Barsa»ga qarshi bahsda maydonga tushishni istaydi - bular benazir raqiblar.

- «Qaymoqranglilar» libosida g‘alaba qozonish imkoni yuqoriligini qalban his qilasizmi? Boshqacha aytsak, maydonda klub gerbi ham yordam beradimi?

- Shubhasiz, «Madrid»ning buyukligi alohida ishonch uyg‘otadi: maydonga tushar ekansan, g‘oliblik hissini tuyasan. Lekin muvaffaqiyat uchun ramzning o‘zi yetarli emas, avvalo, harakatlaring bilan g‘alabaga munosibligingni ko‘rsatishing kerak. Raqiblarning bizga hurmat bilan qarashlari tayin, ular shuning barobarida «Real»ni yengish uchun 200 foiz kuch sarflashadi. Jamoa ramzi esa buyuk jamoada o‘ynayotganingni eslatib turadi. Deylik, «Real Madrid» CHL yoki «Qirol kubogi» finaliga chiqsa, deyarli har safar g‘alaba qozonadi. Mana, CHLni olaylik: «Real» o‘zi ishtirok etgan so‘nggi 6ta finalning barchasida kubok sohibiga aylandi.

- Faoliyatingizni aynan «Madrid»da tugatish variantiga qanday qaraysiz? Umuman, necha yoshgacha o‘ynamoqchisiz?

- Ochig‘i, buni hozircha o‘ylaganim yo‘q va aniq muddatni aytolmayman. Ammo hozirgidek ishlab, o‘zimni nazorat qilib borsam, raqiblarni hali ko‘p zeriktirsam kerak. Faoliyatimga «Madrid»da nuqta qo‘yish masalasiga kelsak, bu asosiy orzum, ammo hammasi ishlarim qanday davom etishiga bog‘liq. Tushunarliki, «Madrid»­da talab juda baland va unga javob berish uchun doimo eng yuqori darajada bo‘lish shart. Bordiyu, buni uddadolmasang, senga nisbatan shubha tug‘iladi. Qaytaraman, agar hozirgidek ishlasam, yana ko‘p yillar a’lo saviyada o‘ynashim aniq.

- Yakunda Mamich bilan bog‘liq mojaroga oydinlik kiritsangiz...

- O‘ta murakkab va noqulay vaziyat, ammo vijdonim toza. Bu mavzuda boshqa gapirishni istamayman. Hammasi ancha yillar avval sodir bo‘lgan, hozirgi voqealarni kuzatish esa og‘ir. Hayotimda ko‘plab muammolarga uchradim va ishonchim komil, bunisini ham yengib o‘taman. Hammasi tez orada ijobiy yakun topishiga ishonaman.

- Xo‘sh, milliy terma jamoangiz haqida nima deya olasiz?

- Hozircha bir to‘xtamga kelganim yo‘q, ko‘ramiz. Ayni payt bor e’tiborim mavsumoldi tayyorgarligiga qaratilgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:25, 28.07.2017. O'qildi: 7904 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.