Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mourinyoning tayanchi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Nima uchun Nemanya Matich «Manchester Yunayted»ning joriy yildagi eng muhim transferi ekanligi haqida.

«MYU»ga yangi tayanch yarimhimoyachi nega kerak bo‘ldi?
«Pozisiya, barqarorlik va nazorat» — Joze Mourinyoning jamoasidagi tayanch yarimhimoyachilari ana shu uchta talabga javob berishlari shart. O‘tgan mavsumda «Manchester Yunayted»ning markaziy chizig‘ida ana shu talablarga javob beradigan qahramon topilmadi. «Јizil iblislar» o‘z imkoniyatlaridan kelib-chiqib jo‘n o‘yin namoyish etishga, ya’ni to‘pni tezroq Zlatan/Fellayniga uzatish yoki bor e’tiborni qanotlarga qaratishga majbur bo‘lishdi. Bunga jamoada himoyani hujum bilan bog‘lovchi kadr yo‘qligi sabab bo‘ldi. Pogba ko‘proq oldinda harakat qilgani bois pressing kuchli bo‘lgan o‘yinlarda borligi sezilmay qolardi, Ander Errera raqib hujumini sindirishda jussasining kichkinaligi, Karrikka yoshining kattaligi, Fellayniga esa to‘pni oshirishdagi noaniqlik pand berardi. Shuning uchun ham Mourinyo bu nuqtani kuchaytirishga qaror qildi. Joze «Portu»da ishlab yurgan kezlaridayoq bu nuqtaga juda katta e’tibor qaratgan. O‘shanda uning g‘oyalarini Koshtinya ro‘yobga chiqargan. «Chelsi»da bu ulkan vazifani Makelele bilan Kambyasso, «Real»da esa Xabi Alonso o‘z zimmasiga olgandi. Joze ushbu nuqtadagi futbolchi nafaqat raqib hujumini to‘xtatishi balki aniq zarbasi bilan o‘z jamoasi hujumini tashkil eta bilishi lozim, deb hisoblaydi.

Nega aynan Matich tanlandi?
Agar raqamlarga qaralsa, Matich tayanch yarimhimoyadagi raqiblaridan ancha ortda qoladi. To‘pni raqibdan olib qo‘yishda Joze Fabinyo va uning «Monako»dagi sobiq sherigi Tyemua Bakayoko tengsiz hisoblanishadi. O‘z jamoasi hujumini tashkil etishda esa Vilyam Karvalyoning oldiga tushadigani yo‘q, lekin neajabki ana shunday yetuk kadr nima uchundir portugal Primeyrasida adashib yuribdi. Ularning barchasidan Nemanyani ajratib turadigan jihat – bu barqarorlikdir.
Serb qanday himoyalanish kerakligini juda yaxshi biladi. O‘tgan mavsumda tayanch yarimhimoyani Kante egallagani uchun Konte Matichni hujumga yaqinroq bo‘lgan nuqtaga o‘tkazdi. Italiyalik murabbiy serbiyalikni aniq va kuchli zarbaga ega bo‘lgani uchun ham hujum chizig‘iga o‘tkazgandi.
«MYU» boshqa futbolchilarni transfer qilolmasdi. «Monako» Fabinyo uchun katta pul so‘radi, Bakayoko «Chelsi»ga o‘tishni ixtiyor etdi, Dayer esa talabga javob bermasdi. Matich uchun ham kam pul sarflanmadi – 40 mln. funt ozmuncha summa emas, lekin bugungi qiymatdan kelib chiqilganda bu raqam fantastik hisoblanmaydi.

Yana bir qiziq ma’lumot. Sky Sportsning qayd etishicha, Mourinyo jamoasining o‘rtacha bo‘yini oshirishga intilayotgan ekan. Bir yil avval u klubga Bayi (187 sm), Ibragimovich (195) va Pogba (191)larni taklif qilgandi. Ularning orasida faqat Mxitaryan (177 sm) ajralib turgandi. Joriy yilda «Yunayted»ga Lindelyof (187 sm), Lukaku (191) va Matich (194 sm)lar o‘tishdi. «MYU»ni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasidan Mourinyo eng bo‘ydorida to‘xtaldi. Joze «ikkinchi qavat»dagi kurashga alohida urg‘u qaratmoqchiga o‘xshaydi. 2015/16 mavsum bilan qiyos qilinadigan bo‘lsa o‘tgan mavsumda bosh bilan zarba berish 100%dan 109%ga oshgan, yakkakurashlardagi aniqlik 25% va qanotlardan amalga oshirilgan krosslar aniqligi 45%ga o‘sgan. Aftidan, Joze kelajakda futbolchilarning ushbu xislatidan unumli foydalanishni rejalashtirayotgan ko‘rinadi.

Matich bilan «MYU» qanday o‘ynaydi?
Matichning transferi hujumga shay bo‘lgan Pogba bilan Erreraning qo‘llarini bo‘shatibgina qolmay, yoshi o‘tayotgan Karrikka dam berilishini hamda jamoaning markazdagi o‘yini rang-barang bo‘lishini ta’minlaydi. Ko‘pchilik Matichning Pogba va Erreraning ortida o‘ynab, raqib hujumini “sindirishi” va tezkor ravishda to‘pni hujumdagi jamoadoshlariga yetkazishini taxmin qilishmoqda. O‘tgan mavsumda Karrik ana shunday vazifani bajargandi, lekin katta masofani bosib o‘tishi uchun veteran o‘yinchiga yoshi to‘sqinlik qilgandi. Matich esa «Chelsi»da oldinga o‘tgan Oskar va Fabregaslarning yo‘qligini bildirmagandi. Pogba va Erreralar himoyaga qaytib, pressing uyushtirishda faol qatnashishi hech kimga sir emas. Matichning tashrifidan so‘ng ular birgalikda maydon markazini «gullatishi»ga shak-shubha yo‘q. Bu trio o‘zaro til topishsa, total futbol qayta tug‘ilishiga guvoh bo‘lishimiz aniq!

Ikkinchi variant –Matich tayanch yarimhimoyada Errera, Karrik yoki Timoti Fosu-Mensa bilan birgalikda maydonga tushirilsa, bu «MYU»ga raqib hujumini butunlay bug‘ib qo‘yish imkoniyatini beradi.

Uchinchi variant – Nemanya box-to-box o‘yinchisi sifatida foydalanish mumkin. «Chelsi»dagi oxirgi mavsumida futbolchi aynan mana shunday vazifani bajargandi. Serbiyalik futbolchi jarimadan jarimagacha bo‘lgan hududda turli vazifalarni ado eta oladigan universal o‘yinchi hisoblanadi. Jozening aynan uni tanlashida Matichdagi ana shu universallik sabab bo‘lgandir, ehtimol.

«Zamonaviy transfer bozorida ishlash osonmasligini bilaman, — degandi Mourinyu transfer mavsumi arafasida. – Boshda menga beshta yangi o‘yinchi kerakligini aytgandim, endi esa har bir nuqtada bittadan o‘yinchi kifoya qilishini angladim». U kutgandek «MYU» dastavval mudofaa va hujumni mustahkamladi. Endi esa o‘tgan mavsumda juda oqsagan markaziy nuqta berkitildi. Joze endi hech narsadan nolimasa kerak. Agar hakamlikni hisobga olmasa albatta.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 23:26, 08.08.2017. O'qildi: 5277 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.